Nutqiy faoliyat
(Languege)
til (Langue)
nutq (parole)
sinxroniya
diaxroniya
Nutqiy faoliyat doirasida ikki asosiy tushunchani — til (langue)
va nutq (parole) ni ajratdi. Shu asosda hngvistikani ham ikki turga —
til lingvistikasi va nutq lingvistikasiga bo‘Idi. Lekin amalda asosan
til lingvistikasiga e'tiborini qaratdi.
Garchi til-nutq dixotomiyasi F.de Sossyurgacha V.Gumboldt,
yosh gram m atikachilar maktabi va Boduen tom onidan bayon
qilingan b o is a ham, lekm F.de Sossyur uni lingvistik sistemasining
markaziga aylantirdi.
30
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xolodovichning e ’tiro f etishiga ko‘ra, Sossyurning bu dixo-
tomiyasiga murojaat etm agan biron bir fikrlovchi lingvist topilmasa
kerak.
Sossyurning fikricha, nutqiy faoliyatning ikki tom oni mavjud:
individual va sotsial. Ulam i bir-birisiz tasaw ur qilish mumkin emas.
«Til» nima degan savolga javob berar ekan, u «til» tushunchasiga
«nutqiy fa o liy a t» tu sh u n ch a si teng kelm asligi, «til» «nutqiy
faoiiyat»ning bir qismi, lekin eng muhim qismi ekanligini, u sotsial
mahsulot ekaniigi, u yoki bu til egalarining har biri xotirasida mavjud
bojgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati ekanligini
ta'kidlaydi.1
F.de Sossyur tilnfng belgilar sistemasi ekanligini e ’tirof etish
bilan birga, uning tuzilishi haqida ham qimmatli fikr bayon qiladi.
U tilni m unosabatiar yig‘indisi sifatida ijtimoiy hodisalar qatorida
o ‘rganar ekan, unm g boshqa ijtimoiy hodisalardan farqi belgili
xarakteri ekanligini, «til g ‘oyaiarni ifodalovchi belgilar sistemasi»
ekanligini bayon qiladi.
Uning fikricha, til — bu bir ijtimoiy jamoaga mansub bo‘lgan
kishilaming nutqiy amaliyoti orqali to ‘plangan bir xazinadir. Bu
har bir til egasi ongida virtual mavjud bo‘lgan grammatik sistema,
to ‘g‘rirog‘i, u individlar yig‘indisi ongida yashaydi. Chunki til hech
bir alohida indivldda to ‘liq mavjud bo'lm aydi, u to ‘liq holda faqat
jam oada mavjud bo ‘ladi.2
Nutqiy faoliyatni til va nutqqa bo'lar ekan, bu bilan F.de Sossyur
sotsiallikni individuallikdan, m uhim ni nom uhim dan, qo‘shimcha,
tasodifiy holatlardan farqlanishini bayon qiladi.
F.de Sossyur tilning so‘zlovchi faoliyati (fonetion) emas, balki
so'zlovchi tom onidan passiv ro ‘yxatga olinadigan tayyor mahsulot
ekanligini ta ’kidlaydi.
Alan G ardinerning ta'k id lash ich a, F.de Sossyurnm g katta
xizmati shundaki, u «til» va «nutq» o ‘rtasidagi farqlanishga e ’tibor
qaratdi. Bu shunday m uhim farqlanishki, u keyinchalik har qanday
grammatikaning ilmiy tadqiqi uchun m uqarrar asos b o ‘lib qoladi.3
1 SossyurF.de. 0 ‘shaasar, 47-bet.
2 Sossyur F.de. 0 ‘sha asar, 52-bet.
3 rapdunep A. Pa3;iHHne Me»cty «penbio»
n
«ri3biKOM». — 3BermmeB
B.A.
HcTOpna H3bIK03HailHK
XIX
M
XX
BeKOB
B
OHepKaX H H3BJieHeHHHX. H.II. — M.,
1960, c. 13.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bugungi kunda bunday farqlanish, darhaqiqat, har qanday
lingvistik tadqiqot uchun tayanch nuqtaga aylanib qoldi. Hozirgi
davrda bu farqlanishni e'tiro f ctmagan biron bir tilshunos topilmasa
kerak.
Shunday bo'lishiga qaram asdan, til-nutq dixotomiyasi olg'a
surilgandan buyon bu farqlanishga yondashuv, uning talqini
tilshunoslar o'rtasida bir xil bo ‘Igan emas.
Xususan, O.Yespersenning 1925- yil Osloda nashr etilgan
«Insoniyat, millat va individ lingvistik nuqtayi nazaridan» mavzusi-
dagi m a’ruza matnlaridayoq «til» va «nutq» haqidagi qarashlari F.de
Sossyur qarashlaridan anchagina farq qilishining guvohi bo'lamiz.
O. Yespersinning fikricha, til va nutq o ‘rtasidagi farqlanish
individ va jam iy at o ‘rtasidagi lingvistik od at farqlanishning
gavdalanishidir. Xususan, u nashr etilgan m a’ruza m atnining
16-sahifasida «til» va «nutq» o ‘rtasidagi farqlanishida men individual
«ong»ga qarama-qarshi qo'yilgan «xalq ongi», «jamoa ongi» yoki
«to‘da ongi» nazariyasining variantidan boshqa hech narsani
ko‘rmayman, deb yozadi. Ana shu fikrlar asosida m uallif shunday
xulosa qiladi: har bir individ o ‘zining nutqi uchun tashqaridan
beriladigan me'yorga ega bo'ladi. Amalda u boshqalaming individual
nutqlarini kuzatish yo‘li bilan qo ‘lga kiritiladi. Shu asosda aytishimiz
mumkinki, til (la langue) go‘yo nutqning (la parole) ko‘pligidir.
Bu xuddi «ko‘p otlar» «bir necha» otlardan tashkil topganiga
o ‘xshaydi. Y a’ni ot, + ot2 + ot3 m unosabatida o t2 ot, dan, o t3 esa
ot, dan m a’lum belgilari bilan farq qiladi. Xuddi shunga o ‘xshash
barcha individual tillar jam lanib milliy tilni hosil qiladi.
Ana shu asosda O.Yespersen Sossyurning til va nutq farqlanishi
haqidagi nazariyasini o ‘zicha izohlaydi. Uning ta ’kidlashicha,
individning oniy lingvistik funksiya bajarishi nutqdir. Yoki nutq
individning lingvistik odatlari yig‘indisidir.
Alan Gardiner individual «til» va individual «nutq» haqidagi olimlar
fikrlariga to‘xtalar ekan, bunga Sossyuming munosabati haqida shunday
yozadi: «Men shunga aminmanki, u individual «til» va «nutq» o ‘rtasida
xuddi jamiyat tili va uning har bir a’zosi nutqi o ‘rtasida katta farqlanish
mavjud bo'lgani kabi farqli tomonni ajratadi».‘
1 Gardiner A. 0 ‘sha asar, 14-bct.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
A .G ardinerning fikricha, har qanday lug'at va har qanday
Do'stlaringiz bilan baham: |