ustozning iziga ergashish,
uning dasturi (kuy va
ashulalari) va uslubini о‘zlashtirish.
Ikkinchisi, bilim va malakalarini kengaytirish,
о‘zga maktab vakillarining ijodidan
bahramand bо‘lish.
Uchinchisi, erishgan bilim va tajribalar asosida
о‘z uslubini
104
shakllantirish.
Ana shu murakkab ijodiy jarayonda uz yо‘lini topishda ustozning ahamiyati
eng muhim tayanch bо‘lib xizmat qiladi. Ustoz timsoli, uning xurmat va e’tibori
an’analarning о‘ziga xos iymon va vijdoni vazifasini bajaradi. “Ustoz kо‘rmagan shogird
har maqomga yurg‘alar”, degan makol bu hikmatni aniq va lо‘nda izhor etadi.
Kо‘pni kо‘rgan ustozlarning aytishicha, kuy g‘oyasi dilda paydo bо‘ladi va uning
mо‘jizakor ruhi ham yurakda saqlanadi. Shuning uchun ham kuy sozandaning dilidan
chiqib, tinglovchining qalbiga yetib boradi. Cholg‘uchining qо‘llari yoki hofizning ovozi –
kuy ruhining xizmatkorlaridir. Ular faqat qalb amri bilan ichkaridagi tuyg‘ularni tashqariga
chiqarishi, sadolantirishi mumkin. Bu “xizmatkorlar” о‘z xunarini qancha mahoratli,
bilintirmasdan namoyish etsa (tashqariga chiqarsa), shuncha “sadoqatli” hisoblanadi.
Kuyning ravon harakati sozandaning say’-intilishlari va “mashaqqati" evaziga yuzaga
keladi. Ammo tinglovchi oldida bu “mashaqqat” kо‘rinmasligi kerak. Aks holda lazzatli
soz jarayoni xushilhom emas, oddiy “mehnat”ga aylanib qoladi.
Doimiy ijodiy izlanish – haqiqiy sozanda ruhiyatining asl tabiiy holati. Xattoki
chinakam sozanda bir kuyni ikki marta bir xil chalmaydi. Unga bir kuyni takrorlab
о‘tirishning, umuman, hojati yо‘q. Chunki ustozlarning dasturida bir kancha kuy
takrorlanmasdan ijro etilishi mumkin bо‘lgan boy zaxira mavjud. Bordi-yu, bir narsani
qayta ijro etish hojati tug‘ilib qolsa, sozanda uni avvalgidan boshqacharoq talqin etadi. Bor
holatni takrorlamoq zerikarli va uning badiiy jozibasi xam past bо‘ladi. Bu esa ustoz
sha’niga munosib narsa emas.
Bundan cheksiz ijodiy izlanishni beboshlik deb xulosa chiqarish mumkinmi? Yо‘q,
albatta! Musiqiy g‘oyaning talqinida erkinlik qay darajada bо‘lmasin, uning asosida qatiy
о‘zak – asrlar davomida sozanda va tinglovchi muloqotida shakllangan qonun-qoidalar
mavjud. Tajribali tinglovchining kulog‘i, uning badiiy ongi beboshlikni erkin ijodiy
badihadan, mahoratli san’atkorning nozik ilhomini tajribasiz shogirdning qiliqlaridan
darhol ajratib oladi. Shuning uchun ham uch tamoyil: yaratuvchi, ijrochi va eshituvchi
uyg‘unligida tinglovchiga alohida о‘rin ajratiladi. Zero eshituvchi soz muhitini, kuy yoki
ashula tinglash ehtiyojini belgilovchi va pirovardda sozandaga xolis baho beruvchi
hisoblanadi.
Malakali musiqa tinglovchilari, odatda,
muxlis
yoki
shinavanda
deyiladi. Bunda
birinchisi – soz san’atiga havas kuygan muxlis. Shinavanda kuy va ashulani idroklaydigan,
105
tushunadigan tinglovchi. Shinavanda( tushunuvchi) - musiqiy muhitda yuzaga kelgan
maxsus atama. U musiqa haqida ma’lum tushunchalarga ega bо‘lgan va unga isbatan
alohida ishqibozlik bildiruvchi xos muxlislikni nazarda tutadi. Tarixdan ma’lumki, maqom
san’atining tulaqonli hayot kechirishida shinavandaning ahamiyati sozanda shaxsiyatining
о‘zi kabi muhim va e’tiborlidir. Bizda maqom shinavandachiligining о‘ziga xos an’analari
shakllangan. Bu san’atning taraqqiyotida muhim о‘rin tuggan nafosatli soz majlislarining
markazida aynan shu malakali shinavandalar turgan.
Oddiy (avom) eshituvchiga qaraganda xos shinavanda jonli musiqa jarayonining
bevosita ishtirokchisi bо‘lib maydonga chiqadi. Kuy va ashulalarning bilimdoni sifatida
shinavanda eshitayotgan asarni ichidan о‘tkazib boradi va gо‘yo tovush chiqarmasdan о‘zi
ham qо‘shilishib ijro etayotgandek bо‘ladi. Demak, hofiz yoki sozanda bilan bir qatorda
xayolan ijod jarayoniga qо‘shiladi, kechirilayotgan his-tuyg‘ularga sherik bо‘ladi hamda
kuyning har bir unsuri – vazni, ohangi, usuli va boshqa jihatlarini ongli ravishda nazorat
qilib о‘tiradi.
Shuning uchun haqiqiy shinavanda, sozandaning ijodiy ilhomidan, uning
badihalaridan zavq olib, huzur qiladi. Sozandaning har bir ijodiy intilishi shinavandaga
rohat baxsh etadi, aksincha, har qanday g‘aliz chekinishi, barqaror konun- qoidalarga putur
yetkazishi esa uning g‘ashiga tegadi. E’tiborli tinglovchilar kuyning eng nozik
tomonlarigacha kuzatib boradi va bundan sozanda о‘zini chinakam shinavandalar
davrasida ekanligini yaxshi his qiladi. Xullas, sozanda va shinavandaning ittifoqi
(muloqoti), ijodiy ehtiyoj va ixtiyorning mutanosib holatga kelishi klassik musiqa
san’atining rivojlanishi uchun eng qulay sharoitdir.
Eshituvchining hissiyotiga ta’sir eta bilish, uning fikru hayolini qamrab olish va
musiqiy holatga buysundirish sozandaning bilim va mahorati, ma’lum ruhiy qudratga
erishganligidan dalolat beradi. Ana shunday ustalik darajasiga yetgan sozandalar
tinglovchilarni sehrlab qо‘yishga, musiqiy holatga tо‘la-tо‘kis bо‘ysundirishga qodir
bо‘ladilar. Musiqiy g‘oya girdobida о‘zlikni tark etish esa haqiqiy sozanda va shinavanda
uchun ham eng oliy lazzat hisoblanadi.
Shunday qilib, ijrochi va eshituvchining jonli ijodiy mulokotida mushtarak, ammo
ikki yunalishga qaratilgan jarayonni kuzatish mumkin. Unda, bir tarafdan, barqaror qonun-
qoidalar mavjud. Ikkinchi tomondan, ana shu qonun-qoidalardan tashqariga chiqish,
106
badiha qilish, bunyodkorlik kashf etish ehtiyoji borligidir. Masalaning eng nozik va ayni
chog‘da chigal tomoni shundaki, qat’iy bir nota matni bо‘lmagan jonli og‘zaki musiqa
jarayonida ijro va ijod chegaralarini aniq belgilash amrimahol. Ular doim bir-biriga
tutashib, biri ikkinchisini tо‘ldirib boradi. Ijro va ijod munosabatlarida bir sozandaniki
ikkinchisiga о‘xshamaydi va bu ikki jihatning о‘lchovi, mezonini topish qiyin. Va, nihoyat.
Ijod yunalishini oldindan belgilash ham mushkul. U hatto sozandaning uzi
xohlagan takdirda ham chiqmasligi mumkin. Shuning uchun sozanda ilhomini
g‘oyibdan keladigan ilohiy qudrat deb biladilar
1
.
Ustozning eng yuqori darajasi sifatida bir qator talab, bilim hamda amaliy
unsurlarni о‘zida mujassam etadi. Albatta birlamchi jarayon bu – ta’lim berish,
bilimdir. Ikkinchi jarayonni saboq, tarbiya bilan bog‘lash mumkin. Uning
natijasida bilim, ustozning ta’lim bilan bog‘liq ilm darajasi namoyon bо‘lishi
lozim. YA’ni, ijro mahorati, sо‘z talaffuzi, ohang tarannumi, meros va ijodiy
munosabat. Buning zaminida esa о‘zbek amaliy san’atida eng muhim hisoblangan
omil ustoz-shogird an’anasi yotadi. Ushbu an’ana mumtoz san’at rivojining garovi
sifatida azal-azaldan xalqimiz amaliyotida katta ahamiyat kasb etib kelgan. Ustoz-
shogird an’anasi negizi esa, ilm о‘rganish demakdir va unda bir qator saboq
mezonlarini о‘tash taqozo etiladi. Jumladan:
–
xonandalik san’ati;
–
ijrochilik san’ati;
–
ovoz imkoniyatlari va talqini bilan bog‘liq qonuniyatlar;
–
matn hamda talaffuz masalalari;
–
sо‘z va ohang;
–
ijro madaniyati;
–
repertuar tanlash asoslari
2
.
Ustoz-shogird an’anasining ushbu jihatlari о‘tmishdan xonandalar ijrochilik
an’analarida shakllangan va mukammal talqin uchun zarur bо‘lgan iste’dod, saboq
va mahoratlarining amaliyotda sinalgan mezonlariga aylangandir. Shu bois bо‘lsa
1
С.Бегматов. Ҳофизлик санъати. – Тошкент: Ўзбекистон давлат консерваторияси нашриёти, 2007. 134 б.
2
С.Бегматов. Ҳофизлик санъати. – Тошкент: Ўзбекистон давлат консерваторияси нашриёти, 2007. 134 б.
107
kerak, musiqa san’ati, azaldan ijrochilikning mavjud barcha sohalarida ibratli
tarmoq ekanligini namoyon etib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |