Abdufattox abdugapparov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

1.
 
Cholg‘uda ijro holati 
 


 
24 
Ijrochilik holati deganimizda cholg‘u sozini qanday ushlash, uni hozirlash va 
chalish uchun, butun tana, bosh, qo‘llar, oyoqlar, puflab chalinadigan cholg‘ularda 
nafasni tayyor bo‘lishi tushuniladi. 
Ijrochilik  holati  o‘z  ichiga  butun  tana,  bosh,  qo‘llar,  oyoqlar,  cholg‘uni 
ushlash, labning mundshtukda joylashishi (ambushyur) vaziyatini mujassam etadi. 
Ijrochilik  holatini boshidan  to‘g‘ri qo‘yilishi o‘ta jiddiy  vazifalardan bo‘lib, 
yuksak cholg‘uchilik natijalariga erishishning eng muhim garovidir. 
Tarixdan  ma’lumki,  cholg‘ularning  takomillashishi  natijasida  ijrochilik 
holatida  ham  turli  o‘zgarishlar  ro‘y  bergan.  Masalan:  qo‘shnay  va  bulamon 
cholg‘ularida  ovoz  beruvchi  tillar,  yuqoriga  qaragan  bo‘lib  ijrochining  ustki  labi 
ovoz beruvchi tilni ustiga joylashadi. 
Surnay  qadimdan  lunj  shishirilib  naypachoqda  lab  bilan  emas  nafas  kuchi 
bilan  boshqariladi.  Toshkent-Farg‘ona  sunray  ijrochiligi  cholg‘u  yo‘llarida  nafas 
bilan  birgalikda  tovushni  boshqarishda,  nola-qochirim  ishlatishda  til  ham  ishtirok 
etadi.  Xorazm  surnaychilik  yo‘nalishida  qaytarma  nafas  ishlatilganligi  sababli  til 
ishtirok etmaydi. Faqatgina stakkatolarda til ishlatiladi. 
Tanbur  sozida  o‘ng  qo‘l  ko‘rsatgich  barmog‘iga  nohun  kiyilib,  ovoz 
chiqarishda o‘ng qo‘lning vazifasi katta. 
Ammo,  parda  bosish,  nola-qochirimlarda  chap  qo‘l  etakchi  o‘rin  tutadi. 
Dutorda  esa,  tirnab  chalinadigan  soz  bo‘lgani  uchun  o‘ng  qo‘lning  barcha 
barmoqlari  ishtirok  etadi.  Bundan  tashqari  dutor  zarblari  doira  usulini  ham  berib, 
dutorning  qopqog‘iga  qo‘l  bilan  usul  (Dutor  lazgisi,  qo‘shtor)  beriladi.  Chap 
qo‘lning  ishtiroki  parda  bosishda  va  tovush  chiqarishda  (qo‘shtor  kuyida) 
ishlatiladi. 
Rubob,  ud  cholg‘ulari  mezrobli,  yani  mezrob  (mediator)  bilan  chalinadi. 
Mezrob  o‘ng  qo‘lning  bosh  va  ko‘rsatkich  barmoqlari  orasida  ushlanadi.  Simlari 
juftlanganligi  sababli,  mezrob  urilganda  tebranish  yani  sozlarning  tovushi 
kengayadi. Chap qo‘l barmoqlari faqat parda bosish uchun ishlatiladi. 
Chang cholg‘usi ijrochi tomonidan ikkita cho‘p bilan urib va terib chalinadi. 
Chap  qo‘l  goh-gohida  ovozni  so‘ndirish  vazifasini  bajaradi.  Ammo,  o‘ng  qo‘l 


 
25 
etakchi, kuy boshlashda aksnet, auftakt berib ansambllarda drijorlik, boshlovchilik 
vazifasini ham o‘taydi. 
Qonun  cholg‘usi  o‘ng  qo‘l  va  chap  qo‘lning  barcha  barmoqlariga  nohun 
kiyilib  qonun  cholg‘usini  tizzaga  qo‘yilib  barmoqlardagi  nohun  bilan  terib 
chalinadi.  qonun  cholg‘usi  o‘tirib  chalinadi.  G‘ijjak  va  sato  cholg‘ularida  o‘ng 
qo‘lda  kamon  ushlanib,  chap  qo‘lda  parda  bosiladi.  Yol  va  simning  ishqalanishi 
natijasida tovush hosil bo‘ladi. 
Doira cholg‘usi cholg‘uchini o‘ng va chap qo‘llari, teriga urilishi orqali ovoz 
chiqariladi. Nog‘ora cholg‘usi cho‘pni teriga urush orqali ovoz chiqaradi.  
Safoyil  cholg‘usi  urma  asboblar  turkimiga  kiradi.  Silkitib  asosiy  zarb, 
ijrochining  egniga  tekkizish  orqali  chiqariladi.  qayroq  cholg‘usi  toshni  temirga 
urish orqali ovoz chiqariladi. 
Olimlarning  fikricha,  eng  muhimi  ijro  jarayonida  cholg‘uchi  tana 
a’zolarining  hech  qanday  zo‘riqishisiz,  kuchanishisiz  tabiiy  vaziyatni  ijrochi 
holatining asosi qilib olinishi zarurligi uqtiriladi. 
Sozanda damli cholg‘ularda  mashq  qilganida tikka turgan  holatda,  yelka  va 
ko‘kraklar  kerilgan,  boshini  to‘g‘ri  tutgan,  oyoqlar  yelka  kengligida  bo‘lmog‘i 
kerak.  Tanbur,  dutor,  rubob,  ud,  chang,  qonun,  g‘ijjak,  sato  cholg‘ularini  o‘tirib 
chalganida  oyoqlarni  chalishtirmaslik  zarur.  Boshqa  cholg‘ularda  esa  qo‘llar 
tanaga qisilib juda yaqin turmasligi, tabiiy holatga muvofiq erkin bo‘lishi zarur. 
Cholg‘u  asbobida  barmoqlar  joylashuvi  ularning  tabiiy  holatidan  kelib 
chiqmog‘i  darkor.  Ayniqsa  damli  cholg‘ular  pardalarida  o‘quvchi  barmoqlari 
yarim  egilgan  tabiiy  holatda  bo‘lishi,  yuqoriga  ortiqcha  ko‘tarilmasligi,  yon 
tomonga  surilib  ketmasligi  zarur.  Sozandaning  sahnadagi  ko‘rinishi  va  o‘zini 
tutishiga  ijrochilik  holati  salbiy  ta’sir  qilmasligi  kerak.  YA’ni  har  xil  bachkana 
qiliqlar,  ortiqcha  chayqalish  yoki  cholg‘uni  har  tomonga  yo‘naltirish,  qimirlatish, 
tinglovchiga yoki jo‘rnavozga orqasi bilan turish kabi kishining g‘ashiga tegadigan 
harakatlarni oldi olinishi zarur. Chunki noto‘g‘ri ijrochilik holatiga ko‘nikish oson, 
ammo  uni  to‘g‘rilash  ancha  mushkul.  Bunga  misol  qilib  abiturientlarning 
konservatoriyaga  kirish  davrini  keltirish  mumkin.  Bu  paytda  turli  muammolar 
uchraydi.  Bular  mezrobli,  urma,  kamonli,  damli  cholg‘ularda  yuqori  registr 


 
26 
pardalarini  ushlab  tura  olmaslik,  labni  tez  charchab  qolishi,  tovushlarning  toza 
emasligi, 
attaka 
paytida 
aniqlikning  yo’qligi  va  boshqalar.  Ushbu 
yetishmovchiliklarni  bartaraf  qilish  uchun  konservatoriya  professor-o‘qituvchisi 
talabaning cholg‘u asbobini ushlash holati, joylashuvi va boshqa masalalarni ko‘rib 
chiqishi kerak bo‘ladi. 
Ammo  konservatoriya  ijrochilik  holatini  to‘g‘rilaydigan  joy  emas.  Lekin 
konservatoriya  professori  talabaning  rivojlanishiga  uning  ijrochilik  holati  iskanja 
bo‘lib  xalaqit  berib  turishiga  ham  qarab  tura  olmaydi.  Chu  sababdan  professor 
talabaning oldingi o‘qituvchisi qilgan xatosini to‘g‘rilashga majbur bo‘ladi. 
Bunday  o‘zgarish  qilish  uchun  o‘qituvchi  talabada  quyidagi  omillarning 
mavjudligiga  amin  bo‘lishi  kerak.  YA’ni  yuqori  darajadagi  jismoniy  yetuklik 
(birinchi  navbatda  tishlari,  lablari  va  nafas  organlarining  sog‘lomligi),  yuksak 
musiqiy  qobiliyat  egasi  ekanligi,  mehnatsevarlik  va  maqsad  sari  intilish  kabi 
xislatlar  mavjud  bo‘lsa  abiturient  ijro  holatidagi  barcha  yetishmovchilik  va 
muammolar  ketkaziladigan  katta  mehnat,  asab  va  vaqt  evaziga  to‘g‘rilanishi 
mumkin. 
Bunday  xatolarning  ob’ektiv  va  sub’ektiv  sabablaridan  kelib  chiqadigan 
bo‘lsak Respublikadagi 300 dan ortiq bolalar san’at va musiqa maktablarining 10% 
da  ham  an’anaviy  sozandalik  bo‘limlari  mavjud  emas.  Mavjud  bo‘lganda  ham, 
xalq  cholg‘ulari  ijro  uslubida  o‘rgatiladi.  Shuningdek,  viloyatlardagi  musiqa  va 
san’at  kasb  hunar  kolleji  hamda  akademik  litseylarida  mutahasislar  etishmasligi 
tufayli,  bit  tur  mutahasislar  ikkinchi  tur  ixtisosliklariga  dars  berishga  majbur 
bo‘lishyapti.  Masalan:  naychi  honandalikdan,  changchi  sozandalar  dutordan, 
surnaychilar  doiradan  dars  berishyapti.  Ana  shu  sabablar  bois  kadrlarni 
konservatoriyagacha tayyorlash ishlari hozircha ko‘ngildagidek emas. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish