Hayot faoliyatini cheklanishi
sog‘liqning yomonlashuvi natijasida inson faoliyatining me’yordan og‘ishi. O‘ziga xizmat ko‘rsatish, harakatlanish, yo‘nalish olish, muloqotda bo‘lish, O‘z xulqini nazorat etish, o‘qish va mehnat faoliyatini amalga oshirish qobiliyatlarining cheklanishini tavsiflaydi.
Hayotni sug‘urtalash
O‘z hayotini sug‘urtalagan shaxsning vafot etganida baxtsiz hodisanatijasida sog‘lig‘ining boshqacha yomonlashgandama’lum pul mablag‘lari summasi to‘lanadigan shaxsiy sug‘urta turi, sug‘urtaning yig‘ma turida esa summa nima oldin yuz berishiga qarab ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng yoki hayoti sug‘urtalangan shaxs vafot etgandan so‘ng to‘lab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |