Davlat sug‘urtasi
davlat tashkiloti sug‘urtalovchi bo‘lib ishtirok etadigan sug‘urta.
Da’vo
sug‘urtada shaxsga, mulkka zarar etkazilishi yoki boshqa zararlarni qoplab berish talabi bo‘lib, sug‘urta hodisasi yuz berishi munosabati bilan sug‘urtalovchiga sug‘urtalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Da’voni tartibga solish
to‘lash haqidagi qarorni bildirish va da’vo bo‘yicha pul to‘lash.
Davriy sug‘urta qoplamasi
rentaga qarang.
Dengiz sug‘urtasi
kema, yuk va fraxt duch keladigan xavflar va tasodiflar bilan bog‘liq qaltisliklardan dengiz shartnomalari ishtirokchilarining mulkiy manfaatlariga sug‘urta himoyasini ta’minlaydigan barcha sug‘urta turlarining yig‘indisi.
Dividend
aksiyadorlar o‘rtasida ular egalik qilayotgan aksiyalar bahosi va soniga mutanosib ravishda taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi.
Disklouz
sug‘urtalanuvchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi sug‘urtalashga qabul qilingan qaltislikning darajasi haqida xulosa qilish uchun sezilarli ahamiyatga ega sug‘urta ob’ektini tavsiflovchi har qanday fakt (qaltistik tavsifi) haqida sug‘urtalovchini (syurveyer) zudlik bilan xabardor etish bo‘yicha xorijiy amaliyotda umumiy qabul etilgan sug‘urta huquqi me’yori.
Do'stlaringiz bilan baham: |