«Barcha qaltisliklardan» sug‘urtalash
mulk sug‘urtasining bir turi; ko‘p qaltisliklarni qoplab, lekin hammasini qoplamaydi. Bunday turdagi sug‘urta shartnomalarida sug‘urta himoyasi ko‘zda tutilmagan istisnolar qayd etiladi.
Baxtsiz hodisa
sug‘urtalangan shaxsning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tasodifiy, qisqa davrda yuz beruvchi odam organizmiga tashqaridan ta’sir etadigan va travmatik jarohatga, yoki sog‘liqning boshqacha yomonlashuviga va/yoki vafot etishiga olib keladigan hodisa. Baxtsiz hodisa bo‘lib barcha turdagi kasalliklar, shu jumladan kasbiy va yuqumli kasalliklar, shuningdek oziq-ovqatlardan yoki dori-darmonlardan zaharlanishdan sog‘liqning yomonlashuvi hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |