Abadiyat qirolichasi Yashirilingan sirlar



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.10.2022
Hajmi2,43 Mb.
#851180
Bog'liq
Abadiyat qirolichasi 2-fasl



Abadiyat qirolichasi


Yashirilingan sirlar
2-fasl
Hayotimizda doim ham biz oʻylagandek boʻlavermas
ekan... Hayot doim kutilmagan vaziyatlarga boy boʻlgan...
Biz birozdan keyin nima sodir boʻlishini hech qachon
bilolmaymiz... Hayot bizni har koʻyga solar ekan... Bir
baxtdan yettinchi osmonlarga koʻtarsa, bir shunday zarb
bn yerga uloqtirar ekanki hatto qayta tura olmasligingiz
ham mumkin ekan... Yana hayotimiz xuddi bir oʻyindek
boʻlishi ham mumkin ekan... Yaʼni siz rost deb
bilganlaringiz aslida umuman aksi yoki umuman boshqa
narsa boʻlib chiqishi ehtimoldan holi emas ekan va shu
sabab bir onda hayotingoz ostun-ustin boʻlib ketishi hech
gap emas ekan...
Shanu oʻzi tomon shahdam qadamlar bn jaxl otiga
mingancha kelyotgan Imronni koʻrgach, bir zum buni tushi
deb oʻylab qoldi... Ammo bu uzoqqa choʻzilmadi. Imron
Abdulhafiz tomonga xuddi hozir uni oʻldirib yuboray deb
kelarkan, unga yetishiga yaqin qolganda Shanu oʻziga kelib
ularni orasiga turib oldi. Imronni bundan battar gʻazabi
keldi.
- Shanu... Qoch... Oʻrtamizda turma..., - deb Imron
Abdulhafizdan koʻzlarini uzmagan holda gʻazab bn tishlari


orasidan gapirdi. Shanu Imronning bu harakatlaridan qalbi
qattiq ogʻridi. Axir necha yildirki suyuklisini kurib yasharkan,
u kelib uni balriga bosib mehr berish oʻrniga, nimalar
qilyapti... Hozir shu ishlar Imronga Shanudan ham
muhimmi... Axir koʻrishmaganlarini hatyo asrlar ham
boʻldiku... Nahot u Shanuni sogʻinmagan boʻlsa... Shanu
shu narsalarni oʻylarkan, oʻzini yigʻkab yuborishdan zoʻrgʻa
tiyib turardi...
Birdan Abdulhafiz baqirib, yerga boshini ushlab oʻtirib
qoldi. Imron boʻlsa, Abdulhafizdan koʻz uzmaga koyi qattiq
tikilib turardi. Shanu bir Abdulhafizga, bir Imronga
qararkan, Imron qobiliyati yordamida Abdulhafizga azob
beryotganini tushundi va oʻzini qobiliyati yordamida tezda
Abdulhafizni atrofida himoya qobigʻini paydo qildi...
Abdulhafiz qattiq ogʻriq sabab holsiz boʻlib yerda yotarkan
himoya qobigʻi tufayli jimib qoldi. Chunki unga endi hech
qanday narsa taʼsir koʻrsata olmasdi... Imron yigitning
jimib qolganini koʻrib, bu Shanuni ishi sababli ekanini
fahmladi.
- Uni mendan himoya qilyapsanmi? Demak oʻrtalaringda
aniq biron narsa bor ekanda..., - deb Imron Shanuga gʻazab
bn qarab tishlari orasidan shivirlab gapirgan boʻlsa ham bu
gaplar Shanuni qalbini tilka pora qilishga yetib ortdi...
Ammo u hozir gapirishni lozim deb topmadi. Bundan
Imronni gʻazabi oshsa oshardiki, hech kamayay demasdi.


Bu paytda hamma qasrdan tashqariga chiqayotgandi
Abdulhafizni baqirgan ovozini eshitib... Imron bir qasrdan
chiqib kelyotganlarga, bir qarshisidagi mum tishlab
olganday jim turgan Shanuga qarab qizning bilagidan
qattiq ushlagancha olib keta boshladi... Shanu Imron
qoʻlidan qattiq ushlagani uchun ogʻriyotgan boʻlsa ham
hech nima demadi, shunchaki ogʻriqqa chidash uchun
tishini tishiga qattiq bosib jimgina unga ergashishni maʼqul
koʻrdi... Qolganlar Shanuni qoʻlidan ushlab olib ketyotgan
yigitni koʻrishgach, ularni oldiga borishayotganida, Shanu
ularga qarab "kelmanglar" degan ishorani berdi. Ular
istamasada, toʻxtashga majbur boʻlishdi va Abdulhafizni
olib baʼzilar ichkariga kirib ketishgan boʻlsa, baʼzilar ularni
tashqarida kutishga qolishdi...
Shanu Imron bn ketarkan, qoʻli zirqirab ogʻrishga tushsa
ham gʻing demadi... Hatto uni qoʻlidan qoʻlini olishga ham
urunmadi... Qalbida toʻfon koʻtarilgan boʻlsa ham... Qalbi
chil-parchin boʻlgan boʻlsa ham... Qalbi zirqirab ogʻriyotgan
boʻlsa ham... Indamadi... Shunchaki tishini tishiga bosib
chidashni toʻgʻri deb bildi... Suyuklisi oʻzi tushib, unga azob
berishidan toʻxtashini jimgina kutishni lozim topdi... Bu
hatto suyuklisini hayoliga ham kelmagan boʻlsa-da...
Imron qizni qasrning bogʻ yonidagi fantan oldiga olib
kelib, kuch bn qarshisiga turgʻizdi... Unga gʻazab bn
qararkan, koʻziga gʻazabdan boshqa hech narsa


koʻrinmasdi... Hatto jondan ham aziz deb bilgan rafiqasini
joni ogʻriyotgani-yu, qalbi chil-parchin boʻlganligini ham
koʻrmasdi... Shanu uning qarshisida bishini tik tutib,
magʻrur uning zulmatdek qora rangga kirgan koʻzlariga
qarab turarkan, Imron borgan sari qoʻlini qattiqroq siqardi...
Shanu oʻzini qanchalik magʻrur tutmasin, qoʻli allaqachon
zirqirab ogʻrishni boshlagandi, ammo umuman buni sirtida
koʻrsatmasdi... Imron Shanuni qoʻlini qattiqroq siqish
barobarida gʻazab bn gapira boshladi...
- U bn qanday aloqang bor? U shu paytgacha
nechinchisi?..., - deb Imron undan zulmatdek qora rangga
kirgan koʻzlarini Shanuni yoshga toʻlgan koʻzlaridan
uzmagan holda gapirdi... Shanu uning bu gapidan keyin
shokka tushib qoldi... Mayli edi hech boʻlmaganda
Abdulhafiz bn oʻrtalaringda nima bor deb soʻrasa ham,
aslida bu gaping oʻzi ham Shanuni tiriklayin oʻldirishga
yetardi. Chunki Shanu Imrondan boshqa shu paytgacha
hech kimga koʻngil bermadi, hech kimni oʻziga
yaqinlashtirmadi, tunlari bn uni visolini sogʻinib yigʻlab
chiqdi, uni deb qancha tunlarni bedor oʻtkazdi, u boʻlsa
hozir uni bir foxishadan ham battar deb oʻylab,
haqoratlayapti... Bu haqoratlashdan koʻra Shanu uchun
tiriklayin oʻldirish bn teng edi... Shanu necha asrlardan beri
kutgan, qalbing sohibi hozir uni xiyonatda ayblab, qalbini
chil-parchin qilyotgandi... Shanu indamagach, Imron Shanu


qoʻlini qoʻyib yuborib, uning ikki yelkasidan qattiq ushladi...
Shanuni joni qattiq ogʻrigan boʻlsa ham indamadi, sababi
hozir tanasi his qilgan ogʻriqlardan ming, million barobar
qattiqroq qalbi ogʻriyotganida edi... Imron bu safar
yelkalarini yanada qattiqroq ushlab.
- Gapir... Senga savol berdim..., - deb Imron Shanuga
baqirdi... Shanu bu safar qanchalik qarshilik qilmasin uning
ixtiyoriga qarshi koʻzidan ikki tomchi yosh oqib tushdi...
- Mmennn... hhe.ech... qaa.ndayy...
ssevv.ggi.mmizz.gaa... niss.baa.ttann... yyooo.mmonn...
iish... qqilll.maa.ddimmm..., - deb Shanu zoʻrgʻa shu gapni
ayta oldi. Unda ham ovozi judayam past chiqdi...
Imron Shanuning javobini eshitgach, uning koʻzlariga bir
zum tikilib turdi... Keyin esa Shanuni siltab tashlab, oʻzi u
yerdan gʻoyib boʻldi... Imron Shanuni siltaganida Shanuni
hatyo oʻsha payti kuchi ham qolmagani uchun qattiq yerga
yiqilib tushdi... Yiqilganida yerda yotgan katta shisha sinigʻi
oyogʻiga kirib ketdi... Shisha chuqur kirgani uchun qon koʻp
oqa boshladi... Ammo Shanu bularga ahamiyat ham
bermay, Imronning hozirgi qilganlarini eslab, oʻtirgan koʻyi
izillab, qalb ogʻrigʻi va alam bn ovozini chiqarib yigʻlay
boshladi...
Shanu qancha shu koʻyi oʻtirdi bilmaydi... Toki Shahzod
kelib, uni havotirli tikilgancha uni koʻzdan kechirmaganda,


bilmaydi qachon oʻziga kelishini. U oʻziga kelib, atrofiga
qararkan, yuzini yuvib tushayotgan koʻzyoshlari sababli
koʻrishga qiynaldi... Baribir ham atrofga qarashda davom
etarkan, koʻzi oʻziga qarab turgan havotirli nigohlarga
qaratilgach toʻxtadi... Unga yaxshilab qararkan,
qarshisidagi kimsa Shahzod ekanini endigina payqadi...
Shahzod qasr yonida ularni kutib turarkan, ancha vaqt
oʻtgan boʻlsa ham ulardan darak boʻlavermagach ortlaridan
borishga qaror qildi... Boshqalarga shu yerda qolishni
tayinlab oʻzi ular ketgan tomon ketdi... Bogʻga
yaqinlasharkan, Shanuni baqirib yigʻlayotgan ovozini
eshitib, u tomon yashindek tez yugurib bordi... Bordi-yu,
koʻrgan manzaradan shokka tushdi... Shanuni oyogʻidan
tinimsiz koʻp qon oqardi. Shunchalik koʻp qon oqqanidan
atrofi ham qip-qizil qon boʻlib ketgandi... Shahzod tezda
Shanuni oldiga kelib uning boshqa joyida jarohati bor-
yoʻqligini bilish uchun uni boshdan-oyoq koʻzdan kechirdi.
Bu paytda Shanu atrofga hech narsani tushunmay
qararkan, Shahzod uni hozir oʻzida emasligini bildi...
Shahzod Shanuning jarohatidan koʻp qon yoʻqotyotganini
bilib, dast koʻtargancha qasr tomon yashindek tez yugurdi...
Shahzod Shanuni qasr olib kirarkan, ularni bu holatda
koʻrganlar havotir va hayrat bn ular tomon kelishdi.
Shanuni hali hamon koʻz yoshlari tinmagan, oyogʻidagi
jarohatidan hanuz tinimsiz qon oqardi... Shahzodni boʻlsa


kiyimining anchagina qismi qon boʻlishga ulgurgandi...
Shanuning yigʻlayotganidan va Shahzodning oʻta jiddiy
qiyofasidan hech kim ularga savol berishga jurʼati
yetmadi... Shahzod Shanuni yotogʻiga olib kirgach, ortidan
Mira kelib tezda Shanuning jarohatini tozalab bogʻlab
qoʻydi... Bu paytgacha Shanu hatto tovush ham
chiqazmadi. Ammo Mira ishini bitirib boʻlgach, hammani
xonasidan quvib soldi va ichkaridan qulflanib oldi...
Shanu xonasida eshikni qulflab, xonasiga koʻz yugurtirib
chiqarkan, qoʻliga tushgan hamma narsani otib, sindirib
tashlay boshladi... Pardalarni tortib uzib oldi... Chiroyli
ishlangan suvinerlarni otib sindirdi... Atirgullarni qoʻyib
qoʻygan guldonlarni ham xona devorlariga qarab, uloqtirib
sindirdi... Yotogʻidagi choyshablar, yostiq va yotoqdagi
bezaklarni ham uloqtirib yubordi... Kuchi yordamida
xonadagi barcha jihozlarni boʻlaklarga boʻlib tashladi...
Xullas xonani tanib boʻlmas darajaga olib kelgach, xonani
oʻrtasiga choʻkkalagancha, izzilab yigʻlay boshladi... Uni
Imronni qilgan ishlarini hazm qila olmayotgandi...
Qalbidagi toʻfonni hech tindirolmayotgandi va qalb
ogʻrigʻiga chidolmayotgani uchun ham yigʻlash bn
ovunayotgandi... Qolganlar kirishga qanchalik urunmasin,
Shanu qobiliyati yordamida ularni kirishiga yoʻl
qoʻymayotgandi... Shanu shu koʻyi yigʻlashda davom etdi...
Imron qasr tashqarisidagi oʻrmonning koʻli yonida


paydo boʻlib, koʻlga qarab gʻazabini bosishga, diqqatini
jamlashga urinardi... Ammo ortidan quchgan qoʻllar sabab
diqqati jamlashga ketgan harakatlari besamar ketdi...
Ortidan quchgan qoʻllar sohibasi Imronning qulogʻiga.
- Men sizni judayam sogʻindim... Sizni judayam qattiq
sevaman Imron, - deb extiros va chiroyli ovozda shivirladi...
Sulton xonasida oʻtirar ekan, bir aygʻoqchilikka joʻnatgan
qoʻl ostidagi eng yaxshi iblis unga yangi xabar olib
kelgandi... Sulton xabarni iblisdan eshitgach, gʻazabini shu
darajaga chiqdiki, iblis qoʻrqanidan xonadan tezda chiqib
ketdi... Sulton boʻlsa gʻazabdan baqirgancha, xonani ostun-
ustin qildi... Bundan ozgina gʻazabi bosilgan boʻlsa ham,
uni koʻngli toʻlmadi... Ammo oʻzini bosishga uringan koʻyi
oʻziga oʻzi "Bu safar uni senga berib qoʻymayman...
Boshqa unga azob berishingga, aldashingga jim qarab
turmayman... Barcha haqiqatlardan Shanuni xabardor
qilaman... Shanu bunday hayotga munosib emas... Barcha
qilmishlaring uchun javob bersan hali..." deb Sulton oʻzi
eshitiladigan darajada tishlari orasidan gʻazab bn shivirlab
aytdi va xonasidan chiqib ketdi...
Shanu xonasida yigʻlab oʻtirarkan, birdan boshi aylanib
nafasi siqa boshladi... Tanasida kuchsizni his qildi...
Hattoki qoʻlini qimirlatishga kuchi yetmadi... Shanu biroz
shu koʻyi oʻtirgach, ogʻzida gʻalati taʼmni his qildi. Keyin


birdan yoʻtal tutgach, qoʻli bn ogʻzini yopib yoʻtalib boʻlgach
qoʻlini ogʻzidan olganida, qoʻli qon boʻlganini koʻrdi...
Holsizlik uni borgan sari qamrab ola boshladi... Shanu
qaltirayotgan qoʻllaridan koʻzlarini uzmas ekan, faqat bir
soʻznigina ayta oldi xolos...
- Faqat hozir emas...
* * *
Imron oʻzini quchgan qoʻllarni siltab tashladi. Ortiga
oʻgirilarkan, qancha bosishga urunayotgan gʻazabi
choʻqqisiga chiqishga ulgurgandi... Imronning toʻq
jigarrang koʻzlari zulmatdek tim qora rangga kirgan va
koʻzlarida yaqqol nafrat mujassam edi. Qoshlari
chimirilgan, gʻazabda boʻlganligi uchun boʻyin tomirlari
boʻrtib chiqqan va qoʻllari musht holda ortidagi qizga
qaradi. Qiz Imronning bunday koʻrinishidan qoʻrqib ketgan
boʻlsa ham, hech qayerga jilmay unga muhabbat toʻla
koʻzlari bn qarab turardi... Imron boʻlsa hissizlarcha unga
sovuq qarab.
- Bu yerda nima qilyapsan?
- Sizni sogʻindim... Koʻrdingizku oʻzingiz ham Shanuni
qilgan ishini... U sizga xiyonat qilib yuribdi axir... U sizning
sevgingizga munosib emas..., - deb qiz Imronga moʻltillab
gapirar ekan, Imron qizning gapini shu yerida shartta


boʻldi...
- Seni oxirgi marotaba ogohlatiryapman... Aslo Shanu
haqida yomon gapira koʻrma... Men uni qandayligini juda
yaxshi bilaman... Boyagi ishimga kelsak, u yerda Shanuni
aybi yoʻqligini men kabi sen ham juda yaxshi bilib
turibsan... Sevgimga kelsak, sevgimga munosib boʻlgan
dunyodagi yagona qiz bu Shanu... Shunday ekan, mendan
umiding uz va boshqa meni ham, uni ham qarshisidan
chiqma, - deb nafrat bn boqib, ketyotgan payti qiz alam bn
gapira boshladi.
- Meni undan nimam kam?! Unda bor chiroy menda ham
bor... Undagi kuch menda ham bor... Undagi senga boʻlgan
sevgisidan, meniki ancha kuchli... Ayting... Nimam kam
undan?! Nima qilsam meni u kabi sevasiz?! Nima qilsam
men bn qolasiz?!, - deb alam bn baqirib yigʻlay boshladi qiz.
Yigʻlash barobarida gapini davom ettirdi...
- Oʻsha iflos boʻlmaganida siz meni tashlab
ketmasdingiz... Avvallariday bir baxtli yashayotgan
boʻlardik... Balki farzandlarimiz ham boʻlishi mumkin
ediku... Negaaa?! Nega oʻsha qanjiqni mendan ustun
koʻrdiz?!, - deb baqirardi qiz... Imron ortiq jim keta olmadi...
Shanuni haqoratlagani uchun qizga nisbatan nafrati battar
oshdi va qizni qarshisiga paydo boʻlib, keskin boʻynidan
bugʻdi... Asta qulogʻiga...


- Seni ogohlantirgandim... U haqida yomon gapirma
degandim... Sen boʻlsa yomon gapirush tugul, uni
haqoratlading kamiga meni yonimda menga... Ayt-chi...
Endi seni nima qilaman... Qoʻlimdan seni kim qutqara
olarkan, - deb Imron qizni qulogʻiga shivirlab gapirish
davomida uni qattiqroq bugʻardi... Qiz oxiri nafas ololmay
ham qoldi... Imron biroz shu koʻyi turgach, qizni siltab otib
yubordi...
- Boshqa yoʻlimdan chiqma... Shanuni oldida ham
boshqa koʻrmay seni..., - degancha gʻoyib boʻldi... Qiz
chuqur-chuqur nafas olish barobarida, alam bn.
- Mendan hali koʻrasan, Shanu... Seni shuncha ayaganim
yetadi... Hali boshingga shunday kunlarni solamanki, hatto
buni tasavvur ham qilmagansan... Sen albatta Imronni
tortib olaman..., - degancha qiz nafrat bn gapirdi va u
yerdan ketdi...
* * *
Shanu xonasida qoʻlidagi qonga qarab oʻtirarkan, ortiq
bardoshi yetmadi... Zoʻrgʻa turib, sekinlik bn yuvinish
xonasiga borib yuz qoʻllarini sovuq suvda yuvdi... Oynaga
qaraganida qarshisida koʻzlari yigʻidan qizargan, rangi
yanada oqargan, sochlari toʻzigan bir axholdagi qizni koʻrdi
va xoʻrligi kelgancha yana yigʻlay boshladi...
Yigʻlayverganidan, hatto kuchi ham qolmagani uchun yerga


oʻtirib qoldi...
Oʻksib-oʻksib yigʻlarkan, sochlarida boshqa qoʻlni his
qildi... Bu qoʻl taftini Shanu juda yaxshi biladi va necha asr
oʻtdiki shu taft sohibini sogʻinib tunlarni bedor oʻtkazdi...
Shanu sochlaridagi qoʻl uning toʻzgʻib ketgan sochlarini
silar ekan, Shanuni boyagi "dahshatli" gaplar yodiga kelardi
va battar xoʻrligi kelgancha yigʻlashda davom etdi... Uning
qalbi qattiq ogʻrigandi, Imronning gaplarida keyin. Ammo
uni bor vujudi bn sevganligi uchun ham undan
ketolmaypogandi... Shuning uchun ham sochlaridagi qoʻlni
olib tashlay olmayotgandi... Bunga unga boʻlgan sevgisi
yoʻl qoʻymasdi...
Imron biroz Shanuni yigʻlashiga qarab turdi... Chunki
boyagi aytgan gaplaridan keyin oʻzini uning oldida aybdor
deb hisoblayotgandi... Ammo Shanu yigʻlashdan hech
toʻxtamayotganini, koʻzlari ishib ketgan koʻrgach, Shanu
anchadan beri shu holda ekanini koʻrib yurahi orqaga tortib
ketdi va shartta uni bagʻriga qattiq bosdi... Suyuklisini shu
axvolga solganligi uchun oʻziga laʼnatlar oʻqidi...
Ketgandan beri yigʻlaganini oʻylasa, koʻksida qattiq ogʻriqni
sezdi... Bunga qoʻshimcha qilib, bagʻridagi jondan aziz
ayolini hech yigʻidan toʻxtamasligi ham qoʻshilgandi...
Imron oxiri uni gap bn ovutishga urib koʻra boshladi.
- Kechir... Atirgulim..., - deb Imron uni qattiqroq


qucharkan, xuddi uning gaplaridan keyin Shanu uni siltab
tashlab, quchogʻidan chiqib ketadigandek tuyulardi unga...
Ammo u kutgan narsalarning umuman teskarisini qildi
Shanu... Shanu ham Imronni quchdi.
- S.sizzz.nni ss.soo.gʻgʻiiinnn.ddimmm, - deb zoʻrgʻa
ayta oldi. Chunki uzoq vaqt baqirib va koʻp yigʻlaganidan
hiqqichoq tutib, ovozi bugʻilib qolgandi... Imron Shanudan
bu gapni eshitgach, shunday vafoli, sevgisiga doimo sodiq
qolib uni kutgan bagʻridagi farishtasini boshqalardan
ustunligiga begʻuborligi-yu qalbi pokligiga amin boʻldi... Va
unga shunday qiz uchragandan "Ollohga shukur" deb
qoʻydi... Shanu yana qiynalib boʻlsa ham gapini davom
ettirmoqchi boʻldi...
- Mm.menn s.sizz.ggaaa x.xii.yyooo..., - Shanu gapini
davom ettira olmadi labi ustuga qoʻyilgan qoʻllar sabab...
Imron qizni bagʻridan boʻshatib, lablariga koʻrsatkich
barmogʻini qoʻyib gapirishdan toʻxtatdi va koʻzlariga
avalgidek mehr-muhabbat toʻla nigohlar bn qaradi...
Shanuni koʻzlari jiqqa yoshgan toʻlgan boʻlishiga qaramay,
uning tim qora koʻzlarida unga boʻlgan chesiz sevgi-yu, oʻz
aksini koʻrgach behad quvonib, qayta qattiq quchdi...
- Boʻldi... Atirgulim oʻzimni... Bilaman... Sen menga
xiyonat qilmagansan... Boyagi ishim uchun, qalbingni
ogʻritganim uchun kechir... Sen bunga umuman loyiq


emasding... Kechir... Rashkim sabab senga azob berganim
uchun, kechir... Seni behad, telbalarcha sevaman... Shu
telba oshigʻingni kechir...
Shanu Imronga hech nima demadi... Shunchaki
Imronning boʻynidan qattiq quchdi... Imron boshqa gap
hozir ortiqcha ekanligina bilib, u ham jim boʻldi va Shanu
dast koʻtarib olib xonadan chiqdi. Chunki Shanuni axvoli
yaxshi emas edi... Imron xonadan Shanuni koʻtarib
chiqqanligini qolganlar koʻrgach, Shahzodni koʻzlarida
nafrat aks etgan boʻlsa, qolganlar bu kim ekanligiga
qiziqishardi... Imron ularning hech biriga eʼtibor bermay,
Shanuni koʻtargancha boshqa boʻsh sarishta xonaga olib
kirdi va uni yotoqqa yotqizdi... Qolganlar ortidan kelganda,
Imron ularni xonaga kirgizmay, "Shanu hozir dam olishi
kerak, uni holi qoʻyinglar, oʻziga keltach birga pastga tushib
hammasini bafurja gaplashib olamiz..." deb ularni ketkizib
yubordi. Oʻzi boʻlsa qaytib xonaga kirgancha, Shanuni
yoniga yotib, uni quchgancha yotdi. Shanu ham Imronni
koʻksiga bosh qoʻygancha koʻzlarini yumdi, ammo
koʻzlaridan yosh sizib chiqishdan toʻxtamadi...
Hamma pastga tushib oʻtirarkan, Shahzod qanchalik
gʻazabini bosishga urunmasin bari foyda bermasdi...
Shahzod bir nuqtaga termulib oʻtirarkan, oxiri sabri tugab
gʻazab bn yonida turgan guldonni devorga qarab otib
yubordi... Buni kutmagan boshqalar unga hayrat bn


qarasharkan...
- Tinchlikmi, Shahzod?! Nimadir boʻldimi?, - deb Sardor
hayratini yashirmagan koʻyi Shahzoddan soʻradi... Shahzod
Sardorni savoliga javob berish oʻrniga u yoqda bu yoqqa
yura boshladi... Keyin gapga Ali aralashdi.
- Shahzod, gapirsang-chi... Sen Shanuni yonidagi yigitni
koʻrganingdan beri oʻzgarib qolding... Demak uni tanir
ekansanda... Hoʻsh kim edi u?, - deb Ali Shahzodni
soʻroqqa tuta boshladi. Alini gapini qolganlar ham
maʼqullagani uchun Shahzod aytishga majbur boʻldi...
- U haligi... Shanu shu paytgacha kutgan va boyagini oʻzi
aytkanidek oʻtmishidagi turmush qurgan yigit... Bu ham
kamlik qilsa, biroz avval uni boya "dahshatli" ahvolga
solgan oʻsha ablah..., - deb Shahzod gʻazab bn tishlanib
gapirdi...
- Shanu boʻlsa, qanday qilib uni shuncha ishini
bilmagandek unga qoʻl tekkizishiga, yetmaganiga uni
yonida qolishiga indamay ruxsat berganiga tushuna
olmayapman, - deb Shahzod gapini davom ettirib qoʻydi...
Shahzodni gapini eshitgan boshqalar ham Shanuga
tushuna olmay qolishdi... Va oxir oqibatda, Shanu oʻziga
kelib olgach, oʻzidan soʻrab bilib olamiz degancha, uni
oʻziga kelishini kutib oʻtirishdi... Sevinch bn Javohir boʻlsa,
boya hushsiz ahvolda olib kelingan Abdulhafizni hushiga


kelishini kutib, uni xonasida oʻtirishardi... Kattakon,
hashamatli bu qasr hozirda oʻlik sukunat hukmron edi...
Shanu Imronni koʻksida bosh qoʻyib, koʻzlarini yumib
yotarkan, koʻzlaridan yosh sizib chiqaverardi... Bir zum
shunday yotgach, koʻzlarini shartta katta-katta qilib ochdi
va Imronni bagʻridan otilib turib ketdi... Qizning bu ishini
tushunmay, kuzatib yotgan Imron ham qiz turgach, yotgan
oʻrnidan turib yotoqqa oʻtirdi... Imron Shanuga "nima boʻldi"
degan savolamuz nigoh bn qararkan, Shanu unga
qoshlarini chimirib olgancha qarshisida oʻtirardi...
- Meni yonimga qaysi oʻynashingizni oldindan
kelyapsiz?!, - deb Shanu qahrli nigohlar bn Imrondan koʻz
uzmagan holda gapirdi. Imron Shanudan bu gapni
eshitaman deb oʻylamagani uchun biroz shokka tushib
qoldi. Bu esa Shanuni yanada shubhalanishiga sabab
boʻldi. Imron tezda oʻzini qoʻlga olib.
- Nima?! Qanaqa oʻynash jinnivoy? Nimalar deyapsan?!, -
deb Imron unga begunoh bolalar kabi beozorgina qarash
bn qaradi. Bundan esa Shanuni battar jahli chiqib ketdi.
- Hali sizga men yosh bolamanmi?! Ustingizdan
kelyotgan begona ayol iforini bilmaydigan, - deb Shanu
gʻazabini bosishga urunardi. Imron sal oldingi uchrashuvni
eslab, ichida "jin ursin" deb qoʻyib, vaziyatdan chiqishga
urundi.


- Ha albatta... Sen menga qiyoslaganda yosh bolasan...
Meni mittivoyimsan... Erkatoyimsan..., - deb Imron
Shanuning burnidan chimdib qoʻydi... Shanu uning
gaplarini jiddiy olmayotgani uchun figʻoni falak chiqdi va
qoʻliga ilingan birinchi yostiq bn uni ura ketdi. Urush
barobarida....
- Men sizga hali yosh bola boʻldimmi?! Haa oʻzizga
boshqa yoshi kattarogʻini topib olibsizda aa?! Biz sizga
kichkinalik qilibmizda aaa?! Shuncha payt oʻsha yoshi
kattarogʻi bn mazza qilib voqti chogʻlik qilgandirsiz... Keyin
behosdan biz esizga tushib qoldikmi aaa?!, - deb Shanu
Imronni yostiq bn urarkan yostiq oxiri yirtilib ichidagi
parlari ularning ustiga sochilib ketdi... Shanu endi qoʻliga
tushgan narsani Imronga ota boshladi. Imron Shanuning
ayovsiz "zarbalaridan" qochish harakat qilarkan, Shanu
hech toʻxtashni bilmasdi... Oxiri xonada deyarli "sogʻ" narsa
qolmagach, sekin tin oldi... Imron boʻlsa uni orqasida
paydo boʻlib, quchib oldi.
- Oʻzimni rashkchi atirgulim... Boʻldimi, yetadimi
shunchasi..., - deb Imron Shanuni yuzidan oʻpib qoʻydi.
Shanu uni bor kuchi bn siltab tashlab, uni quchogʻidan
chiqib ketdi.
- Menga qoʻlizni ham tekkizmang, hissiz eshak, - Shanu
oxirgi soʻzini deyarli ichida aytgan boʻlsa ham, Imron uni


eshitib qoldi. Shartda qizni ikki yelkasidan oʻziga qaratib,
qizning yelkalaridan qoʻlini olmagan holda qoshlarini
chimirib qaradi.
- Nima deding?! Qaytar-chi... Men hali hissiz eshak
boʻldimmi?, - deb Shanudan koʻz uzmay qarab turarkan,
Shanu nima deb qoʻyganini endi tushundi... U Imronni
yaxshi bilgani uchun ham, Imron haqorat qilganlarni deyarli
sogʻ qoldirmasligini bilgani uchun ham hozir eng yaxshi
yoʻl vaziyatdan chiqish edi, ammo Shanuni hozir jahli
chiqqani uchun bunga hatto ahamiyat ham bermadi...
Shanu qoʻllari bn ogʻzini yopib, koʻzlarini katta qilgancha,
uzun kipriklarini pir-piratib Imronga xuddi yosh boladek
qararkan, Imron uni bu qilliqlarini bir muddat kuzatib turdi
va kulib yubordi. Shanu boʻlsa endi ikki qoʻlini chalishtirib...
- Yoʻq... Uzr adashibman... Siz qizlarga suyagi yoʻq
"suyuqsiz"... Qizlarni koʻrsangiz xuddi muzqaymoqday erib
ketadigan, - degancha keta boshlagandi, Imron uni
qarshisida paydo boʻlib qattiq quchib oldi va labiga labini
bosdi...
Shanu Imronga qanchalik qarshilik qilishga urunmasin,
bari besamar ketardi... Oxiri Imron qizni qoʻyib yuborgach,
Shanu Imronni yuziga tarsaki tushirdi... Buni kutmagan
Imron Shanuga gʻalati qaradi.
- Boshqalarni oʻpgan lablariz bn meni oʻpmang...


Boshqalarni quchgan shu qoʻllar meni quchmasin..., - deb
Imronni yonidan oʻtib ketyotgan edi, Imron Shanuning
bilagidan ushlab yana oʻz joyiga yaʼni qarshisiga olib kelib
qoʻydi...
- Men senga nima deyapman boyadan beri?! Men faqat
va faqat seni sevaman... Hayotimda sendan boshqa ayol
yoʻq... Men faqat senikiman... Qalbimda ham, hayolimda
ham, hayotimda ham, nikohimda ham, hatto kelajagimda
ham yolgʻiz oʻzing boʻlasan...
- Oʻtmishingizda-chi?!, - deb Shanu Imronning koʻzlariga
tikildi... Imron koʻzlarini olib qochdi.
- Hayotimga sen kirib kelganingdan keyin boshqa
ayolga hatto qiyo ham boqmadim, atirgulim... Menga
ishon... Nahot bir-birimizga boʻlgan ishonchimiz yoʻqolgan
boʻlsa, - deb Imron Shanuni yuzini qoʻllari orasiga olib,
unga iltijoliy va muhabbat toʻla koʻzlari bn tikildi... Shanu bir
muddat nima deyishini bilmay qoldi.
- "Imron qanday sizga ishonay... Ayting... Axir, sizdan
ayol kishini ifora shundoqqina kelib turibdi-ku... Lekin
judayam tanish ifor... Ammo kimga tegishli ekanini
bilolmayapman... Nega, hammasini yana chigallashtirib
yubordingiz?! Axir sizga bir olam quvonch bagʻishlaydigan
yangilikni aytmoqchi edim-ku... Shuncha ishdan keyin
qanday sizga ishonib bu yangilikni aytaman endi... Yoʻq...


Yoʻq... Men hozir sizga bu yangilikni ayta olmayman...
Hammasini tagiga yetib, bilmagunimgacha sizga hech
nimani aytmayman... Nima boʻlgan taqdirda ham tezroq
harakat qilishim kerak, axir voqtim oz qolyapti... Mayli
hozircha oʻzimni sizga ishonganday koʻrsatay, lekin baribir
hammasini tagiga yetmagunimgacha tinchimayman",
degan hayollar bn Shanu Imronning koʻzlaridan koʻzini
uzmay qarab turardi.
- Yaxshi... Sizga ishondim..., - deb Shanu jilmayishga
urundi va buni ming qiyinchilik bn uddaladi... Imron hech
narsadan shubhalanmay, Shanu unga ishonganidan
xursand boʻlib, uni mahkam quchoqladi. Shanu ham uni
qucharkan...
- Iltimos... Oʻtinaman... Menga xiyonat qilmagan boʻling
va qilmang ham... Xiyonatizni bilgan kunim... Oʻz sevgim
qotiliga aylaman... Meni oʻz sevgim qotiliga aylanishimga
yoʻl qoʻymang... Iltimos... Sizdan yagona iltimosim va
talabim shu... Unutmang... Xiyonatizni bilganimdan soʻng,
bu dunyoda yo siz yashaysiz yo men... Menga bunday
tanlov qilishimga yoʻl qoʻymang... Iltimos..., - deb Shanu
Imronning qulogʻiga shivirladi... Imron Shanuning gaplarini
eshitib, tanasi muzlab ketdi. Ichidan nimadir uzulganday
boʻldi... Shanu Imrondan oʻzini olarkan, chiroyli jilmayib.
- Endi men yuvib oʻzimga qarab olay... Hali boshqalarga


ham sizni tanishtirib, vaziyatni tushuntirishim kerak... Ha
aytkancha, hali shuncha voqt qayerda ekanligingizni
tushuntirib berishingiz kerak menga... Endi esa men
oʻzimga qarashga ketdim, - deb Shanu Imronni gapini ham
eshitmasdan shoshgancha xonadam chiqib ketdi. Imron
boʻlsa buyogʻiga nima qilishini oʻylab, xonada biroz yolgʻiz
qoldi. Keyin u ham yuvib oʻziga qarab olishga ketdi...
Shanu yuvinish xonasidan bitta xalatda chiqqach, shkafi
yoniga borib undan kiyish uchun koʻylak tanlay boshladi...
Koʻylaklari orasidan eng yorqin qizil ranglisini va eng
hashamatlisini tanladi... Koʻylakni kiyib boʻlgach, koʻzgu
qarshisiga kelib, pardoz qildi... Labini qondek qizil rangga
boʻyadi... Soʻng oʻzini koʻzgudagi aksiga qarab turarkan,
koʻzguda mukammal qiz siymosini koʻrdi. U hamon
koʻzgudan koʻz uzmay tikilib turarkan, koʻzguda Imron bn
birin-ketin aksi tasvirlandi... Ular judayam bir-birilariga mos
va ideal juftlik koʻrinishini aks ettirib turishardi... Shanu
boʻlgan voqealarni qayta yodga olarkan, Imron bn boshqa
bunday yonma-yon koʻrinishni istamay koʻzgudan
uzoqlashdi va yuzida hissiz va sovuq koʻrinish ifoda etdi.
Imron Shanuni bu qiyofada koʻrib, hali ham uni chindan
kechirmaganini tushundi va endi gapirmoqchi boʻlganida,
Shanu Imronning gapirishiga yoʻl qoʻymay oʻzi gapira
boshladi.
- Imron, bizni boshqalar pastda kutyapti... Shuning


uchun tezroq pastga tushishimiz kerak..., - deb Shanu
Imronni gapini eshitmasdan nozik va oʻziga ishonch bn
yurib xonadan chiqib ketdi... Imron ham uning ortidan
chiqdi. Birga pastga tushishar ekan, ularga hamma gʻalati
qarab turishardi. Shanu bu qarashlarga eʼtibor bermay,
mehmonxonani kreslolaridan biriga oʻtirdi. Yonidagi
kresloga esa, Imron oʻtirgach, qolganlar ham bir-ketin oʻz
oʻrinlariga oʻtirdi... Bu paytgacha Abdulhafiz ham oʻziga
kelib Sevinch bn Javohirdan boʻlgam ishlarni bilib olgandi
va u ham ularga qoʻshildi. Imron va Abdulhafiz bir-biriga
yomon qarash qilib oʻtirisharkan, ularni koʻz urushtirish
jangiga Shanuni gap boshlagani nuqta qoʻydi.
- Hammangiz yonimdagi Imron ekanligini bilib
boʻldingiz... Ha... Koʻrib turganingizdek u qaytib keldi..., -
Shanu endi gapni davom ettirmoqchi edi, ammo Shahzod
uni gapini shartta boʻldi.
- Xoʻsh, ayt-chi? U shuncha payt qayerda edi? Nega
biron marta seni koʻrgani kelmadi, senga hatto tirikligini
ham aytib qoʻymadi?, - deb Shahzod ochiqchasiga Imronga
qahrli qaradi. Shanuni ham bu savollarga javobi yoʻqligi
uchun, bir zum jim turgach, Imronga qaradi.
- Meni ham shu savollar qiynayapti... Kelinglar
barchamiz birdek shu savollarga javobni uning oʻzidan
olamiz... Xoʻsh, Imron bizni qiynayotgan savollarga javobni


sizdan kutyapmiz... Ayniqsa men..., - deb Shanu Imronga
achchiq jilmaydi va javob talab qilgandek qaradi. Qolganlar
ham Imrondan javob kutib unga qarab oʻtirishardi...
Imron boshqalarni nigohiga eʼtibor ham bermadi.
Faqatgina Shanuga qarab, nigohlaridan shuni tushundiki,
Shanu Imrondan juda qattiq hafa... Qalbi qattiq ogʻrigan...
Unga avvalgidek ishonmayapti... Hatto unga qarab turgan
alamzadalik aks etgan koʻzlarida shindoqqina bilib turibdi.
Faqat buni bilish uchun Shanuni Imronday bilish kerak
xolos... Imron oʻtmishda Shanu bn yuzma-yuz
gaplashmaslaridan oldin, uni ikki yil kuzatib yurgandi va
oʻsha paytlari u Shanuni barcha odatlari-yu, nima yoqish
yoqmasligini yaxshilab kuzatib bilib olgandi. Shuning
uchun ham Imron Shanuni bitta qarashining oʻzida undagi
holatni bilib olishi mumkin edi... Hozir ham shuning uchun
Shanuni ichki kechinmalarini tez fursatda bilib oldi. Toʻgʻri
bu ish bu safar unchalik son boʻlmadi, hatto Imron sal
qolsa uning sirtki yolgʻon holatiga ishonardi. Shundagina
Imron sezdi, shanuni tashqi koʻrinishi oldingidanda
goʻzallashgan boʻlsa, ichki tuygʻularini, hislarini bilib olish
oldingidanda ancha qiyinlashgan. U oldingidek sodda
qizaloq emasligini, Imron kecha Shanu uning koʻzlari tikilib
"ishondim" deb yolgʻon gapirganida bilgandi...
Imron Shanudan nigohlarini uzmagan koʻyi, uning
savoliga javob berishni boshladi.


- Men shuncha payt yoʻqligimni sabab bor albatta...
Chunki aslo, oʻzim xohlab seni yolgʻiz tashlab ketmasdim...
Esingda boʻlsa, oʻsha kuni seni "oshiqlaringdan" boʻlgan
Sulton kelgandi, - deb Imron "oshiqlaringdan" soʻziga
alohida urgʻu berib gapirdi...
- Ha albatta esimda... Oʻsha kunni unutib boʻlarmidi...
Axir sizni oʻsha kundan keyin asrlar mobaynida
koʻrmadim... Siz izsiz gʻoyib boʻldingizku axir..., - deb
Shanu kesatiq bn javob berdi. Imron uning kesatigʻidan
koʻngli olrigan boʻlsa ham, indamay gapida davom etdi...
- Men uni orqasidan chiqqach, u meni ancha uzoqroq
joyga olib keldi... Menga seni oʻzi bn olib ketishini,
sizlarning oʻrtangizda turganimni aytdi... Yana bir-biringizni
sevishingizni ham... Men seni doim kuzatib, yashirincha
oldingda boʻlganim uchun, bu yolgʻonligini darrov bildim va
unga seni hech qachon unga tugul boshqasiga ham
bermasligimni aytdim... Yana faqat men bu dunyoda yoʻq
boʻlsamgina sen boshqasiniki boʻlishing mumkinligina
aytkanimdan keyin, u "oʻzing shuni xohlading... Endi
bemalol "marhumlar olamida" senga omad tilayman"
degancha, qandaydir suralar ayta boshladi... Shu payt
uning onasi bn bir qiz adashmasam ismi Kamila edi
shekilli, kelib uni toʻxtatmoqchi boʻlganida, onasini ham
ayamasdan oʻldirdi... Kamilani ham oʻldirmoqchi
boʻlganida, u zoʻrgʻa qochib qutuldi... Men unga qarshilik


qilmoqchi boʻlganimda, ancha kechikkan edi... Meni qora
oʻrama tutun oʻz domiga torta boshladi... Menga gʻolibona
kulib turgan Sultonga ,bor kuchim bn yaqinlashib uni ham
oʻzim bn oʻsha oʻramaga olib ketdim... Shunday qilib biz
"Marhumlar olamiga" tushib qoldik... U yerdan chiqishni
iloji yoʻq edi... Faqat ruhlar, har xil qoʻrqinchli baqiriq
ovozlari, chaqaloqlarning yigʻi ovozlari hamma joyni
egallagan edi... Uning ustiga hamma joy zulmat edi... U
yerda vaqt tushuncha yoʻq boʻlgani uchun, bilmadim
qanchadan keyin Sulton u yerdan gʻoyib boʻldi... Keyin esa
meni yonimda yana oʻsha oʻrama paydo boʻlib, meni shu
yerga olamga olib keldi... Bundan juda hursand boʻlib, uyga
qaytsam sen yoʻq ekansan... Keyin seni qidirdim va oxiri
oʻsha voqea ustida seni topdim..., - deb Omron gapini
yakunlab Abdulhafizga nafrat bn qaradi... Imronning
gaplaridan hamma hayratga tushib qoldi. Hatto Shanu
ham shok holatida edi hozir...
Shanu shok holatida edi, birdan boshida qattiq ogʻriqni
sezdi... Tanasidagi kuch uni sekin tark etardi... U oʻzini
qancha tutishga urinmasin, bu eplay olmay borardi...
Shanu boshida qattiq ogʻriqni sezdi-yu, zulmatga quladi...
Hamma Imronga qarab oʻtirarkan, birdan Shanu oʻzini
tashlab yubordi... Inron chaqqonlik qilib uni yerga
tushmasidan ushlab qoldi va dast koʻtarib oldi... Hamma
nima boʻlganini toʻliq tushunib yetmasidan Imron Shanuni


yotogʻiga olib ketdi. Qolganlar ham uning ortidan ketishdi...
Imron xonaga kirgach, Shanuni yotoqqa yotqizdi. Uning
ortidan kelgan Mira Shanuni koʻzdan kechirarkan nima
boʻlganini aniqlay olmadi... Bundan Imronni gʻazabi
qaynagan boʻlsa ham hozir janjallashadigan vaziyat
emasligini bilib indamadi.
- Menimcha... Shanu hushidan ketgan... Lekin sababini
aniqlay olmadim... Oʻziga kelgach, yana bir bor uni koʻzdan
kechiraman, balki shunda negaligini aniqlashim mumkin, -
deb Mira boshqalarni oldida xuddi aybdordek bosh egdi va
xonadan hijolat chekib chiqib ketdi. Qolganlar ham sekin
xonani tark etisharkan, Shahzod bn Abdulhafiz Shanuni u
bn yolliz qoldirishni istashmasdi, ammo chiqishga majbur
boʻlib xonani tark etishdi... Imron Shanu bn xonada yolgʻiz
qolarkan, uning yoniga yotib oldi. Shanuni yuzlarini,
keyinesa sochlarini silab biroz termuldi... Keyin oxista
labidan oʻpib qoʻyib, uni quchoqlab yonida yotdi va
koʻzlarini yumdi...
Imron uygʻonib koʻzlarini ocharkan, quchogʻi boʻsh
ekanini koʻrib yotoqqa qaradi. Yotoqda ham yolgʻiz ekanlini
koʻrgach esa, xonaga koʻz yugurtirib uni topolmagach,
yuvinish xonasiga kirdi, ammo Shanuni u yerdan ham
topolmadi... Bundan Imronni hayrati oshdi. Oʻziga oʻzi
"Shunaqa ham qattiq uxlaymanmi, hatto suyukligim
quchogʻimdan chiqib ketibdi-yu men bilmabman... Ammo


men doim juda sezgir boʻlganman... Qanday uddaladi
ekana mendan sezdirmay ketib qolganinichi buni... Oʻzimni
ayyorcham..." deb Imron gapirib xonadan chiqib, Shanuni
qidirishga tushdi. Ammo qasrning hamma yerini koʻrib
chiqqan boʻlsa ham Shanuni topa olmadi... Oxiri istamasa
ham Shanuni Shahzoddan soʻrashga majbur boʻldi. Chunki
Shanuni eng yaqini bu Shahzod ekanini Imron ham juda
yaxshi bilardi. Imron Shahzodni yoniga borib gapni
nimadan boshlashni bilmay turganida, Shahzodni oʻzi
gapirib qoldi...
- Shanuni topolmayapsanmi?!, - deb Shahzod Imronga
qattiq tikildi. Imron Shahzodning bu gapidan keyin bir
hayron qolgan boʻlsa, bir Shanuni qayerda ekanligini
bilishini fahmladi. Ammo yana gapirmoqchi boʻlganida
Shahzod uni gapirishiga qoʻymay oʻzi gapira ketdi...
- Sen ham uni toʻxtata olmapsanda yoki senga ham
sezdirmay ketgan... Seni hayron qolganligingni inobatga
olsak, demak senga ham sezdirmay ketin qolibdi... Xoʻsh
mendan uni qayerdaligini soʻramoqchi boʻlsang, men
bilmayman... U doim oyning shu sanasida gʻoyob boʻladi...
Qayerga ketganligini esa hech birimiz bilmaymiz... Kuzatib
ovora boʻlma, baribir uni qayerga ketganini bilolmaysan..., -
deb Shahzod Imronni gapini eshitmasdan ketib qoldi.
Imronni Shahzod hatyo gapirishiga ham qoʻymagani uchun
achchigʻi chiqqan boʻlsa ham, hozir uni Shanuni qayerga


ketgani koʻpriq oʻylantirgani uchun Shahzod bn hisob-
kitobni keyinga qoldirishni maʼqul koʻrdi va yotoqxonaga
kirib kuta boshladi...
Imron Shanuni yotoqxonada kresloga oʻtirgancha
kutarkan, Shanudan hech darak boʻlmasdi... Kech tushgan
boʻlsa ham Shanu qaytmadi. Imron yotoqxonadan chiqmay,
kresloga oʻtirgancha uni kutishdan toʻxtamadi... Shu
oʻtirishda tunni tong qildi... Erta sahardan yotoqxonaning
ayvonga chiqish eshigi ochilib, oxista qadamlar bn sekin
Shanu xonaga kirib kelardi va oʻziga qaratilgan jiddiy
nigohlarga koʻzi tushgach bir choʻchib tushdi... Oʻzini tezda
qoʻlga olivolib, u ham xuddi Inron kabi jiddiy qiyofaga kirib
oldi. Imron unga tikilib turarkan, oʻzi gap boshlashini kutdi.
Ammo Shanuda bunday narsaga moyillik sezmaganidan
keyin oʻzi soʻrashga majbur boʻldi.
- Shuncha paytdan beri qayerda eding?, - deb Imron
Shanuga qattiq tikildi, xuddi javob talab qilgandek.
Imronning ovozida jaxl, havotir va sogʻinch yaqqol sezilib
turardi. Shanu bir zum jim turib, nimanidir oʻylagach,
shoshilmay shkaf yoniga borib ichidan qoʻliga ilingan
koʻylakni oldi. Uning harakatlarini kuzatib turgan har kimsa,
uni qattiq charchaganini hech shubxasiz sezishi aniq edi...
Imron uni javob berishini sabr bn kutarkan, sabri oxirlab
qolganini fahmlab turardi. Shanu Imronning koʻzlariga tik
magʻrur qarab.


- Shunchaki, biroz yolgʻiz sayr qilishni istadim. Bori
shu..., - degancha Shanu uni javobini ham kutmasdan
tezlikda yuvinish xonasiga kirib ketdi. Imronning jaxli
chiqib, kreslo oldidagi suvinerni derazadan uloqtirib
yubordi. Shanu uni aldaganidan judayam jaxli chiqib ketdi.
Aldamagan taqdirda ham, bu sayr oddiy oʻtmagani uni
koʻylagi yoqasidagi qon dogʻidan ham bilsa boʻlardi...
Imron doim Shanuga nisbatan oʻta eʼtiborli boʻlgani uchun,
bittada koʻylagodagi qon dogʻini koʻrdi va Shanu uni
koʻzlariga tik qarab yolgʻon gapirgani uchun ham jaxli
judayam chiqib ketdi. U tushundi, Shanu undan nimanidir
yashiryapti, demak uning ishonchidan chiqdi... Imron
shularni oʻylarkan, gʻazabdan qoʻllari musht boʻlib tugildi,
ammo oʻzini bosishni, jaxlini jilovlay olishni uddaladi...
Chuqur nafas olib chiqargach, yana qaytib oʻtirgan
kreslosiga oʻtirdi. Shanu yuvinish xonasidan chiqqach
"tergov"ni davom ettirish uchun kuta boshladi.
Shanu yuvunish xonsiga kirgach, chuqur nafas olib, ogʻir
xoʻrsinib qoʻydi va koʻzguga qararkan, koʻylagiga tekkan
qon dogʻini koʻrib koʻzlari katta-katta boʻlib ochilib ketdi.
Koʻzgudan koʻylagidagi qon dogʻiga qararkan, Imron
koʻrmagan boʻlsin deb ichida duo qila boshladi. Ammo
Shanu bilib turardi, katta ehtimol bn Imron buni koʻrganini
va uni hozir yotoqxonada bunga izohini kutayotganini...
Shanu shu narsalarni oʻylab, ogʻir xoʻrsinib qoʻyib, muzdek


suv tahida ancha turdi. Bu unta doim teran fikrlashga
yordam bergani uchun ham Shanu buni tez-tez qilib
turardi... Shanu yuvinib boʻlgach, ustiga boya olgan
koʻylagini kiyishni istamay, bitta xalatni kiyishni maʼqul
koʻrdi...
- Ana endi Shanu aqlingni yaxshilab ishlat... Sezgir boʻl...
Boʻlmasam Imron seni nimalar qilib yurganingni bilib qolsa,
shuncha qilgan ishlaring besamar ketadi..., - deb Shanu
koʻzgudagi aksiga qarab, deyarli ichida gapirdi va yuvinish
xonasidan chiqdi... Kresloda oʻtirgan Imronni koʻrib,
adashmaganini bildi va sochlarini sochiq bn qurutishga
urungancha, yotoqqa Imronning qarshisiga oʻtirdi. Shanu
Imronga boshla degandek, hafsalasi pir boʻlib qaradi va
shunday qilib "tergov" boshlandi...
- Xoʻsh, atirgulim... Balki sayrda nimalar boʻlganini
menga aytib berarsiz?, - deb Imron sayr soʻziga alohida
urgʻu berib gapirdi. Shanu hech qanday oʻzgarishsiz,
hotirjamlik bn Imronni savoliga javob berdi.
- Doimgidek..., - deb Shanu Imronga sirli jilmayib qoʻydi.
Imronni bundan yanada Shanuni 1 kun qayerda boʻlganiga
qiziqib qoldi...
- Yaxshi... Batafsilroq aytib bera qoling unda sirli
sarguzashtlar Qirolichasi, - deb Imron bu safar kesatib
gapirdi.


- Sayrda sizga aloqador hech narsa boʻlgani yoʻq Qirol
egaist, - deb Shanu ham Imrondek javob qaytardi... Imron
Shanuning gapidan bir qalbi ogʻrisa, shunch payt
qayerdaligini aytmayotgani uchun bir jaxli chiqardi. Ammo
Shanuni qalbini ogʻritishni istamay, bazoʻr oʻzini
bosgancha "tergov"ni davom ettira boshladi...
- Meni rafiqam ekanligingizni unutmang qalblar ovchisi...
Shunday ekan barini bilishga toʻlaqonli haqliman, - dedi
Imron bu safar biroz jiddiy tortib.
- Ha endi esingizga tushib qoldimi, rafiqangiz ekanim?!
Shuncha payt holimdan hatto xabar ham olmagan
edingizku... Endi mendan erlik huquqingizni talab
qilyapsizmi?! Bizga..., - deb Shanu shu joyida toʻxtab qoldi...
Nima deb qoʻyganini endi tushib, Imronga qaragach, Imron
unga tushunmay qarab turganini koʻrib darrov gapini
toʻgʻirlab davom ettira ketdi.
- Bizga, menga boshqa biz kabilarga kerak paytingiz
yonimizda boʻlmadingiz... Shunday ekan mendan erlik
huquqlaringizni mendan ogʻzingizni toʻldirib talab qilmang,
janob Begona, - deb Shanu Imronga nafrat bn qarab,
kiyinish xonasiga kirib ketdi. Imronning qulogʻi ostidan
"Janob Begona.." degan Shanuni ovozi qayta va qayta
takror jaranglaverdi. Imron Shanuning bu gaplaridan keyin
koʻksida qattiq ogʻriq turdi... Qalbi parchalandi... Jaxl


ustida qoʻliga ilingan narsani har yoqqa otib, parchalab
tashladi... Qoʻliga ilingan stakanni endi otmiqchi edi, koʻzi
xonaning devoriga oʻrnatilgan Shanuning jilmayib tushgan
rasmiga tushgach, qoʻlidagi stakanni ota olmadi va qattiq
siqdi... Stakan uning kuchiga bas kela olmay, kaftida sinib
ketib, qoʻlini jaroharladi. Imron qoʻlini qattiq siqishdan
toʻxtamagani uchun, shisha siniqlari uni qoʻlini jiddiy
jarohatladi va jarohatdna tizillab qon oqa boshladi... Imron
biz muddat Shanuni rasmidan koʻz uzmay turgach,
xonadan gʻoyob boʻldi...
Sulton Shanuning yotoq xonasining ayvonidan Shanu va
Imronning gaplarini zimdan eshitib turarkan, Imron
ketgach eshitkanlarini tahlil qila boshladi... Tahlil qilarkan,
uni ham Shanuni bunday sirli gʻoyib boʻlib qolishlarini
sababi qiziqtirib qoʻydi va surishtirish uchun Sulton ham u
yerdan ketdi...
Shanu kiyinish xonasiga kiriboq yerga oʻzini behol
tashlab yubordi... Koʻzlaridna yosh quyilib, yuzlarini
yuvardi... Shanu shu qadar yigʻlardiki uni koʻrgan kim
boʻlishidan qatʼiy nazar unga achinib qarashi aniq edi...
Shanu boshqalarni oldida oʻzini ojizaday koʻrsatishga
gʻururi yoʻl qoʻymagani uchun ham shunday hech kim yoʻq
yolgʻiz qolgandagina koʻz yosh toʻkardi... Toʻgʻri baʼzida
shunday ishlar boʻladiki, Shanuni jonidan, suyak-suyagidan
oʻtib ketadi va oʻzini biroz muddatga tuta olmay koʻz yoshi


toʻkkan paytlari ham boʻlgan. Ammo tezda yana oʻzini tutib
olib, magʻrur kibrli Qizil Qirolicha qiyofasiga kirib oladi...
Shanu yerda oʻtirgancha yigʻlar ekan, qarshisidagi katta
koʻzguda oʻzini koʻrib, aksiga gapira boshladi...
- Mana, mening asl koʻrinishim... Hech kim magʻrur,
kibrli, hissiz qizning aslida shunday ojiza ekanligi haqida
hatto oʻylab koʻrmaydi... Menga ham boshqalar kabi mehr-
muhabbat, eʼtibor, tinch osoyishta hayot kerakligi haqida
biron kim oʻylarmikan aaa?! Yoʻq... Yoʻq... Hech qachon...
Ular men haqimda oʻylashmaydi... Faqat mana shu
tanamga, kuchimga egalik qilishmoqchi boʻlishadi xolos...
Ular menimas Qizil Qirolichani yonida boʻlishayapti... Ular
meni men boʻlganim uchun yaxshi koʻrishmaydi... Axir
menda ham qalb borku... Meni ham qalbim ogʻriydi,
parchalanadiku... Lekin hech kim meni ichki
kechinmalarim bn qiziqmaydi... Hatto Imronga ham bularni
farqi yoʻq... Unga faqat menga egalik qilishi kerak xolos...
Kelganidan beri hatto "shuncha payt nima qilding" ,
"qiynalmadingmi" , "mendan keyin qanday yashading" ,
"hech kim senga ziyon yetkazmadimi" deb hech boʻlmasa
koʻnglim uchun soʻrasa boʻlardiku... Yoʻq... Lekin
soʻramadi... Ammo bir kun uni ruxsatisiz tashqariga
chiqqanim uchun oʻzicha endi mendan hisob soʻrayapti...
Yoʻq... Aslo Imron janoblari... Ortiq qoʻlingizda oʻyinchoq
boʻlmayman... Sizni sevaman... Hatto jonimdan ham ortiq...


Ammo siz oʻzgaribsiz, mobodo shubhalarim oʻrinli chiqib,
menga xiyonat qilgan boʻlsangiz... Ishonavering sizni oʻzim
oʻz qoʻllarim bn oʻldiraman... Sevgim haqqi qasam
ichaman... Iltimos qilib, Allohdan soʻrayapman, hatto doim
ichimda duo qilyapman shubhalarim oʻrinsiz boʻlsin deb...
Axir sizni chindan sevaman... Hatto siz oʻylaganingizdan
ham koʻproq... Shuning uchun ham sizni oʻldirish men
uchun judayam qiyin... Menga sevgim qotili boʻlishni ravo
koʻrmang, Imron... Shuncha sizga vafoli boʻlib, sevgimizga
sodiq qolib kutganim uchun ham meni bunday qilishga
majburlamang... Shuncha jabr chekkanlarim ham yetadi
axir..., - deb Shanu ortiq gapirolmadi... Yigʻlayverganidan
ovozi ham boʻgʻilib qoldi, yana tashqariga chiqmagan
judayam koʻp azobli dardlari ichida qolib ketdi va shu yerda
oʻziga kelib olguniga qadar yigʻlab oʻtirdi...
Shanu oʻziga kelguniga qadar kech ham tushdi... U yana
oʻsha magʻrur Qizil Qirolicha qiyofasiga kirib, har
doimgidek kuchli, magʻrur, kibrli va qatʼiyatli Shanu boʻlib
pastga kechki ovqatga tushdi. Hamma yana Shanuni ichki
kechinmalarini, azoblanayotganini bilmadi ham. Shanudan
yana hamma qayerga gʻoyib boʻlib qolganini soʻrashganida
Shanu sirli jilmaygancha "Shunchaki sayr qilishni xohladim
va toza havoda sayr qilib keldim..." degancha javob berdi...
Qolganlar ham undan doimgi javobni eshitgach, baribir
undan haqiqatni bilisholmasligini bilib ovqatlanishni


boshladi. Faqat Amirdan boʻlak hamma deyarli jim
ovqatlanardi. Albatta Amirning qovogʻini solib, jaxldor
boʻlib oʻtirishi hammani eʼtiboriga tushdi. Shahzod
ovqatlanishdan toʻxtab, Amirga sinchiklab qaradi.
- Tinchlikmi, Amir?! Asablaring buzulgan koʻrinadi..., -
deb Shahzod ham u kabi jiddiy qaradi. Amir biroz nima
deishini oʻylab turgach, ikkilanib Sahzodni savoliga javob
berdi.
- Xullas, anchadan beri vampirlarim gʻoyib boʻlishni
boshladi..., - deb Amir gʻazab bn gapirdi. Uning gapidan
keyin hamma hayron unga qarashdi. Shahzod ham biroz
oʻylanib turgach, Amirga jiddiy va oʻylanib gapirdi.
- Seni bunday jaxldor qiyofangdan shuni bilish mumkinki,
vampirlaringni gʻoyib boʻlishiga sabab shaxsni topa
olmayapsan, shundaymi?
- Albatta... Agar topganimda uni oʻz qoʻllarim bn
oʻldirardim... Eng qizigʻi u faqat toza qonli vampirlarimni
oʻldiryapti... Toʻgʻrirogʻi tanasidagi butun qonni ichib,
qonsiz oʻlik tanasini tashlab ketyapti... Bundan kelib
chiqadiki, u qon bn oziqlanadigam turdan, - deb Imron
gʻazabini bosishga urinib gapirdi. Hamma uning bu aytkan
maʼlumotlaridan keyin, oʻylanib buni tagiga yetish uchun
hamma Amirga yordam berishga kelishishdi...


Ularni hamma gapini boshidan beri chekkada eshitib
turgan Imronni hech kim payqamadi... Imron ularning
gaplarini eshitib boʻlgach, sekin qadamlar bn ularning
oldiga yura boshladi. Toʻgʻri Shanuni oldiga kelib, unga
qattiq tikildi. Imronning bu qiligʻidan keyin hamma hayron
unga qarab turisharkan, Imron hech nimadan bexabardek
hotirjam ovqatlanib oʻtirgan Shanuning sanchiqi ushlagan
qoʻlining bilagidan qattiq ushlab oʻrnidan turgʻizdi...
Shanuning qoʻlidagi sanchqi pastga tushib ketdi. Hamma
Imronning qiligʻidan hayratdan nima boʻlganini tushunmay
qolishdi ham. Imron hech kimga qaramasdan, hatto
Shanuga ham bir ogʻiz soʻz demasdan, uning bilagidan
ushlab, oʻzi bn tepaga olib chiqib ketdi. Doimgidek hech
kim hech narsa deya olmadi... Axir nima qilsa ham uler er-
xotin va ularning oʻrtasiga boshqalarning aralashishi toʻgʻri
emas...
Imron Shanuni xonaga olib kirgach, qoʻlini qoʻyib
yubormagan holda unga qattiq tikildi. Bu tikilishlarga
Shanuni asab tolalari dosh bermadi.
- Nima?!, - deb Shanu jaxl bn gapirdi. Imron yana biroz
tikilib turgachgina Shanuni savoliga javob berdi.
- Oldin baʼzilarda yaxshilab harakat qilsam
hayollarlaringni oʻqiy olardim... Hozir esa, kelganimdan beri
bor qobiliyatim bn harakat qilyapman, ammo umuman


uddalay olmayapman... Sen oʻzgaribsan... Sen oldingi
Shanu emassan, - deb Imron Shanuga boshqacha qaradi.
- Ha albatta. Axir oradan qancha asrlar oʻtdi... Boshimga
nelar kelmadi... Oʻzgarishimni menimcha tabiiy hol deb
oʻylayman. Axir men koʻrganlarim, his qilganlarim sizni
boshingizga tushmadida... Shunda siz ham mendan kam
oʻzgarmasdingiz..., - deb Shanu Imronning koʻziga bu safar
nafrat bn qaradi. Imron Shanuning koʻzlarida birinchi bor
oʻziga nisbatan nafratni koʻrgach, ichidan nimadirlar uzuldi.
Tanasida yengil titroqni sezdi. Qalbida kuchli toʻfon
koʻtarilib, parchalib ketdi goʻyoki. Shunda ham buni
sezdirmasdan yana oʻsha jiddiy qiyofaga kirib oldi.
- Xullas, mavzudan chetlashmaylik... Seni yaxshi
bilaman. Senda qonga nisbatan ehtiyoq yoʻq... Chunki
gibrit boʻlganing uchun vampirlikni bu qobiliyati senga
deyarli oʻtmagan... Qon seni oʻziga tortmaydi... Demak,
senga qon nima uchun kerak?! Ayniqsa vampir qon... Axir
vampirlarning hech biri bir birini qonini ichmaydi... Xoʻsh
nima sababdan, yoki kim uchundir bunday qilyapsan?!, -
deb Imron Shanuni bilagini qattiqroq siqib, unda yanada
oʻtkir va jiddiy tikildi. Shanu deyarli hech qanday reaksiya
bildirmay, oʻsha nafrat barq etib turgan nigohlari bn
Imrondan koʻz uzmagan holda uning savoliga javob berdi.
- Men sizga hisob berishga majbur emasman... Va hech


qachon sizga hisob bermayman... Undan keyin kim aytdi,
bu ishlarni men qilyotganimni... Biror dalilingiz bormi?!
Xoʻsh, men qildim ham deylik, buni isbotlab berolasizmi?!
Sizningcha, ular sizga ishonadimi yoki menga?! Shunday
ekan, bemaʼni gaplar bn boshimni qoʻtirmang... Oʻsha
mendan ustun qoʻygan suyuqoyoqni oldiga borib, undan
hisob soʻrang... Uni ishlariga aralashing... Endi meni
ishlarimga aralashmang... Men siz bn ajrashmoqchiman...
Imron Shanuning aytkan gaplaridan shok holatiga
tushib qoldi. Miyasida Shanuni gaplarini tahlil qilarkan,
Shanu u haqida bilib qolgan degan ehtimol uni qoʻrquvga
sola boshladi. Imron oʻzini tutib olishiga biroz vaqt ketdi.
Bu vaqtda Shanu Imrondan koʻz uzmay, uning qaroriga
nisbatan reaksiyasini kuzatardi. Shanuning koʻzlarini hali
ham nafrat, gʻazab, alam tark etmagandi. Imron ham
Shanuning koʻzlariga qararkan, u jiddiy gapirayotganini
qarori qatʼiy ekanini sezgach, yurahi orqaga tortib ketdi. Bir
zum usiz yashash haqida oʻylagan zahoti, oʻzligini unutdi...
Hayotini qolgan qismini tasavvur qila olmadi... Usiz hech
kim ekanligini yana bir bor his qildi... U bn hammadan
kuchli ekanini, hayoti mazmuni, yashash sababchisi u
ekanini yana bir bor tan oldi... Qanday boʻlmasin, Shanuni
oʻzi bn olib qolishi kerakligini fahmlardi va uni fikridan
qaytarishga harakat qila boshladi...
- Shanu nimalar deyapsan?! Yana qanaqa suyuqoyoq?!


Men senga necha marta aytay yana, sendan boshqasi yoʻq
meni hayotimda... Men faqat va faqat seni sevaman,
atirgulim... Menga sendan boshqasi kerak emas... Sen
meni hayotim mazmuni, yashashim sababchisi, yuragim
sohibasi, yagona muhabbatim, tanho sevgim, bir umrlik
rafiqam faqat oʻzingsan... Men sendan oʻzgasiga hatto
qiyo ham boqmayman..., - deb Imron Shanuni fikridan
qaytarishga, sevgisiga ishontirishga urinarkan, Shanu
Imronning gapalridan bir jaxli chiqsa, bir ensasini
qotirardi...
- Boʻldi... Yetar... Bu spektaklingizni oʻsha suyuqoyoq
oyimchangizga qoʻyib berasiz... Uni ham shunaqa yolgʻon
shirin soʻzlaringiz bn aldarsiz aaa... Bu yolgʻonlaringiz
faqat menga, unga rostlarimi?! Ha albatta unga rostan chin
yurakdan aytasiz, menga esa yolgʻondan... Imron meni
fikrimdan qaytarishga urinmang, qarorim qatʼiy siz bn
ajrashaman..., - deb Shanu Imronning qoʻlini siltab qoʻlini
olishga harakat qila boshladi. Boshida kuchi yetmay qoʻlini
uning qoʻlidan ozod qila olmadi, ammo oxiri bor kuchi bn
siltab tashlagan edi, uning qoʻlidan ozod boʻldi... Imron
Shanuni yoʻqotishni hech istamas, shu haqida oʻylashining
oʻzida uning yuragida qattiq sanchiq paydo boʻlardi. Shanu
uning changalidan ozod boʻlgach, undan uzoqlashishni
boshlagan ham edi... Bilagida kuchli qoʻlni his qilgan
zahotiyoq ortiga kuch bn tortildi... Imron Shanuni bilagidna


oʻziga tortib qattiq quchoqlagancha, lablariga labini bosdi.
Hatta Shanu bir zum nima boʻlganini tushunmay qoldi.
Tushungach esa qarshilik qilar, Imron boʻlsa Shanu
qarshilik qilgani sari qattiq quchardi...
Shanu qarshilik qilishdan hech toʻxtay demasdi, Imron
ham qaysarlik qilib uni qoʻyib yubormasdi... Oxiri Shanu uni
bor kuchi bn itarib yuborgach, Imron sal undan
uzoqlashgan edi Shanu chaqqonlik bn yana bir marta uni
kuch bn itarib uning quchogʻidan chiqib ketdi... Shanu unga
shunday gʻazab bn qaradiki, hatto buni koʻrgan Imronning
ham yuragida gʻashlik paydo boʻldi. Shanu nafrati va
gʻazabini boshqara olmay qoldi. Biroz oldin oʻzini ozgina
boʻlsa ham hotirjam tutayotgan Shanu hozir gʻazabini
jilovlay olmadi...
- Men sizga aytdim. Meni tinch qoʻying desam, siz
nimalar qilyapsiz aaa?! Qanday haddingiz sigʻdi meni
oʻpishga... Kim ruxsat berdi sizga aaa?! Kimsiz aaa?!
Kimsiz?! Meni oʻpadigan..., - deb Shanu nafrat bn Inronga
baqirdi. Imron ham Shanudan qolishmagan holda.
- Eringman... Ering... Men seni oʻpish uchun ham,
teginish uchun ham hech kimdan ruxsat soʻramiyman...
Sen menikisan, shunday ekan istaganimni qilaman... Kerak
boʻlsa, agar istasam yana va yana oʻpaman. Hatto bundan
ortigʻini qilshga ham kuchim yetadi... Eshitdingmi?!, - deb


Imron ham bu safar baqirib gapirdi. Shanu Imronning bu
gaplaridan keyin gʻazabining eng choʻqqisiga chiqdi...
- Nahotki?! Zoʻravonligingiz menga oʻtmaydi. Borib
oʻsha iflosingizga qiling, bu ishlaringizni... Menga hatto
qoʻlingizni ham tekkazishingizga yoʻl qoʻymayman endi...
Uni ushlagan iflos qoʻllariz bn meni ushlamaysiz... Uni
oʻpgan iflos oʻsha lablariz bn meni oʻpmaysiz... Oʻsha iflos
bn birga boʻlganingiz uchun men bn birga boʻlishingizga
endi yoʻl qoʻymayman... Siz ham eshitdingizmi?! Endi esa
keting... Bu xonada ham, bu qasrda ham, hatto qalbimda
ham endi sizga oʻrin yoʻq..., - deb Shanu Imronga baqirib
gapirib boʻlgach, ortga oʻgirilib oldi... Imron Shanuga qarab
turar ekan, uning gaplaridan bir qalbi ogʻrigan boʻlsa, bir
jaxli vulqon kabi otilib chiqardi... Shanuning unga
"zoʻravon" deb atagani uni yaxshiga achchigʻini chiqaza
olgandi. Chunki Imron shu paytgacha Shanuga haqiqatdan
zoʻrqvonlik qilmagandi... Toʻgʻri baʼzida Shanu qarshilik
qilsa ham oʻpardi, ammo unga nisbatan haqiqat ham kuch
ishlatmagandi... Imron shularni oʻylarkan, gʻazabiga
yengildi va Shanuni ortidan borib, koʻtarib oldi. Shanu nima
boʻlyotganiga tushunib ulgurmasidan uni yotoqni yoniga
olib kelib, yotoqqa kuch bn tashlab yubordi. Shanu hali
hamon nimalar boʻlyotganini tushunmasdi. Imron boʻlsa
gʻazabdan koʻzlari koʻr boʻlib qolgandi.
- Sen menga zoʻravonlik qilmang, deding aaa?! Men


senga shu paytgacha hali zoʻravonlik qilmagandim... Mana
endi haqiqiy zoʻravonligimni koʻrasan..., - deb Imron bir
urinishda koʻylagini ustidan yirtib olib, otib yubordi. Shanu
Imronning nima demoqchiligini tushunib, qilyotgan
ishlarini koʻrib koʻzlari katta-katta boʻlib ochilib ketdi.
Tanasini qoʻrquv egalladi. Nima qilishini bilmay qoldi...
Shanu endi qochishga urungan edi, Imron uni oyogʻidan
ushlab oldi. Shanu uni qoʻlidan oyogʻini ozod qilish uchun
tipirchilarkan, bari besamar ketardi... Imron yotoqqa chiqib,
Shanuni ustiga oʻzini tashladi va uni oʻpa boshladi. Shanu
ustidagi Imronni qanchalik itarmasin, unga qarshilik
qilmasin, hech kuchi yetmasdi. Imronni esa umuman
toʻxtash niyati yoʻqligi shundoq hatti-harkatlaridan bilinib
turardi. Imron Shanuni yuzlaridan, lablaridan boʻyinlaridan
oʻparkan, Shanu oʻzini qancha undan uzoqlashtirishga
harakat qilmasin, Imron uni qattiq ushlab olgandi. Shanu
hatto ozgina boʻlsa ham undan uzoqlasha olmasdi... Bir
qancha vaqt oʻtgach, Imron oʻpishdan toʻxtab Shanuni
kiyimlariga yopishdi. Shanuni qarshiliklariga qaramasdan
kiyimlarini yirtib tashlay boshladi... Imron Shanuni ustidagi
barcha kiyimlarini yirtib, uloqtirib yuborgach, oʻzini Shanuni
ustiga tashladi. Shanu Imronga qanchalik qarshilik
qilmasin, Shanu Imronni oldida baribir ojizaligicha qoldi.
Uning changalidan qutula olmadi...
Sulton xonasida oʻz hayollari bn oʻtirarkan,


chalkashliklardan, yashirin sirlardan, mavhumliklardan
boshi tars yorilay derdi... Sultonni hozir eng oʻylantiryotgan
narsalardan biri oʻsha kuni Imronni bir qiz bn koʻl yonida
koʻrgani boʻldi. Oʻsha qiz kim ekanligiga judayam qiziqardi...
Hatto uni qidirib ham koʻrdi, ammo oʻsha qiz haqida hech
qanday maʼlumot topa olmadi. Aksiga olganday ularni
tunda koʻrgani uchun, qizni yuzini koʻra olmagan edi.
Ularga yaqinlashgudek boʻlsa, Imron uni sezib qolishi bilib,
u yerdan ketganiga hozir afsuslanib oʻtiribdi... Axir
ketmaganida balki qizni yuzini koʻrarmidi... Shunda uni
topishi ancha oson boʻlardi... Sulton shunday hayollar bn
Shanuni suratiga termulib oʻtirishda davom etarkan, birdan
hayoliga Kamila kelib qoldi. Balki Kamila oʻsha qiz haqida
bilar degan oʻy bn shart oʻrnidan turib, shahdam qadam bn
Kamilani "mahkum" etgan xonaga kirdi. Kiriboq hech
narsaga qaramasdan oʻzini qiziqtiryotgan savolni berdi.
- Imron kim bn Shanuga xiyonat qilyapti? Yoʻq deya
koʻrma... Sen bu haqida bilishingni juda yaxshi bilaman...
Meni qanday oʻsha "Marhumlar olami"dan qutqargan
boʻlsang, u ham Imronni xuddi shunday qutqaribdi...
Demak sizlar tanishsizlar... Xoʻsh ayt-chi? Kim oʻsha qiz, -
deb Sulton Kamilaga oʻtkir nigohlar bn qaradi. Kamila
Sultonni gaplarini eshitgach, qah-qah otib kulib yubordi.
Sulton uni kuzatib turarkan, sabr kosasi toʻlib boryotganini
sezib turardi... Kamila kulishdan toʻxtab, mamnun


jilmaygancha Sultonni savoliga javob bera boshladi.
- Demak, Shanuxonim Imrondan shubhalanishni
boshlabdida. Balkim hatto ualrni koʻrib qolgandir... Afsus
oʻsha paytdagi uning xiyonatdan azoblangan axvolini
koʻrolmabmandaa. Ming afsus..., - deb Kamila soxta hafa
kishidan qilib koʻrsatdi oʻzini. Sultonni uning oxirgi gaplari
quyishqondan chiqazib yubordi va shartta oldida paydo
boʻlib, boʻynidan buqqancha gʻazab bn gapirdi.
- Men bn toʻgʻri gaplash. Senga savol berdim u qiz kim?,
- deb Sulton sekinlik bn koʻkara boshlagan Kamilani
boʻynini sal boʻshatdi. Kamila chuqur nafas olib sal oʻziga
kelgach.
- Senga u haqida hech narsa aytmayman. Koʻrasan, u
hali Shanuni yoʻq qiladi... Shanu ham xiyonat, sevganini
boshqasi bn koʻrishdagi azoblarni his qilsin. Men qila
olmagan ishalrni, u qiladi hali... Hammangizni ol qoldira
oladi..., - deb Kamila Sultondan koʻzlarini uzmay gapirdi.
Sulton Kamilaning qandayligini bilgani uchun ham, u hech
niam aytmasligini tushunib uni qoʻyib yubordi va xonadan
chiqb ketayotganida.
- Men tirik ekanman, Shanuga hech kim zarar yetkaza
olmaydi... Men uni soʻnggi nafasimgacha himoya qilaman...
Shuni unutma..., - degancha Sulton xonadan chiqib ketdi va
oʻsha qiz haqida qaytadan surishtira boshladi...


* * *
Shanu choyshabga oʻralib, deraza tomonga qarab
yotarkan, hozir faqat oʻzini judayam ojiz his qilardi. Qalbida
oʻziga nisbatan hatto nafratni ham sezdi. Agar kuchli
boʻlganida hozir shu koʻyga tushmasligi haqida oʻylab,
ojizligi uchun oʻzini laʼnatlardi... Shunday hayollardan,
yuzidagi boshqa taftni his qilgach oʻziga keldi. Yana shu
jirkanch deb hisoblayotgan hayotga qaytdi. Yuzi boʻylab
harakatlanayotgan qoʻlni siltab tashladi...
Imron choyshabga oʻralgancha tashqariga qarab yotgan
rafiqasining yonig ayanada yaqinlashib, yuzlaridan silarkan,
Shanu uning qoʻlini siltab tashladi. Imron ham ortiq uni
bezovta qilmaslik uchun yaʼni oʻziga kelib olishi uchun uni
yolgʻiz qoldirishni afzal bildi. Ammo ketish oldidan unga
yaqinlashib, qulogʻiga shivirlab soʻnggi soʻzlarini ayta
boshladi.
- Atirgulim... Unutma men tirik ekanman biz hech
qachon ayrilmaymiz... Bizni faqatgina oʻlim ajrata oladi...
Agarda mendan qutulishni judayam istasang, marhamat
meni oʻldir... Oʻlmas ekanman men bn ikki dunyoda ham
ajrasha olmaysan... Men yashar ekanman, sen faqat va
faqat meniki boʻlib qolaverasan... Gaplarimni tushunding
deb oʻylayman, atirgulim... Endi biroz dam olib ol... Axir sen
uchun ogʻir tun boʻldi... Men boʻlsa baʼzi ishlarimni hal qilib


kelaman ungacha... Shirin tushlar koʻr nafasim... Seni
sevaman atirgulim..., - deb Imron Shanuni yuzidan oʻpib
turib ketdi va kiyimlarini olib endi yuvinishga kirib
ketyotganida Shanuni gaplari uni toʻxtashiga sabab boʻldi.
- Yaxshi xiyonatingizni bilsam ham, sizga oxirgi imkonni
bergandim... Ketib oʻsha suyuqoyoq oyimchangiz bn baxtli
yashashingiz uchun... Ammo siz ketishni istamadingiz...
Men oʻz sevgimni vadamdan ustib qoʻyib, sizni tirik
qolishingizni istab, jimgina ketishingizga imkon
bergandim... Afsus siz qolishni tanladingiz... Ishoning endi
siz meni haqiqiy vahshiyligimni koʻrasiz... Siz uchun shu
dunyoda doʻzaxni yaratib beraman... Ketmaganingiz uchun
hali afsuslanasiz, ishonavering... Buning uchun qoʻlimdan
kelganini qilaman... Endi hohlasangiz ham mendan
ketolmaysiz... Bunga yoʻl qoʻymayman... Endi faqat oʻlik
tanangizni koʻrganimdagina sizni tinch qoʻyaman...
Bugundan boshlab, yoʻq adashdim oʻsha xiyonatingizni
koʻrganimdan boshlab, siz men uchun oʻlgansiz... Endi bu
dunyoda sizga ham, oʻsha suyuqoyoq oyimchangizga ham
kun yoʻq... Meni bilasiz, aytkanimni qilaman... Oʻzingiz yana
yoʻqolib ketgan ABADIYAT QIROLICHASIni qayta paydo
qildingiz... Endi uni ishlarini tomosha qila olasiz holos, uni
toʻxtatishga hech kimni kuchi yetmaydi... ABADIYAT
QIROLICHASI yana qayt...
Shanu Imronga oxirgi gaplarini aytib boʻlgach,


koʻzlaridan ikki tomchi yosh oʻqib tushdi va tashqariga
maʼnosiz nigohlar bn qaragancha ortiq gapirmadi... Imron
Shanuning gaplariga hech nima demasdan yuvinishga kirib
ketdi. Yuvib chiqqanida hali hamon oʻsha holatda yotoqda
yotgan suyuklisini koʻrib, unga qilgan ishidan afsuslanib
ketdi. Ammo hozir hech nima demasdan uni biroz yolgʻiz
qoldirishni maʼqul koʻrib, xonadan chiqib ketdi...
Shanu Imronni ketgan zahotiyoq zoʻrgʻa tiyib turgan
yoshalarini tashqariga chiqishiga ijozat berdi... U uchun
judayam ogʻir oʻtgan bu tunni qayta yodga olarkan, tanasi
titrab qalbi yana va yana parchalanardi... Imronning
qilganlardan keyin unga boʻlgan nafrati yanada oshib borar,
bir kun oldingi boʻlgan ishlar va Imronning qilgan
"zoʻravon"ligini Shanuni nafratini kuchaytirardi... Shanu
shularni yodga olarkan, koʻzlaridan yosh tinimsiz oqar,
hatto yotgan yostigʻi ham jiqqa hoʻl boʻlishga ulgurgandi...
Shanu barchasini bir muddatga unutishni istab koʻzlarini
yumgan edi hamki, koʻz oldiga bir kun oldingi voqea
tasvirlandi...
Bir kun oldin...
Tong. Shanu sekinlik bn koʻzlarini ocharkan, oʻzini
Imronning quchogʻida koʻrdi. Demak Imron tuni boʻyi uni
balriga bosgancha yonida tunaganidan, Shanuni unga
boʻlgan ishonchi va sevgisi yana avalgidek


tiklanayotgandi... Shanu Imronning bezorgina boʻlib
uxlayotganini tomosha qilarkan bugun qanday kunligini
eslashi bn yuzi tundlashdi... Bugun negadir hech qayoqqa
borgisi kelmadi. Negadir yurahi gʻash boʻlaverdi. Ammo
ketmaslikning ham iloji yoʻqligini bilgan Shanu istamaygina,
Imronning quchogʻidan chiqdi. Imron qattiq charchab
uxlagani uchun va Shanu judayam oxistalik bn harakat
qilgani uchun Imron Shanu uning quchogʻidan chiqib
ketganini ham bilmay qoldi... Shanu tezroq ketmasa Imron
uygʻonib qolishi mumkinligini, uygʻongudek boʻlsa uni
qoʻyib yubormasligini, qoʻyib yuborgan taqdirda ham oʻzi
bn borishini bilgani uchun ham tez harakat qila boshladi.
Kiyinib tayyor boʻlgach, sekingina Imronning yoniga keldi.
Uni haliyam bezorgina yoqimtoy boʻlib uxlab yotganini
koʻrib, biroz mehr-muhabbat bn termulib turgach, ketishi
kerakligi yana yodiga tushdi. Imronni yuzida oxista oʻpib
qoʻyib.
- Hali hammasini avvalgidek boʻladi... Yana avvalgidek
baxtli oila boʻlamiz... Sizni sevaman... Butun vujudim bn
telbalarcha sevaman... Bugungi ishlarimni hal qilib kelay,
hammasini sizga aytaman... Ortiq sizni ham, oʻzimni ham
qiynashni istamiyman... Nima boʻlgan boʻlsa oʻtmishda
boʻlgan... Bilaman oʻrtamizda uchinchi shaxs yoʻq... Siz
menga hiyonat qilmaysiz... Sizga ishonaman... Oz qoldi...
Ertaga xuddi hozirgidek tong otganida, butun dunyoda


bizdan baxtlilar boʻlmaydi..., - deb Shanu jilmaygancha
shivirlab aytdi gaplarini va xonadan qobiliyati yordamida
gʻoyib boʻldi...
Shanu tushlik payti boʻlganida, deyarli hamma ishlarini
hal qilib boʻlgandi... Oxirgi ishini ham hal qilib, Imronni
oldiga shoshardi... Hammasi yaxshi ketyotgan boʻlsa ham,
Shanuning koʻnglidagi gʻashlik hali hamon ketmadi. Shanu
bunga axamiyat bermaslikka qaror qilib, xursand holatda
oʻrmonda ketarkan, qarshisidan Sulton chiqqach joyida
toʻxtadi... Jilmayib turgan yuzida endi jiddiylik aks etib
turardi. Sulton qizni uzoq kuttirishni istamay kelganini
sababini tezda ochiq aytib qoʻya qoldi.
- Senda muhim gapim bor... Gaplashib olaylik...
- Qanday gap ekan... Agar qandaydir yolgʻonlar toʻqib
oʻzingizni oqlamoqchi boʻlsangiz kerak emas... Gapirmay
qoʻya qoling..., - deb Shanu oʻsha jiddiylikda gapirdi.
- Men senga hech nima demayman shunchaki
koʻrsatmoqchiman holos... Buyogʻiga nima qilish
qilmasliging oʻzingga havola... Oʻzing ham judayam yaxshi
bilasan... Men shu paytgacha hech qachon qarorlaringga
qarshi bormaganman. Har doim qanday qaror qilsang ham
men uni hurmat bn qabul qilganman, hech qanday
eʼtirozsiz... Bundan keyin ham qaror chiqazishni oʻzingga
qoldiraman va oʻsha qaroringni hurmat bn qabul qilaman...


Qanday qaror chiqazsang ham men doim seni
yoningdaman buni unutma... Senga qachon kerak boʻlsam,
shu onni oʻzida yoningda paydo boʻlaman... Qanday
yordam kerak boʻlsa, men doim senga yordam qoʻlini
choʻzaman... Ha seni sevaman... Hatto telbalarcha, butun
vujudim bn... Lekin bu degani sen ham meni sevishing
shart degani emas... Seni meni sevishga majburlay
olmayman... Meni sev ham demayman... Shunchaki seni
koʻrib tursam, yaxshiligingni, sogʻ-salomat ekanligingni
bilsam, baxtliligingni koʻrsam menga shuni oʻzi yetadi...
Hatto oʻzgasi bn boʻlsang ham... Ha men shunday
sevaman... Endi esa, qoʻlingni ber... Seni oʻtmishga
qaytaraman... Bilishing kerak boʻlgan narsalar bor... Buni
senga koʻrsatmasam boʻlmaydi... Seni yolgʻonlar ichida
aldanib qolishingni istamiman... Balki bu ishimdan keyin
mendan ham nafratlanarsan, lekin haqiqatni bilishing
kerka deb oʻylayman... Ha yana sendan oldindan uzr
soʻramoqchiman... Hozir koʻrganlaring qalbingni chil-
parchin qilishini bila turib senga bularni koʻrsatyotganim
uchun..., - deb Sulton Shanuga qoʻlini choʻzdi... Shani
Sultonning gaplaridan keyin boshqacha boʻlib ketdi.
Endigina yana baxtli boʻlaman deganida, haqiqatlarni
bilishdan qoʻrqayotgandi... Tongdan beri nega koʻngli
gʻashligini ham endi tushunib yetdi... Shanu oʻziga oʻzi
"haqaiqatlarni bilishga tayyormanmi" deb tinmay savol


bera boshladi. Haa, chindan ham Shanu haqiqatlarni
koʻtara oladimi? Endi baxtli boʻlaman deganda, baxti sarob
boʻlib chiqmaydimi? Endi haqiqatlarni bilgach sinmaydimi?
Sinsa ham qayta tura olarmikin?
Shanu oʻylab-oʻylab oxiri Sulton uzatgan qoʻlni tutdi.
Suton unga mamnun jilmaygancha qanaqadir boshqa tilda
afsun oʻqidi. Sulton afsun oʻqirkan, ularning atrofini tuman
qoplay boshladi. Biroz vaqt oʻtgach, Sulton afsun
oʻqishdan toʻxtadi. Bu paytgacha atrofni koʻrib boʻlmas
daraja tumon qoplagandi. Shanu bularni jimgina kuzatib
turarkan, bu afsunni u juda yaxshi bilgani uchun ham,
Sulton bn hozir oʻtmishga qaytayotganini ham fahmlab
turardi. Faqat ichidan birhina soʻzni takrorlardi. U ham
boʻlsa "Iltimos, hammasini barbod qilmagan boʻling,
Imron...".
Ular biroz shunday turishgach, atrofidagi tuman oʻz-
oʻzidan tarqab ketdi. Shunda atrofidagi manzara ham
oʻzgargandi. Shanu atrofiga qararkan, biron tanish joy
ekanligini eslay olmadi. Sulton savol nigohi bn qararkan,
Sulton shunchaki "sabr" deb javob berdi.
Bir muddat vaqt oʻtgach, ularning yoniga Imron bn
Sulton kela boshladi... Shanu ularni koʻrib, oʻsha mudhish
kunda ekanligini sezdi. Ularga diqqat bn qararkan, Shanu
bn Sulton ularga koʻrinmasdi. Ular xuddi ruhlar kabi ularni


yonida turardi holos. Imron bn Sulton birga bir gʻorga kirib
ketishdi... Shanu bn Sulton ham ortidan kirishdi. Bu paytda
gʻor ichkarisida Marjona va Kamila bit tomonda
oʻtmishdagi Sulton va Imron bir tomonda bir-birilariga
gʻazab bn tikilgancha turardi... Keyin Marjona qanaqadir
afsun oʻqiy boshladi, Sulton bn Imron uni toʻxtatishga
urunib unga tashlandi... Ular nimadirlar deyishardi, ammo
buni Shanu bn Sulton eshitmasdi.
- Nega ularni gaplarini eshitmayapmiz?, - deb Sultonga
savol bn qaradi.
- Chunki bu qora afsun emas... Bu afsun faqat oʻtmishni
koʻrsata oladi, ammo hech nimani eshita olmaysan..., - deb
Sulton ogʻir xoʻrsinib qoʻydi. Shnau ham hech nima
demasdan, yana nigohini ularga qaratdi. Marjona ular bn
kurasharkan, oʻrtaga Kamila ham qoʻshildi... Ayovsiz va
shiddatli jang boshlandi... Jang yakuni esa Sulton
Marjonani yuragiga hanjar sanchgani bn tugadi.. Ammo
Sulton kechikkan edi, afsun oʻz taʼsirini koʻrsata
boshlaganida Sulton bn Imron bu toʻxtatmoqchi boʻldi.
Imron afsunnni toʻxtatishga urunayotgan bir paytda qora
tumun paydo boʻlib, uni tortib keta boshladi. Sulton
Imronga yordam bermoqchi boʻlganida, Imron Sultonni
ham ataydan oʻzi bn tortib ketdi. Kamila esa Sultonga
yordam berishga ulgurmadi. Shanu bularni koʻrarkan,
Imronning bir yolgʻonini haqiqatini koʻrdi. Bitta undan


yashirilingan sirning tagiga yetdi va ung abu judayam
azobli boʻldi. Sulton uni bir zum kuzatib, soʻng sekingina.
- Endi boshqa voqealikni koʻrishing kerak, - deb Shanuga
gʻamgin qaradi...
Shanu Sultonni gapidan keyin ham hech nima demadi.
Qalbida kuchli toʻfon koʻtarildi. U hammadan ham koʻp
ishongan suyuklising yaʼni turmush oʻrtogʻining yolgʻoni
guvohi boʻldi. Qalbi parchalandi. Koʻzidan ixtiyoriga qarshi
koʻzyoshlari quyilib yuzlarini yuvaverardi.
Sulton Shanu oʻzida emasligini sezgani uchun, qoʻlidan
ushlab oʻzi bn keyingi voqealikka olib oʻtdi. Shu hech
qanday qarshiliksiz, Sultonga ergashdi. Shanu Sulton bn
keyingi voqealikka oʻtarkan, qalbida judayam kuchli
qoʻrquv paydo boʻldi...
Shanu bn Sulton keyinhi voqealikka oʻtishdi... Shanu
tuman tarqagandan keyin atrofga qararkan, oʻziga tanish
koʻl boʻyida edilar. Toʻgʻrirogʻi koʻldan biroz uzoqlikda,
oʻrmonning boshlanishida edilar. Shanu Sultonga
tushunmay qararkan, nigohi koʻlga qarab turgan Imronga
tushdi. Imron Shanu bn qaytganidan keyin birinchi bor
uchrashgan kiyimida edi... Imron bir marta kiygan kiyimini
boshqa kiymasligini judayam yaxshi bilgan Shanu, hozir
Imron uni favvora yonida tashlab ketgan kun ekanligini
tushundi...


Shanu Imronni diqqat bn kuzatib turarkan, hozir yana
qanday Imronning yolgʻoni guvohi boʻlishi mumkin ekanligi
haqida oʻylasa, yuragi orqaga tortardi. Shanu hozir ikkiga
boʻlib qolgandi. Yuragi bu yerdan ketishni boshqa Imron
haqida yomon narsani koʻtara olmasligi haqida taʼkilasa,
aqli qolib hamma haqiqatlarni bilishga undardi... Uzoq aql
va yurak jangidan soʻng aql gʻolib keldi. Bu paytgacha
Shanu Imrondan koʻz uzmay tikilib turdi. Imron ham qilt
etmay koʻlga tikilgancha, turaverdi toki... Toki uning
orqasidan quchgan qoʻllar boʻlmagunicha... Shanu koʻrgan
manzarasidan dahshatga tushdi. Hamma narsa boʻlishini
oʻylagan boʻlsa ham, Imronni bishqa qiz bn quchoqlashib
turishini kutmagandi...
Shanu oʻzini bilmay qoldi... Koʻzlari oʻsha xiyonatkorini
xiyonatni koʻrishni istamay, koʻzlari yumuldi. Hammasiga
zulmatga quladi... Shanu yerga yiqilarkan, Sulton tezlik bn
uni tutib qoldi va tezda hozirgi vaqtga qaytishdi...
Hozirgi kun...
Shanu 1 kun oldingi ishlarni oʻylarkan, koʻzi qonga toʻldi.
Qalbida judayam kuchli ogʻriq turdi. Bir zum hatto bu
ogʻriqdan nafas ola olmay qoldi... Biroz shunday yotgach,
koʻzlaridagi alam, qaygʻu oʻrnini nafrat, gʻazab egalladi...
Shanu yotoqdan turib, yuvinish xonasiga kirib ketdi. Sovuq
suv tagida deyarli 1 soatcha turdi. Oʻzini tetik his qilgach,


yuvinish xonasidan ustiga bittagina xalatni tashlagancha
chiqdi. Biroz oʻzini koʻzgudagi aksiga qarab, qalbi
oʻzgargandek, tashqi koʻrinishini ham oʻzgartirishni istadi...
Shanu shkafi oldiga borib, deyarli barcha koʻylaklari qizil
rangda ekanini koʻrib, gʻazablandi... Chunki Imronga qizil
rang yoqqani uchun ham Shanu doim qizil rangli koʻylak
kiyardi. Shanu Imron izsiz ketgach, uni doim eslash uchun,
uni yonidaligini his qilish uchun ham atrofini qizillikka
burkagan edi... Ammo endi bu qizillik Shanuga Imronni
xiyonatini eslatar va uni battar nafratini qoʻzgʻab
gʻazablantirishiga sabab boʻlardi... Shanu shkafidagi
barcha qizil rangdagi koʻylaklarini shkafidan olib, uloqtirib
yubordi... Shanu shkafidan deyarli hamma yeri toʻrli,
yelkalari ochiq va judayam chiroyli qora rangli libos oldi va
kiyib koʻzgu qarshisiga keldi... Uzun tim qora sochlarini
koʻrib, yana Imronni eslagach, shu sochlaridan ham
nafratlanib ketdida, javondan qaychini oldi. Bir zum
qaychiga qarab turgach, shartta uzun sochlarini kesib
tashladi... Har safar gilosday qizil lab boʻyogʻini oʻrniga toʻq
qizil ranglisini ishlatdi... Tayyor boʻlgach, koʻzgudagi aksiga
qararkan, koʻzguda tim qora sochlari yelkasidan sal biroz
tushgan, hashamatli qora libos qizni sovuq qarashlariga
kibr va magʻrurligini yanada oshirib koʻrsatardi... Shanu oʻz
aksidagi koʻrinishidan koʻngli toʻlib, sovuqlik taralib turgan
yuziga yana sovuq jilmayish paydo qildi va xonadan chiqib


pastga tushdi.
Shanu pastga tusharkan, uni koʻrgan doʻstlari hayratdan
ogʻizlari ochilib qolganini koʻrgan boʻlsa ham bularga
eʼtibor berishni lozim topmadi. Shanu bosh xizmatchini
chaqirib, xonasidagi koʻylakgʻarni hammasini tashlab
yuborishini oʻrniga qora rangli liboslar bn toʻldorishini aytdi.
Bu ham yetmay butun qasrni qizildan halos etib, qora
rangda boʻlishini ham aytib, xizmatchini ketkizib yubordi...
Shanuning gaplaridan qolganlarning hayrati yana ham
oshdi. Endi Shahzod gapirmoqchi boʻlgan edi, ammo
Shanuni gapi uni jim qilishga majbur qildi.
Shanu atrofga hissiz boqargan, eshik oldida unga qarab
turgan yigitni koʻrib, unga hayrat bn qaradi.
- Jafar...
- Jafar..., - dedi-yu endigina oʻtirgan kreslosidan turib
ketdi. Uni kuzatib turgan boshqalar Shanuning hatti-
harakatlaridan hayratlati oshib borardi. Shanu tezlikda
yigitni oldiga bordida uni quchib oldi...
Imron endigina qasrdan chiqqan ham edi, albida
nimadir boʻldida uni ortga undadi. Imron ham beixtiyor
qasrga qaytib, qasr ichkarisiga kirarkan, koʻzi rafiqasi bir
notanish yigitni quchoqlab turganini koʻrdi... Bir zum bir
boʻlyotganini tushunmay qoldi. Ularga qattiq tikilarkan,


rafiqasi begona yigit quchogʻida kulyotganini koʻrib battar
gʻazablandi. Qoʻllari musht boʻlib tuguldi.
Shanu Jafarni quchogʻidan chiqib, unga jilmayib qaradi.
- Jafar, siz bu yerda nima qilyapsiz?, - deb Shanu yigitga
savol nigohi bn qaradi. Yigit endi gapliyman degan edi,
ammo ularni oldiga yetib kelgan Imron bunga toʻsqinlik
qildi.
- Bu kim?, - deb Imron Shanuni yigitning yelkasidagi
qoʻlining bilagidan qattiq ushlab yigitning yelkasidan
Shanuni qoʻlini olarkan, unga jiddiy va gʻazab bn
qaragancha gapirdi. Shanu hech qanday reaksiya bildirmay,
jilmaygancha.
- Meni ishlarimga endi aralasholmaysiz demadimmi?
Shunday ekan, men sizga hisob bermayman, - deb Shanu
kuch bn Imronni qoʻlini siltab tashlagan edi, uning
qoʻllarida ozod boʻldi. Imron Shanudagi oʻzgarishni, kuchi
ancha koʻpayganini koʻrib unga boshqalar kabi endi hayrat
bn qaray boshladi. Shanu hech nima boʻlmayganday, yana
hayron qolgancha qarab turgan yigitga nigohini qaratdi.
Yigit ham Shanuni boyagi savolni javobini kutyotganini
bilib, choʻzishni istamay tezda oʻz javobini aytdi.
- Sen men bn ketishing kerak. Bu juda muhim. Iloji
boʻlsa tezroq..., - deb Shanuga maʼnoli qaradi. Shanu ham


buni tezda tushunib havotirlandi. Hatto rangi oqarib ketdi
ham. Shanuni axvolini koʻrganlar bu notanish yigit kim
ekanligi-yu, nega u bn Shanu ketishi kerakligi va nega
Shanu uning gapidan rangi oqarib ketganligi qiziqtirardi.
Shanu hech kimga qaramay, Jafarning ortidan ergashdi.
Uni toʻxtatib qolmoqchi boʻlgan Imronni atrofida himoya
qobigʻi paydo qilib, uni qamab qoʻydi.
- Siz bn tortishishga hozir voqtim yoʻq. Sizdan ham
muhim ishlarim bisyor. Menga oʻzingizcha xoʻjayin
boʻlishga urunmang. Ha yana meni kutib, qidirib
yurmanglar. Oʻzim qaytaman. Qanchada qaytish esa
nomaʼlum, - deb Shanu oxirgi gapini hammaga tegishtirib
aytdi va tezda yigitning orqasidan ketdi... Imron qancha
urunmasin, qobiqdan chiqolmadi... Biroz vaqt oʻtgach
qobiqning oʻzi gʻoyib boʻldi. Imron qobiq yoʻqolgach,
tezlikda tashqariga chiqdi-yu, ularni topa olmadi...
Hamma Shanu ketgach, uning ortidan hayron va havotir
olgancha qoldi. Hatto tushlik vaqtigacha kelmaganidan
keyin, hamma uni qidirish uchun tarqalishdi... 3soatlik
qidiruv ham zoye ketdi. Hech qayerdan Shanuning izini
topa olishmadi. Bundan ularning havotiri oshgandan oshib
borar, ammo hech Shanuning daragi haqida yangilik
boʻlmasdi... Hamma nima qilishni ham bilmay qolishdi...
Havotir olmay deyishsa, uning yonidagi notanish yigitni
tanishmasa, kamiga Shanuning oxirgi koʻrinishi ham


yaxshi emasdi, qandaydir havotirli edi. Demak bundan
kelib chiqadiki, ular hozir yaxshi ahvolda boʻlmasliklari
mumkin... Odatda Shanu judayam jiddiy va keskin
holatlardagini havotirli koʻrinardi. Shunday ekan hozir
Shanu qandaydir jiddiy va keskin vaziyatda...
Ular oxiri taqdirga tan berib, Shanuni nailojlikdan qasrda
kutishga qaror qilishdi. Chunki bilishadi, Shanu ular
topishini istaganida ular allaqachon topishgan boʻlishardi.
Shu paytgacha topisholmadi, demak Shanu ular topishini
istamayapti. Endi ular qancha harakat qilishmasin, bari
befoyda... Qasrning kirorishdagi mexmonxonasida hamma
Shanuni kutar, baʼzilar oʻrindiqqa oʻtirib, baʼzilar esa u
yoqdan bu yoqqa yurishardi...
Shu alfozda kech ham tushdi. Hamma yerni zulmatli tun
egalladi. Aksiga olib, havoni ham avzoyi buzuldi. Shamol
boshlandi... Shamol soniyalar ssri kuchayar, osmon quyuq
qora bulutlar bn qoplangan edi. Hatto ora-orada chaqmoq
ham chaqir qoʻyardi... Ob-havoning bunday keskin
oʻzgarishi hammaning havotirini eng choʻqqisiga
chiqishiga sabab boʻldi... Imron havotirdan nima qilarini
bilmas, hatto Qirollikning hamma yerini qidirib chiqqan
boʻlsa ham topa olmaganligidan, uni hozir qayerda
ekanligini oʻylab boshi tars yoriliy deyishiga ortiq jim qarab
turolmadi. Uni qayerdan boʻlsa ham topish uchun
shahdam qadamlar bn chiqib keta boshladi. Qasr eshigini


ochdi-yu, koʻzlari koʻrgan manzaradan kattalashib ketdi.
Qolganlar ham buni koʻrib karaxt boʻlib qolishdi... Qasr
eshigining tashqarisida, yolgʻiz Shanu bir axvolda zoʻrgʻa
turardi... Sochlari toʻzgʻib bir hol boʻlib ketgan... Qoʻllari,
yelkalarida va yana boshqa joylarida kuyishdan qolgan
jarohatlari bor... Kiyimlarini baʼzi joylari yonib ketgan, ustini
bazoʻr yopib turardi... Hatto yelkalari, oyogʻining ham
ancha qismi ochiq edi... Uzun koʻylakning etagi butkul
yonib ketgan edi. Bundan albatta Shanuning oyoq qismi
ancha kuyib ketgandi... Shanu ularga zoʻrgʻa bir nigoh
tashlab, oʻzini ortiq tutishga kuchi qolmay, holsiz oʻzini
tashlab yubordi... Ammo yerga yetmasidan Imronning
baquvvat qoʻllari uni tutib qoldi...
Imron qoʻllarida hushsiz yotgan jonidan ham ortiq
koʻruvchi rafiqasini bu holatda koʻrib, yuragi orqaga tortib
ketdi. Agar unga biron korxol boʻlganda, bu dunyoda u
qanday yashardi... Usiz hatto nafas olishni ham
istamaydigan farishtasisiz hayotini usiz tasavvur ham
qilolmaydi. Imron judayam yaxshi biladi, atirguli yoq bu
dunyoda u ham yashay olmaydi. U yashashi uchun ham
Shanu yashashi kerak. Inron baxtli boʻlishi uchun Shanu
baxtli boʻlishi lozim. Imron Shanuni yoʻqota olmaydi. Nima
boʻlgan taqdirda ham uni shu koʻyga solganlarni topib,
ularni tugʻulgani pushaymon qildiradi. Bu dunyoda endi
ular kun bermaydi. Imron shularni oʻylab turarkan,


tashqaridagi ob-havo keskin oʻzgardi... Biroz oldin kuchli
shamol va chaqmoq oʻrnini hozir kuchli yomgʻir egalladi...
Imron tezda Shanuni koʻtarib olib, qasrga kirib toʻgʻri uni
koʻtargancha yotoqxonasiga olib bordi. Uni asta yotoqqa
yotqizib, unga achinish va havotir bn qaradi. Imron shu
paytgacha hali Shanuni bu ahvolda koʻrmagan edi...
Xonaga kirgan qolganlar ham Shanuga havotirli qarashdi.
Mira Shanuni kiyimini almashtirib, jarohatlarini koʻrib
qoʻymoqchi boʻlganida, Imron qarshilik qildi.
- Shanu meni rafiqam... Unga oʻzim qarashni
uddalayman... Jarohatlariga ham oʻzim qaray olaman...
Bunda yetarlicha tajribam ham bor... Endi xonani tark
etsanglar, rafiqamni jarohatlarini davolardim..., - deb Imron
ularga jiddiy qaradi. Boshqalar ham Imron Shanuning eri
boʻlgani uchun ham ortiqcha hech nima deya olmay,
xonadan chiqishga majbur boʻlishdi. Imron hammani
chiqarib yuborgach, sekin Shanuni oldiga keldi. Uning
toʻzob ketgan sochlarini biroz toʻgʻirlab, yuvinish xonasidan
idishga suv va mato olib keldi. Matoni namlab, Shanuni kir
boʻlib ketgan badanini artib, tozaladi. Jarohatlariga tegib
ketmaslik uchun asta harakat qildi... Keyin esa deyarli
yonib ketgan kiyimini oʻrnida qora rangli nafis tungi libos
kiydirdi. Bu paytgacha Shanuning jarohatlari sekin
tuzalishni boshlagan edi. U kam quvvat boʻlgani uchun bu
jarayon judayam sekin boʻlayotgandi... Imron Shanuni


hamma jarohatlarini koʻrib boʻlgach, hayotiga xaf
soladigan jarohat topa olmadi. Jarohatlarning hammasi
kuyishdan va qattiq zarbadan qolgan koʻkarishlar edi xolos.
Imron Shanuning kuchsizlikdan soʻlib qolgan yuziga biroz
tikilib turgach, sekinl qoʻli bn uning yuzini siladi... Qoʻli
qoʻllari orasiga olib, oʻpib qoʻydi. Shanuga quvvat boʻlishi
uchun giyohli damlama tayyorlash uchun pastga tushishga
qaror qildi. Ammo negadir Shanuni hech yolgʻiz qoldirgisi
kelmasdi... Ammo giyohli danlamani ham undan boshqasi
tayyorlashni bilmasligi uchun oʻzi qilishga majbur edi...
Shunday boʻlsa ham Imron koʻnhli gʻash boʻlgancha
ketishga chogʻlandi va ketish oldidan Shanuning lablaridan
oxistalik bn boʻsa olib, "Men tez kelaman, atirgulim..."
degancha chiqib ketdi... Imron bilmasdiki, Shanuni yolgʻiz
qoldirishi unga ancha qimmatga tushishini... Balkim
bilganida uni yolgʻiz tashlab ketmasmidi?! Undan
batamom ayrilishini Imron hatto hayoliga ham keltirmagan
edi, axir...
Qolganlar pastda mehmonxonada oʻtirisharkan, hamma
rejalarini yanada mukammal rejalashtirishga urinishardi...
15 soat avval...
Timur shuncha paytdan beri jim hammasini faqat
tomosha qilish bn chegaralangan boʻlsa, ortiq bunday qila
olmay qoldi. Oxiri oʻtirgan joyidan turib ketdi.


- Ortiq bu tomoshalarni sizlar kabi jim kuzatib
turmayman... Shanuni kundan kunga ahvoli ogʻirlashib
boryapti... Imron uni azoblashdan toʻxtamayapti...
Menimcha sizlar ham tahmin qilyotgan boʻlsangizlar kerak,
Shanuni biz bilmaydigan dushmani bor... Hatto oʻzi ham
bilmaydi, chamanda... Oʻsha dushman haqida shuni ayta
olamanki, u judayam xavfli..., - deb Timur oʻylanib qoldi.
Uning gapini Sardor davom ettirdi.
- Men ham Timurni gapiga qoʻshilaman. Chunki u kabi
men ham kuzatishlar olib bordim va shuni aniqladimki, u
Shanuni judayam yaxshi biladi. Boʻlmasam unga bunchalik
azob bera olmas edi... Shanuni himoya qilishimiz kerak..., -
deb Sardor boshqalarga qaradi. Boshqalar ham ularning
gapidan keyin oʻylanib qoldi. Biroz hammasi sukut saqlab
oʻylab turishgach, Mira gap boshladi.
- Sizlar aytkanday boʻladigan boʻlsa, yaqinda ancha
jiddiy jang boʻlishi ehtimoldan xoli emas... Sizlar bir narsani
koʻzdan qochirmadingizmi?!, - deb Mira hammaga bir-bir
nigoh tashlab chiqdi. Hamma Mira "nima" degandek
qarashdi. Mira chuqur uh tortib, koʻzlarini tepaga qaratib
ensasini qotirib qoʻydi.
- Shanu esida yoʻq... Sizlarning esingizda yoʻq... Nima
buni ham men zimmamga olishim kerakmi endi?!, - deb
Mira hammaga ginali qarab qoʻygach, yana gapida davom


etdi.
- Nahot odam doʻstlarimiz shu yerdaligi esingizda
boʻlmasa... Jang boʻlsa biz ularni himoya qila olmay
qolishimiz mumkin va ular bizni deb yana jabr koʻrishadi...
Ularga shuncha ziyon yetkazganimiz ham yetadi,
menimcha..., - deb Mira afsus bn gapirdi... Hamma hech
qanday eʼtirozlarsiz, Miraning gaplariga qoʻshildi. Mira
hammaga yana bir bor qarab, oʻzi oʻylab qoʻygan rejasini
aytdi.
- Shanu hozir oʻz shaxsiy hayotidagi muommolar bn
band boʻlib, ularni unutib qoʻydi... Uni ham tushunsa boʻladi.
Oʻzingiz buni mendan ham yaxshi bilasiz. Shuning uchun
men bir narsani oʻyladim... Ularni Ajdar togʻidagi
muqaddas buloq joylashgan gʻorga olib boraylik...
Bilasizlar u yerga faqat odamlargina kira oladi. Ular oʻsha
yerda hammasi tinch boʻlgancha, qolishini taklif
qilmoqchiman...
Hamma Miraning taklifiga bittada rozi boʻlishdi. Imron
kelganidan beri Sevinch, Javohir, Aziza va Abdulhafizga
xonalaridan bir muddat chiqishni taʼqiqlab qoʻyishgani
uchun, Shahzod, Timur va Mira ularga bu xabarni aytishga
xonalariga bordi. Ularga ikki qoʻshilgan katta xona ajratib
berilgandi. Yaʼni bu xonalarga tashqariga chiqmasdan,
oʻrtadagi devorda joylashgan eshik orqali kirib chiqsa


boʻlardi. Bir xonada Sevinch bn Aziza yotsa, ikkinchi
xonada Abdulhafiz bn Javohir yotayotgandi... Ular
Abdulhafiz bn Javohirni xonalariga kirib kelishdi va oʻrtagi
eshikdan Sevinch bn Azizani chaqirishdi. Ammo xonaga
faqat Sevinch yolgʻiz kirib keldi. Uni yolgʻizligini koʻrib,
hamma hayron qoldi. Ulardan faqatgina Shahzod
Sevinchni hayollarini oʻqib, nega yolgʻizligini bildi. Miraga
"oʻzing ularga tushuntirib tur" degancha Timurni oʻzi bn
shoshgancha olib chiqib ketdi. Mira boʻlsa, Sevinchga
savol nigohi bn qaradi. Sevinch biroz jim turgach,
gapirishni boshladi.
- Kecha Aziza oʻzini gʻalati tutdi. Deyarli umuman
gapirmadi. Men ham uning kesatiq gaplaridan beziganim
uchun, uncha ahamiyat bermagandim. Keyin birga
uxlashga yotdik. Lekin tongda turganimda xonada yolgʻiz
edi. Azizani xonaning hech qayeridan topa olmadim..., -
deb Sevinch havotirli va aybdorlardek boshini egdi. Mira
Sevinchning gapidan keyin Shahzodning nega shoshib
chiqib ketganini tushundi va ortiqcha gapirib oʻtirmadi.
Yigitlar ham Azizaning qandayligini bilgani uchun ham,
Shanuga qilgan momilasi uchun ham unga unchalik
kuyunib oʻtirmadi. Mira boʻlsa tezroq rejani amalga
oshirish uchun, choʻzib oʻtirmasdan qarorlarini ularg aaytib
qoʻya qoldi. Abdulhafiz bunga boshida qarshilik qildi, lekin
Shanuga bu muommolari kamayishiga yordam boʻlishini


Mira tushuntirgani uchun zoʻrgʻa rozi boʻldi. Ularni Jahon
bn Ali olib boradigan boʻldi. Shahzod bn Timur Azizani
qancha qidirishmasin topa olishmadi. Ular shoshayotgani
uchun, uning ustiga Imron bilib qolmasligi uchun Azizani
topilishini kuta olishmasdi va ularni joʻnatib yuborishdi.
Hozirgi vaqt...
Ular shu haqida oʻylab oʻtirishar ekan, Imronni pastga
tushganini koʻrishdi. Unga hayron qarab turisharkan, Imron
indamay oshxonaga kirib, 10 daqiqalarda chiqdi va yana
tepaga chiqib ketdi. Qolganlar ham ortiq savr qila olmay,
Shanudan havotirlangani uchun Imronning orqasidan
chiqishdi. Xonaga yetmasdan Shanuning xonasidan
singan ovoz eshitildi. Ular shoshgancha xonaga
kirishganida, Imron qoʻlidagi givohli damla solingan
stakanni tushurib yuborgan edi va yotoqqa gʻazab va
habotirli tikilib turgandi. Hama yotoqqa qaradi va qotib
qolishdi. Eng dahshatlisi Shanuni yotogʻi boʻsh edi...
Hamma Shanuni yotoqda topolmaganch, yotoqxonani
ham, yuvinish va hatto kiyinish xonalarini ham titib
tashlashdi. Ammo hech nima topa olishmadi. Qasr
ichidagi barcha xonalar-u yoʻlaklar va burchalar ham
tekshirildi, yetmaganiga qasrning tashqarisi ham koʻzdan
kechirildi... Ammo hech narsa topa olishmadi. Bundan
hammani havotiri ortar, gʻazablarini qaynardi. Shanu oʻzida


va oldingidek kuchi boʻlganida ham bunchalik havotir
olishmasdi. Chunki u oʻzini bemalol himoya qila olardi.
Ammo hozir... U hushsiz, kamiga jarohatlangan... Imron
Shanuni yolgʻiz qoldirgani uchun ichida oʻzini soʻkar, oʻziga
laʼnatlar aytardi. Lekin endi kech. Endi hech nimani
oʻzgartora olmaydi. Imron ortiq qasrda qoʻl qovushtirib
oʻtira olmadi. Shanuni qidirgani qasrdan chiqib ketdi...
Oʻrmonga krib, u yerlardan ham Shanuni qidira boshladi.
Imronning ortidan esa oʻsha tundagi qiz kela boshladi...
* * *
Shanu koʻzlari yumuq xolda, hushsiz yotarkan, birdam
sovuq qota boshladi... Bir qancha vaqt oʻtgach, sovuqlik
uning suyak-suyagidan oʻtib ketdi va holsiz zoʻrgʻa
koʻzlarini oxista ochdi. Biroz nimalar boʻlayotganiga
tushuna olmay qoldi va sovuq yerdan turishga harakat qildi.
Ammo holsizligi sabab buni uddalay olmadi. Shanu sovuq
yerda yotarkan, butun tanasi zirqirab ogʻriq berar, bu
ogʻriqlarga chidash hammaning ham qoʻlidan
kelavermasdi. Shanu tishini tishiga bosib, ogʻriqlarga
chidashga urunar, ammo ogʻriq uning sabr-bardoshidan
ustunlik qilardi. Shanu tura olmasa ham atrofiga qarab,
qayerda ekanligini bilishga harakat qildi. Lekin bari
besamar kechdi. Sababi atrof zulmatdek qorongʻu edi va
hech nimani koʻrib boʻlmasdi... Shanu qanchalik ogʻriqlarga
chidashga urunmasin, kuchsizligi sabab ogʻriqlarga


yengildi va hushini yoʻqotdi. Oxirgi koʻrganlari zulmat boʻldi
xolos..
* * *
Imron oʻrmon ichiga kirib borarkan, ortidan kuzatib
kelyotgan qizni sezdi. Bir oz indamay ketishda davom
etarkan, oxiri sabri ham oʻz nihoyasiga yetdi.
- Balki shuncha jim kuzatib kelganing yetar... Meni tinch
qoʻy va ket bu yerlardan... Senga qarshi chora
koʻrmayotganim uchun haddingdan oshma..., - deb Imron
yurib ketish mobaynida aytdi, kekin ortiga bir bor boʻlsa
ham qarab qoʻymadi. Qiz Imronning gaplaridan keyin uning
qarshisida paydo boʻldi.
- Imron... Iltimos... Bunday qilma... Kel hammasini
tashlab, birga uzoqlarga ketamiz... Bir oila boʻlamiz... Mana
koʻrasan, men senga undan koʻra koʻproq baxt bera
olaman... Iltimos... Yoʻq dema... Ketaylik... Menga sendan
boshqa hech kim va hech narsa kerak emas... Nima
desang ham qilaman, faqat yoʻq dema... Ketaylik...
Bilasanku, men seni jonimdan ham ortiq sevaman... Seni
baxtli qilaman..., - deb qiz Imronning yuziga qoʻlini olib
borib silay boshladi. Imron qizning gaplari-yu, hatti-
harkatlarini jimgina kuzatib turarkan, qizning qoʻlini
yuzidan siltab olib tashladi.


- Men senga aytkanman... Men seni sevmiman va hech
qachon sevmaganman... Men faqat va faqat Shanuni
sevaman... Qalbimni butunlayga Shanu egallagan...
Qalbimda undan oʻzga ayol uchun joy yoʻq. Yuragim faqat
va faqat u deb uradi. Toʻgʻri unga oxirgi paytlar koʻp azob
berdim, ammo uni topgach hammasi uchun undan uzr
soʻrayman... Biz hammasini u bn boshqatdan boshlaymiz.
Sen esa bizni tinch qoʻy... Uni oldida ham boshqa
oʻralashma... U topilganidan keyin, boshqa koʻziga
koʻrinma... Meni ham, uni ham..., - deb Imron qizning
yelkasidan turtib oʻtib ketdi. Qizning koʻzlari jiqqa yoshga
toʻldi va yigʻlab yubordi.
- Demak, men sizlarni tinch qoʻyishim kerak va sizlar
baxtli yashaysizlar aaa... Nima meni baxtsizligim evaziga
baxtli boʻlmoqchimisizlar?! Aslo... Aslo... Imron meni
tashlab ketib, u bn baxtli boʻlishingizga yoʻl qoʻymayman...
Siz faqat menikisiz... Hech qachon boshqaniki
boʻlolmaysiz... Qalbingiz unda ekan, demak undan
qalbingizni tortib olaman. Qalbingizda u yashar ekan,
demak uning endi yashashga haqqi yoʻq... Imron endi
oʻzingizdan koʻring... Boʻladigan hamma ishlarga bilib
qoʻying, faqat siz sababchisiz... Agar uni sevib
qolmaganingizda, oʻsha iflos hozir balki boshqasi bn baxtli
boʻlarmidi sogʻ-omon... Lekin endi bu imkonsiz... Ishoning
endi uni hatto sizni uchratganiga ham pushaymon


qildiraman... Bilib qoʻying, nima qilyotgan boʻlsam ham,
hammasi ikkimiz uchun... Biz uchun... Baxtli kelajagimiz
uchun..., - deb qiz u yerda gʻoyib boʻldi. Imron qizning
gaplaridan, Shanu uning qoʻlida ekanligini fahmladi va
koʻzlari kattalashib ketdi. Chunki Imronni uni yaxshi biladi,
uning aytkan gaplaridan keyin, u Shanuni tirik qoʻymaydi...
Imron shularni oʻylab qoʻrqib ketdi va tezda uni qidirishni
boshladi...
* * *
Shanu yana ogʻriqdan koʻzini ocharkan, qanaqadir
xonadaligini koʻrdi. Xona oʻrtasida kimningdir qabri turardi.
Koʻrinishi kichkina boʻlgani uchun, Shanu qabr
kichkinaligini koʻrib, qabr goʻdakka tegishli boʻlganini
tushundi va yuragi ezildi... Keyin yana atrofga qaradi va
nigohi xona devorida osilib turgan Imronning katta
suratiga tushdi. Shanu suratga biroz tikilib qoldi, keyin
Imronning ishlari esiga tushib uni koʻrishni istamay boshini
boshqa tarafga burdi-yu, koʻzlari kattalashib ketdi. Xona
burchagida Aziza yotardi... Rangi oqarib ketgan, sochlari
toʻzgʻib ketgandi. Shanu Azizaga havotir va diqqat bn
qararkan, nigohi Azizaning boʻynidagi izlarga tushdi... Endi
oʻrnidan turib uning oldiga bormoqchi edi, ammo qoʻl-
oyogʻi zanjirlanganligini koʻrdi. Zanjirni uzishga qancha
harakat qilmasin, hech uddalay olmasdi. Shanu zanjirga
yaxshilab qararkan, zanjir kumushdan qilinganligini koʻrdi.


Uzulmaganidan afsunlanganini fahmladi. Shanu zanjirni
eritmoqchi boʻlib olov paydo qilganida, zanjirga hech narsa
boʻlmadi, aksincha qoʻlini kuydirdi. Shanu ogʻriqdan baqirib
yubordi. Keyin muz yordamida zanjirni uzmoqchi boʻlib,
zanjirni muzlatganida, zanjir tirayib qoʻlini siqib qoldi.
Qattiq siqqanidan hatto qoʻlini qimirlata olmay qoldi.
Urunishlari foydasiz boʻlayotganini koʻrib achchiqlandi va
behol oʻtirib qoldi. Hali toʻliq kuchga kirmagani uchun va
anchadan beri ovqatlnamagani uchun holsizlik uni tark
etmagandi. Shanu Azizani oldigacha borolmaganidan
keyin, uni diqqat bn kuzatdi, zora hushiga kelib qolsa deb.
Ammo Shanu diqqat bn kuzatarkan, uning yurak urushini,
nafas olishini eshitmadi. Havotirlanib qararkan, ortidan
qadam tovushlari eshitildi. Qadam tovushlaridan bilish
mumkinki, oyoq kiyimi poshnali demak kelgan ayol kishi.
- U allaqachon oʻlib boʻlgan..., - dedi kelgan qiz. Shanu
ovozni eshitib, hayron qoldi va hursand boʻlib ketdi. Tezda
ortiga oʻgirildi.
- Meni topganingdan hursandman... Bu zanjirlarni
yechishga yordam bervor... Nima qilsam ham befoyda,
yechilmayapti... Ha aytkancha meni qanday topding yana
Azizani oʻlganini qayerdan bilding, - deb Shanu
qarshisidagiga hayron qaradi. U boʻlsa shunchaki sovuq
jilmayib turardi, xolos. Shanu oʻylagan narsasidan oʻzi
qoʻrqib ketdi. Oʻylaganlari xato ekanligiga oʻzini ishontirish


uchun ham, undan soʻrashga qaror qildi.
- Meni sen bu yerga olib kelmayding, toʻgʻrimi? Azizani
ham sen oʻldirmagansan aaa? Axir sen qon
ichmasdingku... Jodugarlar qon bn oziqlanmaydi..., - deb
Shnau qizga qoʻrquv bn qaradi. Lekin qiz yana hech nima
demadi. Shanu ortiq jim tura olmadi. Sabri yetmadi.
- Gapirsang-chi? Shahnoz, bu seni ishing emas
toʻgʻrimi?!, - deb oxiri Shanu baqirib yubordi...
Shuncha payt jim turgan Shahnoza, Shanuni
baqirganidan keyin yuzidagi kulgi yoʻqolib, qoshini birini
tepaga koʻtargancha, chimirdi.
- Birinchidan menga baqirma... Ikkinchidan ha Azizani
men oʻldirdim... Uchinchidan men jodugarmasman, men...,
- deb Shahnoza bir zum jim boʻlib qoldi. Keyin yana gapida
davom etdi.
- Xullas, hammasiga javob beradigan vaqt yetib keldi,
fohisha..., - deb Shahnoza Shanuga gʻazab va jirkanish bn
qaradi. Shanu eshitganlariga tushunmas, nega Shahnoza
unga dushmanlik qilyotgani aqliga sigʻdirolmasdi. Ayniqsa,
Shahnozani oxirgi "fohisha" degan gapidan bir tomondan
hayron qolsa, bir tomondan qalbiga bu soʻz nashtarday
sanchildi. Axir, unga Imrondan boshqasini qoʻl
tekkizmagandi. U Imrondan keyin hech kimni oʻziga


yaqinlashtirmadi... Nech asr oʻtsa ham, sevgisiga, turmush
oʻrtogʻi boʻlgan haloliga hech qachon xiyonat qilmadi-ku.
Buni Shahnoza judayam yaxshi bilishini bilgan Shanu, nega
Shahnoza unday deganiga hech tushunolmadi.
- Shahnoz... Bu nima deganing... Men qachon fohishalik
qilibman aaa..., - deb Shanu Shahnozaga qattiq tikildi.
Shahnoza Shanuning bu savolidan keyin gʻazabi battar
oshdi. Ichidagi shuncha asrlik alam, gʻazab, nafrat qaynab
chiqa boshladi.
- Nahotki, oilali erkakni boshini aylantirish fohishalik
boʻlmasa... Bir havas qilgulik, gulday oilani buzish,
fohishalik boʻlmasa unda nima ayt... Bu fohishalik emasmi
aaa?!, - deb Shahnoza alam bn gapirayotib baqirib yubordi.
Shanu Shahnozaning gapiga baribir ham tushuna
olmayotgandi. U hech qachon Imrondan boshqasiga
qaramagan boʻlsa, qanday qilib oilali erkakni boshini
aylantirgan boʻlishi mumkin. Shanu yana Shahnozani
gapini aqliga sigʻdira olmadi.
- Shahnoz... Nimalar deyoyatganingni bilyapsanmi?!
Men Imrondan boshqasini sevmaganman ham,
qaramaganman ham... Sen yana qanaqa oilali erkak
deyapsan?!, - deb Shanu ham Shahnozaga baqirib gapirdi.
Shanuga ham alam qilyotgandi, qilmagan ishi uchun
ayblanayotgani. Shahnoza bu safar qah-qah otib kulib


yubordi... Shahnoza uzoq kuldi, hatto koʻzlaridan yosh ham
chiqib ketdi... Shanu unga ahmoqqa qaragancha qarab
turarkan, Shahnoza kulishdan toʻxtab Shanuni savoliga
javob berdi.
- Yoʻgʻey... Seningcha, Imron oilali emasmidi?!, - deb
gʻazab va nafrat bn gapirdi Shahnoza. Shanu uning
gapidan keyin shokka tushib qoldi...
Shanu Shahnozaning gapidan keyin, eshitganlariga hech
ishona olmasdi... Imronni Shahnoza bn boʻlganini bilish
tugul, uni boshqasi bn oʻylash uni aqldan ozdira olgan bir
paytda Shanu bularni qabul qila olmasdi. Shahnoza boʻlsa,
Shanuni ahvoliga qarab, uni azoblanayotganini koʻrib,
battar gapira boshladi.
- Biz Imron bn baxtli edik... Bir-birimizni sevardik...
Jonimizdan ortiq koʻrardik... Sen meni jodugar deb
oʻylaganding aa? Yoʻq men jodugarmasman, men farishta
edim... Sevgi farishtasi... Lekin men Imronni uchratdimu,
unga oshiq boʻldim. U ham meni sevib qoldi. Meni oilam
Imron iblis boʻlgani uchun uni qabul qilmagandi, ammo
men uni deb oilamdan kechdim... Ular meni laʼnatlagan
boʻlsa ham... Ha men oʻsha hamma laʼnatlagan, oilasini
tanlamay iblisni tanlagan laʼnatlangan farishtaman...
Koʻrdingmi? Bizni sevgi tariximiz qanchalik afsona
ekanini... U seni uchratganidan keyin, meni tashlab ketdi.


Hatto seni deb u oʻz farzandi qotili boʻlganini ham
bilasanmi?! Oʻsha kecha, seni tanlab ketyotgan kecha, men
unga tashlab ketmasligi uchun yalindim, yolvordim...
Ammo u meni hatto eshitmadi... Unga homilador ekanimni,
farzandli boʻlishimizni aytishga ham ulgurmadim, yoʻlini
toʻsganim uchun meni itarib yubordi va men zinadan yiqilib
tushdi... U menga hatto eʼtibor bermay tashlab ketdi. Oʻsha
kech men farzandimdan ayrildim. Bilasanmi? Farishtalar
faqat bir martagina homilador boʻlishadi... Sen meni onalik
baxtidan mosuvor qilding... Koʻz oldimda u bn baxtli
yashadinglar... Hammasini meni baxtsizligim evaziga
boʻldi... Qara... Shu mitti qabr, men va Imronning sevgisi
mevasi edi... Sen uni oʻlimiga sababchisan... Sen Imronni
boshini aylantirmaganingda u bizni tashlab ketmasdi..., -
deb Shahnoza yigʻlagancha alam, nafrat, gʻazab bn baqirib
gapirdi. Shanu eshitganlarini tushunishga urunar, lekin
hech aqliga sigʻdira olmasdi. Shanu oʻzini yoʻqotib qoʻydi.
Karaxt ahvolga tushib qoldi... Shahnoza qoʻliga qadimiy
afsunlargan hanjarni oldi. Sekin Shanu tomon yaqinlasha
boshladi.
- Seni oʻldiraman... Keyin Imron bn men yana birga baxtli
yashaymiz. Biz uzoqlarga ketamiz... Uning uchun sen
oʻlishing kerak... Men baxtli boʻlishim uchun sen yoʻq
boʻlishing kerak... Imron meni sevadi... Senga faqat
qiziqqan xolos... Sen yoʻq boʻlsang, Imron haqiqiy sevgisi


men ekanimni tushunadi... Biz hali baxtli boʻlamiz... Sen
bizni doʻzaxdan kuzatib turasan..., - deb Shahnoza Shanuni
tepasiga keldi. Shanu karaxt holatdan chiqmagani uchun,
Shahnozani harakatlarini idrok etolmasdi. Shahnoza
hanjarni Shanuga sanchish uchun tepaga koʻtardi...
Shahnoza karaxtligi hali hamon tarqamagan Shanuga
hanjarni kuch bn tiqishga shaylandi. Bor kuchini qoʻllariga
jamlab, kuchi boricha Shanuga hanjarni sanchdi...
* * *
Sulton Shanuni suratlariga toʻlgan xonada ularga
termulib oʻtirar ekan, xona eshigi taqilladi. Sulton chuqur
nafas olib chiqargach "Kiring" dedi. Xonaga bir iblis kirib
keldi. U qaltiragancha gapini nimadan boshlashni bilmay
turarkan, bu Sultonni asabini buzardi. Oxiri iblis zoʻrgʻa
gapini aytishni boshladi.
- Qirolim... Haligi... Kamilaxonim... Ular xonalarida yoʻq...
Qochib ketibdi... Hamma yerni qidirib chiqdik, lekin biron iz
ham topolmadik..., - deb iblis boshini eggancha jim boʻlib
qoldi. Sulton asabiy koʻzlarini yumib, uni chiqishini aytdi.
Iblisga jon kirgandek, Sultonni qoʻlidan oson qutulganiga
hursand boʻlib xonani tark etdi. Sulton hayolida "Yango
hayot boshlagani ketgan boʻl, Kamila... Agar Shanuyim,
begʻuborimga yana biron yomonlik qiladigan boʻlsang,
oʻzim seni joning olaman..." degan oʻyni oʻtkazdi. Sulton


Shanuga biron yomonlik boʻlishi mumkin degan tahmin
kelganida, birdan yuragi gʻash tortdi... Oʻzidan-oʻzi koʻksida
sanchiq turib, qattiq ogʻriq paydo boʻldi... Bir zum hatto
nafar ololmay qoldi. Sulton nimaga unday boʻlganini
tushuna olmasdi. Biroz vaqt oʻtgach, Sultondagi ogʻriqlar
ketdi. Ammo yuragidagi gʻashlik ketmadi. Birdan xona
derazasi ochilib, xonaga kuchli shamol kirdi. Pardalarni
uchirib, xonani toʻzgʻitib yubordi. Shamol xonaning toʻrida
turgan Shanuning qizil atirgul ushlagancha jilmayib turgan
eng katta suratini tushurib yubordi... Sulton surat tushib
ketganini koʻrib, birdani Shanuga nimadir boʻlgan boʻlsachi
degan fikr keldi va uni sogʻligi joyida ekanlini bilish uchun
uni oldiga, shoshgancha ketdi...
Ajdar togʻi...
Jahon ulkan boʻri qiyofasida Sevinch, Javohir va
Abdulhafizni ustiga mindirgamcha olib ketardi. Yonida Ali
ham ular bn Ajdar togʻiga ketardi. Ajdar togʻi judayam
baland va qiya boʻlganligi uchun chiqish qiyin boʻldi.
Vanihoyat ancha qiyinchiliklardan keyin, ular aytilgan
manzilga yetib kelishdi. Togʻning eng choʻqqisida gʻor
boʻlib, u yerga faqatgina odamlar kira olardi. Jahon
ularning ustidan tushurib oʻz holiga qaytdi..
- Sizlar gʻorga kirib, bir muddat shu yerda yashab
turasizlar... Gʻor ichida aytishlaricha, bemalol yashash


uchun sharoit bor ekan... Men va Jahon sizlarni shu yerda
qoʻriqlab turamiz. Biror gap boʻlsa, bizga aytinglar... Endi
esa kira qolinglar, - deb Ali ularni gʻorga kiritib yubordi. Oʻzi
esa Jahon bn ularni gʻorni tashqarisida qoʻriqlay
boshlashdi...
* * *
Xanjar kuch bn Shanuga sanchilishiga bir necha sm
qolganida, baquvvat qoʻllar xanjarni sanchilishiga yoʻsqilliq
qilib ushlab qoldi. Shahnoza qoʻlini ustidan kuch bn ushlab
turgan baquvvat qoʻlga qarab turarkan, bu baquvvat qoʻl
egasi Imron degan oʻy kelib, bir tomondan ichida qoʻrquv
paydo boʻlgan boʻlsa, bir tomondan Shanuni himoya
qilyotgani uchun jaxli chiqa boshladi. Shahnoza baquvvat
qoʻllar egasi jaxl bn qaradiki, shokka tushib qoldi. Qilgan
taxmini notoʻgʻri boʻlib chiqqanidan va qarshisidagi
Imrondan ham u uchun xavfli ekanidan tanasi qoʻrquvdan
titray boshladi. Chunki Shahnoza bilardi, Imrondan shavqat
kutsa ham, qarshisidagidan shavqat kutish xuddi kunduzi
yulduz boʻlishi bn barobirdir... Ayniqsa, Shanu toʻgʻrisida
gap ketganda u hech kimni ayab oʻtirmaydi...
- Sen hali Shanuni yoʻq qilmoqchi boʻldingmi aaa?, - deb
yigit Shahnozani qoʻlini qattiq ushlaganidan, Shahnoza
ogʻriqqa chidolmay, xanjarni tashlab yubordi. Yigit tezda
ikkinchi qoʻli bn Shahnozani boʻynidan bugʻdi va xona


devoriga borib qattiq urdi. Shahnoza yigitning qoʻlidan
tipirchilab, qancha chiqshga urinmasin, baribir uning
changalidan chiqa olmasdi. Borgan sari nafas olishi
qiyinlashar, boya devorga qattiq urulgani uchun boshidan
qon oqa boshlagandi. Yigit bularning hech biriga
qaramasdan uni bugʻishda davom etardi.
- Shaa.ahh.zzzoo.ddd, - deb Shahnoza zoʻrgʻa shu soʻzni
ayta oldi va hushidan ketdi. Shahzod shunda ham uni
qoʻyib yubormay bugʻar, ammo Shanuni ovozini eshitgach
qanday qoʻyob yuborganini ham bilmay qoldi...
Shanu hech kimga, hech nimaga eʼtibor bermay,
eshitganlarini tahlil qilar ekan. Aqli ularni rostligini
tushunsa, yuragi bu haqiqatlarni hech qabul qilmasdi.
Shanu oʻz oʻzi bn kurasharkan, atrofidagi hodisalarga
umuman eʼtibor bermasdi. Qalbi eshitkanlaridan keyin
million-milliardlab parchalarga boʻlib ketdi goʻyoki. Shanu
ortiq qalbidagi toʻfonni ichida saqlab tura olmadi. Baqirib
yigʻlay boshladi. Shahzod darhol uni yoniga kelib, qattiq
quchib oldi. Uni qancha yupatishga urunmasin, Shanuni
ahvoli battar ogʻirlashib bora boshladi. Shahzod ortiq jim
qarab tura olmay, Shanuni dast koʻtarib oldi. Shanu uni
qasrga olib borishini bilib, tezda uni toʻxtatdi.
- Shahh.zzodd mm.mee.nni h.hamm.massi
bb.bosh.llann.gann j.jooyy.gga o.olibb b.borrring, - deb


Shanu Shahzodni boʻynidan qattiq quchib, izzilib yigʻlay
boshladi. Shahzod ham Shanu qayerni nazarga tutganini
fahmlab, uni bu yerdan olib ketdi...
Shahzod Shanuni yerga qoʻyarkan, Shanu muvozatni
saqlay olmadi. Ammo Shahzod uni tutib qoldi. Shanu
Shahzodni koʻmagida Imron bn ikkisini oʻtmishdagi uyiga
qarab turarkan, uy yomon yura boshladi... Shanu uyga kirib
toʻgʻri chetdagi bir xonaga kirdi. U yer judayam qorongʻu
edi. Shanu Shahzodga qaragan edi, Shahzod uning
nigohidan nima demoqchi ekanini tushunib darhol
derazadagi qora pardalarni olib tashladi. Xonaga yorugʻlik
tushgach, bu xona musiqa asboblari-yu, ularning
rasmlariga toʻla ekanini koʻrishdi. Shanu indamay, stol
ustida turgan gitarani oldiga borib, qoʻliga oldi. Stullarning
biriga oʻtirib, gitarani qulay ushladi. Shanu hozir qalbidagi
toʻfonni kuy yordamida tashqariga chiqarishni istadi va
koʻzlar bn gitarani chalib kuylay boshladi.
Jonimdan ortiq sorading –
Hayotimni ham berdim.
Aytgin jonim, seni
Men kimdan kam sevdim?


Bevafo, bevafo,
Aytgin rad javobing –
Kozlaringga qaramay,
Indamay jim ketaman!
Hatto oyning yuzida
Doglari bor, doglari,
Sevgining men uchun ham
Bir kun otar tonglari.
Lola gunchalari
Gulladi xazonlarda,
Qayda qildim men xato,
Qoldirding armonlarda?
Bevafo, bevafo,
Aytgin rad javobing –
Kozlaringga qaramay,


Indamay jim ketaman!
Jonimdan ortiq sorading –
Hayotimni ham berdim.
Aytgin jonim, seni
Men kimdan kam sevdim?
Bevafo, bevafo,
Aytgin rad javobing –
Kozlaringga qaramay,
Indamay jim ketaman!
Shanu qoʻshiqni tugatgunicha Shahzod uni jimgina
eshitib turdi. Bu orada Imron Shanuni qidirib topib kelgandi.
U Shanuni yigʻlab iztirob bn kuylayotganini koʻrib qalbi
ogʻridi hatto oʻz oʻzidan nafratlanib ketdi... Shanuni nigohi
eshik oldida unga termulib turgan bevafoyiga tushgach,
qoʻlidagi gitarasini tashlab yubordi...
Shanu yoshli koʻzlari bn Imronga qarab turarkan, ikkisi
ham bir biridan koʻz uzmasdi. Hatto xonada Shahzod


borligini ham unutishgandi. Shanu Imronga qararkan,
undan bari yolgʻonligini isbotlab berishini kutardi... Imron
boʻlsa Shanuning hammasidan xabar topganidan
qoʻrqardi... Imron Shanudan nigohini uzmagan holda,
Shahzodga gapirdi.
- Bizni yolgʻiz qoldir...
- Hech qachon... Unga shuncha azob berganing yetadi...
Ortiq unga yaqinlashishingga yoʻl qoʻymayman..., - deb
Shahzod unga gʻazab va nafrat bn tikilgancha tishlari
orasidan shivirlardi.
- Shahzod... Iltimos meni tashqarida kutib turing... Hozir
chiqaman..., - deb Shanu Shahzodga hammasi joyida
degandek qaradi. Shahzod Shanuni hozirgi holatida yoʻq
deya olmay, zarda bn chiqib ketdi. Shanu Imronga qarab
turarkan, hatto hozir uning gapirishga ham madori yoʻq edi.
- Yolgʻon deng... Hammasini yolgʻon, shundaymi?..., -
deb Shanu Imronga qararkan, koʻzyoshlari yuzini yuvar
ovozi ham judayam past chiqandi. Imron hammasini
tushundi. Shanu hammasini bilganini fahmladi, lekin oʻzini
oqlash uchun hech nima demadi. Sukutni afzal bildi.
- Nahot... Quvonch meni tark etdi butkul... Ishqim choʻgʻi
endi yonmas... Boʻldi kul... Balki ayro tushar, endi bizni
yoʻl... Sen xiyonat koʻchasidan oʻtkan kun... Qattiq


ozordadir, yarador qalbim... Yoʻling poylab oshar tobora
dardim... Hajringda kuygan dil ado boʻldi, bil... Sen xiyonat
koʻchasidan oʻtkan kun... Nechun, xiyonatga bogʻlading
sen... Bilarding, qanchalar qoʻygandim koʻngil... Endi
kechirishim bilsang gar mushkul... Sen xiyonat
koʻchasidan oʻtkan kun... Sensiz maʼno yoʻqdir meni
hayotimda... Sen bor eding yozgan har bayotimda...
Kechir... Senga qolmadi soʻz bisotimda... Sen xiyonat
koʻchasidan oʻtkan kun... Qasd qilganmiding, ayt?.. Shirin
jonimga... Quloq solsin tuygʻularim farmonimga... Aza
ochdim sen bn oʻtgan har onimga... Sen xiyonat
koʻchasidan oʻtkan kun... Qalbimda tosh qotdi endi
muhabbat... Ruhimda qolmadi ishqqa hech toqat... Seni
yoʻqotdim... Seni yoʻqotdim... Men toki, to abad... Sen
xiyonat koʻchasidan oʻtkan kun... Qattiq ishonardim
oʻzimdan ortiq... Bor mehrimni senga etkandim tortiq...
Jazo bormi menga bundada ortiq?! Sen xiyonat
koʻchasidan oʻtkan kun..., - deb Shanu gapini yakunladi.
Uning ovozi shu darajada iztirobli, hasta va alam bn
chiqdiki, Imronning qalbi larzaga keldi. Shanuga avvalroq
oʻzi hammasini aytib bermaganidan, qattiq afsuslandi.
Ammo endi judayam kech edi... Shanu ortiq hech bir soʻz
aytmay, xonadan chiqib ketmoqchi edi, Imron uning
qoʻlidan ushlab toʻxtatib qoldi...
Shanu bir qoʻlini ushlab turgan baquvvat qoʻlga va bir


Imrong gʻazab, nafrat va jirkanish bn qarab, uni olishga
urundi.
- Hammasini tushuntirib beraman... Kel gaplashib
olamiz. Hammasini sen oʻylagandek boʻlmagan... U yolgʻon
gapirgan senga..., - deb Imron Shanuni qoʻlini qoʻyib
yuborib, uning ikki yelkasidan ushladi va koʻzlariga tikildi.
Shanu ham uning koʻzlariga bir zum tikilib turgach, alam
bn kulib yubordi...
- Sizningcha, u bn yolgʻondan oila quribsizda aaa...
Yolgʻindan birga boʻlgansiz... Yolgʻondan uni sevgansiz...
Yolgʻondan hatto oʻz tugʻilajak farzandingizni ham
oʻldirgansiz... Balki meni ham yolgʻondan sevarsiz aaa?!, -
deb Shanu gʻazab bn Imronning ikki yelkasini tutib turgan
qoʻllarini kuch bn olib tashladi. Imron uning gaplaridan
biroz nima deyishni bilmay qoldi. Shanu hech narsaga
eʼtibor bermasdan, xonadan ham uydan ham chiqib ketdi.
Imron tezda oʻziga kelib, uning ortidan chiqdi.
Shahzod Shanuni chiqishini uyning tashqarisida kutib
turarkan, Shanu uydan gʻazab bn chiqib u tomon kela
boshladi. Ammo ortida Imron keli, yana uni toʻxtatib qoldi.
Shahzod endi oraga qoʻshilmoqchi edi, Shanuni koʻzlariga
bir on qarab, unda yashirilinib turgan umidni koʻrdi va
joyida taqqa toʻxtadi. Shanuning sevgisiga yana bir bor tan
berdi. Shuncha azob-u yolgʻonlar, hatto xiyonatini


bilgandan keyin ham Imronni bularni qilmasligidan umid
qilyapti... Shahzod sevganini boshqasini shunchalik kuchli
sevganini koʻrib, his qilib, uni sevgisini qadrini bilmagani
uchun qalbi qattiq ogʻridi, ammo sirtiga chiqarmadi
doimgidek. Shunchaki gʻazabini, qalb ogʻrigʻini ichiga yutdi,
qoʻllari musht boʻlib tugildi, tishlarini bir-biriga qattiq
bosganidan sinib ketay derdi. Shahzod ular gaplashib
olishini, Shanu haqiqatlarni bilib ortiq azoblanishini
istamadi. Shuning uchun ularni oldiga bormasdan,
shunchaki kuzatib turishni maʼqul deb bildi.
Imron Shanuni ortidan kelib, qoʻlidan ushlab oʻziga
qaratdi. Shanu uning qoʻlidan chiqib ketishga urunarkan,
Imron qoʻllarini Shanuni boʻyniga olib borib, uni oʻziga
qarashiga majbor qildi. Koʻzlariga toʻqnashgach, unga
hammasini tushuntira boshladi.
- Atirgulim... U yolgʻon gapirgan... Men hech qachon uni
sevmaganman... Buni oʻzi ham biladi, shuning uchun ham
bizni ayirmoqchi... Toʻgʻri men uni itarib yuborgandim...
Ishon... Men bilmagandim uni homilador ekanini... Axir
qanday men oʻz farzandimni oʻldiraman... Ayt... Men ham
farzandli boʻlgim keladiku axir... Men ham istayman ota
boʻlishni... Toʻgʻri men u bn boʻlganman, ammo oʻrtamizda
sevgi boʻlmagan... Uning ustiga men u bn seni
uchratgunimcha boʻlganman... Seni uchratganimdan keyin,
u bn aloqalarimni uzganman... U meni doim oʻtmishim


boʻlib qolgan... Sen boʻlsa bugunim, kelajagimsan...
Iltimos... Menga ishon... Bilaman bu gaplarni oʻzimdan
oldinroq eshitishing kerka edi, ammo aytolmadim...
Qoʻrqdim... Seni yoʻqotishdan qattiq qoʻrqdim... Meni
tashlab ketasan deb oʻyladim..., - deb Imron Shanuning
koʻzlaridan koʻzini uzmay gapirdi.
Shanu ham Imronning koʻzlariga qarab turarkan, uning
gaplariga ishonishni istadi. Hop uning gaplari rost boʻlsa
ham, boshidayoq hammasini oʻzi aytib berishi kerak edi.
Nima boʻlgan taqdirda ham, Shanuga oʻziga tanlovni
qoldirishi kerak edi...
- Nahot... Endi tashlab ketmaydi deb oʻylasangiz?!, - deb
Shanu ham uning koʻzlariga tik boqib gapirdi. Imronning
ichi muzlab ketdi. Imronda ozgina boʻlsa ham umidi bor
edi, ammo Shanuni aytkan gaplari uni battar tushkunlikka
tushurib qoʻydi... Imron bn Shanu bir-biriga tikilib turishar
ekan, shu payt Sulton kelib qoldi. Sulton kelguniga qadar
hammasini bilib boʻlgandi. Shanu Imronni oʻtmishini
bilgani haqida, kelyotganida Imronning aytkan gaplaridan
fahmlagandi. Ularni birga koʻrgach, qoʻllari musht boʻlib
tugildi. Hech nimaga qaramay, ularni oldiga bordi. Imron
Shanuga endi gapirmoqchi boʻlganida, Sulton uni gapini
boʻlib oʻzi gapirdi.
- Imron balki qolgan haqiqatlarni ham Shanuga aytish


vaqti kelgandir. Qachongacha buni yashirib yurmoqchisan?!
Endi sen yashirsang ham, ortiq men buni Shanudan
yashirishni istamiman... Shu paytgacha ham koʻp bora
buni aytishga urundim, lekin har safar sen bunga toʻsqinlik
qilding... Ortiq bunga yoʻl qoʻymayman... Hammasidan
Shanu xabardor boʻlishi kerak... Shu paytgacha aslida
kimni sevganini, kim bn oila qurganini bilishga haqqi bor...,
- deb Sulton Imronga oʻtkir nigohlar bn tikilib, Shanuga
dard bn qaradi. Shanu boʻynidagi Imronni qoʻllarini olib
tashlab, bir Imronga, bir Sultonga qaradi. Sultonga
qaraganida uning koʻzlaridagi dardni koʻrib, u aytmoqchi
boʻlgan gap, uni qalbini yana parchalanishi bilib qoʻllari
qaltiray boshladi. Imron Sultonning gaplaridan koʻzlari
kattalashib ketdi.
- Aslo... Bas qil Sulton... Shanu bn oʻrtamizdagi ishlarga
aralashma..., - deb Imron Sultonga gʻazab va tahdidli
gapirdi.
- Nima uni yana aldashingga jim qarab turaymi aaa?!
Uni hayotini barbod qilyotganingni indamay kuzataymi
aaa?! Yoʻq... Ortiq uni azoblashingga jim qarab
turmayman... Hammasini Shanuga aytaman... Hammasini
bilgach, oʻzi bir qarorga keladi..., - deb Sulton ham gʻazab
bn Imronga qaradi. Shanu ortiq ularni jim kuzatib turolmadi.
- Sulton gapiring... Nimanini bilishim kerak yana?...


Imron mendan yana nimani yashiryapti?, - deb Shanu
Imronga bir gʻazab bn nigoh tashlab, Sultonga qattiq tikildi.
Imron keskin Sultonga qattiq tikilib.
- Yoʻq... Aslo... Jim boʻl..., - deb Imron Sultonga gʻazab
bn gapirdi. Sulton bir Imronga beʼtibor qarab, spng nigohini
Shanuga qaratdi. Uning koʻzlaridagi azobni, dardni koʻrib
bir zum jim boʻlib qoldi. Hozirgi aytmoqchi boʻlgan gapini
aytish aytmaslikni biz muddat oʻylanib qoldi...
- Shanu ota-onangni qotilini qidiryotganding esingdami?!
Keyin oyimni ham bunga qoʻlini borligini bilib qolding va
qochib ketding... Toʻgʻri oyim ham binga aralashgan edi...
Lekin bularning boshida boshqasi turgan..., - deb Sulton
Imronga qattiq tikildi. Shanu Sultonni nigohini koʻrib,
koʻzlari kattalashib ketdi. Hayoliga kelgan fikrdan bir zum
nafas ololmay qoldi. Ichida faqat "faqat bu emas" deb
takrorlay boshladi. Imron nigohini Shanudan uzmas, unga
havotir bn tikilib turardi. Uning hozir haqiqatni bilgach,
qanday ahvolga tushishi haqida oʻylab, ichida qoʻrquv
paydo boʻlgandi.
- Oʻsha boshliq... Yaʼni Qirol... IMRON..., - deb Sulton
Imrondan nigohini uzib, havotir va afsus bn Shanuga
qaradi. Imron ham Shanuga qarab, oʻzini oqlashga soʻz
qidira boshladi. Shanu Sulton aytkan gaplaridan keyin,
tahmini toʻgʻri chiqqanidan karaxt ahvolga tushib qoldi.


Unga oxirgi haqiqatlar judayam ogʻirlik qildi. U bugun
oʻzida: suyuklisini undan oldin oilasi borligini, suyuklisi oʻz
tugʻilajak farzandi qotili ekanligini yana hammasini yashirib
kelyotganini, opasidek koʻrgan yaqini turmush oʻrtogʻini
oʻzidan oldingi xotini ekanligini bilgani kamday, yetmagani
ota-onasini oʻlimiga sababchi kimsa, oʻz jondan aziz
suyuklisi, turmush oʻrtogʻi boʻlib chiqqani Shanuni butkul
sindirdi. Koʻzidan ikki tomchi yosh oqib tushdi. Ammo
hech nima demadi...
Shanu Imrondan koʻz uzmay nafrat bn tikilib turarkan,
asta koʻrinishi oʻzgara boshladi... Tim qora koʻz qorachigʻi
qip-qizil rangga kirdi, zulmatdek qora sochlari ham qizil
rangda shamolda oʻynay boshladi, labi rangi qonday qizil
rangga kirdi, tirnoqlari ham uzun boʻlib oʻsib qizil rangda
edi... Shanu asta yerdan koʻtarila boshladi. Undan qizil nur
taralib, uni atrofida aylana shakli nurli qobiq paydo boʻldi.
Nurli qobiq ichida Shanuning kiyimi ham qizil rangli
koʻylakka oʻzgardi. Nurli qobiq yerdan qancha koʻtarilgani
sari shunchalik kattalasha boshladi. Bu ham kamday nurli
qobiq hamma yerni sekinlik bn vayron qilar, bu borgan sari
tezlashardi. Shanu oʻz qobiliyatini boshqarolmayotgandi.
Uni hozir nafrat, gʻazab, alam tuygʻulari qamrab olib oʻzini
yoʻqotib qoʻygandi. Hozir Shanuda yupiter kuchi paydo
boʻlgandi, ammo Shanu uni oʻzidan boʻlmagani uchun
boshqara olmayotgandi. Uning bunday holatda koʻrgan


Sulton, Imron va Shahzod qoʻrqib ketdi. Ular qanchalik
Shanuni tinchlantirishga urunmasin bari befoyda ketardi.
Shanu toʻxtash nima eknaini bilamas, hamma yerni vayron
qila boshlagandi. Shanu qalbidagi kuchli toʻfonni
toʻxtatolmas, endi u tashqariga chiqqandi... Shanu deyarli
Imron ikkisiniki boʻlgan goʻshani vayron qilib boʻlgandi.
Astalik bn oʻrmonga ham oʻtayotgan payt, uzoqdan va
judayam past ovozni eshitdi...
- Oyi...
Shanu ovozni eshitgach, sekinlik bn nurli qobigʻini
kichiklashtirib, yoʻqotib yubordi. Astalik koʻz qorachigʻi,
sochi, kiyimlari oʻz holiga qaytdi. Shanu oxista yerda
tusharkan, yumib olgan koʻzlarini ochdi. Atrofiga qararkan,
uyining yongisida manzarani koʻrgach, koʻzlari kattalashib
hayrat va havotir bn qarab qoldi... Qolganlar ham ovoz
eshitilgach, atrofga alangladi. Kim "oyi" deb chaqirganini
bilish uchun har tomondan ovoz egasini nigohlari bn
qidirarkan, uyning yonidagi manzara ularni hayratga soldi...
Shanu va qolganlar uyning yonida Jafar ikki bolachani
koʻtarib turgandi... Bolalar bolalar bir yarim ikki yosh
atrofida edi... Jafarni oʻng tomoniga bola oʻgʻil bola, chap
tomononidagi bola qiz bola edi...
* * *


Shahnoza sekin hushiga kelarkan, ogʻriqdan tanasi
zirqirardi. Koʻzini ochib oʻtgan ishlarni eslab, gʻazablandi.
Ishini bitirishiga ozgina qolganida, hammasini barbod
qilishgani eslab, oʻtirgan holida qoʻli bn yerni qattiq
mushtladi.
- Mayli... Yana biroz yashay qoldi... Shanu... Ammo
judayam oz umring qoldi... Sanoqli soatlaringni
yashayapsan... Oʻzim seni ming azoblab joningni olaman...
Ajaling oʻzim boʻlaman... Faqat oʻzim... Men ketyapman
Shanuginam... Ajaling ketyapti... Vaqting oʻz nihoyasiga
yetyapti... Tik tak tik tak..., - deb Shahnoza oʻylagan rejasini
amalga oshirish uchun ketdi. Toʻgʻrirogʻi xonadan qobiliyati
yordamida gʻoyib boʻldi.
* * *
Javohir, Sevinch va Abdulhafiz deyarli shart-sharoiti
uydan farq qilmaydigan gʻorni ichida oʻtirishar ekan,
hammaning hayollari har yoqda edi. Misol uchun:
Abdulhafiz kelganidan beri, kresloga oʻtirib olib, Shanuning
rasmiga tikilgancha u haqida hayol surib oʻtirardi. Javohir
va Sevinch esa divanda Javohir Sevinchni bagʻriga bosib,
sochlarini silar oʻtirisharkan, Sevinch bir Shanudan havotir
olda, bir uyga qachon qaytishlari haqida oʻylardi. Javohir
esa bir bagʻridagi sevgilisini bir gap boʻlsa qanday
himoyalash haqida oʻylasa, bir kresloda kelganidan beri


Shanu rasmiga gʻamginlik bn oʻzgacha tikilib turgan doʻsti
Abdulhafizni keyingi taqdiri oʻylantirardi... Ular shinday
vaqt oʻtkizisharkan, ora-orada hayollaridan chalgʻish uchun
ovqatlanib olishardi. Albatta buni Sevinch uyushtirsa ham,
qolganlar ularga majburan qoʻshilishardi. Zoʻrgʻa ozhina
ovqatlanishib yana shunday oʻlik sukunat ila vaqtini
oʻtkazishardi...
* * *
Shanu Jafar va qoʻlidagi bolalarga hayron va hayrat bn
qarashda davom etarkan, Jafar Shanu tomon yurib kela
boshladi. Jafar Shanuni oldiga yetganida bolalar "oyi...
oyi..." deb Shanuga talpina boshladi. Shanu Jafarning
qoʻlidan qizini oldi. Oʻgʻli ham gʻinshishni boshlagani uchun
ikkinchi qoʻliga oʻgʻlini oldi. Ikki bola ham Shanuni qattiq
quchib olgancha Shanuni yuzlaridan oʻpardi. Hozir Shanu
biroz boʻlgan ishlarni, hozirgi azoblarini unutganday boʻldi.
Dunyodagi jonidan aziz, hammasidan ustun qoʻyuvchi
bagʻridagi jon parchalarini qucharkan, taftini his qilarkan,
unga hammasi ahamiyatsizdek tuyula boshladi. Shu ikki
norasida, begʻubor farzandlari yonida boʻlsa boʻlganligi,
unga boshqa hech narsa kerak boʻlmasligini hozir yana bir
bor tushundi... Shanu kam quvvatligi, uning ustiga hozir
koʻp kuch sariflagani uchun ikki bolasini koʻtarishga
qiynaldi. Bir zum muvozanatni yoʻqotib qoʻydi. Ammo
tezda yonidagi Jafar uni tutib qoldi. Shanuni ahvolidan


havotirlanib, bitta bolani olish uchun qoʻl uzatdi. Shunda
qizi hech ikkilanmay Jafarni qoʻluga oʻtib ketdi. Buni
koʻrgan Shanu beixtiyor ham kulib yubordi, ham hayron
nigohi bn qiziga qarab qoldi.
- Malak... Qizalogʻim... Meni darrov sotib
yubordingizmi?!, - deb Shanu qiziga ginali qarash qildi.
Malak Jafarning quchogʻiga yaxshilab joylashib, koʻzlarini
pirpiratgancha onasiga qaradi. Buning qiligʻidan Jafar
ham Shanu ham birdan kulib yuborishdi.
- Buni qarashini qaranglar... Bunday qarashlar bn meni
aldolmaysan, gulgʻuncham..., - deb Shanu labini burib
qoʻydi. Qizi bir Jafarga, bir Shanuga moʻltillab qararkan,
Jafarga huddi yordam kutayotganday qarardi.
- Meni asrlon oʻgʻlim... Mahmudim... Qara... Singling
bizni sotib, boshqa tomonga oʻtib oldi... Sen ham meni
tashlab ular tomonga oʻtib olasanmi?!, - deb Shanu oʻgʻliga
mehr bn qaradi. Oʻgʻli biroz onasiga qarab turgach, qattiq
onasini quchib oldi. Shanu ham, Jafar han bolalarning
qiligʻini koʻrib, bir-birilariga qarab kulib yuborishdi. Bu
bolalarga ham taʼsir qilib ular ham birga kulishdi...
Shanu bolalarini koʻrgach, bagʻriga bosgach, hammasini
unutgandi... Hozir unga uyoqda turishi uchun dalda,
suyanch kerak paytda unga dalda boʻlib farzandlari,
suyanch sifatida Jafarni koʻrdi. Nafaqat koʻrdi balki his


qildi ham. Bu esa Shanuning kuchiga kuch qoʻshib, uni
sinishiga yoʻl qoʻymadi.
Qolganlar ularni chetda kuzatib turarkan, ular hozirgi
manzaradan lol edi. Shokka tushib qolishgandi... Ularni
chetgan kuzatgan hamma, ularni baxtli oila deb
yanglishmay ayta olardi. Imron ularni koʻrib turarkan,
bolalarga boshqacha nigoh qaradi. Yuragida qandaydir ajib
bir hisni his qildi. Ulardan umuman koʻzlarini uza olmay
qoldi...
Imron ularni kuzatib turarkan, koʻksida qattiq sanchiq
turdi. Shanu bolalarni kulib erkalar, ularni bagʻriga bosar,
Jafarga kulib qararkan, ularga chetdan bemalol baxtli oila
deb taʼrif berish mumkin edi. Imron ularga qarab turarkan,
agar bunchalik koʻp hatolar qilmaganida ularning oldida
Jafar emas, oʻzi boʻlishini oʻylab butun vujudini
pushaymonlik egalladi. Qalbi Shanuni xiyonat qilishini,
yetmaganiga farzandli boʻlishini qabul qilolmas, hatto buni
aqli ham inkor etardi... Imron prtiq ularni chetdan kuzata
olmadi. Ularni oldiga shahdam qadamlar bn borib, ularni
qarshisida toʻxtadi. Shanuga qattiq tikilarkan, bir
Shanuning bagʻridagi bolachaga, bir Jafarning qoʻlidagi
qizchaga qarardi. Imron qizchaga qarab, qiz huddi Shanuni
oʻzginasi ekanini koʻrdi. Oʻz suyuklisi kabi uzun kipriklar,
timday qora sochlar, nima pushti lablar, qorday oq yuz,
hatto yuz mimikalar-u harakatlar ham huddi uday edi.


Imron qizchaga tikilib qararkan, shu qizaloq oʻzining qizi
boʻlib qolishini chin dildan istadi va unga qarab shirin
entikib qoʻydi. Keyin Shanuga qaragan edi, bolacha
Imronga qaradi. Imron bolaga bir zum tikilib qolib, qtib
qoldi. Bola Imronning quyub qoʻyganday oʻzi edi. Oʻzidek
toʻq jigarrang sochlar, shunga monand toʻq jigarrang
koʻzlar, hatto qarashlar ham huddi oʻzidek edi. Imron nima
deyishni ham bilmay qoldi. Hayoliga kelgan oʻydan bir
baxtdan yettinchi osmonga uchsa, bir bu qanday
boʻlganligidan va ularning yosh koʻrinishidan oʻylanib
qolgandi. Oxiri Imron Shanudan soʻrashni eng maʼqul yoʻl
deb topdi.
- Bular... meni... bolalarimni... yaʼni... bizni..., - deb Imron
ming hayajon va qoʻrquv bn gapirdi. Shanu bir zum nima
deyishni bilmay oʻylanib qoldi. Soʻng yuzida boyagi
kulgudan asar ham qolmay, oʻrnini gʻazab va nafrat
egalladi.
- Ularning otasi ham onasi ham faqat oʻzimman. Ularda
sizning umuman haqqingiz yoʻq... Ular faqat menga
tegishli... Ular faqat meni bolalarim... Ulardan ham, medan
ham endi uzoq yuring... Oʻlib ketishni istamasangiz ortiq
qarshimdan chiqmang... Oʻsha xotinchangiz bn baxtli
hayot tilayman... Alvido..., - deb Shanu ortiga oʻgirildi. Hali
hamon karaxt ahvolda ularni kuzatib turgan Shahzod bn
Sultonni yoniga bormoqchiligida, Imron endi uni


toʻxtatmoqchi edi, oʻrtaga Jafar turib oldi. Qoʻlidagi
qizchani Shanuga berib, Imronga qarama-qaeshi turib oldi.
Bu holatdan Shahzob bn Sulton oʻzlariga kelishib, ular ham
Shanuni toʻsib Jafarga qoʻshilishdi. Imron endi ular bn
urushmoqchi boʻlganida, ularga qarab turgan bolalarni
koʻrib, bu fikridan qaytdi. Ammo ularni hech qachon
shunchaki qoʻyib yubormasligini oʻzi kabi qolganlar ham
yaxshi bilishardi. Shahzod qobiliyati yordamida partal
ochib hammasi uning ichiga kirib ketishdi. Bu
vayronagarchilikda faqatgina Imron yolgʻiz qoldi. Alam,
iztirob, pushaymonlik, vijdon azobi-yu otashin sevgisi bn...
Ular qasrga kirishi bn Shanu qoʻlidagi farzandlarini
mehmonxonadagi divanga qoʻydi-yu, oʻzini ham ularni
yoniga tashladi. U judayam holsizlanib qolgan edi. Bolalar
ham judayan charchagani uchun divanga choʻzilib yotib
olishdi. Shanu va bolalarni chetdan kuzatib turgan Sulton
va Shahzod hali ham karaxtlikdan toʻliq chiqmagandi, Mira,
Sardor, Timur va Farrux esa nima boʻlganini tushunmay jim
tushuntirishlarini kutib turishardi. Jafar chekkada
hammani nigohi bn kuzatardi... Ularning bunday holatini
bolalarning gʻinshishlari-yu, yigʻlay boshlashgani buzdi.
Shanu bolalarining yigʻlashidan yumulgan koʻzlarini zoʻrgʻa
ochdi va istamasda bolalari uchun oʻrnidan turdi. Oʻgʻli
Mahmud yigʻlagancha Shanuni oldiga kelib quchib oldi.
Shanu oʻgʻli Mahmudni koʻtarib koʻndirishga urundi, keyin


ularning uyqusi kelayotganini fahmlab uxlatishga kirishdi...
Bu yoqda Malak ham yigʻlay boshladi. Mira Shanuga
yordam berish uchun Malakni koʻtargan edi, Malak uni
begonasirab battar yigʻlay boshladi. Bularni kuzatib turgan
Jafar ortiq ularni yigʻlashiga chidolmay, Mira va Malakni
oldiga bordi. Jafar yigʻlayotgan Malakka qoʻl choʻzgan
zahoti Malak Jafarga talpindi. Jafar Malakka bagʻriga
olgancha uni koʻndirib, uxlatishga kirishdi. Malak Jafarni
bagʻrida tezda tinchlandi va asta koʻzlari yumulib uyqu
saltanatiga keta boshladi. Bu paytgacha Mahmud Shanuni
quchogʻida uyqu saltanatida mehmon boʻlishga ulgirgandi.
Hamma Jafarni bir pastda Malakni koʻndirgani hayratga
solgandi. Hamma Shanuga savol nazari bn qarab turarkan,
Shanu ortiq ularning bunday nigohlariga dosh berolmadi.
- Mira... Iltimos... Zudlik bn menga bolalar xonasini
tayyorlat... Ikkisini ham xonasi bitta boʻlsin... Faqat tezroq,
- deb Shanu oʻzini zoʻrgʻa tutib turarkan, tanasi oʻziga
boʻysinmay borayotgandi. Koʻzlari yumulib, uyqu uni oʻz
domiga tortayotgandi. Ikki kunlik uyqusizlik kuchi
koʻrsatardi. Mira Shanuni ahvolini tushunib tezda tepa
qavatga chiqib ketdi.
- Hammangizga hamasini tushuntirib beraman... Faqat
hozir bolalarni yotogʻiga yotqizib chiqay... Aytkancha
Sulton... Siz bn gaplashib olishimiz kerak... Iltimos ketib
qolmang, - deb Shanu Sultonga mungli qaradi.


- Hotirjam boʻl... Men shu yerdaman... Gaplashishdan
oldin uxlab olishing kerak... Bolalarni yotqizib, dam olib ol...
Keyin gaplashimiz, - dedi Sulton kuyunchaklik bn.
Qolganlar ham Shanuni ahvolini tushunib, Sultonni gapini
tasdiqlashdi.
- Ha u toʻgʻri gapiryapti... Shanu uxlab olishing kerak...
Bolalardan havotir olma... Men ularni yonida boʻlaman..., -
deb Jafar unga hammasi joyida degandek qaradi. Shanuga
ham ularni moydek yoqib tushdi va hech qanday qarshilik
qilmadi...
Bu paytgacha Mira bolalar uchun yotoqxona tayyorlab,
pastga tushdi. Mirani koʻrib, Shanu xona tayyor boʻlganini
tushunib, Jafar ikkisi tepaga koʻtarildi. Qolganlar esa
pastda qolishdi, turli oʻylari iskanjasida...
Shanu va Jafar bolalarni koʻtarib xonaga kirarkan, ularni
yotoqlariga yotqizishdi. Xonaning hamma yeri bolalarga
hos qilib dizaynlashtirilgan edi. Xonaning qoq yarmi moviy
rangda, ikkinchi yarmi pushti rangda edi. Xonanaing
oʻrtasining ikki yonida bolalar uchun judayam chiroyli
moviy v apushti rangli yotoq qoʻyilgandi. Xonaning pardasi
ham qoq yarmidan moviy va pushti rangli edi. Yotoqlarning
oʻrtasiga oʻtirish uchun judayam qulay kreslo qoʻyilgandi.
Xonaning ikki qarama-qarshi burchagida moviy va pushti
rangli bolalar kiyim javoni ham bor edi. Qolgan joylar esa


bola va qizaloq uchun oʻyinchoqlarga toʻla edi. Xullas Mira
xona dizaynini aʼlo darajada qilgan edi. Shanu oʻgʻlini
yotqizib boʻlgach, Jafarga nimadir demoqchi boʻlib ogʻiz
juftlagan edi hamki, Jafar uni gapirishiga qoʻymay oʻzi
gapira boshladi.
- Shanu hozir borib dam ol... Uxlab turganingdan keyin
gaplashamiz..., - deb Jafar bolalar uygʻonib qolmasligi
uchun past ovozda gapirib sekinlik bn Shanuni xonadan
chiqarib yubordi va oʻzi bolalarga bir-bir shirin
uxlayotganini koʻrib boʻlgach, kresloga oʻtirdi va boʻlgan
voqealar-u boʻladigan voqealarni oʻylashni boshladi...
Shanu oʻz yotoqxonasiga kirdi-yu, holsizlik butun
tanasini qamrab oldi. Zoʻrgʻa ustiga shkafidan tungi
koʻylagini oldida, yuvinish xonasiga kirib ketdi. Sovuq suv
tagida ancha turdi. Tanasi muzlagan boʻlsa ham, qalbi olov
boʻlib yonayotgan edi va u hech soʻnay demasdi. Shanu
yuvunib, ustiga qora rangli tungi koʻylagini kiyib,
yotoqxonaga chiqdi. Boʻlgan ishlardan keyin, ochilgan
sirlar-u achchiq haqiqatlardan soʻng, sShanu uxlagisi
kelmasa ham butun tanasidagi charchoq va quvvatsizlik
uni qamrab olgandi. Oʻzi istamas ham, koʻzi yumilib ketar,
tanasini boshqara olmay qolayotgandi. Zoʻrgʻa sekin
qadamlar bn yotogʻi yoniga kelib, yotib oldi. Boshi yostiqqa
tegishi bn kuchli charchoq va holsizlik sabab uyquga
ketdi...


Shanu koʻzlarini ocharkan, derazadan tong otyotkanini
koʻrib, deyarli 1 kun uxlaganini tushundi. Oʻrnidan turib,
yuvinib chiqdi. Kiyim javonidan qora rangli, oddiyroq, lekin
shu oddiylik ham qandaydir hashamatli koʻrinib, Shanuga
judayam yarashib turardi... Shanu sochlarini tepaga qilib
turmaklab yigʻib tashladi... Toʻq ranglardan foydalanib,
pardoz qildi... Shanuni hozirgi koʻrinishda koʻrganlar, kecha
u qalbi chil-parchin boʻlgan deb oʻylashmasdi... Shanu
qalbi hali hamon ogʻriyotgan boʻlsa ham aksiga qarab
jilmaydi. Jilmayishi shu qadar samimiy chiqdiki, hech kim
buni soxtaligini bilolmasdi. Shanu koʻrinishidan mamnun
holda, xonasidan chiqdi va toʻgʻri bolalari xonasiga kirdi.
Lekin xona boʻm boʻsh ekanligini koʻrib, pastda deb oʻylab,
pastga tushdi. Tahmini toʻgʻri chiqib, bolalar yaqinlari bn
oʻynashayotgandi. Shanu biroz bolalarining shodon
kulishini koʻrib, samimiy jilmaydi. Qalbidagi ogʻriqqa ham
biroz malham qoʻygandek boʻldi... Shanu ularga qaran
turarkan, Mahmudning nigohi Shanuga tushib qoldi va jajji
qadamlar tashlab Shanu tomon yurib kela boshladi.
- Oyi... Oyi..., - deb Shanuni oldiga kelib oyogʻidan quchib
oldi. Shanu oʻgʻlining harakatlaridan olam baxt olib, uni
koʻtarib oldi va yuzidan oʻpib qoʻydi. Shanu ular tomon
ketayotgan edi, qizi Malak ham sekin yurib kela boshladi.
Shanu Malakni ham oʻpib qoʻyib, ikkinchi qoʻliga koʻtarib


oldi. Mahmud bn Malak Shanuni boʻynidan qattiq
quchiqlab olishdi. Shanu ularni koʻtarib, divanga joylashib
oldi, ammo hali ham bolalar Shanuni qoʻyib yuborish
niyatida emasdi.
- Ular seni judayam qoʻmsashardi... Mana, vanihoyat
ularni yonidasan..., - deb Jafar ularga mehr bn qaradi.
- Ha, endi ularni hech ham oʻzimdan
uzoqlashtirmayman... Nima boʻlishidan qatʼiy nazar..., - deb
Shanu bolalarini oʻpib qoʻydi.
- Senga onalik judayan yarashibdi... Chiroyingga chiroy
qoʻshibdi..., - deb Sulton Shanu va bolalarga oʻzgacha mehr
bn qaradi. Shanu uning gapiga javoban shunchaki kulib
qoʻydi.
- Shanu... Bolalarning otasi kim? Nega bolalaring
borligini bizdan yashirding?! Ular shuncha payt qayerda
edi?!, - deb Shahzod Shanuga qattiq tikildi. Shanu bir zum
nima deyishni bilmay qoldi. Oxiri hammasini aytib berishga
qaror qildi. Hamma Shanuga diqqat bn Shahzodning
savoliga javobni kutib qarab turishardi...
- Xullas... Bolalarimning otasi ham, onasi ham
menman... Ular faqat menga tegishli... Nega
yashirganimga kelsak, oʻsha paytlari ularni hayoti xavf
ostida edi. Men u paytlari hali kuchimni yaxshi boshqara


olmas edi. Uning ustiga bitta oʻzim ularni himoya qila
olmasligimdan qoʻrqib, yashirishga qaror qildim. Vaqt
qoʻriqchisi bn bitim tuzdim. Unga koʻra u bolalarimni
boshqa olamga oʻtkazib yuborishi kerak va men unga oʻz
kuchimdan oziqlanishiga ijozat berishim kerak edi.
Shunday qilib bitim tuzuldi. Vaqt qoʻriqchisi meni ham u
olamga oʻtib turishimga ijozat berdi. Ammo men u yerda
butunlay qololmasdim, shuning uchun u paytlar meni
Jafardan boshqa ishongan doʻstim yoʻq edi. Shunday qilib
bir ishongan dugonam bn Jafarni bolalarimga qarash
uchun boshqa olamga oʻtkazib yubordim. U olamda 1kun
bizni olamdagi 1yilga teng kelardi. Men har oyda oʻsha
yerga 1kunga borib kelardi... Oʻsha oxirgi kun esa Mahmud
behosdan dugonamni oʻldirib qoʻydi. Kuchini
boshqarolmagani uchun... Aytkancha Amir..., - deb Shanu
gapini boshlaganidan kelgan Amirga hijolatomus qaradi va
gapida davom etdi.
- Oʻsha sizning vampirlaringizni yoʻqolishiga sababchi
shaxs menman... Bu uchun sizdan uzr soʻrayman, ammo
menga quvvat kerak edi. Vaqt qoʻriqchisi meni kuchimdan
oziqlangani uchun, menda koʻproq kuch boʻlishi kerak edi
va men majburlikdan toza qonli vampirlarning qonini
ichishga majbur boʻldim... Bu uchun uzr soʻrayman..., - deb
boshini egdi. Keyin quchogʻidagi bolalariga qarab, hayoliga
kechadan beri kelmagan fikr kelib qoldi.


- Sizlar... Jafar aytkancha nega sizlar bu yerdasizlar?!
Axir men sizlarga hali kelinglar demagandim..., - deb
Shanu Jafarga keskin qarab, oʻtkir nigohlarini qaratdi.
Jafar biroz jim turgach, gap boshladi.
- Seni yupiterlik kuching namoyon boʻlganidan keyin
vaqt qoʻriqchisi bitimni shu yerda tugatdi va bizni u
olamdan chiqazib yubordi, - dedi Jafar. Shanu indamadi.
Hamma Shanuning oxirgi gapini yaʼni Mahmudni kuchi erta
namoyon boʻlgani haqida oʻylarkan, Sulton oʻylanib savol
berdi.
- Shanu ularning otasi Imron shundaymi?!, - deb Sulton
Shanuga sinchiklab tikildi. Shanuni koʻzlarida gʻazab
namoyon boʻldi, ammo hech nima demadi. Na inkor etdi,
na tasdiqladi. Bundan hamma bolalarni otasi Imron ekanini
tushundi. Bu paytda Imron qasrga endi kelib ularni gapini
eshitib qolgandi...
Imron endi ularni oldiga kelmoqchi edi, Shanuni aytkan
gapi uni toʻxtatdi.
- Men biroz tashqarini aylanmoqchiman... Bolalarim bn...
Sizlarni menimcha holi qoldirish kerak... Aytkanlarimni
oʻylab olishlaringiz uchun... Ungacha bolalar bn bogʻda
boʻlamiz..., - deb Shanu bolalarini yerga qoʻyib, hammaga
jilmayib qarab chiqdi.


- Men ham sizlar bn borsam maylimi?!, - deb Jafar
Shanu tenggi turdi.
- Jafar... Men bolalarim bn yolgʻiz sayr qilmoqchi edim...,
- deb Shanu bolalarini yetaklagancha tashqariga chiqib
ketdi. Jafar ortidan mayus qaragancha qoldi. Shu
paytgacha necha asr oʻtsa ham, Shanuni koʻngliga yoʻl
topa olmadi. Bolalar oʻz bolasidan qaradi, ota mehrini berdi.
Hech qachon ularni ogʻay deb bilmadi, oʻz farzandiday
koʻrdi... Ammo hech qachon ular Jafarni qabul qilisha
olishmadi... Na bolalar otasiday koʻrdi, na Shanu ouni yaqin
oldi. U faqat Shanuga doʻst boʻlib qolib ketdi. Jafar
shularni oʻylab, qalbi ogʻridi, ammo ularni hech boʻlmasa
yonida ekanidan ham baxtni his qildi.
Shanu bolalarni yetaklab, bogʻni sayr qilishar ekan, uni
kechagi haqiqatlar azoblar edi. Atrofga qararkan,
koʻzlarida hech qanday maʼno aks etmasdi. Hatto endi
unga hayotni ham maʼnosi qolmagandi. Uni bu hayotda
faqat shu bolalarigina ushlab turar, endi shu bolalari uchun
ham yashashi kerak edi. Shanu hayollar ogʻushida
ketarkan, bolalar birdan uning qoʻlidan chiqib ketdi. Shanu
hayron ularga qarab turarkan.
- Da.da da.daa, - degancha Mahmud bn Malak
qarshisida turgan Imron tomon ketishardi. Shanu shokka
tushib qoldi. Axir hech qachon Shanu bolalarga, Imron


haqida aytmagan. Lekin qanaqasiga unda ular Imronni
dada deyishlari mumkin...
Imron bolalarni "dada" deb kelishini koʻrib, shuncha payt
shunday katta baxtdan mosuvor boʻlganini tushundi.
Bolalarini uni dada degani qalbida ajib hislar uygʻondi.
Imron bolalar tenggi oʻtirib, ular kelishgach, ularni mehr bn
bagʻriga bosdi. Shunda tushundiki, bu olamdagi eng katta
baxt mana shu ekanini... Oldingda farzandlaring, suyukli
rafiqang boʻlgani bu dunyodagi eng katta baxt edi Imron
uchun...
Shanu Imron va uni quchib turgan bolalariga qararkan,
bular davomiy etishini butun vujudi bn istadi. Ammo
boʻlgan ishlardan keyin buni umuman iloji yoʻqligini
judayam yaxshi tushunib turardi... Shanu boʻlgan ushlarni
qayta yodiga olarkan, koʻzlarida gʻazab va nafrat aks etdi.
- Mahmud... Malak... Buyoqqa kelinglar..., - deb Shanu
bolalrini chaqirdi. Ammo ular kelavermagach, oʻzi borishga
qaror qildi. Shanu shartda borib, bolalarni Imronning
quchogʻidan oldi va unga nafrat bn qaradi.
- Meni bolalarimga iflos qoʻllaringizni tekkizmang...
Sizdan jirkanaman... Boshqa qarshimdan chiqmang
degandim sizga... Keting..., - deb Shanu endi qayrilib
ketyotgan edi, bolalar Imron tomon tapinib yigʻlay
boshlashdi. Shanu ularni koʻndirishga harakat qilib


ketarkan, Imron uning bilagidan ushlab qoldi.
- Shanu... Iltimos... Kel hammasini boshqatdan boshlilik...
Hammasi uchun kechir... Menga yana bitta imkon ber...
Bizga yana bitta imkon... Hammasini toʻgʻirlayman... Faqat
bitta imkon... Atirgulim... Men seni sevaman... Butun
vujudim bn sevaman... Telbalarcha sevaman... Sen meni
nafasimsan... Meni nassiz qoldirma... Sen meni
hayotimsan... Meni hayotdan mahrum qilma... Sen meni
yashashim sababchisan... Yashashim sababini mendan
olib qoʻyma... Meni sizlarsiz qoldirma... Iltimos...
Bolalarimni otasiz katta boʻlishini istamiman... Atirgulim...
Hayotim mazmuni... Borligʻim... Begʻuborim... Qalbim
sohibasi... Yagona va tanho sevgim... Nima desang ham
roziman... Faqat meni tashlab ketmanglar... Meni
sizsizlikda qoldirmanglar... Oʻzing ham bilasanku... Sen
ham, men ham ota-onasuz katta boʻldik...
Farzandlarimizga buni ravo koʻrma... Iltimos... Men ahmoq,
noshud eringni kechir... Toʻgʻri senga yolgʻon gapirdim...
Ammo hech qachon senga xiyonat qilmadim... Seni
uchratkanimdan keyin, boshqasiga qoʻlimni uchini ham
tekkizmadim... Shahnoza bn munosabatlarimizni seni
uchratkanimdan keyin batamom uzganman... Ishon...
Bizga yana bir bor imkon ber... Iltimos..., - deb Imron
Shanuga mehr-muhabbat va pushaymonlik nigohlari bn
qaradi. Shanu ham Imronning koʻzlariga tikildi...


Shanu Imronga biroz tikilib turgach, qoʻlini shartda
undan siltab ozod qildi.
- Biz degan narsa endi yoʻq... Tugadi... Hammasi
tugadi... TAMOM..., - deb endi qayrilib keta boshladi. Biroz
yurgach esa Imron Shanuni ortidan qattiq quchdi. Shanu
nima boʻlganiga bir zum tushunmay qoldi. Imronni nafas
olishi oʻzgardi. Sekinlik bn nafas olishi sekinlasha boshladi.
Birdan uzoqdan.
- Yoʻoʻoʻoʻoʻoʻoʻqqqqqqqqqq..., - deb baqirgan ovoz keldi.
Shanu nima boʻlganini tushunmas, bolalarini koʻtargancha
miq etmay turardi. Ongi ishlashdan toʻxtagandi. Karaxt
ahvolga tushib qoldi. Bolalar esa tinmay yigʻkay boshladi.
Bu ham Shanuni oʻziga keltirmasdi... Sekinlik bn Shanuni
qattiq quchib turgan qoʻllar boʻshay boshladi...
- Seni sevaman atirgulim... Kechir..., - deb Imron
Shanuni qulogʻiga pichirladi va boshqa spz aytmadi.
Shunda ham Shanu hech qanday reaksiya bildirmadi. Koʻp
oʻtmay uni quchib turgan baquvvat qoʻllar uni qoʻyib
yuborib, baquvvat qoʻllar egasi yerga yiqildi. Shanuning
koʻzidan ikki yomchi yosh oqib tushdi... Bolalar boʻlsa endi
tinmay chirqillab yigʻlay boshladi...
* * *
Hamma Shanuni aytkanlarini oʻylab oʻtirisharkan,


tashqaridan baqiriq ovozi eshitildi. Darhol Sulton bn
Shahzod tashqariga havotir bn otilib chiqib ketishdi.
Ularning ortidan boshqalar ham chiqishdi. Shahzod bn
Sulton tashqariga chiqishgach, koʻrgan manzaralaridan
dahshatga tushib qoldi. Shahnoza va Kamila bogʻdan sal
uzoqda turisharkan, Shahnoza tinmay sochini qattiq
changallagacha yigʻlardi. Kamila boʻlsa hozirgi ishdan
hayratda jim qotib turardi... Bogʻning kirish joyida esa
Shanu qasr tomon qarab qimir etmas, bolalar uni
quchogʻida tinmay yigʻlashardi, pastga intilib. Pastda
boʻlsa Imron yotardi. Yer qon bn boʻyalgandi goʻyo...
Shahzod bn Sulton tezda Shahnoza bn Kamila bn jangga
kirishishdi. Shahnoza shundoq ham jang qiladigan ahvolda
boʻlmagani uchun Shahzod uni oson oʻldirdi... Sulton bn
Kamilani jangi esa biroz vaqtni talab qildi. Ammo Sulton
Kamiladan ancha kuchli boʻlgani uchun qiyinchiliksiz uni
ham oʻldirdi...
Bu dunyodan ikki yovuz kamaydi. Ularni hamma yovuz,
yomon deb aytishi mumkin qilgan ishlaridan keyin, ammo
ular bu koʻyga nima yoki kim soldi? Nega ular boshqalarga
qarshi chiqdi? Nega begunohlarning qonini toʻkdi? Nega
eng chirkin ishlarni ham qilishdi? Nega yaqin deb
bilganlarga xiyonat qildi, ularni oʻldirmoqchi boʻldi? Bularga
bitta sabab shuki: SEVGI... Ular sevgisi uchun kurashgan
oshiqlar edi xolos. Ularning aybi faqat telbalarcha oshiq


boʻlganliklari edi va bu oshiqlik ularning boshiga yetdi... Bu
oshiqliklarini esa hech kim fahmlamadi. Hech kim
oqlamadi va ular oʻlimga mahkum etildi... Bu ham bu
dunyoning bitta adolatsizliklaridan biri edi...
Shanu sekin qoʻlidagi yigʻlayotgan bolalarini pastga
qoʻydi. Oxista orqasiga oʻgʻrilgan edi, yerda yotgan
bevafosini koʻrdi-yu, oʻzini u tomon otdi. Shanu Imronni
yoniga oʻtirib oldi.
- Imron... Siz... Siz..., - deb Shanu Imronni yuragini ortiga
sanchilgan qadimiy xanjarni koʻrib koʻzlari kattalashib ketdi.
Butun tanasi muzlab, qoʻrquvdan titray boshladi. Aqli
soniya sari Imronni yoʻqotayotganini aytsa, qalbi buni
qabul qilmasdi. Qilishni istamasdi... Shanu tinmay yigʻlay
boshladi. Koʻzyoshlari yuzini yuvardi...
- Imron... Iltimos... Imron siz kuchlisiz... Hali tuzalib
ketasiz..., - deb Shanu atrofga alanglay boshladi yordam
soʻrash uchun...
- Kim bor... Yordam bersalaring-chi... Kim bor... Imron
chidang... Iltimos... Men uchun... Farzandlarimiz uchun...
Biz uchun... Faqat chidang..., - deb Shanu endi turib,
yordam chaqirishga ketmoqchi edi Imron uni bilagidan
ushlab toʻxtatib qoldi.
- Atir.gulimm... Menn hayo.timda juda.yam koʻoʻppp


xato qil.dimm... Seni ham judaa.yamm koʻpp
azobb.ladimm... Kechirr... Ilti.mosss...
Farr.zaannddd.laarimmizzz.gaaa oʻzinnng qaa.rashingaaa
toʻgʻ.rii kelaarrr.kaaan..., - deb Imronni yoʻtal tutdi va
oʻgʻzidan qon keldi. Shanu battar yigʻlab yubordi.
- Boʻldi... Imron... Azizim... Boshqa gapirmang... Iltimos...
Oʻzingizni uruntirmang..., - deb Shanu Imronni ogʻzidagi
qonni artarkan, uni gapirtirmaslikka urunardi. Shuning
uchun oʻzi gapirishga harakat qila boshladi. Imron qoʻlini
Shanuni labiga bosib jim boʻlishga majbur qildi.
- Il.ti.mosss buu.ggunn. mmenn gaa.piraayy... Faa.qatt
buu.ggunn... Atirr.ggulimm... ssenii see.vvaaa.mmaannnn...
Oʻziimm.nnii bborr.ligʻimm... Faa.qatt mee.nii.kiii..., - deb
Imron biroz tin oldi. Imronni jarohati chuqur boʻlgani uchun,
gapirgani sari jarohatidan koʻp qon oqardi. Imronni koʻzlari
yumulib keta boshladi. Imronni oʻlimi judayam yaqin
qolganini ikkisi ham judayam yaxshi bilib turishardi. Shanu
Imronga bir zum qarab turgach, Shanu Imronning lablariga
labini bosdi...
Shanu Imrondan uzoqlasharkan, Imron Shanuga qarab
jilmaydi.
- Raaahh.mmmaaatttt aaattirrr.ggulimmm... Sseee.nniiii
ssseeee.vvaaa.mmaaannnn..., - degan soʻzlar Imronning
oxirgi soʻzlari boʻldi. Shanuga uzatilgan qoʻllar yetmasidan


yerga quladi... Bolalar yigʻlayverganidan qizarib, hiqqichoq
tutib qoldi... Shanu Imronning jonsiz tanasiga bir zum
tikilib qarab turarkan, qoʻllarini Imronning kiyimini qattiq
gʻijimlagancha turgʻizishga urunardi...
- Imron... Koʻzingizni oching... Iltimos... Meni
qoʻrqitmang... Imron dedim... Meni tashlab ketishga
haqqingiz yoʻq... Axir vada bergan edingizku... Tashlab
ketmayman degan edizku... Faqat siz bizni tashlab
ketaverasizmi?! Bu safar biz sizni tashlab ketishimiz kerak
ediku... Siz xudbinsiz... Imron... Iltimos qilaman... Imkon
soʻragan ediz aaa?! Men sizga imkon beraman... Bitta
emas istaganingizcha... Faqat koʻzlaringizni oching...
Yolvoraman... Oʻtinaman... Meni tashlab ketmang... Sizsiz
qanday yashayman... Hayotim... Menga buni ravo
koʻrmang... Sizsizlikni ravo koʻrmang, iltimos... Imron...
Sizni sevaman... Telbalarcha sizni sevaman... Meni tashlab
ketmang... Axir qanday yashayman... Meni ham oʻylang...
Faqat oʻzingizni oʻylayverasizmi?! Sevaman deysizu, meni
tashlab ketasizmi?! Insofingiz bormi?! Shunchalik ham
xudbin boʻlasizmi?! Meni oʻylamasangiz ham
farzandlarimizni oʻylang... Imron... Imron... Yolvoraman...
Nima desangiz ham qilaman... Faqat tashlab ketmang...
Ketmang...,- deb Shanu oʻzini Imronni jonsiz tanasi ustiga
tashladi... Koʻzi oʻzi istamasa ham yumula boshladi. Oxirgi
koʻrganlari u tomon yugurib kelayotgan Shahzod bn Sulton


boʻldi... Eshitganlari esa oʻzini ismini ular baqirib aytgani-yu,
bolalarining yigʻlayotgandagi ovozi edi... Qolgani zulmat...
Shanu koʻzlariga quyosh nuri tushgani sababli sekin
ocharkan, oʻzini yotoqxonasidagi yotoqdaligini koʻrdi. Biroz
yotoqda yotorkan, hammasini eslab shartda oʻrnidan
sakrab turdi-yu, pastga yugurgancha tushdi. Pastda hech
kimni topolmagach, soʻnggi bor Imronni bogʻda
koʻrganligini eslab, bogʻga yugurdi... Ammo u yerda ham
hech nimani topa olmadi. Shanu biroz Imron yotgan yerga
qarab turarkan, hammasi tush deb oʻylab quvonib ketdi.
- Demak... Men tush koʻrdim... Ha... Ha... Men yomon
tush koʻrganman... Imron oʻlishi mumkin emas... Bu
shunchaki yomon tush... Tinchlan... Shanu... Bu tush... Ha
tush... Boshqa narsa emas..., - deb Shanu oʻzini hammasi
tush ekanligiga ishontira boshladi.
- Hammasi tush ekan, demak Imron tirik... Ha tirik... U
koʻrishim kerak... Hoziroq... Lekin u qayerda ekan aaa?!
Qayerda boʻlishi mumkin?! Eyy... Ahmoq Shanu... Qayerda
ham boʻlardi?! Qasrda-da albatta..., - deb Shanu qoʻli bn
peshonasini shapatilab qoʻydi va yana yugurib qasrga kirib
ketdi... Shanu birin-ketin butun qasrni koʻzdan kechira
boshladi... Eng qizigʻi qasrda deyarli hech kimni
uchratmadi...


- Nima balo... Butun boshli qasrda hech kim
boʻlmasaya... Nima hammasini uxlashyaptimi? Bu qanday
masʼuliyatsizlik..., - deb Shanu jaxl bn xonalarni koʻzdan
kechirarkan, navbat bolalari xonasiga keldi. U yerga
kirganida bolalari yotogʻida shiringina boʻlib uxlab
yotishardi. Kresloda Jafar ularga qarab oʻtirardi. Shanuni
kirganidan keyin, tezda oʻrnidan turib Shanuni oldiga keldi.
Unga havotir aks etgan koʻzlari bn qaradi.
- Shanu... Yaxshimisan?! Qachon turding?!, - deb Jafar
Shanuga havotir bn gapirdi. Shanu Jafarning bunday
qarashidan ichi muzlab ketdi va oʻzini qoʻrqitayotgan,
azoblayotgan savolni berishga qaror qildi.
- Jafar... Men yomon tush koʻrdim... Tushimda Imron
bizni tashlab ketibdi... Butunlayga... Meni koʻz oldimda joni
uzulibdi... Jafar... Iltimos bu oʻngimda boʻlmadi aaa?! Bu
rostan tushimda boʻlgan shundaymi?!, - deb Shanu jiqqa
yoshga toʻlgan koʻzlari bn Jafarga iltijoliy va oʻtinch bn
qaradi...
- Kel oʻtirib ol..., - deb Jafar Shanuni oʻzi oʻtirgan kresloga
oʻtqazdi. Shanu ilojsizlikdan kresloga oʻtirdi.
- Aytaqolsang-chi endi... Hammasi tush shundaymi?!, -
deb Shanu sabrsizlangancha Jafarni javob berishga
shoshiltirdi.


- Shanu... Sen haligi..., - deb Jafar biroz gapni nimadan
boshlashni bilmay oʻylanib qoldi.
- Hoʻsh... Men... Jafar tezroq gapirsangiz-chi..., - deb
Shanu Jafarni yanada shoshiltirardi.
- Shanu... Xullas sen... Oʻsha kuni hushingdan
ketganingdan keyin... Xozir uygʻonding..., - deb Jafar undan
koʻzlarini olib qochib gapirdi.
- Demak... Hammasi... haqiqat... Shundaymi?, - deb
Shanu Jafardan koʻz uzmay gapirdi. Jafar boshini tasdiq
maʼnosida qimirlatib qoʻydi.
- Qancha?! Qancha hushsiz yotdim?!, - deb Shanuning
koʻzlaridan yosh quyulib kela boshladi.
- Bir hafta...,- deb Jafar hali hamon boshini koʻtarmadi.
Shanuga qarashga botina olmadi.
- Imron..., - deb Shanu shu joyida tutilib qoldi. Boʻgʻziga
qattiq narsa tiqildi. Ortiq gapirolmadi. Jafar uni nima
demoqchi ekanini tushunib.
- Imronni munosib dafn qildik... Uni Qirollikdagilar dafn
qilinadigan joyga..., - deb Jafar sekin Shanuga qaradi.
Shanu Jafarning oxirgi soʻzlarini eshitib, baqirib yigʻlab
yubormaslik uchun qoʻllari bn ogʻzini berkitdi. Yigʻlab
bolalarini uygʻotvormaslik uchun, yugurgancha xonadan
chiqib ketdi. Xonasiga kirib qamalib oldi. Xonasiga kiriboq,


xotiralar qurshovida qoldi. Har yoqdan Imronning ovozlari
kela boshladi.
"Senibehad, telbalarcha sevaman... Shu telba oshigʻingni
kechir..."
"Meni mittivoyimsan... Erkatoyimsan..."
"Men faqat va faqat seni sevaman... Hayotida sendan
boshqa ayol yoʻq... Men faqat senikiman... Qalbimda ham,
hayolimda ham, hayotimda ham nikohimda ham, hatto
kelajagimda ham yolgʻiz oʻzing boʻlasan..."
"U doim meni oʻtmishim boʻlib qolgan... Sen boʻlsa
bugunim, kelajagimsan..."
"Atir.gulimm... Menn hayo.timda juda.yam koʻoʻppp xato
qil.dimm... Seni ham judaa.yamm koʻpp azobb.ladimm...
Kechirr... Ilti.mosss... Farr.zaannddd.laarimmizzz.gaaa
oʻzinnng qaa.rashingaaa toʻgʻ.rii kelaarrr.kaaan.."
"Il.ti.mosss buu.ggunn. mmenn gaa.piraayy... Faa.qatt
buu.ggunn... Atirr.ggulimm... ssenii see.vvaaa.mmaannnn...
Oʻziimm.nnii bborr.ligʻimm... Faa.qatt mee.nii.kiii..."
Shanu oxirgi xotiralardan keyin uvvos solib yigʻlay
boshladi..
Erta tong... Bu tong hammaning hayotini butkul
oʻzgartirib yuborishini bilishganida balki, tong otmasligi


uchun hamma qoʻlidan kelganini va hatto undan ortigʻini
ham qilisharmidi?! Lekin bu tong otdi... Hech kim hech
qachon unutmaydigan tong otdi. Quyosh yana zarrin
nurlarini olamga socha boshladi... Bu tong kimlar uchun
yangi hayotni boshlanishi boʻlsa, kimlar uchun hayot shu
yerda toʻxtadi... Hammani hayptini tubdan oʻzgartirib
yuboriladigan qaror qabul qilinib boʻlindi va buni hatto
bajarilishga ham ulgurildi... Afsus... Endi hech nimani
oʻzgartirib boʻlmaydi... Taqdirga va u chiqargan qarorlarga
boʻysinishdan boshqa iloj yoʻq...
* * *
Jafar qattiq bosh ogʻrigʻi bn koʻzlarini ochdi... Bir
muddat atrofga qarab, tundagi voqealarni yodga olishga
harakat qildi. Eslab qolgani tunda bolalarga qarab
yotganida kimdir oynadan kirib, uni afsun bn hushidan
ketgizgani boʻldi xolos. Boshqa hech nimani eslay olmadi...
Shu voqealarni eslagan Jafar, tezda bolalar yotogʻini koʻrdi
va koʻrgan manzarasidan toshdek qotib qoldi... Bolalar
yotogʻi boʻm-boʻsh edi. Jafar yugurgancha xonadan chiqdi.
Imron vafotidan keyin, qolganlar maslahatlashib,
Qirollikdagi yashovchi barcha xalqqa Imronni nomi bn
ehson tarqatishga kelishgan edi. Shuning uchun kecha
erta tongdan hamma xizmatchilar-u soqchilar bn ehson
tarqatishga ketishgan edi. Qasrda boʻlsa Shanu, Jafar va
bolalargina qolgandi... Hamma ehsonlarni tarqatib, qasrga


kirishayotganda Jafar yugurgancha bolalar xonasidan
chiqayotganini koʻrishdi.
- Jafar... Jafar... Nima boʻldi?! Nega shoshib
yugurgancha, bollaar xonasidan chiqding?!, - deb Shahzod
unga tushunqiramay qaradi.
- Tunda bolalarni uxlatib, ularga qarab oʻtirganimda
derazadan kimdir kirdi. Kimligini bilish uchun
qaraganimcha, u meni afsun bn hushimdan ketgazdi. Uni
kimligini ham koʻrishga ulgurolmadim. Hushimga
kelganimda tong otibdi. Shoshib bolalarni yotogʻiga
qaraganimda ular boʻsh edi..., - deb Jafar havotir bn
boʻlgan ishlarni tez bir nafarda aytib berdi. Uning koʻzlarida
aks etgan havotir endi boshqalarga ham koʻchdi. Ular
hammasinikiga kelgan fikrdan, yugurgancha Shanuni
xonasiga kelishdi. Shahzod birinchi boʻlib, Shanuni
xonasiga bostirib kirdi. Keyin boshqalar ham kirishdi...
Hamma koʻrgan manzarasidan toshdek qotib qolishdi...
Xona boʻm-boʻsh edi... Xonada na Shanu, na bolalar bor edi.
Shanuni yotogʻi yonidagi javonning ustida bitta xatgina bor
edi xolos...
1 kun oldin...
Shanu xonada yigʻlayverganidan ovozi ham chiqmay
hiqqichoq tutib qoldi. Keyin oxista oʻrnidan turib, kiyim
javoniga yoniga bordi. Javonni ocharkan, Imronning ifori


uning yuziga uruldi-yu, sogʻinch, iztirob, usizlik sabab yana
battar yigʻlab yubordi... Shanu javondan Imronning
yoqtirgan koʻylaklaridan biri boʻlgan oq koʻylagini oldi va
yotoqqa borib oʻtirdi. Uni quchgancha, to quyish
botmagunicha yigʻlab oʻtiraverdi. Usiz dunyolarga sigʻmay,
baʼzida nafas ham olomay ham qoldi... Yigʻlayverganidan
koʻzlari ichi qizarib, koʻzini tagi shishib ketdi... Hamma
yerni zulmat qoplagach, Shanu asta boshini koʻtardi...
Qoʻlidagi Imronni koʻylagini ushlagancha oʻrnidan turdi...
Yuvinish xonasiga kirib, 1soatcha sovuq suv tagida turdi.
Keyin yuvinish xonasidan chiqib, ustiga qip-qizil libos kiydi.
Koʻylak shu qadar nafis qilib tikilgandiki, Shanuning
chiroyiga chiroy qoʻshardi. Ham unda harakatlanish ham
qulay edi. Yenglari uzun va keng, libosning uzunligi yergan
tegib tegmas darajada edi. Libos koʻkrak qismigacha
torroq boʻlib, qolgam pastki qismi judayam keng edi.
Shanu libosni kiyib koʻzgu qarshisiga keldi. Yelkasidan
biroz tushib turgan sochlarini shunchaki yoyib oldi.
Gʻunchadek labiga gilosdek qizil lab boʻyogʻini surtdi.
Koʻzlarini ham biroz qoramtir rangga boʻyadi. Uzun
qayrilmaga kipriklariga tush bn biroz ishlov berdi. Soʻng
koʻzgudagi goʻzallikda tengsiz qizga qarab turarkan,
koʻzidagi yoshlarni zoʻrgʻa tiydi. Qoʻliga oq qogʻoz bn
ruchka olib, yaqinlariga soʻngi soʻzlarini yozib qoldirdi va
xonadan chiqib ketdi...


Shanu bogʻdan Imron ekkan bitta qip-qizil atirgul
gʻunchasini oldi va Qirollik oilasi dafn qilinadigan joyga
bordi. Imronni qabri oldiga kelib, biroz qabrga tikilib tudi.
Keyin qoʻlidagi atirgulni Imronni qabri yoniga qoʻydi.
- Imron... Azizim... Hali hamon bu dunyoda sizsiz
qolganimga ishona olmayapman... Menga qanday
sizsizlikni rava koʻrdingiz? Siz judayam XUDBINSIZ... Ha
judayam... Siz azoblardan qutulib, meni azoblarga
mahkum etgancha tashlab ketdingiz... Hatto
farzandlarimizni ham oʻylamadingiz... Men ortiq bu
yerlarda qola olmayman... Hamma yer sizni menga
eslataverib, adoyi tamom qilyapti... Aslida tamom boʻlib
ham boʻldim... Ha... Men oʻlib boʻldim... Oʻsha sizni joningiz
uzulgan payt men ham oʻldim... Siz bn oʻldim... Ruhimoʻldi...
Siz bn ketdi... Faqatgina tanam qoldi holos... U ham
farzandlarimiz uchun... Ularni yolgʻiz tashlab
ketolmasdim... Oʻgʻlimiz Mahmudda qobiliyatlar namoyon
boʻla boshladi... Men gibrit siz esa ikki tomonlama iblis
boʻlganingiz uchun ularda qobiliyatlar kuchayib ketibdi...
Ularni bu yerlardan olib ketmoqchiman... Hammamizuchun
shunisi yaxshi deb oʻylayman... Ularga qoʻlimdan
kelgancha yaxshi tarbiya beraman... Axir siz menga
ishonib ularni tashlab ketdingizku... Ishonchingizni albatta
oqlayman... Zora siz oqlaman boʻlsangiz ham... Nima
boʻlmasin, men sizni doim sevib yashaganman va sevib


yashashda davom etaman... Men har on sizniki boʻldim va
bundan keyin ham sizniki boʻlib qolaman... Tanam ham,
qalbim ham, hayollarim ham faqat sizga tegishli boʻlib
qoladi mening BEVAFOYIM... Sizni telbalarcha sevaman
YOLGʻONCHIM... ALVIDO... Meni azoblarga tashlab ketgan
XUDBIN IBLISIM..., - deb Shanu koʻzyoshlarini artkancha u
yerdam ketdi...
Shanu derazadan bolalarining yotoqxonasiga kirib, Jafarni
afsun yordamida xushsizlantirdi-da, uxlayotgan bolalarini
oldiga bordi. Ortiga Jafarga maʼyus qaradi.
- Kechiringlar... Bu hammamiz uchun eng yaxshi qaror...,
- degancha partal ochib bolalarini koʻtarib oldi va partalga
kirib ketishdi...
Hozirgi kun...
Shahzod borib xatni olib, hammaga bir nigoh tashlab
oʻqishni boshladi.
"Salom... Hammagizdan avvalambor uzr soʻrayman...
Hammangizni judayam qiynab yubordim... Men ketishga
qaror qildim... Sababi ortiq u yerda qolomasdim. Imron bn
boʻlgan lahzalarimdagi xotiralar meni battar
azoblanishimga sabba boʻlyapti... Meni sizlarga oxirgi
iltimosim bor... Iltimos ularni bajaring... Avvalambor


Javohir, Sevinch va Abdulhafizni ortga, oʻz uylariga
qaytaring... Soʻng meni nomimdan boʻlgan ishlar uchun uzr
soʻrab qoʻying... Ayniqsa Abdulhafizdan...
Mira goʻzal va sodiq dugonam va Amir doim yonimda
boʻlgan doim suyana olgan doʻstim... Iltimos sizlar oila
quringlar... Sizlardan judayam chiroyli juftlik chiqadi... Amir
Miraga befarq emasligingizni bilaman... Menga boʻlgan
hislaringiz esa bu qobiliyatim sabab... Iltimos oila
quringlar... Mira sen ham oʻz qalbingga quloq sol...
Shahzod sizga Qirollikni ishonib topshirib ketyapman...
Unga yaxshilib qarang... Meni unuting... Baribir sizga
munosib boʻla olmayman... Oʻzingizga munosib qiz toping
va oila quring... Bu meni sizga oxirgi iltimosim va
buyrugʻim...
Sulton... Sizga oxirgi gapim shuki... Meni qidirmang...
Bilaman hamma qidirishdan toʻxtasa ham, siz
toʻxtamaysiz... Lekin meni ham topolmaysiz... Men
judayam olislardaman... Oʻz baxtingizni toping...
Ishonaman... Hali oʻz orzuyingizdagi qizni uchratasiz...
Hatto u mendan ham chiroyli va aqlli boʻla olmaydikuya
lekin sizni mandan farqli baxtli qila oladi... Qolganlarga
ham shunday... Oʻz baxtingizni topinglar... Hech kim meni
qidirmasin... Balkim vaqtlar oʻtib qaytarman... Lekn buni
anigʻini bilmayman... Lekin qaytganimda albatta


iltimoslarim bajarilgan boʻlsin. Boʻlmasam hafalashib
qolamiz aytib qoʻyay... Alvido jonimdan aziz yaqinlarim...
Sizlarni judayam yaxshi koʻraman... Hammasi uchun yana
bir bor uzr soʻrayman... Sizlarning boshingiz balosi Shanu",
- deb Imron xatni oʻqib tugatdi.. Bu paytda hammani
koʻzida yosh edi...
Vaqt oʻtib Shanuni aytkan hamma iltimoslari bajarildi va
faqat bittasidan boshqa... Yaʼni Sulton uni qidirishdan
toʻxtamadi... Harakatlari zoye ketsa ham qidirishda davom
etmoqda... Mira bn Amir uzoq tortishuvlardan keyin
turmush qurishdi... Qolganlar ham oʻz juftlarini topishdi.
Shahzoddan farqli... Shahzod Shanuni qidirmayotgan
boʻlsa ham, ammo uni kutishdan toʻxtamayapti... Javohir,
Sevinch va Abdulhafiz oʻz dunyosiga qaytarildi. Biroz vaqr
oʻtgach Javohir bn Sevinch oila qurdi... Abdulhafiz esa bir
Jasmina degan qizni uchratdi. Jasmina qaysarligi va kulib
turganligi bn Abdulhafiz Shanuga biroz oʻxshatdi va
yoqtirib qoldi... Ammo Shanugachalik sevolmadi. Biroz
vaqt oʻtgach ularni ham toʻyi boʻldi... Qancha vaqtlar
oʻtmasin Shanudan darak boʻlmadi... U izsiz yoʻqoldi...
Gʻoyib boʻldi...


Men bu hikoyani roppa rosa 3oy oldin boshlagan
edim... Hammagizda nega Shanu yolgʻiz qoldi?
Imron nega oʻldi? Shahzod bn Sultonni taqdiri nima
boʻladi? degan savollar boʻlishi mumkin... Men
Shanuni izsiz ketganini shunday ifodalab berishim
mumkin, yaʼni agar u kim bilandir qolganida
Imrondan boshqa, ularning sevgisi chin boʻlmasdi.
Shanu Imrondan boshqasini sevolmasdi. Bu yerda
ham qololmasdi. Shuning uchun eng toʻgʻri yoʻl uni
izsiz hammadan ketishini maʼqul deb
oʻyladim... Imronni oʻlimiga kelsak, Imron
xatolariga yarasha jazo olishi kerak edi. U qilgan
shuncha ishlaridan keyin Shanu bn baxtli boʻlsa bu
boshqalarga nisbatan nohaqlik boʻlardi. Sulton bn
Shahzod boʻlsa Shanuga boʻlgan sevgisi judayam
kuchli va chin qalbidan sevganliklari uchun
boshqasiga koʻngil qoʻyisholmadi va uni umrbod
kutishga qaror qilishdi. Shahzod uni oʻzi qaytib
kelishini kutishni maʼqul koʻrgan boʻlsa, Sulton uni
qoʻl qovushtib kutishni istmay oʻzi qidirishni maʼqul
koʻrdi...


Bu meni birinchi hikoyam edi. Xato va
kamchiliklarim uchun sizlardan uzr soʻrayman...
Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!
Shanu

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish