Ul eshitgach bu nav’i afsona,
Tengriga sajda qildi shukrona.(S.S.)
Haqiqatdan uzoq gap, uydurma, yolg‘on.
Emas afsona, chin ushbu bitilmish,
Bu chin afsonatek ishqda yetilmish. (S.Sar.)
El orasida ko‘p gapirilgan, og‘izga tushgan narsa yoki shaxs; doston.
Xirad birla jahon afsonasi men,
Vale zanjiringiz devonasi men. (Mn.)
Afsonai ishq Sevgi-muhabbat haqidagi gaplar, ishq afsonasi.
So ‘zi bori bo ‘lub afsonai ishq,
Maqomu maskani koshonai ishq. (F.Sh.)
Afsonai dard Ishq afsonasi, ishqiy asar, alamli qissa.
Chu awalg ‘i fasihi Ganjaparvard,
Raqamzad qildi bu afsonai dard. (F.Sh.)
AFSUN a. Avrash, hiyla, nayrang.
Sher ко ‘p afsun bila chun qildi jahd,
Sidq ila durroj dag'i qildi ahd. (H.A.)
AFSUNGAR a. -f. Sehrgar, jodugar.
Zahr ila yashil bo ‘lubon paykari,
Bulbul aning boshida afsungari. (H.A.)
AFSUNSOZ a. -f. Mohir so‘z ustasi, mohir dostonchi.
Bo ‘lubon so 'z demakka afsunsoz,
Qildi andoq sanou madh og'oz. (S.S.)
AFSURDA / Ruhi tushgan, ruhsiz, ezilgan, tushkun, g‘amli. Hasratingda afsurdaman,
Furqatingda ozurdaman. (M.A.)
AFTODA f Notavon; zaif; bechora.
Xonavayronlar bilur aftodalarning holini,
Eyki, mahram bo 'Imasang, chashmi tarimni kavlama. (Mash.)
AFV a. Kechirish, gunohidan o'tish.
Afvin aning tutmasang ummid sen,
Bilki tamug' o'tida jovidsen. (H.A.)
Afv etmak Kechirmoq, gunohidan o‘tmoq.
Mendin agar bo ‘Idi ayon iztirob,
Lutf ila afv etki, men o'ldum xarob. (S.S.)
AFVOJ a. (birligi favj) Guruhlar, to‘dalar.
Qabob kulbam aro qo 'ymay chiqorg ‘a sarsar afvoji, Mani mahrum qildi el bila borish-kelishdin qish. (Og.)
AFZOYISH f. Oshirish, ko‘paytirish, orttirish.
Qadrig'a bergach aning afzoyish,
Ko'ziga uyqu soldi osoyish. (S.S.)
AFZUN a. 1. Ko‘p, ziyoda, ortiq.
Telbalikdin, vahki, har dam dardim afzundur, agar Ul pari ishqida har dam dardim afzun bo'lmasa. (B.V.) 2. Ustun, afzal, ortiq.
So ‘zung shir in, о ‘zung Xusravdin afzun,
Bo'lur Layli sening husnungg'a Majnun. (Mn.)
AFG‘ON f. Fig‘on, nola, yig‘i, faryod.
Pand eshitmas edi durroji mast,
Kizbdin etmas edi afg'onnipast. (H.A.)
Afg‘on chekmak Fig‘on qilmoq, faryod chekmoq.
Nolavu afg'on chekibon tortib oh,
Dediki: «Ey shohi shariatpanoh. (H.A.)
AF’OL a. (birligi fe’l) Fe’llar, fe’l-atvorlar, xarakterlar.
Shayboqxondin noshoyist harakot va afolekim, Hiriyda sodir bo'ldi. (Bn.)
AGAR f. Agarda, gar, bordi-yu.
Bizing mazhabta oshiqlarni sizlar.
Agar o'ltursangiz tovon yo'q, ey jon. (Mn.)
Do'stlaringiz bilan baham: |