Adi so'zuni tuzmak Adolat o'rnatmoq.
Zulm torini ul sifat uzmish,
Adi so'zuni ul sifat tuzmish. (S.S.)
ADO a. Bajarish, o'tash.
Shah dedi: «Shar’ etsa bu yanglig' ado,
Shar’i nabi hukmig'a jonim fido». (H.A.)
A’DO a. (birligi aduv) Dushmanlar, yovlar, g‘animlar.
Temurbiy qayon bordi turmay ravon Ki, a’do aro solmish erdi qiron. (Og.)
ADOLAT a. Odillik va xolislik bilan ish yuritish, haqqoniylik, haqqoniyat.
Tuzdi buzug ‘larni imorat bila,
Zulmni daf’ etdi adolat bila. (H.A.)
Adolat jahoni Odillik dunyosi.
Asolat sipehrida raxshanda mehr,
Adolat jahonig'a oliy sipehr. (S.I.)
Adolat partavi Adolat nuri.
Adolat ayrtipartavidin zulm zulumotin iturmak. (N.J.) Adolat tariqi Odillik qonuni, adolat yo‘l-yo‘rig‘i.
Bu qonundin ar bo ‘Isa ish muxtalif,
Adolat tariqi bo’lur munharif. (S.I.)
ADOQ I Oyoq.
Boshim doyim adoqingqa yarashur. (Mn.)
ADOQ П Chorjo‘y bilan Xorazm o‘rtasidagi bir joy.
Yuz, ikki yuzcha kishi birla qazoq,
Gah yeri Xorazm edi, gohi Adoq. (H.A.)
ADOVAT a. Dushmanlik, o‘zaro nizo.
Adovat ko‘rguzmak Qarshilik qilmoq.
Buxlaylasa nafsingg'a adovat ko'rguz,
Har nimaki topilsa, saxovat ко ‘rguz. (N.J.)
ADRUQ Farq, tafovut, ayirma.
Yag 7 qilmag ‘usun qilinchi qilur,
Yag‘i bu yag'idin ne bar adruqi. (Q.B.)
ADUV a. Dushman, g‘anim, yov.
Ay о sohibqironi kim uzarlar,
Qilichingdin aduvlar, qon ichinda. (Mn.)
Ко ‘rguzub ixlos ishida ixtisos,
Seni aduv domidin aylay xalos. (S.S.)
AFANDI yun. Hurmatli kishi; sohib, ega, xo‘jayin.
Gerak o'ldur, gerak qo'y, hukm-hukmung, roy-royingdur, Ко ‘zum, jonim, afandim, sevdigim, davlatli sultonim. (Fuz.) AFGANDA f. Ojiz, kuchsiz, quvvatsiz.
Jahon shohlarin aylamish bandasi,
Zabardastlar bo'lmish afgandasi. (S.I.)
Afgandai bee’tibor Kamtarlik yuzasidan «men» olmoshi o‘mida ishlatiladi.
Bandai xoksor agarchi tufrog'din o'ksuk erdim, ammo ul quyosh tarbiyati bilan rango-rang gullar ochtim va bu afgandai bee’tibor agarchi zarradin kamrak erdim... (M.L.) AFGOR f. 1. Yaralangan, majruh.
Tayoq a’zosin andoq afgor qildikim... (M.Q.)
2. 0‘rtangan, g'amli, anduhli.
Oh, gulruxsora jonon, xordurman ishqida,
Dil aro qon, siynasi afgordurman ishqida. (U.)
AFLOK a. (birligi falak) Falaklar, osmon, koinot.
Yig'labon bo'ldi asru ko'p g'amnok,
Bu sitamdinki ayladi aflok. (S.S.)
Yetti aflok Yetti qavat osmon.
Yetti afloku sakkiz jannat makonni nay lay in?
Bui sababdin, dostlar, ко ‘ngulga yog ‘du kelmadi. (Mash.) AFSONA a. 1. Gap, so‘z, xabar.
Do'stlaringiz bilan baham: |