Bog'liq biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to'xtayev)
137 GENETIKA ASOSLARI V BO‘LIM Odam genetikasi insoniyat uchun amaliy jihatdan g‘oyat katta
ahamiyatga ega bo‘lgani uchun so‘nggi yillarda unga qiziqish ayniqsa
ortdi. Hozirgi vaqtda odamda 4000 ga yaqin normal va patologik
belgilarning nasldan naslga o‘tib borishi bir qadar o‘rganib chiqilgan. Irsiy
omillarga bog‘liq kasalliklar borligi aniqlangan. Ana shu kasalliklarni
to‘g‘ri aniqlash, ularga yo‘l qo‘ymaslik va davolash muhimdir. Odamni
genetik yo‘l bilan tekshirish usullari ishlab chiqilganidan keyin ana shu
muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritish mumkin bo‘ldi.