Bog'liq biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to'xtayev)
Himolay quyonlaridagi jun rangining harorat ta’sirida fenotipik o ‘
zgarishi. 70 rasm. Har bir organizm tashqi muhitning ma’lum sharoitlariga mos ravishda
yashaydi va rivojlanadi. Ularga tashqi muhit omillari — harorat,
namlik, ozuqa miqdori va sifati o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga
u o‘z turidagi boshqa organizm va turlarga mansub bo‘lgan organizmlar
bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu omillar organizmning fiziologik,
morfologik xususiyatlarini hamda fenotipini o‘zgartirishi mumkin.
Organizmga tashqi muhit omillarining ta’siri natijasida vujudga keladigan
o‘zgarishni ko‘rib chiqamiz.