Bog'liq biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to'xtayev)
130 GENETIKA ASOSLARI V BO‘LIM Mutatsiyaning namoyon bo‘lish xarakteri. Mutatsiyalar dominant va
retsessiv bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi retsessiv bo‘lib, geterozigota holdagi
organizmlarda yashirin holda uchraydi. Bu holat turning yashashi uchun
muhim ahamiyatga ega. Odatda mutatsiyalar zararli bo‘lib, organizmning
nozik muvozanatdagi biokimyoviy jarayonlar tuzilishiga o‘zgartirishlar
kiritadi. Dominant mutatsiyaga ega organizmlar gomo va geterozigota
holatlarda yashovchan bo‘lmaydi va individual rivojlanishning dastlabki
bosqichlaridayoq nobud bo‘ladi. Tashqi muhit o‘zgarishi natijasida ilgari