A yuldashev soliq va soliqqa


 -§ . Former (dchqon) xo'jaligida soliq tizimi



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/76
Sana03.12.2022
Hajmi3,48 Mb.
#878261
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76
Bog'liq
Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish

4 -§ . Former (dchqon) xo'jaligida soliq tizimi
1. 
Yagona yer solig'i yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, 
qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilari mchnatining pirovard nati- 
jalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va soliqqa tortish mexa- 
nizmini soddalashtirish uchun 1999-yilning l-yanvaridan boshlab joriy qi­
lingan.
Qishloq xo'jaligi korxonalari yagona yei solig'ini to'lashga o'tm asdan 
oldin, ya’ni 1998-yilda quyidagi asosiy soliq va yig'imlami to'lar edi:
qishloq xo'jaligi korxonalari, jum ladan, fcrmcr xo'jaliklari darom ad 
(foyda) solig'ini rentabcllik darajasiga qarab to'lashgan: rentabellik darajasi 
20 %acha bo'lsa, daromadining 5 %ni, rentabellik darajasining 20 %dan 
35 %gacha bo'lgan qismi uchun 20 
%,
rcntabclligi 35 %dan oshgan qis- 
miga 35 
%
to 'la n ar cdi Yangi tashkil bo'lgan korxonalar ikki yil davomida 
daromad solig'ini to'lam as cdi.
Ekologiya solig'ini hamma qishloq xo'jaligi korxonalari ishlab chi­
qarish tannarxidan I % miqdorida har chorakda bir marta moliya hiso- 
botini topshirish muddatiga qadar to'lar edilar.
113


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qishloq xo'jaligi kor­
xonalari ekinzor va daraxtzorlami sug'orish uchun foydalangan suv uchun 
to'lar edi. Soliq to'lanadigan suv miqdoridan yerlarining sho'rini yuvish, 
dehqon va fermer xo'jaliklarining yerlarini sug'orish uchun sarflangan 
suvlar chiqarib tashlanar edi. Bu soliqning stavkalari 1 kub m yer usti 
suvlaridan foydalansa 4,5 tiyindan, yer osti suvidan foydalansa 6 tiyindan 
belgilangan edi. Bu soliq yilda bir marta - hisobot yilining 1-dekabrigacha 
to'lanishi kerak edi.
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni ko'pchilik qishloq xo'jaligi 
korxonalari to'lam as edi. Chunki ular foydali qazilmalami qazib olmaydi. 
Ammo qishloq xo'jaligi korxonalari yer ostidan inshootlami joylashtirish 
uchun foydalansa bu soliqni to 'la r edi. Bunday inshootlarga yer ostida 
joylashgan yoqilg'i saqlanadigan joylar, 0,4 kVdan ko'p kuchlanishga ega 
bo'lgan elektr o'tkazish liniyalari, yer ostidagi omborxonalar kirar cdi. Bu 
soliq yiliga bir m arta, hisobot yili uchun moliyaviy hisobot berish m ud- 
datigacha to'lanar edi.
Yer solig'ini qishloq xo'jalik korxonalari yagona yer solig'iga o'xshab, 
yerlaming sifatiga, joylashgan joyiga qarab 1,9 karra kam bo'lgan stav- 
kalarda to 'la r edi. Yer solig'ini to'lash bo'yicha imtiyozlar yagona yer 
solig'i uchun ham saqlanib qolindi. Yer solig'i yilda bir marta-hisobot 
yilining 1-dekabrigacha to'lanishi kerak edi.
M ol-mulk solig'ini ham ham m a qishloq xo'jalik korxonalari to 'lar 
edi. Ulaming mulkidan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarish 
bilan bog'lik bo'lgan obyektlar chiqarib tashlanar edi. Boshqa mol-mulk 
uchun soliq boshlangich balans bahosidan 4 % miqdorida har oyda hisobot 
oyining 20 sanasigacha to'lanishi kerak edi.
Infratizilmani rivojlantirish uchun soliq korxonalar ixtiyorida qolgan 
sof foydaning 6 %gacha miqdorida to 'lan ar edi. Obodonchilik ishlari 
uchun yig'im ham korxonalar ixtiyorida qolgan sof foydaning 2 %gacha 
miqdorda to 'lan ar edi.
Yagona yer solig'ini joriy qilishdan maqsad qishloq xo'jaligi yerlaridan 
foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo'jaligi tovar ishlab chi- 
qaruvchilarining m ehnatning pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdor- 
ligini kuchaytirish, qishloq xo'jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimini 
soddalashtirish va birxillashtirishdir. Bunday tizimning joriy etilishi yerlar­
dan yanada okilona foydalanilishini ta ’minlashi lozim, chunki har bir 
gektar yer maydoni uchun undan foydalanish darajasidan qat’iy nazar 
ancha miqdordagi soliq summasini to'lash kerak bo'ladi. Ushbu tadbirning 
ishga solinishi xo'jaliklami yordamchi ishlab chiqarishlami rivojlantirishga 
undashi kerak, chunki bunday faoliyat natijasida olinadigan darom adlar 
soliqqa tortilmaydi.
Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer so­
lig'ining joriy etilishi soliqqa tortish tizimining bundan keyingi yanada 
takomillashtirilishidan dalolat beradi.
Yagona yer solig'ining to'lovchi hisoblangan qishloq xo'jaligi tovar 
ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona boji, davlat boji, litsenziya yig'imlari,
114


byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, hamda alkogol mahsulotlar uchun 
aksiz solig'i to'lashning amaldagi tartibi saqlanib qoladi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni yuritishga cgalik qilish va foyda­
lanish uchun berilgan yoki ijaraga olingan yer maydonlari soiiq obyekti 
bo'lib hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkatlar), fcrmcr xo'jaliklari va 
agrofirmalar yagona yer solig'ining to'lovchilaridir
Agar fermer xo'jaligi qishloq xo'jaligi mahsulotlurini ishlab chiqarish 
va qayta ishlash bilan bir qatorda shu faoliyat turluri bilun shug'ullansa, 
ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turlan bo'yicha qonun- 
chilikda belgilangan soliqlarni to'lashlari lozim
O 'rm on, baliq va ovchilik xo'jaliklari. ilmiy tckshmsh tashkilotlari va 
ilmiy muassasalaming tajriba, сk.spcrimental va o'quv-tujiiba xo'jaliklari, 
huquqiy shaxs maqomiga ega bo'ltnagun youl.t11u In qishloq xo'jaligi ham ­
da dchqon xo'jaliklari yagona yer solig'i lo'lamaydl
Yagona yer solig'i O'zbekiston KispuMikiiMiiiiig l'iv/.idcnti 1998- 
yilning 10-oktabrida qabul qilingan «Qishloq xo'jaligi lovai ishlab chiqa­
ruvchilari uchun yagon yer solig'ini 
joriy etish lo'g'riNiiln-gi lium oniga 
hamda Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 
?(>
dekahrldagl 'И') uinli qaroriga 
asosan, joriy qilingan. Yagona yet solig'ining to'lovi hiliui bo'lgan, qishloq 
xo'jaligi tovar ishlab chiqanivchilarining shu soliq bo'ylclm bilan hisoblashish mcxanizini O'zbekiston KrspuhliknMMing Adliyn Vazir- 
ligi 2000-yilning 5-martida 1102-laitib laqninl bilan m'yxulga olingan 
«Qishloq xo'jaligi tovar ishlab cliiqanivchilnii loniniiiiliiii vagona vcr 
solig'ini hisoblash va to'lash tartibi to ‘g‘nsula>gi yo'nqimiibnln bclgilangnn 
Yagona er solig'i soliqqa tortiladigan yci maydoni, bit'/a -.titvkalini va 
tuzatish kocfTitsycntlariga asosan, soliq to'lovchilur tom onidan 
mustuqil 
ravishda hisoblanadi.
Jamoat binolari va xonadonlar, suv hav/ahin, kanallat, kollcktor va 
yo'llar bilan band bo'lgan vcrlai huindii qishloq xo'|ttllgldn loydalanil- 
maydigan boshqa yerlar bo'yicha trglnMI lum an va slut hnrlnming su­
g'oriladigan ycrlarming blrim hl «mil m him l>rlgllangan stavkalar baza 
stavkasiga qabul qilingan
Yagona yer solig'i soliqni 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish