X
bob.
YER O STI BOYLIKLARIDAN FOYDALANGANLIK
U C H U N VA SU V RESURSLARDAN FOYDALANGANLIK U C H U N
SO L IQ N IN G MOHIYATI VA UNI H ISO B L A SH TARTIBI
l - § . Yer osti boyliklaridan foydalanganligi uchun soliqning
mohiyati va ahamiyati
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududida foydali qazilmalar qazib olishni,
shuningdek, foydali qazilmalar
qazib olish bilan bog‘lik bo'lm agan yer osti inshootlari qurish va ulardan
foydalanishni amalga oshiruvchi korxona,
tashkilot, firmalar va fuqarolar
to'laydilar.
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq solish obyektlari quyidagi-
lardan iborat:
- foydali qazilmalar (shu jum ladan, qo'shilib chiqadigan qazilmalar va
qimmatli komponentlar)
qazib olish hajmi;
- texnogen hosilalaming (mineral xomashyo qazib olish va ulami qay-
a ishlash chiqindilaming) hajmi;
- foydali qazilmalar qazib olish bilan bog'lik bo'lm agan yer osti in-
shootari hajmi;
- to'plangan rangli toshlar xomashyosi, paleontologiya
qoldiqlari va
boshqa geologik kolleksiya materiallari, namunalarini hisobga olingan
qiymati.
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
- yer qa’rini geologik jihatdan o'rganuvchi shaxslar;
-
geologiya, mineralogiya va boshqa alohida qo'riqlanadigan tabiiy
hududlarda ilmiy ishlar olib boruvchi shaxslar;
- xo'jalik va maishiy ehtiyojlari uchun o'zlariga berilgan yer uchast-
kalari doirasida belgilangan tartibda keng
tarqalgan foydali qazilmalar,
qazib olishni hamda yer ostidan foydalanuvchilar.
Soliq to'lovchilar yer ostidan foydalanganlik uchun soliq bo'yicha
hisob-kitoblarini soliq organlariga quyidagi tartibda taqdim etadilar:
- foydali qazilmalar qazib olganlik va texnogen hosilalaridan foyda
langanlik uchun-yilning har choragida, yil choragi bo'yicha moliyaviy
•hisobotlami taqdim etish uchun belgilangan m uddatdan kechiktirmay;
- mineral xomashyo qazib olish va uni qayta ishlash bilan bog'lik
bo'lm agan holda yer q a’ridan foydalanganlik
uchun - bir yilda bir maro-
taba, yillik moliyaviy hisobotlami taqdim etish uchun belgilangan m ud
datdan kechiktirmay.
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq:
78
-
foydali qazilmalar qazib olganlik va texnogen xosilalardan foydalan-
ganlik uchun har oyda hisobot oydan keyingi oyning 20 - kuniga;
- qolgan hollarda-yilning har choragida, yil choraklari bo'yicha
va yillik
hisobotlarini topshirish muddatlarida to'lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: