Dielektriklarda energiya isrofi haqida umumiy tushuncha
Agar dielektrikka elektr maydoni ta’sir ettirilsa, dielektrik asta-sekin qiziy boshlaydi, chunki ta’sir etayotgan energiyaning bir qismi uning qizishiga sarf bo’ladi. Qizishiga sarf bo’ladigan elektr quvvati dielektrikdagi isrof yoki dielektrikdagi energiya sochilishi deyiladi. Dielektrikdan ichki tok o’tishi natijasida undagi elektr energiyasining isrofi o’zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanish ta’sirida ro’y beradi. O’zgarmas kuchlanish ta’sirida jismda davriy qutblanish kuzatilmaganligi sababli dielektrikdagi energiya isrofi uning solishtirma yuza va hajmiy qarshiligiga bog’liq bo’ladi. O’zgaruvchan kuchlanishda dielektrikda ichki toklardan tashqari, qo’shimcha sabablar (qutblanish) vujudga kelib, undagi elektr energiyasi isrofi ortadi.60
Elektr maydonida joylashgan dielektrikda sarflanadigan quvvat miqdorini aniqlash uchun dielektrikdagi isrof burchagi , yoki shu burchak tangensi tgδ dan foydalaniladi. Buni yaxshi tushunib yetish uchun o’zgaruvchan tok to’g’risida umumiy tushunchaga ega bo’lish kerak. Elektr texnikada sinusoidal tokli elektr zanjiri eng ko’p tarqalgan (2.23-rasm).
b)
2.23-rasm. Dielektriklarda energiya isrofining chastota va haroratga
bog’liqligi
60 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 102-bet.
Sinusoidal tok kuchlanishi o’z shaklini saqlagani holda, o’zgarishi mumkinligi bilan o’zgarmas tokdan farq qiladi. O’zgaruvchan tok turli usullarda hosil qilinadi. Bunday usullardan eng oddiysi generator yordamida tok hosil qilishdir.61
Elektromagnit qonuniga asosan, o’zgarmas magnitmaydonida joylashtirilgan va o’zgarmas burchak tezlik () bilan to’g’ri burchakli ramka aylantirilganda o’tkazgichda elektr yurituvchi kuch hosil bo’ladi:
e Bl sin( t C ) Em sin( t C ).
(2.42)
bunda: B - magnit induksiyasi; l - o’tkazgichning uzunligi; - o’tkazgichning chiziqli tezligi; C – ramka va tekislik oralig’idagi burchak; Em – elektr yurituvchi kuch amplitudasi (2.24-rasm).
a) b) c)
2.24-rasm. Dielektriklarda releksasion isroflarning o’ziga xos xususiyati
Zanjirda sinusoidal tok va kuchlanish vaqt birligiga nisbatan sinusoidal funksiyaga ega:
u Um sin(t M ) ;
i Im sin( t i )
(2.43)
bunda: u-kuchlanish va i-tokning oniy qiymati; t+ sinusoidal funksiyaning fazoviy burchagi.
61 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 104-bet.
Bir davr ichida R-qarshilikdan sinusoidal tok o’tganda ajraladigan issiqlikka teng quvvat ajratuvchi o’zgarmas qiymatli tok IE sinusoidal tokning effektiv qiymati deb qabul qilinadi:
T
E
IE
Im
0,707,
chunki
1
T 1 cos 2 t
1 T T cos 2t
sin 2tdt
dt
dt
d 2t 0.
Sinusoidal kuchlanishning effektiv qiymati:
E
U Um .
Sinusoidal tok kuchlanishining o’rtacha qiymati yarim davr ichidagi qiymatlarga asosan topilgan o’rtacha arifmetik qiymatdan iboratdir:
2t / 2 2I
o'
It sintdt t 0,637It .
Bir xil chastotali sinusoidal kattaliklarning soat mili yo’nalishiga teskari vektorlar orqali ifodasi sinusoidal tokning vektor diagrammasi deyiladi. Sinusoidal kattaliklarning boshlang’ich fazasi = 0 bo’lsa, ularning yuqori va effektiv qiymatini ifodalaydigan vektor abssissa o’qi bo’ylab yo’naladi. Vektor diagramma sinusoidal kattaliklarni qo’shish yoki ayirish amallarini ancha soddalashtiradi. O’zgarmas tok zanjiri elementlaridagi tok, kuchlanish va quvvat qiymatlari o’zgarmas bo’lsa, o’zgaruvchan tok zanjiridagi bu parametrlar vaqt davomida o’zgarib turadi. Aktiv qarshilik Ra, induktivlik (L) va sig’im (C) lar sinusoidal tok zanjirini ifodalaydigan fizik parametrlardir.62
62 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 59-bet
Elektr energiyasini boshqa turdagi energiya (issiqlik, yorug’lik, mexanik)ga aylantiruvchi zanjir elementi aktiv qarshilik deyiladi. Agar zanjirdagi qarshilikdan o’zgaruvchan tok o’tsa, undagi elektr quvvati Joul-Lens qonuniga binoan qarshilik (Ra) ning qizishiga sarflanadi va qizishga sariflangan quvvat (P) ning o’rtacha qiymati aktiv quvvat deyiladi. Sig’imi C bo’lgan kondensator zanjiriga sinusoidal kuchlanish u = Ut sin t berilsa, qoplamalar goh musbat, goh manfiy zaryadlanib turadi va undan i = It sin(t =90)=CUt cost o’zgaruvchan tok o’tadi. Ifodaga asosan, sig’imli zanjirdagi tok fazasi kuchlanish fazasidan 900 ilgarilab ketadi.
Sig’im yoki reaktiv qarshilik x I tok chastotasi va zanjir sig’imiga teskari
proporsional bo’ladi.
c C
Kondensator zaryadlanib, qoplamalardagi kuchlanish ortganida elektr
maydonning quvvati
СU 2 ga teng bo’ladi va zaryadsizlanish davrida tok manba
2
tomon yo’naladi. Natijada elektr zanjiridagi quvvat foydali ishga sarflanmay, tok manbai bilan tebranib turadi. Mazkur tebranishga sarflangan quvvat reaktiv quvvat deyiladi. Sig’im qarshilikli zanjirdan o’tadigan tok sig’imiy yoki reaktiv tok deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |