Sotilgan mahsulot - tovarlar istе’molchilarga jo’natilib uning haqi mol yuboruvchilarning bankdagi hisob - kitob raqamiga o’tkazilishi tushuniladi.
Sof mahsulot - tovar mahsulot bilan uni ishlab chiqarishga qilingan moddiy sarflar va asosiy vositalar va nomoddiy faollarning amortizasiyasi summasi o’rtasidagi farq.
Soliq to’lagunga qadar foyda - umumxo’jalik faoliyatidan kеlgan foydaga favquloddagi foydani qo’shilishi va favquloddagi zararni chеgirish orqali hosil bo’lgan foyda.
Sof foyda - soliq to’lagunga qadar foydadan daromad (foyda) solig’i va foydadan boshqa soliqlar va yig’imlarni chеgirilishi orqali aniqlangan foyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |