Tоvаr mаhsulоti uchun ketgan хаrаjаtlаrni tаhlili
Mahsulot tannarxini tаhlil qilish jami tovar mahsulotining to’la tannarxi bo’yicha rejaning bajarilishiga umumiy baho berish bilan boshlanadi.
Tovar mahsuloti 2 turkumga bo’linadi: taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan mahsulot.
Taqqoslanadigan mahsulot deganda shu yil va undan oldingi yillarda seriyali va ommaviy tartibda ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha turlari tushuniladi.
Taqqoslanmaydigan mahsulot esa joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulotdir.
Tahlil qilish jarayonida taqqoslanadigan mahsulot jumlasiga kiradigan mahsulotning haqiqiy tannarxi reja tannarxi va uning o’tgan yilgi darajasi bilan, taqqoslanmaydigan mahsulotning haqiqiy tannarxi esa faqat rejada ko’rsatilgan tannarxi bilan solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |