maxsns dastgohlar.
4. Avtomatlashtirilish darajasiga ko‘ra qo‘l bilan bajariladigan
yarim avtomat, avtomatik liniyalar (tanavorlami avtomatik ravishda
dastgohdan dastgohga o ‘tkazuvchi tizim).
5. Dastgohlar massasiga ko‘ra yengil (10 kN gacha), o'rtacha
(100 kN gacha) va og‘ir (1 MN dan ortiq) dastgohlarga bo‘linadi.
Og‘ir dastgohlar, o ‘z navbatida, yirik (100-300 kN), og'ir (300-1000
kN) va ju da og'ir (unikal) (1000 kN dan og‘ir) dastgohlarga boMinadi.
6
. Aniqlik darajasi bo‘yicha dastgohlar 5 sinfga bo‘linadi. N sinf -
normal aniqlikdagi dastgohlar; bu sinfga universal dastgohlaming
ko‘pchiligi kiradi. L sinf - oshirilgan aniqlikdagi dastgohlar, ayni
dastgohlar normal aniqlikdagi dastgohlar asosida tayyorlanadi. Ammo
dastgohda muhim detallami tayyorlashda yig‘ish hamda rostlash
sifatiga nisbatan yuqori talablar qo‘yiladi. V s in f - yuqori aniqlikdagi
dastgohlar, dastgohlaming yuqori aniqligiga ayrim uzellaming max-
sus tuzilishi, detallarining tayyorlanishiga, uzellarini va butun
dastgohni yig‘ish hamda rostlash sifatiga nisbatan yuqori talablar
qo‘yilishi hisobiga erishiladi, A sinf - ju da yuqori aniqlikdagi
dastgohlar, bunday dastgohlar tayyorlashda V sinf dastgohlari
tayyorlashdagiga qaraganda ham qattiroq talablar qo‘yiladi. С sinf- A
va В sinf dastgohlari detallarining aniqligini belgilovchi detallar
184
tayyorlash uchun mo‘ljallangan nihoyatda aniq dastgohlar, boshqacha
qilib aytganda, master-dastgohlar. B, A va С sinf dastgohlari tegishli
aniqlikni ta’minlashi uchun ular harorati va namligi avtomatik
ravishda o ‘zgarmas qilib turiladigan holda ishlatiladi.
Dastgohlar texnologik belgilari va ishlatiladigan asboblariga
qarab tokarlik, parmalash, yo‘nish, jilvirlash, randalash, pardozlash,
tish va rezba ochish, frezalash, o ‘yish dastgohlariga bo‘linadi.
Hamma mavjud metall kesuvchi dastgohlar 9 guruhga boiinib,
har bir guruh esa, o ‘z navbatida, 9 turdan iborat bo‘ladi. Bularga
dastgohlaming vazifasi, avtomatlashtirilish darajasi va boshqa
ko‘rsatkichlarini ifodalaydigan hamda metall kesish korxonalarida eng
ko‘p ishlatiladigan dastgohlami kiritish mumkin.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan ko‘p seriyali dastgoh-
laming rusumi uchta yoki to ‘rtta (ba’zan, harflar qo‘shilgan) raqam
bilan belgilanadi. Birinchi raqam dastgohning guruhini, ikkinchi
raqam - turini, eng oxirgi bitta yoki ikkita raqam dastgohning o‘ziga
xos oMchamlaridan birini bildiradi. Birinchi raqamdan keyingi harf
dastgohning takomillashtirilganligini, barcha raqamlardan keyingi harf
esa asosiy rusumning modifikatsiyasini (shakl o ‘zgarishini) ko‘rsatadi.
Masalan, 2A135 rusumli dastgohda 2 raqami dastgohning ikkinchi
guruhga kirishini, ya’ni parmalash dastgohi ekanligini, A harfi
dastgohning takomillashtirilganligini bildiradi;
1
raqami dastgohning
birinchi turga oidligini, ya’ni vertikal-parmalash dastgohi ekanligini;
oxirgi ikkita raqam esa parmalanishi mumkin bo‘lgan eng katta teshik
diametri 35 mm ekanligini ko‘rsatadi. 1336A rusumli tokarlik-
revolver dastgohida 1 raqami tokarlik dastgohligini, 3 revolverliligini,
36 - ishlov beriladigan silindrik tanavoming diametrini, A harfi
dastgohning modifikatsiyasini ifodalaydi.
Shuni ta ’kidlash kerakki, yuqorida nomlari keltirilgan dastgohlar,
asosan, aylanma harakatlanib biror texnologik jarayonni bajarishi
mumkin. Shuning uchun bunday dastgohlarga aylanma harakat
berishda turli tasmali (tekis ponasimon), tishli (to‘g‘ri, qiyshiq, konus
kabi) hamda friksion, zanjirli, shnekli uzatmalardan, dastgohlarda
ilgarilanma-qaytar harakatni hosil qilish uchun esa vint-gaykali,
reykali uzatmalardan keng foydalaniladi (11.4-rasm).
Metall kesish dastgohlarida asosiy jarayonlami (tokarlik,
parmalash, frezalash, jilvirlash, randalash va boshqa ishlami) amalga
185
oshirish, shu bilan birga uzatmalami ishga sozlash uchun kerakli
mexanizmlaming kinematik sxemalari quyida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |