Payvandlash posti. Payvandlash posti payvandlash ishlarini baja
rish uchun hamma zarur uskunalar bilan jihozlangan payvandchining
ish o‘midir. Payvandlash posti ta’minlash manbayi, elektr simlari,
elektrod tutkichlar, yig‘ish-payvandlash moslamalari va asboblari,
himoya shchitlari yoki niqob bilan ta’minlanadi.
Payvandlash postlari ishlatiladigan elektr yoyi turi hamda
ta ’minlash manbai xiliga qarab quyidagi xillarga ajratiladi:
- bir bosqichli yoki ko‘p bosqichli payvandlash o ‘zgartir-
gichlaridan yoki payvandlash to‘g ‘rilagichlaridan ta’minlanadigan,
o ‘zgarmas tok bilan ishlaydigan postlar;
- payvandlash transformatoridan ta’minlanadigan, o ‘zgaruvchan
tok bilan ishlaydigan postlar.
Payvandlash postlari ko‘chmas yoki ko‘chma bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |