A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


 Rezina materiallari. Kauchuk va ularning xossalari. Yelim



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/240
Sana31.12.2021
Hajmi6,21 Mb.
#235175
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   240
6.2. Rezina materiallari. Kauchuk va ularning xossalari. Yelim 
materiallar.  Lok va bo‘yoq  materiallar
Rezina  materiallar.  M aium ki,  hozirgi  zamon  texnikasini 
rezinasiz  tasaw ur  etib  boim aydi,  ya’ni  avtomobil,  samolyot, 
velosiped  shinalari,  o‘tkazgichlarining  izolatsiyalari,  g‘ovvoslaming 
kiyimlari,  aerostat  ballonlari,  shlanglar,  dam  berib  shishiradigan 
qayiqlar,  protivogazlar,  shuningdek,  ko‘pgina  xalq  xo‘jaligi  mashina- 
mexanizmlari,  qurilmalar  va  muhandislik  konstruksiyalarida  rezina 
juda keng ishlatiladi.
Rezina  materiallar,  asosan,  kauchukni  turli  toidiruvchilar,  plas­
tifikatorlar,  vulkanizatsiyalovchi  agentlar,  tezlashtimvchilar,  aktiva- 
torlar va boshqalar qo‘shib,  qayta  ishlash  orqali  hosil  qilinadi.  Rezina 
juda  ko‘p  xususiyatlarga  ega  b o ig a n   konstruksion  materialdir. 
Bulardan  eng  muhimi  uning  yuqori  darajada  elastikligi,  ya’ni  katta 
( 1 0 0
 % gacha) deformatsiyadan ham dastlabki  holatiga qayta olishidir.
Rezina  olish  uchun  asosiy  material  kauchukdir,  ya’ni  rezinadagi 
aralashmaning  10 - 98 % ni kauchuklar tashkil qiladi.
Kauchuklar,  asosan,  tabiiy  va  sintetik  polimerlar  b o iib ,  oddiy 
haroratda yuqori plastiklik xossasiga ega.
Tabiiy  polimer-kauchuk,  hindcha  «kaochu»  so‘zidan  olingan 
b o iib ,  «daraxtning  ko‘z  yoshi»  degan  m a’noni  anglatadi.  Darhaqiqat 
kauchuk  daraxtini  kesganda  undan  suyuqlik  (ko‘z  yoshi)  ajralib 
chiqadi.  Shuning  uchun  hindlar  juda  qadimdan  oq  yog‘och  smolasi 
(kauchuk)  dan  foydalanib  kelganlar.  Shunday  qilib,  tabiiy  kauchuk
102


( l'K)  kauchukli  o ‘simliklar  (daraxtlar)  dan  olinadi.  U  efir,  benzin, 
mineral  moylarida  yaxshi  eriydi,  suvda  esa  erimaydi.  Kauchuk  90°C 
gacha  qizdirilganda  yumshab juda  yopishqoq  bo‘lib  qoladi,  0°C  dan 
past  haroratda  esa  qattiqlashib,  mo‘rtlashib  boradi.  TK  juda 
qimmatbaho material.
Texnikaning  jadal  taraqqiyoti  tufayli  faqat  TK  dan  foydalanil- 
masdan,  balki  sintetik  kauchuklar  (SK)  hosil  qilinib,  ulardan  keng 
foydalanilmoqda.
Hozirgi  vaqtda  turli  mamlakatlarda  tegishli  sanoat  korxonalarida 
juda  rang-barang  sintetik  kauchuk  va  shunga  o ‘xshash  konstruksion 
materiallar  ishlab  chiqarilmoqda.  Etil  spirti,  atsetilen,  butan,  etilen, 
benzol,  izobutilen,  ba’zi  galogenli  uglevodorodlar  va  boshqalar 
sintetik kauchuk hosil  qiluvchi asosiy materiallar hisoblanadi.
Shuni  aytib  o‘tish  kerakki,  tabiiy  kauchuklaming  sintetik 
kauchuklarga  nisbatan  mustahkamligi  yuqoridir,  lekin  TK  laming 
sovuqqa va turli eritmalar ta’siriga bardosh  berish xususiyatlari  SK ga 
nisbatan ancha past.
Rezinalar  vazifasi  yoki  ishlatilishiga  qarab  umumiy  va  maxsus 
turlarga  bo‘linadi.  Umumiy  ishlarga  moijallangan  rezinalar  suvda, 
kislota  va  ishqorlaming  kuchsiz  eritmalarida,  havoda  (50°C  dan 
130°C  gacha)  haroratda  va  boshqa  muhitlarda  ishlatilishi  mumkin. 
Shunday  rezinadan  mashina  shinalari,  turli  tasmalar,  shlanglar, 
transportyor  tasmalari,  kabellaming  izolatsiyalari  (qoplamalari)  va 
boshqa turli buyumlar ishlab chiqariladi.
Maxsus  vazifalarga  moijallangan  rezinalar,  o ‘z  navbatida,  moy- 
benzinga,  issiq va sovuqqa chidamli, elektr o ‘tkazmaydigan;  gazlar va 
suyuqliklarga  chidamli  turlarga  boiinadi.  Bundan  tashqari,  maxsus 
rezina  turiga  armaturali  rezinalar  ham  kiradi  (presslash  va 
vulkanizatsiyalash  jarayonida  metall  turlar,  qistirmalar  rezina 
aralashmasi  orasiga  qo‘yilib  uning  mustahkamligi  va  egiluvchanligi 
oshiriladi).  Bunday  rezinalardan  avtomobil  shinalari,  yuritma 
tasmalari, transportyor tasmalari va boshqalar tayyorlanadi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish