A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Payvand  birikmalar  mustahkamligining  pasayishiga  nuqsonlar­



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/240
Sana31.12.2021
Hajmi6,21 Mb.
#235175
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   240
Payvand  birikmalar  mustahkamligining  pasayishiga  nuqsonlar­
ning  ta ’siri.  Nuqsonning  payvand  birikmaning  ishiga  ta’sirini  uning 
shakli,  uzunligi  va  nuqsonning  ta’sir  etadigan  kuch  yo‘nalishiga 
nisbatan joylashishi  nuqtayi  nazaridan  ko'rib  chiqish  lozim.  Cho‘ziq 
nuqsonlar  (darzlar,  chala  payvandlanishlar)  eng  xavfli,  yumaloq
164


shaklli  nuqsonlar  (yakka  gaz  g‘ovaklari,  shlak  aralashmalari)  uncha 
xavfli  hisoblanmaydi.  Kuch  yo‘nalishiga parallel yo‘nalgan  nuqsonlar 
statik  yuklanish  ta’sirida  ishlaydigan  tuzilishlar  uchun  xavfsizroq 
boMadi.  Metall  qalinligining  25  %  kattaligidagi  chala  payvandlanish 
harorat-45°C  gacha  pasayganda  payvand  birikmaning  uzilishga 
vaqtinchalik  qarshiligi  2  baravar,  plastikligi  2-4  baravardan  ortiq 
pasayishga  olib  keladi.  Kam  uglerodli  poMatni  payvandlashda  uning 
uchma-uch  chokidagi  chala  payvandlanish  metall  qalinligining  5  % 
dan oshmasligi,  legirlangan po‘latlami payvandlashda esa bundan ham 
kam  boMishi  kerak.  Kam  uglerodli  poMatlardan  qilingan  payvand 
birikmalarda  chokning  1  sm2  kesimida  yakka  dogiardan  ko‘pi  bilan
5-6 ta boMishiga yo‘l qo‘yiladi.
Payvand  birikmalardagi  nuqsonlami  tuzatish  usullari.  Kesiklar, 
sirtdagi  yuza  g ‘ovaklar,  chokning  botiqligi  va  payvand  chok  kesimi 
oMchamlarining kichiklashuvi payvandlab tuzatiladi.
Darzlar,  cho‘kishdan  hosil  boMgan  kovak,  teshik,  shlak  aralash­
malari,  chok  o‘zagida chala payvandlanish,  ichki  chala  payvandlanish 
va  ichki  g‘ovaklar  nuqsonli  joyni  oldindan  mexanik  yoki  termik 
usulda ochib, keyin nuqsonni payvandlab tuzatiladi.
Payvandlangan  qirralaming  siljib  qolishi,  toshma,  payvand 
chokning  ortiqcha  puxtalanishi  va  payvand  chokning  notekis 
tutashtirilishi  kabi  nuqsonlar  butun  uzunligi  bo‘yicha  mexanik  usulda 
ishlov berib tuzatiladi.
Darz uzunligini  aniqlash  uchun  metall  sirti  tozalanadi, jilvirlanadi 
va  azot  kislotasining  20%  li  eritmasi  bilan  xurushlanadi.  Chegaralari 
bo‘ylab  darz  parmalanadi,  metall  uzunasiga  va  chuqurligi  bo‘ylab 
suyuqlantiriladi  yoki  qirqib  olinadi,  keyin  bu  joy  payvandlanadi. 
So‘ngra chok tekshirib ko‘riladi.
Mikrodarzlar  50  martagacha  kattalashtirib  ko‘rsatadigan  lupa 
yordamida aniqlanadi. Darzlar payvandlab boMgandan keyin bir necha 
kun va bir necha hafta o‘tgandan so‘ng ham hosil boMishi  mumkin. Bu 
odatda, payvandlash jarayonida toblanadigan poMatlarga taalluqlidir.
Kesiklar  nuqsonning  butun  uzunligi  bo‘ylab  ingichka  chok 
suyuqlantirib qoplab bartaraf qilinadi.
Diametri  2  mm  dan  katta  sirti  g‘ovaklar  suyuqlantiriladi  yoki 
qirqib  olinadi  va  payvandlanadi.  Odatda,  chokning  1  m  uzunligida, 
agar  g‘ovak  diametri  1  mm  dan  oshmasa,  g‘ovaklar  oraligM  kamida
165


10  mm  boiganda g‘ovak (diametri  2  mm  li  g‘ovaklar oralig‘i  kamida 
25  mm bo‘lganda) ko‘pi bilan to ‘rtta g‘ovak bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Choklar 
og‘zi 
payvandlanadi, 
toblanmaydigan 
po‘latlami 
payvandlashda ulami chok o ‘qidan 20 mm chetga chiqarish mumkin.
Choklaming  kuyib  ketishi  kam  kuzatiladi,  bu  nuqsonni  tozalash 
va payvandlab berkitish kerak.
Sachragan 
metall  tomchilari 
mexanik  usulda  tozalanadi. 
Toshmani  sirtdan  qarab  aniqlash  qiyin,  u  metallografik  usulda 
tekshirib aniqlanadi.
Teshik tozalanadi va nuqson o ‘mi payvandlab berkitiladi.
Deformatsiyalangan  payvand  birikma  yoki  buyumlami  yaxshisi 
mexanik usulda to‘g‘rilab, tuzatish kerak.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish