Darsni yakunlash.
O‘qituvchi: — Mana, bolalar, eng oxirgi «Sarhisob» bekatiga ham yetib keldik.
(Ikkala guruh yiqqan rag‘bat kartochkalari hisoblanib, ballari e’lon qilinadi va g‘olib guruh aniqlanadi. Darsdagi faol ishtirokiga qarab, har bir o‘quvchi alohida rag‘batlantiriladi. O‘quvchilardan sayohat darsidan olgan taassurotlari so‘raladi).
Uyga vazifa. 21- mashqda nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan unli tovushlarni qo‘yib, so‘zlarni yozib kelish.
Rozaxon YUSUPOVA,
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 12- maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |