4.1. Uyumni chegaralab turgan strukturalar yuzasini g’rganish
Aksariyat neft va gaz uyumlari tektonik struktura-larda joylashgan bg’ladi, bularni qabariq strukturalar deb umumlash mumkin, ular gumbaz, braxiantiklinal va shu kabi kg’rinishlarda bg’lishi mumkin. Uyumning yuqori chegarasi sifatida qatlamning tepa qismi hisoblanadi. Qatlam kg’pincha bir xil va har xil litologik jinslardan tashkil topgan bg’lishi mumkin, lekin uning chegarasini belgilash chog’ida uning litologik tarkibiga qaralmaydi.
Agar qatlamning yuqori qismi g’tkazuvchan jinslardan tashkil topgan bg’lsa, uning yuqori chegarasi sifatida qatlamning yuqori qismi olinadi. Bunday holga misol tariqasida Farg’ona vodiysidagi konlar va VII qatlamlarni kg’rsatish mumkin. (Polvontosh, Janubiy Olamushuk va sh.k.) Bu kg’rsatgan qatlamlarimiz karbonat jinslardan tashkil topgan bg’lib, ular hamma qismida mahsuldordir.
Ba’zan qatlamning yuqori qismi kollektor bg’lmagan jinslar bilan almashingan hollari ham bg’ladi. Bunday holatlarda ham qatlamning chegarasi uning yuqori qismidan g’tadi, lekin maxsuldor bg’lmagan joyni ham albatta inobatga olish darkor bg’ladi. Amalda bunday holatni biz mashhur Samotlor konidagi B8 - qatlamni kg’rsatishimiz mumkin, unda uyumning chegarasi B80 qatlamning yuqori qismidan g’tgan, chunki avvalgi keltirganimiz qatlam g’sha joyda mahsuldor emas. Ba’zi hollarda qatlamning chegarasini uning tepasida yotgan qatlamning pastki qismini chegara sifatida qabul qilish mumkin.
Uyumning pastki qismi uning pastki chegarasi tariqasida olinadi.
YUqoridagi fikrlar uyumning quyi chegarasiga ham ta’luqlidir.
Uyumning shaklini struktura xaritalari orqali g’rganiladi. Struktura xaritalari tasvirlanadigan yuzaning izogipslar orqali kg’rsatilgan kg’rinishidir.
Izogipslar orasidagi oraliq sharoitga va materiallar mavjudligiga qarab belgilanadi.
Qatlamning yuqori qismining xaritasini tuzish uchun avval g’sha qatlamning absolyut belgisi aniqlanadi. Albatta bunday vaqtlarda quduq og’zi bilan uning tubining holati aniqlanadi, chunki aksariyat hollarda quduq stvolining qiyshayish holatlari kuzatiladi.
Demak, qatlam ustining belgisini aniqlash uchun quduq og’zining al’titudasi (A) bilinadi, sg’ngra quduqning g’sha qatlamgacha bg’lgan chuqurligi (L) va quduq stvolining qiyshayishi tufayli uzayish (DL) ma’lum bg’lishi lozim.
Sg’ngra N=(A+DL) - L kg’rinishida qatlam sirtining absolyut belgisi topiladi.
Struktura xaritasini tuzishda asosan ikki usuldan foydalaniladi: uchburchaklar usuli - kg’pincha qatlamlar uncha kg’p uzilmalarga duchor bg’lmagan sharoitlarda qg’llaniladi; kesmalar usuli - bu usul aksariyat struktura har xil diz’yunktiv buzilishlarga duchor bg’lgan hollarda qg’l keladi.
4-jadval.
Quduqlar
№
|
Quduq og’zining dengiz yuzidan balandligi, m
|
Quduq og’zidan chuqurligi, m
|
Keltirilgan chuqurlik, m
|
1
|
35
|
628
|
593
|
2
|
41
|
643
|
602
|
3
|
47
|
638
|
591
|
4
|
38
|
651
|
613
|
5
|
40
|
657
|
617
|
6
|
34
|
646
|
612
|
7
|
43
|
667
|
624
|
8
|
40
|
665
|
625
|
9
|
51
|
673
|
622
|
10
|
48
|
652
|
604
|
11
|
64
|
695
|
631
|
12
|
57
|
677
|
620
|
13
|
37
|
661
|
624
|
14
|
49
|
675
|
626
|
15
|
42
|
667
|
625
|
Uchburchaklar usuli. Bu usulda xarita tuzish uchun quduqlar bir-birlari bilan uchburchak shaklida tutashtiriladi. So’ngra uchburchak uchlaridagi qatlam kg’rsatkichi g’zaro interpolyatsiya qilinadi va bir xil kg’rsatkichlar chiziqlar bilan tutashtiriladi, shu tariqa struktura xaritasi yuzaga keladi.
Quduqlar orasidagi kg’rsatkichlar interpolyatsiya qilinayotganda tumanning tektonik ahvoli va qatlamlarning yg’nalishini e’tiborga olish lozim va strukturaning har xil tomonlarida joylashgan kuduqlar bir-biri bilan interpolyatsiya qilinmasligi lozim.
Masalan, konda 15 quduq mavjud va ular kerakli qatlamni ochganlar. Qatlam belgisini dengiz yuzasidan keltirilgan holatda quyidagacha jadval tuziladi.
Hisoblashga keltirilgan chuqurliklar tegishli quduqlarga ularning joylashuvi bg’yicha yozib chiqiladi (4-rasm). CHuqurlikning absolyut kg’rsatkichlari xaritasi tuzilayotgan qatlam bg’yicha shuni kg’rsatadiki, bukilmaning g’qi 15, 1, 3, 10, 8 quduqlar orqali o’tar ekan. Sg’ngra quduqlar kg’rsatkichlarini chiziqlar bilan tutashtirishni boshlaymiz. Bunda shunga e’tibor beramizki, hosil bg’layotgan uchburchaklar uzun struktura g’qiga taxminan parellel bg’lishi kerak. Keyin qabul qilingan oraliqda belgilarni interpolyatsiya qilamiz va bir xil g’rsatkich-larni tutashtiramiz, shunda braxiantiklinal skladka hosil bg’ladi.
Struktura xaritasi tuzishda mehnat talab ish - kg’rsatkichlarni interpolyatsiya qilishdir. Bu ishni qulaylashtirish uchun yuqorili arfa qg’llaniladi.
Quduqlar orasini interpolyatsiya qilish vaqtida ularning absolyut chuqurligining g’zgarishi chiziqli qonun bg’yicha kechadi deb taxmin qilinadi. SHunga ko’ra quduq bilan qidirilayotgan izogipsning uchrashish nuqtasi orasidagi masofa quydagicha aniqlanadi:
hx =h1+h15-h / D x,
bu erda hx- istalgan izogipsning qiymati, m h1-qatlamning 1-quduqdagi absolyut chuqurligi, m h15-qatlamning 15-quduqdagi absolyut chuqurligi, m D-1 va 15- quduqlar orasidagi masofa, m x-1 va 15 quduqlar tutashgan chiziqdagi 1- quduqdan istalgan izogipsgacha oraliq. SHu formuladan 1-quduqdan istalgan izogipsgacha bg’lgan oraliq quyidagi formula bilan aniqlanadi:
4-rasm. Struktura xaritasini uchburchaklar usuli bilan tuzish:
a - qg’shni quduqlar orasidagi izogipslar belgisini aniklash, b - uchburchak taraflaridan izogipslar g’tkazish, v -umumgeologik holatga qarab izogipslarni silliqlash. 1-xaritaga tushirilayotgan karzaning kuzatuv nuqtasi, belgisi, m. 2-quduqlar, chiziq tepasidagi son quduqning tartib soni, uning ostidagi-chizilayotgan yuzaning absolyut belgisi, m.
x = ( hx - h,) D/ h15 – h
Xuddi shu misolda agar 1 va 15 quduqlar orasi 500 m bg’lsa, 1-quduq bilan - 610 izogips orasi qancha bg’lishini hisoblaymiz:
X1 = (-600 + 593) 500 / -625+593 » 110m.
-610 m izogipsgacha esa 266 m, va - 620 m izogipsgacha » 422 m liga ma’lum.
Bu usul bilan xarita tuzishda bir-biridan uzoq va har xil qanotlarda joylashgan quduqdarni interpolyatsiya qilinmaydi, agar shunday qilinsa-adashish va struktura tg’g’risida notg’g’ri natijaga ega bg’lish mumkin.
Tuzilayotgan xaritada nuqtalar qancha kg’p bg’lsa, uning aniqligi shuncha yuqori bg’ladi. Undan tashqari xaritaning aniqligi undagi izogipslar orasidagi qadamga ham bog’liq. Platforma g’lkalari sharoitidagi konlar xaritasini tuzishda, ayniqsa, bu narsa aniq bilinadi, chunki unday sharoitda strukturaning yaqqol kg’rinishi kamroq kuzatiladi, chunki ularning qanotlaridagi qatlam yotish burchagi kichik miqdorni tashkil etadi.
Murakkab struktura xaritalarini tushunish uchun avvalo sodda strukturalar tuzilishini aniq tasavvur qilishimiz lozim. Antiklinal va sinklinalning izogips-lari tutashgan bg’ladi, monoklinal zamiridagi izogipslar esa tutashgan bg’lmaydi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |