A. V. Mavlonov


Oluvchi quduqlar ish rejimini belgilash



Download 2,39 Mb.
bet100/118
Sana30.06.2021
Hajmi2,39 Mb.
#105509
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti

Oluvchi quduqlar ish rejimini belgilash. Quduqlarning texnologik ish rejimi ma’lum muddatga tuzilib, uning mavjud asbob - uskunalar yordamida qanday ishlashini kg’rsatadi. Quduqning ob’ekt bg’yicha ishlash rejimini korxonaning geologik xizmat belgilaydi. Bu vazifa har bir yangi quduq ishga tushirilayotganda qilingan tadqiqot va uning natijalarini hisob qilish natijasida belgilanadi. Texnologik ish rejimi neft quduqlarida bir oydan olti oygacha, gaz quduqlarida esa uch oydan bir yilgacha belgilab qg’yiladi va sg’ngra yana yangidan tadqiqotlar qilinishi natijasida yangi ish rejimi belgilanadi. Bunda albatta har bir quduqing g’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari inobatga olinib, uning eng oqilona ishlashi uchun sharoit belgilanadi. Bunda albatta qatlamning mahsuldorligi, undagi bosim, qatlamning quduq bilan bog’langanlik darajasi, quduqqa g’rnatilgan asbob-uskunalar, ularning ish quvvati va shu kabilar inobatga olinadi.

Bunda asosan quduqdan olinishi lozim bg’lgan texnologik va texnik norma belgilanadi.

Quduqdan olinishi mumkin bg’lgan suyuqlikning eng kg’p miqdori texnik daraja deb atalib, u aksariyat texnologik holatlar tufayli chegaralanadi. CHunki quduq qancha neft bersa shuncha olaverish imkoni bg’lmaydi (shuni eslash joizki, ba’zan quduqlar bir necha kunduzda bir necha ming tonna va undan ortiq neft bergan hollar amalda juda kg’p masalan, Meksikadagi Serro-Asul konidagi 4 - quduq bir kecha kunduzda 35600 t neft bergan). Neft olishning chegarasiga asosan quduqning iloji boricha uzoq muddat benuqson ishlashini ta’minlash nuqtai-nazaridan qaraladi. Quduqning texnologik ish chamasi undan olinishi mumkin bg’lgan va barcha geologik, texnik va texnologik holatlarni hisobga olgan holda belgilangan miqdor. CHunonchi, gaz quduqlarida olinadigan miqdorni oshirish natijasida quduq atrofining emirilishi kuzatilishi mumkin yoki hamma quduqlarda qatlam suvining bevaqt quduq tubida paydo bg’lishiga sabab bg’lishi mumkin.

Loyiha hujjatlarida quduqlarning ishlash rejimi va ulardan olinadigan mahsulot miqdori belgilab qo’yilgan bg’ladi. Xuddi shunga qarab har bir quduqning ishlash rejimi va undan olinadigan mahsulot miqdori belgilanadi. Albatta vaqt g’tishi va sharoitlarning g’zgarishi bilan bu kg’rsatkich g’zgarishi va unga tegishli tuzatishlar kiritilishi turgan gap. SHuning uchun ham quduqlar ma’lum muddat orasida geologik xizmat xodimlari tomonidan tadqiq qilinib, uning holati diqqat bilan g’rganiladi va har gal holatga qarab texnologik ish rejimi belgilanadi.

Albatta bunday holatlarda quduqning ish rejimi butun ob’ektning ish rejimi bilan hamohang va g’shanga monand holatda olib boriladi va belgilanadi. Bunda quduqning qanday joyda joylashganligi, uning kesimidagi ahvoli va shu kabilarga ahamiyat beriladi.

Qatlamda suv haydash bilan ishlatilayotgan sharoitda quduqning suv bosish ehtimolligi albatta inobatga olinadi. SHuning uchun dastlabki bosqichda quduqning imkoniyatlaridan tg’la foydalanishga xarakat qilinsa, undan keyingi bosqich-larda esa quduqqa haydalayotgan suvning yaqinlashganini (umuman chegaraning yaqinlashganini) inobatga olib, undan olishni chegaralash tavsiya etiladi. SHu chora bilan quduqni shiddatli suv bosishdan saqlash va uning ishlash muddatini chg’zish imkoniyati yaratiladi. Undan keyingi bosqichda esa qatlamning aksariyat qismiga suv keladi. SHunda ichki qatorlardagi quduqlardan neft olishni jadallashtirish taqozo etiladi. Oxirgi bosqichda esa olishni jadallashtirish notekis kollekorlarni durustroq yuvish imkonini beradi va tg’xtatilgan quduqlar hisobiga biroz olishni ta’minlash imkonini beradi.

Agar juda notekis kollektorlik xususiyatlariga ega bg’lgan hamda yuqori kg’rsatkichli qovushqoqlikka ega bg’lgan neftli ob’ekt qazib chiqarilayotgan bg’lsa, ularda har bir quduqning ishini tartibga solish imkoni bg’lmaydi, chunki dastlabki kunlardan boshlab quduqlar 50 - 80 % suv bilan ishlaydi va shu muddat uzoq davom etadi. Bunda qazib chiqarishni tartibga solish quduqlar guruhi bilan amalga oshiriladi. Loyihadagi mahsulotni olishga erishish uchun quduqlardan uzoq muddat jadallik bilan suyuqlik olinadi, tabiiy, bunda suvning miqdori kg’p bg’ladi, lekin shunga qarab uning tarkibida neft ham ortadi. SHundagina biz qatlamning mg’ljallangan neft beruvchanligiga erishishimiz mumkin.

Qazib chiqarish jarayonini tartibga solish sharoitida qatlam bosimining undagi tg’yinganlik bosimiga munosabati ham g’rganiladi va uning pasayishi kuzatiladi. Lekin bg’lganda bosim pasayib ketib erigan gaz rejimi namoyon bg’lmasligi uchun ba’zan quduqlardan olinadigan mahsulot chegaralanadi. Natijada biz qatlam bosimini tg’yinganlik bosimi kg’rsatkichidan taxminan 10% ortiq holda ushlab turishga erishuvimiz lozim bg’ladi.




Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish