Ish haqi nazariyasi.
Xuddi fiziokratlarga o’xshab, A.Tyurgoning tasdiqlashicha, dehqon barcha
ishlarda birinchi harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi; u o’z erida barcha
hunarmandlarning ish haqini yaratadi. Ish haqiga nisbatan ko’proq ishlab chiqaruvchi yagona mehnat - bu dehqon mehnatidir. U merkantilistlarni tanqid qilgan holda, millatning boyligi deb, eng avvalo, erni va undan olinadigan «sof daromadni» hisobladi.
A.Tyurgo ish haqini, F.Kene kabi, yashash vositalari minimumiga bog’lab
tushuntiradi. Ammo A.Tyurgo undan farqli ravishda ish haqining yashash vositalari minimumiga kelib taqalish mexanizmini ochib bermoqchi bo’ldi. Ish haqini ishchining hag’ti uchun zarur bo’lgan yashash vositalari minimumi darajasiga pasaytiruvchi bunday mexanizm, uning fikricha, mehnatga bo’lgan talabning mehnat taklifidan orqada qolib ketishi, ishchilar o’rtasidagi raqobatning rivojlanmaganligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |