A toshmatov, sh sh. Magzumova



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

uzuq-yuluqligi,
tuturuqsizligi 
shakllanayotgan defekt holatidan darak beradi. Bunda bemorlaming nutqi 
to'g'ri jumlalardan tuzilgan bo'lsaxam, mantiqsiz, tushunish qiyin bo'lgan 
alohida so'z va bo'g'inlaryig'im idan iborat bo'ladi.
Ezma (batafsil) fikrlash
ko'pincha miyaning organik shikastlanishi 
yoki epilepsiya kasalligi borligidan xabar beradi. U nutqning sekinlashuvi, 
inertligi, ezmalik bilan namoyon bo'ladi; bemorlar kam ahamiyatli 
narsalarga to'xtalib, muhimni ikkinchi darajalidan ajrata olmaydilar. 
Paralogik fikrlash
o'ta qimmatli va vasvasa g'oyalarga moyillikdan dalolat 
beradi, haqiqatga, m antiqqa («qiyshiq mantiq») qaram a-qarshi fikrlar 
tuziladi. 
Simvolizjnda
chiqarilgan xulosalar ixtiyoriy so'z yoki hodisalarga 
asoslangan bo'lib, ularga alohida, faqatgina bitta odam uchun tushunarli 
bo'lgan m a’no beriladi. 
Rezonerlik
— quruq safsatabozlik, mahmadonalik, 
yangi fikrning yo'qligi bilan tavsiflanadi. Rezonerlik, paralogizm, 
simvolizm, autizm shizofrenik o'ziga xos fikrlashdan dalolat beradi, bu 
ko'pincha vasvasa g'oyalar shakllanishi bilan qo'shilib keladi.
Vasvasa
— bu kasallik zaminida kelib chiquvchi, tahrirga berilmaydigan, 
haqiqatdan yiroq, tanqid saqianmaydigan noto'g'ri fikrlardir. Vasvasa 
g'oyalar mazmuni (munosabat, ta ’qib, zaharlanish, begona ota-ona, 
dismorfomaniya — «majruhlik», ixtirochilik, sahnalashtirish, ruhiy yoki 
jismoniy ta’sir, buyuklik, jodulanish, o 'z-o 'zin i ayblash, gunohkorlik, 
zarar, rashk va h.k.) va klinik (birlamchi, ikkilamchi, indutsirlangan, 
rezidual va h.k.) bo'yicha turli xil bo'ladi.
Vasvasa g'oyalarni tashxislash qiyin. Vasvasa fikrlar shakllanganligini 
bemoming shubhali, sergak qarashi, yakkalanishi, psixologik tushunarsiz 
xulqidan anglash mumkin. Bemorlar atrofni kuzatib, ta’qib qiluvchilardan 
bekinadilar, uydan tashqariga chiqmaydilar, ovqatlanishdan bosh tortadilar; 
yaqinlarini o'zlariga yomon munosabatda bo'layotganliklarida ayblaydilar, 
sababsiz turmush o'rtoqlarini rashk qiladilar; ularga nur, elektr toki, 
sehrgarlik bilan ta’sir qilishayotgani, boshqarayotganliklari, organizmda 
o 'zg arish lar chaqirib, ularni kasal qilayotganliklari, buyum larni 
o'g'irlayotganliklarini ta ’kidlaydilar; o'zlarini oilaning baxtsizliklarida
2 8


aybdor deb hisoblaydilar, o ‘zlarini oMdirishga intiladilar, «abadiy 
dvigatel»ni kashf etadilar, barcha muassasalarga shikoyatlar yozadilar; 
imkoniyatlarini yuqori baholab, o ‘zlarini buyuk inson, payg‘am bar, 
avliyo, olim, dohiy deb hisoblaydilar. Odatda, vasvasaning m azm uni 
sotsium m uam m olarining «qiyshiq oynasi» hisoblanib, bem orning 
intellekti, m a’lumoti, madaniyati, uni o ‘rab tuigan muhitga bog‘liq bo'ladi. 
Agar vasvasa g'oyalar bem orning atrofidagilarga qaratilgan bo'lsa, bu 
ijtimoiy jihatdan, ayniqsa, xavfli hisoblanadi.
Shilqim fikrlar (obsessiyalar)
— beixtiyor yuzaga keluvchi, asoslaming 
ichki kurashuvi bilan kechuvchi, bem orni qiynoqqa solib, holdan 
toydiruvchi fikrlardir. Lekin ular, o d atd a, hech qach o n am alga 
oshirilmaydi, tanqid va o ‘z harakatlarini nazorat qilish saqlanadi.
Shilqim holatlarturlicha bo'ladi: fikrlar, shubhalar, xavotirlar, istaklar, 
xotiralar, tasaw urlar, qo'rquvlar (fobiyalar), harakatlar (rituallar).
Shilqim holatlar sog'lom odam larda ham uchrashi m um kin, lekin 
bu holatlar qisqa vaqt davom etadi, tibbiyot aralashuvini talab qilmaydi, 
hay o t tarz in in g o 'z g a rish ig a sabab b o 'lm a y d i, ish q o b iliy atin i 
pasay tirm ay di. P ato lo gik shilq im h o la tla r b e m o rn in g h a y o tin i 
o'zgartiradi, ehtiyotkorona turm ush tarzi, o ‘zini olib q o ‘chuvchi xulq 
shakllanadi. Masalan, ular metroda yurmaydilar (klaustrofobiya), doimo 
q o ‘llarini yuvib, eshik tutqichlarini ushlam aydilar (m izofobiya), ko‘p 
marotaba eshik yopiqligi, yorug‘lik o'chirilganini tekshiradilar, balkonga 
chiqmaydilar (balandlikdan qo‘rqish), o'zlaridan pichoq va sanchqilarni 
yashirib q o 'y ad ilar; zin a p o y a la rn i, m ashina raq am larin i tin m ay
sanaydilar, o ‘ziga xos harakatlar (rituallar) qiladilar, beixtiyor yuzaga 
kelgan noto‘g‘ri (masalan, shirk keltiruvchi) fikr, istak, tasaw urlaridan 
o‘zlarini aybdordek his etadilar. Ko'pincha shilqim holatlaming intensivligi 
biror m ashg'ulot bilan shug'ullanilganda, m as’uliyatli vazifa bajarila- 
yotganda kamayadi. Lekin mazkur patologiya cho'zilgan kechishga moyil 
va ko‘pincha davolanishga qiyin beriladi.
Katta tibbiyot hamshirasi tibbiyot xodimlarining e ’tiborini 

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish