A team of politicians


Пелопоннес уруши ва дипломатия



Download 0,8 Mb.
bet21/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

17.Пелопоннес уруши ва дипломатия.
PELOPONNES URUSHI (mil. av 431—404-y. lar) — Yunoniston tari-xidagi eng yirik urush; yunon polislari ittifoklari: Delos (Afina boshchiligida) va Peloponnes (Sparta boshchiligida) oʻrtasida sodir boʻlgan; butun Yunoniston va Jan. Italiyadagi yunon shaharlari va Sitsiliyani qam-rab olgan. 404-y. quruqlik va dengizdan qamal qilingan Afina taslim boʻlgan. Sulh shartlariga koʻra, Delos ittifoqi tarqatib yuborilgan. Afina Spartaga floti (12 qoʻriqchi kemadan tashqari) ni topshirgan, Afina va Pirey is-tehkomlari yoʻq k,ilingan, Yunon dun-yosida Spartaning gegemonligi tan olingan. Afinada «oʻttiz tiran» oli-garxik tuzumi oʻrnatilgan.
Uzoq davom etgan Fors urushlari davrida ular dushmanlarga qarshi birgalikda kurashgan bo'lishsa-da, keyinchalik bu aloqalar yanada keskinlashdi. Yunonistonga qarshi yunon, Peloponnes urushi ikki tomonni Makedoniyaning etakchisi Filip va Aleksandr boshqaradigan davlatga olib borgan.
Peloponnes urushi ikki guruh yunon ittifoqchilari orasida jang qildi. Birinchisi, Peloponnes ligasi edi, Sparta uning rahbari edi.
Boshqa lider Afina, Delian ligasini boshqargan.

18.Александр Македонскийнинг (Искандар) ташқи сиёсати ва дипломатияси..
ALEKSANDR, Iskandar Maqduniy (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella — 323.13.6, Bobil) — makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi. Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning oʻgʻli. Aristoteldan taʼlim olgan, harbiy ishni otasidan oʻrgangan. 336-y. Filipp II fitnachilar tomonidan oʻldirilgach, Makedoniya taxtiga oʻtirgan. 334-y. A. Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan boʻlib, uning oʻlimi tufayli toʻxtab qolgandi.
Aleksandr qoʻshinida sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va b., shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kema boʻlgan. A. Granik (334-y.), Iss (333-y.) va Gavgamela (331-y.) janglarida Doro III qoʻshinlarini yenggan. A. Eronning markaziy shaharlari — Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana hamda Misrni egallagan. Aleksandr 329-y. Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib oʻtib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qoʻlga olinib, qatl etilgan. Soʻng, Aleksandr Samarqand (Marokanda) ni egallab, Sirdaryo tomon yoʻl oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning Oʻrta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan.
Usrushonadagi yettita shahar-qalʼa Aleksandrga qattiq qarshilik koʻrsatgan. Bularning ichida eng kattasi — Kiropol boʻlib, Kir II uni boshqa shaharqalʼalarga nisbatan baland devor bilan oʻrattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining koʻpchilik qismi, eng jangovar jangchilar toʻplangandi. Aleksandr shahar atrofiga xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi boʻlgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan oʻtgan quruq daryo oʻzani orqali oʻzining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari oʻrtasida shiddatli jang boʻlgan. Unda Aleksandr boshi va boʻyniga tosh tegib yarador boʻlgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va b.) kamon oʻqidan shikastlangan. Makedon qoʻshini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok boʻlgan, qolgani ichki qoʻrgʻonga yashiringan, soʻng tashnalikdan qiynalib taslim boʻlgan. Makedon qoʻshini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik b-n egallagan. Aleksandr mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u oʻz jangchilariga asir olingan kishilarni boʻlib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan.
A. Sugʻdiyonada Spitamen qoʻzgʻolon koʻtarib, Marokandani qamal qilgani (q. Spitamen, Spitamen qoʻegʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qoʻshin unga yordamga yetib kelgani haqida xabardor boʻlgach, qoʻzgʻolonchilarga qarshi 2000 kishilik qoʻshin joʻnatib, oʻzi saklar tomon qoʻshin tortgan (q. Tanais daryosi boʻyidagi jang). Mazkur qoʻshin tor-mor keltirilgach, Aleksandr shaxsan oʻzi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha taʼqib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, koʻplab qishloq va qalʼalarni vayron qiladi, ekinzor, bogʻ-rogʻlarni payhon etadi.
Aleksandr mil. av. 329—328-y. lar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da oʻtkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib oʻzaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328—327-y. boshida Sugʻdiyonadagi togʻlar ustida joylashgan qalʼalardagi qoʻzgʻolonchilarni boʻysundirishga juda koʻp kuch sarflaydi, ularni magʻlub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (q. Soʻgʻd qoyasi, Xoriyen kalʼasi va b.). Mil. av. 327-y. yozida Aleksandr soʻgʻdlik Oropiyni Soʻgʻdiyona hokimi etib tayinlab, oʻzi Hindistonga yurish qiladi-da, Gidasp daryosi (Hind d. irmogʻi) sohilida katta qiyinchilik b-n podsho Por qoʻshini ustidan zafar qozonadi. Shu tariqa A. Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurishni davom ettirmoqchi boʻladi. Biroq safar va kasallik azobidan holdan toygan qoʻshinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch keladi. Shu bois A. Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmogʻi) boʻyidan ortga qaytishga majbur boʻladi.
Aleksandr oʻz davlatining poytaxti qilib Bobil sh. ni tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik koʻrish asnosida bezgak kasaliga yoʻliqib, vafot etgan.
Aleksandr yurishlari natijasida vujudga kelgan ulkan saltanat hududi Hind daryosidan Dunayga qadar choʻzilgan boʻlib, u qad. dunyoning eng yirik davlati edi. Lekin mustahkam ichki aloqalari boʻlmagan bu saltanat Aleksandr vafot etgach, tezda parchalanib ketgan va uning hududida bir qancha ellinistik davlatlar vujudga kelgan.
Aleksandr harbiy sanʼat tarixida yirik sarkarda sifatida mashhurdir. Qadim zamonlardan (mil. av. 200-y.) A. haqida koʻplab rivoyat, afsona, doston va miniatyuralar yaratilgan. Ular oʻrta asr adabiyotiga ham kirib kelgan.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish