109. Ироқ масаласи ва халқаро муносабатлар. 1948-yilning 15-yanvarida Buyuk Britaniyaning Portsmut shahrida imzolangan shartnoma , urush xavfi paydo bo‘lgan chog‘da Buyuk Britaniya Iroqni ishg‘ol etish huquqini oldi. Amalda Buyuk Britaniya irodasiga bo‘ysungan qirol hukumati Iroqni harbiy-siyosiy ittifoqqa tortdi. Shu ittifoq 1955-yilning 12-oktabrida rasmiylashdi va bu Bag‘dod pakti nomi bilan ataldi. Qirol hokimiyatining amalda G‘arb davlatlari irodasini bajaruvchiga aylanishi mamlakat harbiylari orasida norozilik tug‘dirdi. 1956-yilda harbiy qismlar orasida «Erkin zobitlar» tashkiloti tuzildi. 1958-yilning 14-iyulida harbiy to‘ntarish amalga oshirildi. Mamlakat qiroli Feysal II o‘ldirildi. Iroq Respublika deb e’lon qilindi. Polkovnik Abdul Karim Qosim boshchiligida hukumat tuzildi. Iroq Bag‘dod paktidan chiqdi. Chet el harbiy bazalari tuga- tildi. Sentabr oyida agrar islohot to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Ayni paytda Abdul Karim Qosim mamlakatda shaxsiy diktatura o‘rnatishga intildi. Muxolifatchi kuchlarni qatag‘on qilish siyosatini yuritdi. Tashqi siyosatda esa Quvaytga nisbatan hududiy da’vo bilan chiqdi. Bu hol uning arab dunyosida yakkalanib qolishiga olib keldi. Mamlakatda hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Buning natijasida 1963-yilning 8-fevralida navbatdagi harbiy to‘ntarish o‘tkazildi. Abdul Qosim va uning yaqin tarafdorlari o‘ldirildi. Hokimiyat tepasiga Baas partiyasi (Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi) va Abd as- Salom Arafa boshchiligidagi harbiy guruh keldi. Arafa prezident deb e’lon qilindi. Ammo u ham mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti xususida turli siyosiy guruhlar birligini ta’minlay olmadi. Mamlakatda siyosiy beqarorlik davom etdi. Kurd muammosi ichki vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday sharoitda Arafa 18-noyabr kuni yangi davlat to‘ntarishi o‘tkazdi va butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. U mamlakatda «arab sotsializmi» qurishini e’lon qildi. Yagona siyosiy partiya — Iroq arab sotsialistik ittifoqi tuzildi. Boshqa partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ichki siyosatdagi chet el kapitaliga qaram kompaniyalar milliylashtirildi. Kurd separatchilari bilan harbiy hara- katlarni to‘xtatish haqida bitimga erishildi. Biroq muxolifat kuchlarga qarshi qatag‘on kuchaytirildi. Tashqi siyosatda qo‘shni arab davlatlari bilan munosabatlar normal- lashtirildi. Lekin Arafa hukumati davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. Buning asosiy sababi harbiy xarajatning ko‘paytirilganligi bo‘ldi. 1967-yilgi Isroil agressiyasi mamlakat iqtisodiy ahvolini yanada murakkab- lashtirdi. Bu hol armiyadagi turli xil guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurashni yanada kuchaytirdi. Va, nihoyat, 1968-yil 17-iyul kuni harbiylar yana navbatdagi davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar. Taqiqlangan Baas partiyasi yana hokimiyat tepasiga keldi. Bu voqea siyosiy adabiyotlarga «Iyun inqilobi» nomi bilan kirgan. General Ahmad Hasan al-Bakr prezidentlik lavozimini egalladi. Yangi hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini yaratish yo‘lini tutdi. Radikal agrar islohot o‘tkazishni, kurd muammosini tinch yo‘l bilan hal etishni e’lon qildi. 1972-yilda katta yer egalaridan ortiqcha yerlarni olish vazifasi nihoyasiga yetkazildi. Shu yil 1-iyunda «Iroq petroleum» neft kom- paniyasi milliylashtirildi. Keyingi yillarda barcha neft sanoati milliylashtirildi. 1973-yilda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun turli siyosiy kuchlarni birlashtirgan Taraqqiyparvar milliy vatanparvarlik fronti tuzildi. 1974-yilda kurd xalqi muxtoriyatni amalga oshirish haqida qonun qabul qildi. Muxtoriyat hududida kurd tili rasmiy til deb tan olindi. Tashqi siyosatda arablar birligiga ko‘maklashish oldingi o‘ringa chiqdi. Xususan, Iroq 1973-yilda Suriyaga Isroil agressiyasini qaytarishda yordam berdi. Uning armiyasi Damashqning Isroil qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratishida muhim rol o‘ynadi. Ayni paytda SSSR bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. Bu yaqinlashuv 1972-yilda ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma bilan mustahkamlandi. SSSRning yordami bilan Iroqda 80 ta iqtisodiy obyekt qurildi. 1979-yil oxirida hokimiyatni general S. Husayn egalladi. U mamlakat- da diktatura o‘rnatdi. Muxolifatchi kuchlar faoliyati taqiqlandi. Iroqni «qudratli» davlatga aylantirishga kirishdi. Harbiy xarajat har qachongidan ham oshirildi. Million kishilik armiya barpo etildi. Iroqning qudrati qo‘shni davlatlarni tashvishga solib qo‘ydi. Chunki avantyurist S. Husayndan hamma narsani kutish mumkin edi. Chunonchi, 1980-yilda u Eronga hududiy da’vo bilan chiqdi. Bu hol Iroq — Eron urushini keltirib chiqardi. Urush 8 yil davom etdi. Har ikki tomon minglab qurbon berdilar. Katta iqtisodiy talafot ko‘rdilar. Iroq maqsadiga erisha olmadi. Eron o‘z hududi daxlsizligini himoya qila oldi. 1990-yil avgustida S. Husayn yana bir avantyuraga qo‘l urdi. U Quvaytni bosib olish maqsadida armiyasini bu mamlakatga kiritdi. Biroq xalqaro hamjamiyat bunga befarq qarab turmadi. BMT Xavfsizlik Kengashi Iroq rahbariyatidan qo‘shinini Quvaytdan olib chiqib ketishni talab qildi. Ammo bu talab bajarilmadi. Bu esa Iroqqa qarshi davlatlar ittifoqining tuzilishiga olib keldi.1991-yilning 17-yanvarida bu ittifoq harbiy kuchlari (asosan AQSH armiyasidan iborat) Iroq armiyasiga hujum boshladi va uni tor-mor etdi. Quvaytning davlat mustaqilligi tiklandi. Ammo S. Husayn Iroqdagi o‘z hokimiyatini va yakka hukmronligini mustahkamlab bordi. Qurollanishni kuchaytirdi. Jahon hamjamiyati Iroqdan ommaviy qirg‘in qurollari ishlab chiqarishga imkon beruvchi manbalarni tugatishni talab etdi. Qaysar S. Husayn bu haqli talabni inkor etdi. Bunga javoban Iroqqa nisbatan iqtisodiy sanksiya chorasi ko‘rildi. Unga ko‘ra, Iroq neftini sotish minimum darajada cheklab qo‘yildi. Xalqning ahvoli og‘irlashdi. AQSH Iroqni harbiy kuch yordamidagina xalqaro huquq normalarini hurmat qildirish mumkin, deb hisobladi va 2003-yil iyun oyida Angliya ko‘magida Iroqqa hujum boshlab, S. Husaynni tor-mor qildi. Koalitsiyachilar hamon o‘z qo‘shinlarini Iroqda saqlab turibdilar. AQSH Iroqning butun boyligiga, ayniqsa, katta miqdordagi neftiga ega bo‘ldi. Iroqda vaziyat keskin bo‘lib, kelgindilarga qarshilik ko‘rsatish to‘xtamayotir. Xalq esa urush jarohatlarini tiklamoqda. 2006-yil noyabrda S. Husayn o‘limga hukm qilindi. Bosh vazir Ayyad Alaviy amerikaparast siyosat yuritmoqda.