1947-yilda Buyuk Britaniya Hindistonga musta- qillik berishga qaror qildi. Biroq inglizlar Hin- distondan chiqib ketish oldidan uni diniy belgiga ko‘ra ikkiga — Hindiston va Pokistonga — bo‘lib yubordilar. Shu tariqa keyinchalik qator qurolli to‘qnashuvlarga olib kelgan Hindiston — Pokiston mojarosiga zamin yaratildi. Bu mojaroda SSSR Hindiston tarafini olaboshladi.1971-yilda Hindiston — Pokiston davlatlari o‘rta- sida yana urush boshlandi. Bunga Pokistonda boshlangan bo‘linish jarayoni bahona bo‘ldi. Pokiston G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linar edi. Ularni Hindiston hududi ajratib turardi. Sharqiy Pokistonda aholi ko‘p bo‘lsa-da, uni G‘arbiy Pokiston vakili boshqarar edi. Bu hodisa keskin norozilik keltirib chiqardi. Sharqiy Pokiston keng muxtoriyat talab eta boshladi. Biroq hukumat bunga rozi bo‘lmadi. Natijada Sharqiy Pokistonda separatchilar harakati kuchaydi. Hindiston separatchilarga yordam uchun o‘z armiyasini yubordi. Buning oqibatida Sharqiy Pokiston ajralib chiqdi va u yerda mustaqil Bangladesh davlati tashkil etildi. Bu urushda SSSR Hindistonni qo‘llab-quvvatladi. Bu davlatlar o‘rtasida 1965-yilning o‘zida ikki marta qurolli to‘qnashuv yuz berdi. SSSR bu ikki davlat munosabatlarini normallashtirish uchun barcha diplomatik choralarni ko‘rdi. 1966-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida Hindiston bosh vaziri L. B. Shastri va M. Ayubxon o‘rtasida ikki davlat munosabatlarini normal- lashtirish haqida kelishuvga erishildi. Biroq Pokistonda ichki vaziyat beqarorligicha qolaverdi. Buning asosiy sababi — mamlakatning iqtisodiy qoloqligi oqibatida aholi turmushi past darajada qolayotganligi edi. Mamlakatni ish tashlash, namoyish to‘lqini qamrab oldi. Ayni paytda Sharqiy Pokistonda milliy harakat kuchaydi. Repressiya vaziyatni yanada keskinlashtirdi, xolos. Mamlakatda vujudga kelgan chuqur siyosiy tanglik 1969-yilning 25-martida M. Ayubxonni iste’fo berishga majbur etdi. Hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni general Yahyoxon qo‘liga o‘tdi. U mamlakatda harbiy holat joriy etdi. Biroq bu siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermadi. 1970-yil dekabrda Pokiston tarixida birinchi marta umumxalq saylovlari o‘tkazildi. Mamlakat- ni demokratik asosda qayta qurish dasturi bilan chiqqan partiyalar — Sharqiy Pokistonda M. Rahmon boshliq «Avomi liga», G‘arbiy Pokistonda
Z. A. Bxutto boshliq Xalq partiyasi g‘alaba qildi. Lekin hokimiyatga
birdaniga kelolmadi. Hukumat repressiya boshladi. Bunga javoban, 1971-
yilda Sharqiy Pokistonda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. 26-mart kuni
Sharqiy Pokiston hududida Bangladesh Xalq Respublikasi tuzilganligi e’lon
qilindi. Bu harakatni Hindiston qo‘llab-quvvatladi. Oqibatda Pokiston —
Hindiston urushi yuz berdi. Bu urushda Pokistonning g‘arbiy frontdagi
armiyasi yengildi, Bangladeshdagi armiyasi esa taslim bo‘ldi. Mag‘lubiyat
Yahyoxon harbiy diktaturasining qulashiga olib keldi. Shu tariqa fuqarolik
hukumati tuzilishiga yo‘l ochildi. 1971-yil 20-dekabrda Pokiston Xalq