A team of politicians


Англия-Германия қарама-қаршилигининг юзага келиши



Download 0,8 Mb.
bet73/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

70. Англия-Германия қарама-қаршилигининг юзага келиши.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan bo'Iib olish uchun bo'lgan kurash Yevropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi. Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya, Fransiya va chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Yaponiya, Amerika Qo'shma Shtatlari va boshqa davlatlar qo'shildilar. Davlatlarning mazkur ikki guruhi o'rtasida mustamlakalarni bo'lib olish, ta'sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan kuchlarning yangicha o'zaro nisbatiga mos ravishda yangi jahon tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning o'ziga xos
xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki hali bo'lib olimnagan yerlarni qo'lga kiritish uchim intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu - dunyoni qaytadan bo'lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida imtiyozlarga ega bo'lish uchun kurash edi. XX asr boshlarida Germaniya qudratli jahon davlatiga aylandi va mustamlaka yerlardan o'z ulushini talab qila boshladi. U Britaniya imperiyasi uchun jiddiy xavfga aylan-di. Kuchli nemis dengiz flotining yaratilishi Britaniya imperiyasining mavqeiga ham zarba edi. Chunki Angliyaning dengizlardagi ustunligi mustamiaka yerlardagi hukmronligining barqarorligini kafolatlar edi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarga da'vosi bu qifadagi fransuz va inglizlarga qaram yerlarga ham xavf tug'dirardi. Nihoyat, Germaniyaning Sharqiy O'rta Yer dengizi mamlakatlariga kirib keiishi va Turkiyada hukmron bo'lib olishi Angliya va Fransiyaning Osiyodagi mustamla-ka yerlariga o'tishida asosiy qatnov yo'li bo'lgan Suvaysh kanalini zarba ostida qoldirar edi. Germaniyaning o'sib borayotgan sanoati hamma joyda ingliz sanoati mahsulotlarini siqib chiqarmoqda, boshqacha qilib aytganda, Germaniya Yevropada yakka hukmroiilikka ochiqdanochiq da'vogarlik qilmoqda edi. Bularning ham-masi Angliya va Fransiyani Germaniyaga qarshi birlashishga majbur qildi. Ular Germaniyaning jahon miqyosida yuksalishiga yo'1 qo'ymaslikka intilar edilar. 1904-yil aprel oyida Angliya va Fransiya o'rtasida so'nggi «bo'sh», ya'ni hali egallanmagan yerlarni bo'lib olish va ularni birgalikda himoya qilish haqida bitim imzolandi. U Antanta ittifoqi deb nomlandi (fransuzcha entent - samimiy). Ana shu bitim tufayli mustamlaka masalalari bo'yicha ingliz-fransuz ziddiyatlari bartaraf etildi va harbiy ittifoq yo'li ochildi. Ammo endi Germaniyani to'xtatish qiyin edi. U mus-tamlaka yerlardan o'z ulushini, Osiyoda bozorlar ochishni va jahon bozorida teng imkoniyatlar yaratilishini talab qil-moqda edi. Germaniyada armiyani qayta qurollantirish, harbiy-dengiz flotini kuchaytirish dasturi amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan urushga kuchli hozirlik ko'rilmoqda edi. Bunga javoban ingliz hukumati ham harbiy-dengiz flotini qayta
qurish va uni yangi joyga ko'chirish dasturini amalga oshirishga kirishdi. 1912-yildagi parlament qaroriga ko'ra, Angliya Germaniya tomonidan qurilgan har bir harbiy kemaga javoban ikki harbiy kema qurishi zarur edi. Angliya Rossiyani ham Antantaga jalb etishga ahd qildi. Chunki Rossiyasiz Germaniyaga qarshi kurashda bo'lib chiqish mumkin emas edi. 1907-yil 31-avgustda Osiyodagi ta'sir doiralarini bo'lib olish haqida ingliz-rus bitimi imzolandi. Mazkur bitimga ko'ra, Eron uch ta'sir hududi-ga bo'lindi: mamiakat shimoli - rus ta'sir hududi, janubi - ingliz ta'sir hududi, mamlakat markazi esa betaraf hudud deb qabul qilindi. Rossiya Afg'onistonni o'z ta'sir doirasi-dan chetda deb tan oldi va Afg'oniston bilan barcha munosabatlarni faqat ingliz hukumati orqali olib borishga rozi bo'ldi.Rossiya va Angliya Tibetning ichki ishlariga aralash-maslikka, uning hududiy butunligini buzmaslikka va u bilan hamkorlikni faqat Xitoy hukumati orqali amalga oshirishga kelishib oldi. 1907-yil bitimi ikkala mamlakatning Osiyodagi keskin ziddiyatlarini vaqtincha bartaraf etdi. Ayni paytda, Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya ishtirokida-gi Uchlar ittifoqiga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya tarkibidagi Uchlar kelishuvini yuzaga keltirdi. Urush boshlangach, Italiya betaraf bo'lib turdi. Ammo 1915-yil may oyida Afrikadan mustamlakalar va Bolqondan yer berish, shuningdek, 50 million funt sterling zayom ajratish haqida Antantadan va'da olgach, Uchlar ittifoqi haqidagi shartnomadan chiqdi va 23-mayda AvstriyaVengriyaga urush e'lon qildi. Rossiya asosan Bolqon muammosi keskinlashganligi tufayli Uchlar kelishuviga qo'shildi. Rossiyaning rus-yapon urushida mag'lubiyatga uchraganidan foydalanib Avstriya-Vengriya o'zining Bolqon yarim orolidagi ta'sir doirasini kengaytirishga kirishdi. 1908-yilda Avstriya-Vengriya Germaniya yordamida Bosniya va Gersegovinanl o'ziga qo'shib oldi. Natijada Serbiya dengiz portlariga chiqolmay, tashqi dunyodan butunlay uzilib qoldi. Bu voqealarga javoban serb xalqi junbushga keldi. Taxt vorisi shahzoda Georgiy boshchiligidagi radikal kuchlar Avstriya-Vengriyaga qarshi urush ochishni talab qildilar. Rus hukumati Serbiyani
qo'llab-quvvatlar edi. 1912-yili Rossiya homiyligida Avstriya-Vengriya va Turkiyaga qarshi Bolqon davlatlari ittifoqi tuzildi. 1912-1913-yillardagi Bolqon urushlari Serbiyaning kuchayishiga sabab bo'ldi va u eng qudratli Bolqon davlatiga aylandi. Bu esa Avstriya-Vengriyaning javob harakatlariga hamda Serbiya bilan munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi. 1914-yili Bolqon yarim orolida, bir tomondan, Rossiya qo'llab-quvvatlayotgan Serbiya bilan, ikkinchi tomondan, Avstro-Vengriya, Bolgariya va Turkiya o'rtasida urush chiqishi aniq bo'lib qoldi. Ikkala harbiy itifoq ham urushga hozirlik ko'rmoqda edi. 1912-yilda Angliya va Fransiya hukumatlari o'zaro yozishmalar natijasida «...hujumning oldini olish va tinchlikni ta'minlash uchun birgalikda harakat qilish» majburiyatini oldilar. Ikki mamlakat o'zining barcha harbiy tadbirlarini Germaniyaga qarshi harbiy operatsiyalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutgan holda rejalashtirishi ta'kidlangan edi. Harbiy-dengiz shtablari o'rtasida imzolangan konvensiyaga ko'ra, Angliya Fransiyaning Atlantika dengizi sohillarini himoya qilishni, fransuz floti esa O'rta Yer dengizida ingliz manfaatlarini muhofaza qilishni o'z zimmasiga oldi. Ikkala harbiy ittifoqda ham qurol-yarog'larning yangi turlari yaratildi, o'ta qudratli harbiy kemalar qurildi. Jumladan, Angliyada tarixdagi ilk tanklar yasaldi. Germaniyada kimyoviy urushga tayyorgarlik borar, zaharlovchi moddalar ishlab chiqarilmoqda edi. Barcha mamlakatlarda pulemyotlarning eng yangi turlari ixtirosi ustida ish olib borildi, harbiy samolyotlardan foydalanishga hozirlik ko'rildi. 1914-yil yozida Germaniya qayta qurollanish jihatidan Antanta mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik bo'yicha Rossiya va Fransiyani ortda qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovar holatga keltirish rejasi 1914-yil 31-martdayoq tayyorlab qo'yilgan edi. Germaniya keng miqyosli urush harakatlari olib borishga tayyor edi. Temir yo'llarning har-biy ish jadvali tasdiqlangan, a'lo darajada ta'lim olgan oflt-serlar tarkibi tayyorlangan, zaxira okruglar tashkil etilgandi. Butun armiya o'ta qudratli va uzoq masofaga otadigan og'ir dala to'plari bilan qurollantirildi. Germaniya armiyasi qurollari ichida taktik zaharlovchi moddalar paydo bo'ldi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish