#3#Haqiqatda mavjud bo’lgan, kuzatuv jarayoning va kuzatuvchining e’tibori qaratilgan narsa yoki hodisa nima deb ataladi?
A) tavsif qiymat
B) model
+C) obyekt
D) sxema
#3# Izlanish olib borilayotgan sohaning ma’lum talablariga javob beradigan obyekt yoki obyektlar tizimining nusxasi - …
A) obyekt
B) axborot
C) eksperiment
+D) model
#2# Bilish obyektlarini ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasashdan iborat jarayon qanday nomlanadi?
+A) modellashtirish
B) abstraksiyalash
C) axborot modeli
D) modulyatsiya
#2# Abstrakt modellar necha guruhga bo’linadi?
A) 3
+B) 2
C) 4
D) 5
#1# … - bu obyektning turli sharoitlarda ishlash jarayonlarini ifodalash imkonini beruvchi dastur yoki dasturlar majmui.
A) tuzilmaviy-funksional modellar
+B) imitatsion modellar
C) verbal modellar
D) iqtisodiy-matematik modellar
#2# Og’zaki yoki fikr shaklidagi axborot modeli nima deb ataladi?
+A) verbal model
B) imitatsion model
C) biologik model
D) abstrakt model
#1# Obyektni ma’lum vaqt ichida u bilan sodir bo’layotgan o’zgarishlarni hisobga olmasdan aks ettiradigan model turini aniqlang.
A) dinamik model
B) verbal model
+C) statik model
D) funksional model
#2# Nomlar necha turga bo’linadi?
+A) 2
B) 3
C) 4
D) 5
#2# Qaysi turdagi modellar nafaqat turli darajadagi aniqlikda voqelikni aks ettiradi, balki uni taqlid qiladi?
A) ilmiy-texnik modellar
B) tajriba modellari
+C) imitatsion modellar
D) matematik modellar
#3# Turli jonli obyektlar va ularning qismlariga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo’llaniladigan model turini aniqlang.
A) kompyuter tomografiyasi
B) abstrakt model
C) verbal model
+D) biologik model
#3# Qaysi turdagi modellarda obyektning tabiati va tuzilishi asl nusxasi kabi bo’ladi, lekin undan miqdor(o’lcham, tezligi va h.k.) jihatidan farq qiladi?
+A) fizik
B) biologik
C) abstrakt
D) dinamik
#3# Matematik va iqtisodiy matematik modellar qaysi guruhga kiradi?
A) fizik
B) biologik
C) imitatsion
+D) abstrakt
#2# Kompyuter modellarining qanday turlari mavjud?
A) abstrakt, fizik, biologik
+B) tuzilmaviy-funksional, imitatsion
C) o’quv, tajriba, ilmiy-texnik
D) statik va dinamik
#3# … - obyektning vaqt mobaynida o’zgarish jarayonini aks ettiradi.
+A) dinamik modellar
B) statik modellar
C) belgili modellar
D) matematik modellar
#2# Obyektni tadqiq qilish hamda uning bo’lajak tavsiflarini prognozlashtirish uchun qo’llaniladigan model turini aniqlang.
A) o’quv modellari
B) tuzilmaviy-funksional modellar
+C) tajriba modellari
D) o’yin modellari
#1# Qaysi turdagi modellar yordamida ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish, psixologik yordam ko’rsatish, turli vaziyatlarda obyektning harakat qilishini bashorat qilish mumkin?
A) tajriba modellari
B) ilmiy-texnik modellar
+C) o’yin modellari
D) belgili axborot modellari
#3# Ko’rgazmali qo’llanmalar hamda trenajyorlar qanday modellar safiga kiradi?
+A) o’quv modellari
B) tajriba modellari
C) abstrakt modellar
D) o’yin modellari
#2# … - kompyuter texnologiyalari yordamida tavsiflangan obyektning shartli ifodasi.
A) imitatsion modellar
+B) tuzilmaviy-funksional modellar
C) verbal modellar
D) statik modellar
#3# Geogafik xarita, grafik, diagramma va har xil chizmalar qaysi modelga misol bo’ladi?
+A) belgili axborot modeli
B) verbal model
C) dinamik model
D) abstrakt model
#3# Har bir alohida olingan obyekt boshqasidan shu tavsifga mos … bilan farqlanadi.
A) jarayon
B) hodisa
C) model
+D) tavsif qiymati
Do'stlaringiz bilan baham: |