A. Taniyev innovatsion iqtisodiyot darslik


Korxona va ayrim funksional bo‘linmalarning innovatsion jarayondagi rolini kuchaytirish



Download 0,97 Mb.
bet123/141
Sana19.11.2022
Hajmi0,97 Mb.
#868378
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   141
Bog'liq
3 чи Таниев Инновацион иытисодиёт 2020

Korxona va ayrim funksional bo‘linmalarning innovatsion jarayondagi rolini kuchaytirish


Korxonalardagi innovatsion faoliyatning samarali rivojlanishida ilmiy-texnik va marketing xizmatlari etakchi rol o‘ynaydi. Aynan shu bo‘linmalar, innovatsion g‘oyalar asosiy manbasi bo‘lib, innovatsion rivojlanishga bo‘lgan ikki yondashuv
– “texnologik turtki” va bozor talabi (“bozor turtkisi”) ning birligini ta’minlashi lozim.
Marketing bo‘linmalarining birinchi darajali vazifasi – bozorni o‘rganishdir: talab va raqobatni, iste’molchi fe’l-atvori va uning afzal ko‘rishlari dinamikasini, raqobat qiladigan yangiliklar mavjudligi va ularni (ichki va tashqi) bozorda realizatsiya qilish imkoniyatlarini tahlil etish. Innovatsiyalar marketingi yangiliklarni iste’molchi nuqtai nazaridan tahlil qilish, potensial iste’molchi tahlili va bozor muhitini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bozor muhitini o‘rganishda bozor turi, hajmi, raqobat va bozor segmentatsiyasi baholanadi. Yangilikni iste’molchi nuqtai nazaridan tahlil qilish uning yangiligini, tejamliligini, ekologikligini, sifat, narxi va jozibadorligini belgilashni taqozo etadi. Potensial iste’molchini tahlil qilishda bevosita iste’molchiga bog‘liq masalalar o‘rganiladi: uning daromadlari darajasi, ma’naviy-psixologik xususiyatlar, xaridlari motivatsiyasi, tovarga bo‘lgan talablarning shakllanishi va hokazolar. Innovatsiyalar marketingining korxonalar maxsus bo‘linmalari tomonidan olingan va tayyorlangan ushbu ma’lumotlari innovatsion rivojlanishning “bozor turtkisi” ni shakllantiradi.
Korxonalarda innovatsion jarayonni boshqarishda korxonalarning ilmiy salohiyatini shakllantiradigan va ularning innovatsion strategiyasini belgilaydigan ilmiy-texnik bo‘linmalar alohida o‘ringa ega. Ushbu holatda shunday korxonalar nazarda tutilganki, u yerda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlar o‘z bazasi yaratiladi. Hozirgi vaqtda korxonalar innovatsion rivojlanishning turli taktikasini qo‘llaydi. Korxonalarning biri innovatsion rivojlanish uchun nou-xau va litsenziyalarni, ikkinchilari – “texnologiya – uskunalar” paketini, uchinchilari –
mustaqil ITI, KB yoki tashqi venchur tashkilotlarning innovatsion ishlanmalarini qo‘llashni, boshqalari – ichki venchur tashkilotlarini yaratishni afzal ko‘radi. Innovatsion rivojlanishning bunday taktikasini ular innovatsion ishlanmalar o‘z bazasi mavjud emasligi, innovatsion-investitsion xarajatlarning mumkin bo‘lgan minimizatsiyasi, modernizatsiya qilingan va qisman takomillashtirilgan yangiliklarni tezkor o‘zlashtirish va bozorgacha yetkazish zarurati bilan tushuntiriladi.
Hozirgi sharoitlarda innovatsion ishlanmalar sohasida korxonalar xatti –harakatining uch yo‘nalishi mavjud. Birinchi guruh korxonalari – kichik korxonalar va xorijiy mulkdor nazorati ostidagi korxonalardir, o‘z Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarilarini yuritmasdan, tayyor butlovchi uskuna qismlari, litsenziyalar, texnologiyalarni sotib oladi yoki xorijiy namunalar, konstruktorlik va texnologik yechimlarni moslashtiradi. O‘z ishlanmalariga ikkinchi guruh korxonalari, yoki o‘z tadqiqot va konstruktorlik bo‘linmalarini saqlab qolgan, yoki chetdan ilmiy tashkilot va mutaxassislarni jalb etishga mablag‘i bo‘lmagan korxonalar yo‘naltirilgan. Bu yerda bosh konstruktor, bosh texnolog bo‘limlarida, ishlab chiqarish bo‘linmalarida va h.k. larda yig‘ilgan imkoniyatlardan foydalaniladi. Kam hollarda innovatsiyalarni loyihalash bosqichidagi ishlanmalarga marketing xizmatlari jalb etiladi. Korxonalarning innovatsiyalarni loyihalash bosqichidagi hisob-kitob va ishlanmalar bilan shug‘ullanadigan maxsus bo‘linmalar spektri ularning tarkibi va soni kabi kengdir. Bular - o‘z ITI (VPK korxonalari), yangi mahsulot sifati va ishlanmasi laboratoriyalari (oziq-ovqat korxonalari), konstruktorlik va texnik byurolari (mashinasozlik va to‘qimachilik korxonalari) va boshqalar. Yirik ishlab chiqarish komplekslari doirasida faoliyat yuritadigan ilmiy markazlar barivoj bo‘lib chiqdi. Ular tarkibiga kiruvchi korxonalarning ilmiy ishlanmalardagi bo‘lgan ehtiyojlariga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘z konstruktorlik byurosini murakkab iqtisodiy sharoitlarda bu kabi bo‘linmalarni yopishdek umumiy tendensiyasiga qaramasdan yaratish misollari
ham mavjud.
Uchinchi guruh korxonalari ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqa ushlab turadi, lekin ilmiy tashkilotlarning sanoat korxonalardagi innovatsion jarayonda ishtirok etish darajasi va ushbu aloqalar shakllari farq qiladi. Ba’zi korxonalar akademik va soha ilmiy-tadqiqot institutlari, tarmoq o‘quv muassasalari bilan oldingi munosabatlarni saqlashda davom etsa, boshqalari – yangi aloqalarni o‘rnatadi. Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarni bajarish tashkilot va ayrim mutaxassislar o‘rtasidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Faol innovatorchilar uchun eng keng tarqalgan yondashuv – ilmiy-tadqiqot va loyihaviy- konstruktorlik tashkilotlar mutaxassislarini korxona ishlab chiqadigan innovatsion loyihaga texnik hujjatlar tayyorlashga jalb qilishdir.
Innovatsion strategiya nuqtai nazaridan innovatsion ishlanmalar (ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik-texnologik ishlar) ning shaxsiy bazasini yaratish va saqlab qolishga va natijada korxonalar ilmiy salohiyatini shakllantirishga yo‘nalganligi eng istiqbolli ko‘rinadi. Bunday yondashuv to‘g‘riligi haqida respubikamizda innovatsion faoliyat kengayishiga bo‘lgan tendensiya va xorijiy mamlakatlar tajribasi dalolat beradi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ko‘pgina firmalar, o‘z ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari bazasiga ega bo‘lib, nafaqat yangilik (oziq-ovqat, texnologik va b.) yaratish bo‘yicha amaliy tadqiqot va loyihaviy-konstruktorlik ishlanmalarni, balki fundamental tadqiqotlarni ham amalga oshiradi. Shunday qilib, Yaponiyada 1990 yillar o‘rtasida firmalarning 40% ga yaqini innovatsion ishlanmalarning o‘z bazasiga ega edi. Dunyoning yetakchi sanoat kompaniyalarining ko‘pchiligida ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari, innovatsion ishlanmalar va ularni o‘zlashtirishga bo‘lgan xarajatlar sotish hajmining 5 dan 7% gacha va o‘rtacha (ko‘pgina boshqa kompaniyalar uchun) 3-5% ni tashkil etadi. Bunda ushbu xarajatlarning talaygina ulushi fundamental tadqiqotlarga sarflanadi. Masalan, AQSH firmalarida fundamental tadqiqotlarga bo‘lgan xarajatlar ulushi 8% dan ortiq, Yaponiya firmalarida –
16% ga yaqinini tashkil etadi. Yangi mahsulot o‘zlashtirishga mazkur mamlakatlar kompaniyalarida umumiy xarajatlarning mos ravishda 30 va 34%i, amaliy tadqiqotlarga – 36 va 27%i to‘g‘ri keladi. Ushbu va boshqa faktik ma’lumotlar chet elda sanoat kompaniyalari va firmalar o‘z tadqiqot bazasini yaratishi va korxonalar ilmiy salohiyati darajasini oshirishi, ya’ni ilm-fanning zavod sektorini shakllantirishi to‘g‘risida dalolat beradi.
Ilmiy-texnik (innovatsion) ishlanmalar natijalari ularni bajarishning tashkiliy shakllaridan qat’i nazar faqat ishlab chiqarishdagina amalga oshadi, va asosan ularga yangiliklar samaradorligi, tarqalishi sur’atlari va chegaralari bog‘liq. So‘nggi yillarda innovatsion faoliyatning korxonalarida kengayishi tendensiyasi sezilmoqda, bu esa ilmiy-texnik bo‘linmalar tomonidan bajariladigan ishlar xarakteri va mazmunida ham, korxonalarda maxsus laboratoriyalar, byurolar, tadqiqot markazlari, marketing xizmatlarini yaratishda ham ifodasini topmoqda. Yirik korxonalar doirasida yaratiladigan ichki venchur bo‘linmalarni ham shular qatoriga kiradi. Bunday tendensiya kuchayib, barqaror xarakter kasb etadi. Ushbu asosda umumiy ilmiy tizimning tizimostisi bo‘lgan zavod ilm-fan sektori vujudga kelib, shakllanmoqda.
Zavod ilm-fanini (zavod ilm-fan sektorini) korxonalarning ilmiy-texnik bo‘linmalari (tadqiqot, konstruktorlik, tajribaviy, texnologik va b.) majmui sifatida, ularning ilmiy salohiyati (undan foydalanish darajasini hisobga olgan holda), ilmiy, ishlab chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarni amalga oshiradigan, umumiy maqsadlarda – samaradorlikni oshirish va yangiliklar (birinchi navbatda oziq-ovqat yangiliklari)ni qo‘llashda birlashgan boshqa tashkilotlar (ITI, KB, iste’molchilar) bilan aloqalari bilan birgalikda xarakterlash mumkin. Zavod ilm-fani innovatsion faoliyatning “tadqiqotlar – ishlab chiqarish” siklidagi amalga oshirishning real shakli va hozirgi ishlab chiqarishdagi ijtimoiy hodisa sifatida tashkiliy, moliyaviy va huquqiy jihatdan uning maqomini belgilashni talab etadi. Zavod ilm-fan sektori shakllanish va rivojlanish bosqichidadir. Zavod ilm-fan sektorining
umumilmiy tizim tarkibiy qismi sifatida tan olinishi innovatsion jarayonni boshqarishda tashkiliy-boshqaruv va iqtisodiy mazmundagi bir qator murakkab masalalarni qo‘yadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • zavod ilm-fanining korxona va birlashmalar strukturasidagi o‘rnini aniqlash;

  • uning shakllanish prinsiplarini hududiy, sohaviy xususiyatlari va boshqarish usullarini hisobga olgan holda belgilash;

  • o‘z istiqbolli ishlanmalari, chetdagi ITI va KB larining yangiliklarini qo‘llash va joriy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish o‘rtasidagi eng ratsional nisbatni (vaqt, moliyaviy xarajatlar va kadrlar bandligi nuqtai nazaridan) tanlash;

  • ratsional tashkiliy tuzilmani shakllantirish;

  • zavod ilm-fani va uning ayrim tizimostilarining faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini baholash;

  • korxonalarda innovatsion faoliyat rivojlanishi sarf- xarajatlarining asoslangan hisobi-kitobi.

Zavod ilm-fanining innovatsiyalarni boshqarish mexanizmining muhim bo‘g‘ini sifatidagi rivojlanishi nafaqat ilmiy-ishlab chiqarish tizimlarga xos xususiyatlarni hisobga olishga, balki uning shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlariga ham bog‘liq. Bunday shart-sharoitlarga quyidagilar kirishi mumkin:

  • ilm-fanning ishlab chiqarish va ijtimoiy funksiyalarini kuchaytirish;

  • “ilm-fan – ishlab chiqarish” siklining ilmiy-texnik faoliyatni tashkil etishning zavod shaklida tugallanganligi;

  • innovatsion ishlanmalarining ishlab chiqarish-iqtisodiy tizimlar (korxonalar, birlashmalar, aksioner jamiyatlari, moliya- sanoat guruhlari) ning umumiy strategiyasi bilan yaqindan bog‘lanish zarurati;

  • ishlanmalar hajmi va ularning amaliy qo‘llanilishi, tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish sur’atlarining orqada qolishi o‘rtasida mos kelmaslik;

  • ITI va KB larda bajarilgan ishlanmalarning real ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olishdan nisbatan uzib ketishi, bu esa ko‘pincha ularni o‘zlashtirish jarayonini murakkablashtirib, ommaviy keng tarqalishi muddatlarini cho‘zadi;

  • korxona (birlashma)larning uskuna, qurilma va asboblaridan eksperimental va tajribaviy-ishlab chiqarish ishlari uchun foydalanish imkoniyati;

  • ish bosqichlari o‘rtasida bog‘lanish va moslashish davrining qisqarishi, yuridik xarakterdagi qiyinchiliklarining bartaraf etilishi;

  • ishlanmalar natijalarini tatbiq etishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblari (mahsulot sermehnatligini kamaytirish, foyda o‘sishi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy rag‘batlantirish, ma’naviy-psixologik muhitning o‘zgarishi shaklida);

  • ilmiy tashkilotlar bilan aloqalar, korxonalarning akademik institutlar, soha ilmiy-texnik tashkilotlar va OTM ilm-fani bilan hamkorlikni kengaytirish;

  • ilmiy-texnik xodimlari fe’l-atvorining o‘z ishlanmalarini tatbiq etishdagi ko‘proq manfaatdorligida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy-psixologik motivlari rolining ortishi;

  • turli ijtimoiy guruhlarning zavod ilm-fani faoliyat ko‘rsatishi sharoitida yaqinlashish imkoniyati, bu esa butun jamiyat yanada birxillashuviga yordam beradi.

Zavod ilm-fani umumiy konsepsiyasi, uni boshqarish usullarini uning faoliyat ko‘rsatishining ko‘p maqsadliligini, ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan o‘zaro aloqalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish nihoyatda muhim. Bu esa zavod ilm-fani doirasida ikki dinamik tizim – fan va ishlab chiqarishning manfaatlari chatishib ketishi bilan murakkablashadi. Bunda boshqaruv bo‘linmalarda innovatsion faoliyat natijalari, jarayoniga yoki dastlabki ikkita yondashuvni birlashtiradigan aralash yondashuvga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda boshqaruv, barqaror, an’anaviy shakllangan, formal tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lib, asosan, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga,
ikkinchisida – ijtimoiy-psixologik motivlarga, tadqiqotlar rivojlanishining ichki mantiqiga, nufuzlilikka, uncha qattiq bo‘lmagan ierarxik tuzilishi va tashkiliy jarayonlarni formal tartibga solishga tayanadi. Bunda shunday qoidadan kelib chiqish lozimki, zavod ilm-fani ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, texnik- texnologik, ijtimoiy-psixologik funksiyalarni bajaradi. Ijtimoiy ehtiyojlarni amalga oshirish uchun u ixtiyoridagi (mehnat, moddiy, texnik, axborot va moliya) resurslardan foydalanadi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish