Misol. "Oniks"AJ 2006 yil 10 yanvarda "Sapfir" kompaniyasidan tosh jinslarini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish uskunasini sotib oldi, Shartnomaga muvofiq uskunaning qiymati 10800 m.so‘mni, shu jumladan QQS 1800 m.so‘mni tashkil etadi. Shartnoma shartlariga ko‘ra "Oniks" AJ xarid uchun 2006 yil 7 yanvarda uskuna qiymatidan 30 foiz miqdorida bo‘nak to‘lovini amalga oshirdi. Uskunani sotib olishda "Oniks" AJ mazkur uskunaning texnik va boshqa tavsiflarini baholagan "Avtomatika" injiniring kompaniyasi xizmatidan foydalandi va shartnomaga muvofiq xizmat qiymati 600 m.so‘mni tashkil etdi. Aktivdan maqsadli foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq boshqa sarflar quyidagilarni tashkil etdi: yukni yuklashtushirish ishlari 80 m.so‘m; avtomobil transportida yetkazib berish xarajatlari 500 m.so‘m; uskunalarni yetkazib berishga ma‘sul AJ ekspeditorining xizmat safari xarajatlari 100 m.so‘m; uskunani yetkazib berish bo‘yicha xavfsizlikni taminlash bo‘yicha xarajatlar 50,4 m.so‘m; ixtisoslashgan montaj kompaniyasining uskunani o‘rnatish va montaj qilish qiymati 200 m.so‘m; uskunani sinovdan o‘tkazishda foydalanilgan materiallarning qiymati 65,6 m.so‘m va uskunani ishga tushirish va sozlash bilan bog‘liq boshqa sarflar 135,0 m.so‘m, 2006 yil 5 yanvarda uskuna ishlatishga berildi va asosiy vositalarni qabul qilish berish haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirildi. Yuqorida ko‘rsatilgan operaaiyalar "Oniks" AJ buxgalteriya hisobida aks ettirilishi tartibini ko‘rib chiqamiz:
2006 yil 7 yanvar uskunani yetkazib beruvchiga bo‘nak to‘langanining ifodasi: Dt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va pulratchilarga bo‘naklar" – 3244000, Kt 5110 - hisob -kigob schyoti- 3240000.
2006 yil 10 yanvar a) yetkazib beruvchilarga to‘langan, uskunaning qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish» - 10.800.000; Kt «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lash schyotlari" – 10800000.
b) uskunani mol yetkazib beruvchilarga berilgan bo‘naklarning qoldig‘ini yopish; Dt "Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lash schyoti" -3240000; Kt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo‘naklar" schyoti – 3240000.
v) uskunaning texnika ishlari va boshqa tavsiyalarini baholash summasiga; Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 600000, Kt "Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lash schyoti" - 600000.
g) uskunalarni yetkazib berish, yukni ortish-tushirish yetkazib berishda xavfsizlikni ta‘minlash bo‘yicha, sarflar summasiga, shuningdek uni o‘rnatish va
montaj qilish ishlari qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" - 830400, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti - 830400.
uskunani korxonaga yetkazib berishga vakil bo‘lgan ekspeditorning xizmat safari xarajatlari summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 100000, Kt 4220 - «Хizmat safariga berilgan bo‘naklar" yoki 6970 - «Hisobdor shaxslarga qarz" schyotlari - 100000;
uskuna sinovi paytida foylalanilgan materiallar qiymati, shuningdek korxona kuchi bilan amalga oshirilgan ishga tushirish, sozlash ishlari bo‘yicha sarf summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti – 200600, Kt 1000-
«Materiallar», 6710 «Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitob», 6500 «Sug‘urta va davlat maqsadli fondiga to‘lash bo‘yicha qarzlar hisobi» va 6900
«Boshqa majburiyatlar» schyotlari- 200600.
2006 yil 15 yanvar sotib olingan uskunani ishlatishga berishni aks ettirish: Dt 0130 - «Mashina va uskunalar" schyoti – 12531000, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti 12531000.
Kreditdan foydalanish uchun foizlar to‘lash harajatlari qarz kapitali xisobiga to‘liq yoki qisman to‘lab sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilmaydi.
Faraz qilaylik, "Oniks" AJ 2006 yil 15 yanvarda uskuna sotib olish bo‘yicha kreditorlik qarzining qolgan qismini to‘lash uchun Depozit bankdan har oyda foizlarni yillik 36 foiz stavka bo‘yicha to‘lash bo‘yicha uch yil muddatga kredit oldi. Bunda kredit bo‘yicha to‘lanadigan foizlar "Oniks" AJ buxgalteriya hisobida 2006 ychl 31 yanvarda quyidagi tarzda akg ettiriladi: Dt 9610 - «Foiz ko‘rinishdagi xarajatlar" schyoti- 126760, Kt 6920 - «O‘tkazilgan foizlar" schyoti- 126760.
Do'stlaringiz bilan baham: |