-c
h
iz
m
a
.
Is
hla
b
ch
iqarishni
ijt
im
o
iy
ta
shk
il
e
ti
sh
n
in
g
a
so
si
y
shak
llar
i
www.ziyouz.com kutubxonasi
Umuman olganda, ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari o'zaro
bog'liq. Chunonchi, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va
kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish bo'g'inlari ham u yoki bu
ko'rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq bu yerda ulaming bir joyda
to'planganligi, yig'ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori
bo'Iishi lozim, aks holdatom ma'nodagi mujassamlashuv bo'lmaydi.
Mujassamlashuv yoki ixtisoslashuv ayni paytda shu sohaning
rivojlanganligidan
dalolat
beradi.
Ammo
bu
rivojlanganlik
mujassamlashuvda korxona yoki tashkilotning kattaligi, ko'lami bilan
o'lchansa, ixtisoslashuvda esa u o 'z ifodasini yagonaligi, noyobligi va
betakrorligida topadi.
Kooperatsiya va kombinatsiya bir-biriga o'xshashligini yuqorida
qayd qilgan edik. Bu masalaga yana bir yondashsak, ulaming ikkalasi
uchun ham ixtisoslashuv tegishli ekanligining guvohi bo'lamiz.
Agar kooperatsiyaga asosan detal yoki qism darajasidagi
ixtisoslashuv mos bo'lsa, kombinatsiya uchun texnologik, yarim mahsulot
ishlab chiqarish doirasida ixtisoslashgan korxonalar birikmasi xosdir.
Shuning uchun ularning aloqadorlik va farqlarini aniqlash, ijtimoiy va
hududiy tomonlarini ajrata bilish, bir-birlarini bog'lab ko'rish iqtisodiy
geografik o'rganishning muhim shartidir.
Mustaqillikni
mustahkamlash
va
bozor
iqtisodiyoti
munosabatlariga o'tish sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etishning
barcha shakllaridan to'g'ri va oqilona foydalanish zarur. Masalan, har
qanday mustaqil davlatning iqtisodiy qudratini faqat kichik yoki tor
darajada ixtisoslashgan korxonalar bo'yicha parchalab yuborish maqsadga
muvofiq emas. Shu bois, mamlakat uchun katta, o'rta va kichik, turli
darajada ixtisoslashgan korxonalaming turg'un uyushmasi, majmuasi
kerak.
Hozirgi sharoitda O'zbekiston milliy iqtisodiyotini ham "pastdan",
ham "yuqoridan" qurish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar bilan
hamkorlikda barpo etilayotgan sanoat korxonalari uchun ularga zarur
bo'lgan texnologik qismlar, detal va dastgohlami o'zimizda tayyorlash
imkoniyatlarini vujudga keltirish, ishlab chiqarishning mahalliylashtirish
dasturini amalga oshirish zamon talabidir. Shu bilan birga, mavjud
imkoniyat va resurslardan to'la foydalangan holda mamlakatimiz hududida
ko'proq
tayyor
mahsulotlar
ishlab
chiqaruvchi
korxonalami
rivojlantirishga ahamiyat berish lozim.
33
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |