Fermer xo'jaliklari uyushmasi — nodavlat, notijorat, o'z- o'zini mablag' bilan ta’minlovchixo'jalik hisobidagi, respublika fermerxo'jaliklari, qishloq xojalik sektorining korxonalari, birlashmalari, shuningdek, Uyushmaning maqsad va vazifalarini hamda Nizomini tan oluvchi boshqa jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslarni ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi tashkilot.
Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi, o‘ziga xos va mulkdorlik huquqi asosida o‘ziga tegishli mulkka, O'zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda hisob varaqlariga, jumladan, chet el valutasidagi hisob varaqlariga ega bo'ladi.
Uyushmaning Nizomida belgilangan ustuvor vazifalami amalga oshirish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda, qonunchilikda belgilangan tartibda va Uyushma Nizomiga muvofiq hududiy shoxobchalar tashkil etilgan.
Uyushmaning hududiy shoxobchalari yuridik shaxs hisoblanadilar. Uyushma Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan Uyushmaning hududiy shoxobchalari to'g'risidagi Nizomi asosida faoliyat yuritadilar.
Uyushma Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududiy shoxobchalarining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.
Uyushma Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududiy flliallari ulaming barcha tashkilotlari bilan yagona tizimini tashkil etadi.
Uyushma o'z nomidan mulkiy va nomulkiy huquqlami olishga, sudlarda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega.
Uyushma o'z majburiyatlari yuzasidan o'ziga tegishli mulk bilan javob beradi.
Davlat va uning organlari Uyushmaning majburiyatlari uchun javob bermaydi, Uyushma ham davlat va uning organlari majburiyatlari uchun javob bermaydi.
Uyushma o'zining a’zosi hisoblangan hududiy shoxobchalar va o'zi tashkil etgan mustaqil tuzilmalarni majburiyatlari uchun javobgar emas, shuningdek, ular ham Uyushma majburiyatlari uchun javobgar hisoblanmaydi.
Hududiy shoxobchalar Kengashi tumandagi fermer xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi xo'jalik hisobidagi tashkilotlami tashkil etadi, ular bilan o'zini huquqiy munosabatini shartnoma orqali rasmiylash- tiradi. Bu tashkilot fermer xo'jaliklariga namunali xizmat turlarini ko'rsatganlarida ulaming tarkibi va maoshlarini shoxobcha Kengashi orqali kengaytirib, oshiradilar.
Uyushma mol-mulki unga tegishli bo'lgan mol-mulkdan: bino, transport, pul mablag'lari, chet el valutalari hamda intellektual mulk obyektlaridan iboratdir.
Uyushma asosiy mablag' manbalari quyidagilar hisoblanadi: kirish va a’zolik badallari. Uyushma ta’sis etgan korxonaiarning tushumlari; homiylar va grant mablag'lari amaldagi qonunlarga zid bo'lmagan boshqa tushumlar.
Barcha tushgan mablag'lar Uyushma va uning hududiy shoxobchalari tomonidan Uyushma Markaziy Kengashi (mulkni boshqaruvchi) tomonidan o'matilgan tartibda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |