Fermer xo'jaligining mablag‘lari va hisob-kitoblari
Fermer xo'jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag'larini saqlab turish va bu mablag'larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob raqamlari ochish huquqiga ega. Fermer xo'jaligining hisob raqamidan mablag'larni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish mumkin.
Qishloq xo'jaligi ekinlari, shu jumladan, paxta va g'alla hosili uchun sarflangan barcha xarajatlar fermer xo'jaligining mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi.
Fermer xo'jaliklari elektr energiyasi, yonilg'i-moylash materiallari, mineral o'g'itlar yetkazib beruvchilar va fermer xo'jaliklariga xizmatlar ko'rsatuvchilar bilan o'z vaqtida hisob-kitob qilishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |