A samatov, I. B. Rustamova


Mehnat motivatsiyasi omillarini quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin



Download 0,77 Mb.
bet134/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

Mehnat motivatsiyasi omillarini quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin:

  • texnologik, ishlab chiqarish texnologiyasi, mehnat sharoitlarini boshqarish jarayonidagi ishtirok darajasini tavsiflovchilar;

  • ishlab chiqarishning o'sishi xarajatlarining minimumga olib kelinishi, ekologiyaning saqlanishi va boshqalarga moddiy manfaat hamda mas’uliyat olib keluvchilar;

  • ijtimoiy, shu jumladan, ruhiy ijtimoiy ehtiyojlarning qoniq- tirilishi darajasi, mehnatning jarayoniga, mehnatning ahamiyati va obro'siga qiziqishi, ma’naviy qoniqish, haq to'lashning adolatliUgi, mustaqillik ijodning mumkinligi, ishlab chiqarish faoliyatining muvaf- faqiyati, atrofdagilarning ijobiy bahosini tavsiflovchilar.

Qishloq xo'jaligixodimlari mehnati samarali motivatsiyasining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi quyidagi asosiy shartlarda amalga oshirilishi va iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv hamda ijtimoiy tadbirlar tizimini oqilona ishlatilishini nazarda tutishi lozim:

  1. Agrar sohada mehnat motivatsiyasi bozor modelini amalga oshirilishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini uchta o‘zaro bog'langan bloklar, shartlar, omillar guruhlarini majmuaviy biriktirish va ishlatish- ning obyektiv zaruriyati sifatida ko'rish lozim. Birinchidan, bu ishlatilayotgan mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, agrar soha mehnat jamoalarining faoliyat ko'rsatishini umumiy me’yoriy iqtisodiy sharoitlarni yaratish. Motivatsiya omillari, ushbu guruhining vazifalari: Birinchidan xo'jalikning samarali faoliyat yuritishi uchun qiziqishini ta’minlash, me’yorda ishlayotgan xo'jaliklami oddiy va kengaytirilgan ishlab chiqarish uchun lozim bo'lgan daromadlami olish imkoniga ega bo'lishlarini ta’minlash. Ikkinchidan, bu mulkchilik munosabatlarining oqilona ishlatilishini va manfaatga ega bo'lgan qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchisini shakllantirish. Mulkchilik muammosi ishlab chiqarishni samarali yuritishning muhim ishga soluvchisi, birlashtiruvchi omili bo'lishi mumkin. Ammo buning uchun mulkchilik munosabatlarini tartibga solish muammosi hal etilishidagi rasmiyatchilikni chiqarib tashlash, tarmoqda me’yoriy iqtisodiy vaziyat- ni yaratish lozim. Uchinchidan, bu bevosita har bir mehnat jamoasida ishlab chiqiladigan, ishlovchilar mehnati motivatsiyasining ichki (har bir mustaqil ishlab chiqarish tuzilmasi, yuridik shaxs chegarasida) tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi. Jamoaning yuqori manfaatdorligini shakllantirishga qaratilgan, sanab o'tilgan shartlar guruhlarining har biri, albatta, muhim ahamiyatga ega. Ammo rivojlanishning muayyan bosqichlarida ularning bittasiga ustunlik berilishi mumkin. Hozirgi vaqtda, moliya-kredit, narx va soliq siyosati bilan bog'liq bo'lgan qishloq xo'jalik jamoalari faoliyat yuritishining umumiy iqtisodiy dastlabki shart-sharoitlarini keskin o'zgartirish muhimroqdir. Bugun me’yoriy faoliyat yuritayotgan xo'jaliklarga tarmoqning oddiy va kengaytirilgan ishlab chiqarishi uchun daromadlarga ega bo'lish imkomyatini beruvchi tadbirlar tizimi lozim.

  2. Yangi bozor sharoitlarida amal qiluvchi mehnat motivatsiyasi qoidalarining yetarlicha samarali bo'lmasligi sabablari mavjud. Ulardan biri manfaatlar tushunchasiga va shunga muvofiq, aholi moddiy farovonligiga qaratilgan muayyan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga bo'lgan turlicha yondashuvlardir. Har bir boshqaruv organi ishlovchisi, korxona jamoasining ishlovchilar guruhi va boshqalaming «manfaatlariga» bo'lgan qarash bir xil bo'lmasligi mumkin. Bunda ikkita yondashuvni ajratish mumkin: «shaxsiy manfaat» va «manfaatdan chetda».

  3. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini isloh qilish jarayonini chuqur- lashtirish va qishloq mehnatkashlari mehnati faolligini oshirish jarayo- nining amalga oshishi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotga bo'lgan mulkchilik munosabatlari o'zgarishi jarayoni bilan yaqindan bog'langan bo'lishi lozim. Har bir ishlovchida ishlab chiqarilgan mahsulot va resurslarning ayrim qismiga mulkchilik hissining kuchayishi, oddiy ishlovchilarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va mahsulotni (ish, xizmat) realizatsiya qilishni boshqarishda bevosita ishtirok etishi orqali ta’minlash mumkin.

  4. Mehnatga haq to'lash moddiy rag'batlantirishni to'g'ri tashkil etilganligining asosiy unsuri va ishlab chiqarishdagi ishlovchilar ehtiyojlarini qondirishning manbayi bo'lib xizmat qiladi. U hozirgi kungacha qishloq xo'jalik korxonalarida (yollanma ishlovchilari bo'lmagan xo'jaliklar bundan mustasno) ishchi kuchini qayta ishlab chiqarish bo'yicha xarajatlami qoplashning ustunlikka ega bo'lgan asosiy shaklidir.

Mehnatga haq to'lashni tashkil etishning asosiy tamoyillari quyida- gicha bo'lishi mumkin:

  • ish haqi darajasi bozor konyunkturasiga, mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklif nisbatiga muvofiq bo'lishi lozim;

  • kafolatlik, uning mohiyati ish haqining minimal darajasini o'rnatilishidan iborat. Ish haqi yuqoridan hech qanday cheklashlarga ega emas, u ishlovchining mehnat faolligini rag'batlantirishi lozim;

  • ish haqi o'lchami mehnat unumdorligining erishilgan darajasiga muvofiq bo'lishi, mukofotlash tizimi korxona va bo'linmalarning daromadi o'sishiga yordamlashishi lozim;

  • to'lov muayyan ishlovchining bo'linma va umuman, korxona faoliyatining iqtisodiy natijalaridagi individual mehnat ulushiga muvofiq, pul va natural shaklda amalga oshirilishi mumkin. Mehnat ulushini baholash shartlari va o'lchamlari ishlovchilar jamoasi tomonidan belgilanishi lozim.

  1. Yuqori unumdorlikka ega, samarali mehnat motivlari va stimul- larini shakllantirish, ishlovchilarni moddiy va ma’naviy rag'batlantirishni tashkil etishda amaldagi tamoyillar, asosiy yo'nalishlami ko'rib chiqish va aniqlashni nazarda tutadi. Ular, birinchi navbatda, o'z mehnati

natijalarida munosib manfaat va mas’uliyatga ega bo‘lmagan vaqtin- chalik yollanma ishlovchi psixologiyasini yo‘qotishga qaratilgan bo'lishlari lozim. Agrar sektorga manfaatdor tovar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarilgan mahsulot va ishiatilayotgan resurslar mulkdori bo'lishi kerak. Zarur bo'lganda korxonada xo'jalik yuritishning muayyan sharoitlarini yaratish va ayrim ishlovchilarga nisbatan mehnatni moddiy mukofotlashning samarali tizimini ishlab chiqishni amalga oshirish, bir birlik mahsulotga bo'lgan mehnat xarajatlarini miqdor va sifat hajmini aniqlash, ishlovchining mehnat va mulk ulushini hisobga olgan holda olingan daromadni adolatli taqsimlash, inflatsiya darajasini, mehnat bozoridagi konyunkura o'zgarishlarini hisobga olgan holda, ishlovchilarni moddiy mukofotlash tizimini o'z vaqtida o'tkazish, ishlarni tegishli sifatda bajarilmaganligi uchun mas’uliyatning aniq ko'rsatkichlarini va muayyan tadbirlarini ishlab chiqish lozim.

  1. Xo'jalikda hozirgi kunda amal qilayotgan ishlab chiqarish shart- sharoitlari va boshqaruv tuzilmasiga qarab mehnatni motivatsiyalash, olingan daromadni shakllantirish va taqsimlash mexanizmining turli xil modellari qo'llanilishi lozim.

  2. Agrar sohada ishlovchilar mehnatini motivatsiyalash va daro- madlarini taqsimlashning istalgan tizimini amalga oshirish, xo'jalikning barcha a’zolari mehnat natijalaridagi to'liq manfaatdorligi tamoyiliga asoslangan bo'lishi lozim.

  3. Agrar sektor korxonalarida o'tish davri jarayonlarini chuqurlashishi bilan mehnatga haq to'lash uchun mablag'larni qoldiq tamoyili bo'yicha shakllantirishga o'tish lozim. Bunda olingan daromaddan ishlab chiqarish xarajatlari olib tashlanadi, soliqlar va kreditlar uchun foizlar to'lanadi, maxsus jamg'armalarga zarur bo'lgan ajratmalar amalga oshiriladi.

  4. Qishloq xo'jalik xodimlari mehnatini motivatsiyalash tizimini shakllantirishda, istalgan faoliyat turining unumdorligi va samaradorligi, ularga oilasini boqishga, chiroyli zamonaviy buyumlami sotib olishga, o'z ma’naviy darajasini oshirishga imkon beruvchi oylik ish haqining umumiy darajasiga to'g'ri proporsional bog'liqdir.

  5. Oldindan beriladigan pul mablag'larini to'lash tartibi, korxona yoki ishlovchilaming iqtisodiy imkoniyatlari, uning soni va o'matilgan ichki munosabatlariga bog'liq bo'lgan holda turlicha bo'lishi mumkin.

  6. Zamonaviy sharoitlarda qishloq xo'jalik korxonalarida mehnat motivatsiyasi va ichki xo'jalik tashkiliy-iqtisodiy munosabatlari dasturi, albatta aniq va har tomonlama asoslangan shartnoma munosabatlari tizimi asosida barpo etilishi lozim.

177

12 — Samatov, G‘. A. va boshq.

  1. Наг bir mehnat jamoasi va korxonadagi ishlovchilar mehnati

motivatsiyasining umumiy dasturi quyidagi asosiy bloklarni o‘z ichiga olishi lozim: tashkiliy-huquqiy, xo‘jalik-ishlab chiqarish va moliyaviy- iqtisodiy.

  1. Qishloq xo'j alik korxonasida mehnat motivatsiyasining maj- muaviy dasturini ishlab chiqishda ishlab chiqarishning muayyan sharoit- lari va xususiyatlarini, mehnat jamoasini miqdor va sifat tarkibi va uning berilgan vaqtdagi potensial imkoniyatlarini hisobga olib borish lozim. Unda ijtimoiy yo'naltirilgan vazifalar va tadbirlar biokini ham nazarda tutish kerak.

  2. Agrar mehnatni motivatsiyalash ning yangi mexanizmini tashkil etuvchi barcha konsepsiyalar muayyan mehnat jamoasining jamoaviy va shaxsiy manfaatlariga erishishga ko'maklashishi lozim.

Korxonalarda mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan fuqarolar mehnat unumdorligi darajasini yuksaltirishga alohida e’tibor berish lozim. Bu masalaning hal etilishida eng ta’sirchan omil moddiy manfaatdorlik hisoblanadi. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim yaxshi, sifatli ishlasa, ko'p haq oladi. Shunday ekan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ham yaxshi, samarali mehnat qilayotgan ishchi — xizmatchi mehnatiga yarasha ko'proq haq olishi lozim. Shunda u rag'batlantirilgan hisoblanadi. Shu bilan birga mehnatkashlarni moddiy hamda ma’naviy rag'batlantirishni amalga oshirishni ta’minlash kerak. Eng awalo, mehnatlari natijalarini e’tiborga olgan holda mukofotlash, turli xildagi unvonlami berish lozim. Bu unvonlar ham ma’lum darajada fuqarolarni mablag'lar bilan ta’minlaydi. Ma’naviy rag'batlantirish ham ayrim hollarda moddiylashadi.

Mehnat natijalarini aniqlash uchun qanday asosiy ko'rsatkich tatbiq etilishiga qarab ish haqining barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikki katta guruhga bo'lish qabul qilingan.

Agar mehnat natijalarining asosiy o'lchovi sifatida tayyorlangan mahsulot (ko'rsatilgan xizmat)dan foydalaniladigan bo'lsa, u holda mehnatga haq to'lashning ishbay shakli tushuniladi.

Agar mehnat natijalarining asosiy o'lchovi sifatida ishlangan vaqt miqdoridan foydalaniisa, bunday holda vaqtbay ish haqi tushuniladi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish