Bog'liq Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4
Andijon
2123
17623
4236
4625
6703
6445
4834
Farg'ona
2528
16259
5757
6183
8452
7879
5889
Namangan- Norin
2574
18513
5319
5785
7871
7750
5704
Namangan- Sirdaryo
2574
14169
6150
6600
9124
8175
6150
Sirdaryo
2356
19866
5253
5679
7784
7085
5375
Jizzax
2486
19596
5202
5658
7911
7520
5652
Samarqand
2218
17833
3729
4153
6174
6469
4774
Navoiy
2390
14768
5549
5970
8260
7518
5668
Buxoro
2596
20325
6154
6620
9052
8199
6166
Surxondaryo
2948
21441
5795
6601
9168
8224
6105
Qarshi
3229
22050
6087
6789
9340
8413
6291
Qashqadaryo
2722
14973
4766
4635
6558
6423
4808
Toshkent- Sirdaryo
2430
19155
4985
5412
7185
7033
5280
Toshkent- Chirchiq
2286
17592
3645
4065
6128
6212
4536
Xorazm
2426
20250
5925
5300
6986
7604
5746
Janubiy QQR
2419
20250
5925
5143
6942
7596
5754
Shimoliy QQR
2382
19562
5853
5685
7792
7096
5362
yordam beradi, sug'orishda ishlatiladigan suv sifatini, shuningdek, tuproqqa ishlov berish, sho‘r yuvish ishlarining yaxshilanishiga ohb keladi. Loyihada oqilona texnologiya, sug'orish texnologiyasini va sug'orish maydonlarini tekislash hisobiga sug'orish suvini tejashda, birinchi navbatda, quyidagi sharoitlar ko'zda tutiladi:
suv ta’minoti doimiy past sug'orish tizimlarida;
suv nasos bilan ko'tariladigan joylarda;
tog'oldi sug'oriladigan hududlarda kuchli suv o'tkazadigan tuproqli yerlarda va qiyin relyefli sharoitlarda.
Suvdan foydalanuvchilaming suvni tejash jarayonida quyidagi asosiy vazifalari mavjud:
birgalikda va kelishilgan holda suv resurslarini boshqarish;
asoslangan suv iste’moli limitini aniqlash va unga rioya etilishini nazorat qilish;
suv samarasiz va asossiz ishlatilishi ustidan nazorat o'rnatish;
—o'zini-o'zi mablag' bilan ta’minlashni tashkil etish, suv resurslarini xo'jalik va tuman ichida boshqarish;
suvni tejamli va samarali ishlatishni rag'batlantirish.
Zamonaviy suv xo'jaligi dastur va loyihalarini ishlab chiqish jarayonining o'ziga xos xususiyati suvni tejash, texnik muammolar bilan birga iqtisodiy va tashkiliy muammolami ham yechishdan iborat. Shuningdek, suvni tejash bilan bog'liq iqtisodiy choralar nafaqat davlat tomonidan olinadigan daromadlarni yo'naltirishga va xarajatlarni qoplashga, balki suvdan foydalanuvchilarda suvga bo'lgan yangicha munosabatni shakllantirishga, azaliy ehtiyotkorona munosabatlarni tiklash, cheklangan suv resurslaridan foydalanishni iqtisodiy rag'batlan- tirishga qaratilgan.
Sug'orish ishlarini rivojlantirish, yangi yerlami o'zlashtirish, sug'ori- ladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va boshqa meliorativ tadbirlar dehqonchilikning madaniy saviyasini belgilab beradi, qishloq xo'jaligini iqtisodiy rivojlantirishning asosiy omili bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida erroziyaning barcha turlari, jumladan, tuproqni suv va irrigatsiya erroziyasi, yemiruvchi sel oqimlari va shamol erroziyasi hamda o'simliklaiga shamolning zararli ta’siri kabilar mavjud. Bu jarayonlar joyning iqlimi va relyef sharoitlariga bevosita bog'liq.
O'zbekistonda suv boyligining 92 foizi qishloq xo'jaligida sug'orish ishlariga sarf qilinadi. Respublikada 53 ta suv ombori ekspluatatsiya qilinmoqda, daryo suvlarini olish uchun 23 ta to'g'on, 180 ta sel to'suvchi omborlar qurilgan. Bu masshtabda sug'orish ishlarining rivojlanishi Orol muammosini yuzaga keltirdi, suv tanqisligi vujudga keldi va bu muammo borgan sari keskinlashib bormoqda.
O'zbekistonda 95 foizdan ortiq qishloq xo'jalik mahsuloti sug'oriladigan yerlarda yetishtiriladi va sarflangan har bir so'm mablag' hisobiga 2,5 baravar sof daromad olinadi. Sug'oriladigan yerlarda qishloq
xo'jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi ko'pincha suv tanqisligi oqibatida pasayib ketadi.
Sun’iy sug'orishni qo'llash uchun gidrotexnika inshootlari bunyod etishga, sug'orish hamda kollektor-zovur shoxobchalarini qurishga juda katta kapital jamg'arma talab etiladi. Sug'orish uchun o'zlash- tirilgan har 1 gektar yer uchun davlat katta mablag' sarflaydi. Shunga ko'ra yerlarni sug'orish, ayniqsa, O'zbekiston uchun juda katta aha- miyatga ega. Lekin shunga qaramasdan respublikada aholi boshiga to'g'ri keladigan yer maydoni kamayib bormoqda.
Respublikamizda aholi jon boshiga 1,46 gektar foydalanadigan yer maydoni, 0,29 gektar atrofida haydaladigan yer maydoni to'g'ri keladi. Shunga ko'ra sug'oriladigan yerlardagi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi yuqori rentabellikka erishishi, qilingan xarajatlar tezda ortig'i bilan qoplanib ketishi, hosildorlik surunkasiga ortib borishi va sug'oriladigan yerlar hisobiga olinadigan daromad ko'tarilib borishi lozim.
O'tgan o'n yillikda xo'jaliklararo sug'orish shoxobchalaridan foydalanish uchun qilingan xarajatlar ikki baravariga oshgan, xo'jalik sug'orish shoxobchalari uchun qilingan bu xildagi xarajatlar esa bor- yo'g'i 15 foizni tashkil etgan. O'zbekistonda minglab gektar maydondagi xo'jalik sug'orish shoxobchalari uchun xizmat qilayotganlar soni 1—2 kishiga to'g'ri kelsa, xo'jaliklararo 4—5 kishiga to'g'ri keladi, lekin zamonaviy sug'orish tizimida xo'jalik shoxobchalari fondlarining qiymati, xo'jaliklararo shoxobchalamikiga qaraganda ikki baravar yuqori turadi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar shuni ko'rsatadiki, sug'oriladigan haydalma yerlar sharoitida, sug'orish va mineral o'g'itlar hisobiga ko'riiadigan foydani ilmiy jihatdan asoslangan sug'orish rejimlarini qo'llash va mineral o'g'itlarni o'simliklar mumkin qadar to'liq foydalana oladigan nisbatlarini joriy etish hisobiga oshirish mumkin.
Yer-suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy tadbirlami o'tkazish lozim.
Shular bilan birgalikda iqtisodiy unumdorlikni oshirish maqsadida yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashni ta’minlovchi tadbir- larni kompleks amalga oshirishni rivojlantirish juda muhim muammo hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishni amalga oshirishda quyidagi muammolar mavjud:
sug'orish va kollektor-zovur tizimlarining ishchi holatini yetarli darajadi ta’minlanmaganligi;
129
9 — Samatov, G‘. A. va boshq.
suvdan foydalanuvchilarning mas’uliyatsizligi;
sug'oriladigan maydonlami tekislanmaganligi;
—qishloq xo'jaligi ekinlarining ilmiy asoslangan sug'orish tartib- lariga rioya qilmaslik;
—sug'orish texnikasi elementlarining tuproqning mexanik tarkibi va maydonning nishabligiga mos emasligi;
suvning qat’iy hisob-kitobini joriy qilinmaganligi;
sug'orishning zamonaviy texnika va texnologiyalarini qo'llan- masligi;
— SFU ishini takomillashtirish va ko'rsatilgan xizmat uchun to'- lovni to'liq ta’minlanmaganligi.
Sug'orish va kollektor-zovur tizimlarini ishchi holatini ta’minlan- maganligi va suvdan foydalanishni noto'g'ri tashkil etish - yerlarning sho'rlanishiga va ekinlar hosildorligi pasayishiga sabab bo'ladi.