Fermer xojaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo‘jaliklari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xojaligi o‘z majburiyatlari bo'yicha, shu jumladan, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek, yetkazib berilgan moddiy- texnika resurslari va ko'rsatilgan xizmatlar uchun o'z vaqtida haq to'lash yuzasidan majburiyatlari bo'yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo'jaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qo'yilishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari holatlarda yo'l qo'yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |