I bo4im. «QISHLOQ XO'JALIGI IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI» FANINING NAZARIY, USLUBIY VA TASHKILIY ASOSLARI
bob. «QISHLOQ XO‘JALIGI IQTISODIYOTI YA
MENEJMENTI» FANINING ILMIY-USLUBIY ASOSLAM 1.1. «Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining predmeti va vazifalari
Fan va ishlab chiqarish Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muhim elementlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, o'quv-uslubiy, ilmiy- tadqiqot va ta’lim dasturlarining rivojlanishini hamda fan va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonini zamonaviy bilim, g‘oyalarsiz tasawur qilib bo‘lmaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi munosabatlarining ilmiy asoslarini yaratish lozim bo'ladi. Hozirgi kunda qishloq xo‘jahgi yangi bosqichga kirib bormoqda. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos qonuniyati asosida amalga oshirilishi boshqarish jarayonlarini ma’lum qoidalarga amal qilgan holda olib borilishini talab qiladi. Qishloq xo'jaligi sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, amaliyotchilaming maqsadi va vazifalari ana shu qonuniyat, qoida va yo'nalishlami aniqlab borishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining ilmiy asoslarini yaratish qishloq xo'jaligini rivojlantirishda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo'jaligida talabga javob beradigan quyidagi — huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratildi, ya’ni:
—mulkchilikning turli shakllari barpo etiUshi natijasida erkin mulkiy munosabatlar vujudga keldi, tadbirkorlikning har xil turlarini yaratish, ulami rivojlantirish yo'llari izlanmoqda, yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda;
— tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (yer-suv, kapital, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati)dan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlami sotish, daromad, foyda va ulaming taqsim- lanishi, investitsiyalami jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab
chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integratsiyasini xalqaro munosabatlar asosida tashkil
etish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmoqda.
Yuqorida ta’kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqiiona foydalanish taqozo etiladi.
Qishloq xo ‘jaligining barqaror iqtisodiy asosini, takror ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishni ta ’minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish, ularni hayotga joriy etish masalalarini, yo ‘liarini o ‘rganish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ilmiy me ’yorlar doirasida boshqarish va boshqarishni tashkil etish «Qishloqxojaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining predmeti hisoblanadi.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fani kishilaming ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o‘zaro aloqalarini, bog'liqligini o‘rganadi, shu bilan birga iqtisodiy qonunlaming harakat qilish mexanizmini va ulaming namoyon bo‘lish shakllarini yaratish, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. Ujamiyatning rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatlami, ulaming shakllarini o'rgangan holda voqea- hodisalami birgalikda, o‘zaro aloqadorlikda va sabab- oqibatda aks ettiruvchi tushunchalar, ya’ni iqtisodiy qonunlarga tayangan holda qishloq xo‘jalik iqtisodiyotini aniq sharoitda harakati yo‘nalishlarini yoritadi. Xo‘jaliklarda ulardan samarali foydalanishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini ishlab chiqadi.
Qishloq xo'jaligida iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi kabi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamg‘arish, qiymat, talab va taklif, pul muomalasi, mehnat unumdorligining o‘sib borishi kabi obyektiv iqtisodiy qonunlar tizimi amal qiladi (1.1-rasm).
Jamg‘arish
Takror ishlab chiqarish
||та1а1
Pui
muomalasi
J)
Qiymat
Iqtisodiy qonunlar tizimi С Mehnat [_ unumdorligi Talab va taklif
1.1- rasm. Iqtisodiy qonunlar
tizimi.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fani qishloq xo'jaligi tarmog'ida qo'llaniladigan mashinalar tizimi, agrotexnika, meliorativ va boshqa tadbirlaming iqtisodiy samaradorligini oshirishni, tarmoqdagi boshqaruv faoliyatlarini takomillashtirish yo'llarini hamda tarmoqdagi ishlab chiqarish munosabatlarini moddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalari bilan bog'liqligini o'rganadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jaligi korxonalarini, jum- ladan, fermer xo'jaliklarini boshqarish eng mas’uliyatli va murakkab vazifadir. Hozirgi paytda qishloq xo'jaligi tez rivojlanayotgan tarmoq- lardan biri bo'lib, to'g'ri boshqarish butun iqtisodiy tizimning ishlab turishi uchun o'ziga xos mas’uliyat hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi korxonalarining faoliyat doirasining kengligi xo'ja- lik faoliyatini uzluksiz kuzatib borishni talab qiladi. Shuning uchun ham qishloq xo'jaligi korxonalarini axborotlar texnologiyasi, iqtisodiy matematik usullar va kompyuterlar yordamida boshqarishni tashkil etish tobora ko'proq ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo'jaligi korxonalarini umumiy ilmiy nazariya asosida boshqarish, uning qonuniyatlarini chuqur tadqiq qilish, boshqarishning samarali texnik vositalarini yaratish, boshqarish faoliyatini takomil- lashtirishning yangi imkoniyatlarini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |