Induktiv usuli. => Bunda aloliida bir xil faktlardan umumlash- tirishga,
juz'iydan umumiy xulosalar chiqarishga tayaniladi.
Nazariy g‘oyalarni yaratish jarayoni esa induktiv tadqiq etish usuli deb nomlangan. Demak, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan har qanday iqtisodiy muammoni awal uning nazariyasidan, ya’ni g‘oyasidan amal qilishiga qarab o'rganish yoki bu muammoning ama- liyotga joriy etilishidan, ya’ni amaliyotdagi holatiga asoslangan holda g‘oya yoki nazariyasini yaratishga qarab tadqiqot olib borish mumkin.
Ikkala holatda ham iqtisodiy tamoyillarning, mexanizmlarning, muammolarning yechimi samarali aniqlanishi kerak. Iqtisodchilar o‘z g'oyalariga, taxminlariga, ayrim voqealarga, ma’lumotlarga asoslangan holda yaratgan yoki shakllantirgan g‘oyalarini, taxminlarini gipoteza, ya’ni asoslanmagan g‘oya, deb atashadi. Ilmiy yoki amaliy gipotezalar induktiv va deduktiv tadqiqot usullari yordamida shakllantirilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlangan tadqiq qilish, o'rganish usullari qo'llangan holda yaratilgan, shakllantirilgan tamoyillar, mexanizm- lardan foydalanib, u yoki bu muammoni hal etishning iqtisodiy siyosati, strategiyasi belgilanadi. Yaratilgan iqtisodiy siyosatni joriy etish mexanizmlari va ularni amalga oshirish usullarini iqtisodchilar mukam- mal o'rganishlari lozim. Respubhkaning qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mulkning turli shakllarini barpo etish g‘oyasi bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi nazariy g'oyalarga va ularning amaliyotda hal etilishiga asoslangan. Muammoni tarmoqda hal etishda respublika qishloq xo'jaligi amaliyotidagi holatlar, misollar, ma’lumotlar asos qiiib olinib, bu jarayon tobora rivojlantirilib chuqurlashtirilmoqda.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanida qolianiladigan har bir uslub o‘ziga xoslikka, afzalliklarga va ayni paytda ma’lum bir kamchiliklarga ham ega. Masalan, abstrakt-mantiqiy uslub xulosalari har doim haqiqiy voqelikka mos kelmasligi mumkin. Iqtisodiy- matematik uslub manbalarni aniqlamasdan mavjud holatlarni aniqlab beradi, hisob-kitob konstruksiya uslubi mehnat hajmini hisobga olmaydi. Matematik modellashtirish uslubi yakuniy materiallaming, obyektiv me’yoriy ma’lumotlarning katta hajmini talab qiladi.
Fanda tadqiqotlar oldiga qo'yilgan aniq maqsad va vazifalarga qarab, biror uslub yoki uslublar majmuasidan foydalaniladi. Pirovard natijaning haqqoniyligini aniqlashning eng muhim yo'li — ilmiy xulosalaming amaliyotda, ishlab chiqarish tajribasida keng isbotlanishidadir.
Qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatini o‘rganishda ishlab chiqarishni tahlil qilishda, statistik, iqtisodiy-matematik, taqqoslash uslublaridan va bir necha yillik o'rtacha natijalardan keng foydalaniladi.
Qishloq xo'jaligi ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy qismi boiganligi tufayli unda ishlab chiqarish usulining iqtisodiy qonunlariga amal qilinadi, uning o‘ziga xos asosiy xususiyati biologik jarayonlaiga asoslanganligidadir. Shuning uchun qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti faqat iqtisodiy qonunlar talabi asosida amalga oshirilib qolmay, balki biologik qonunlar asosida ham amalga oshiriladi, o'simlik va hayvonlaming o'sishi, ko'payishi, yashashi bevosita biologik qonuniyatlar asosida sodir bo'ladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1 «Qishloq xojaligi iqtisodiyoti va menejmenti» faniningpredmeti, maqsadi va asosiy vazifalari nimalardan iborat?
«Qishloq xojaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanida qanday o’rganish usullaridan foydalaniladi?
Qishloq va suv xojaligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi uchun qanday huquqiy va me’yoriy hujjatlar qabul qilingan?
Olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturini qishloq va suv xojaligi tizimidagi korxona, tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta ’siri qanday?
Qishloq xojaligida erkin bozor munosabatlarini shakllantirish g'oya- larini yaratishda iqtisodchi mutaxassislaming o'rni qanday?
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Qishloq xojaligida islohotlarni amalga oshirishning huquqiy-me ’yoriy asoslari nimalardan iborat?
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati nimadan iborat?
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xojaligini rivojlanish istiq- bollari qanday?
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida agrar sohani rivoj- lantirish tamoyillari nimalardan iborat?
bob. QISHLOQ XOJALIGIDA MENEJMENT
Menejmentning obyekti va subyekti, ularning o‘zaro aloqadorligi
Do'stlaringiz bilan baham: |