5.2. Ohorlash uskunalari
Tо‘quv dasgohlarida tо‘qima shakllanish jarayonida tanda iplari
turli ta’sirlarga uchraydi. Homuza hosil qilish natijasida iplarning ta-
rangligi oshadi, skalo, lamel, gulalar va tig‘ harakati ta’sirida ish-
qalanadi, chо‘ziladi, egiladi. Bu ta’sirlar natijasida ipni tashkil etgan
tolalar titiladi, ayrim tolalar tushib qoladi, natijada, tanda ipning
yeyilishga chidamliligi pasayadi, uning uzilish ehtimoli oshadi. Tanda
iplarni ohorlashdan maqsad, ularning kо‘plab mexanik ta’sirlarga
chi damliligini oshirishdir. Buning uchun ipga maxsus tayyorlangan
yelimlovchi tarkib – ohor shimdirilib, ip sir tini yupqa parda bilan
qoplanadi. Ohor quyidagi xossalarga ega bо‘lishi: tolalarni yopishtirish
va ipning ishqalanishga chidam liligini oshirish uchun yopishqoq
bо‘lishi, yetarlicha pishiq hamda qayishqoq parda hosil qilishi, tо‘quv
dasgohida iplar oson tо‘qilib, shodalar va tig‘ tishlari orasida tо‘planib
qolmasligi, gazlamaning badiiy bezagiga salbiy ta’sir etmasligi kerak.
Ohor tayyorlash uchun turli kimyoviy moddalar ishlatilib, uning
asosiy qismini yelimlovchi materiallar tashkil etadi. Yelim sifatida,
kо‘p hollarda, tabiiy va kimyoviy polimerlardan foyda laniladi. Oxirgi
paytlargacha ohor tabiiy polimerlar – oziq-ovqat larda foydalaniladigan
kraxmallar (kartoshka, bug‘doy) un (bug‘doy, guruch, makkajо‘xori
v.b.), hayvonot yelim (jelatin, kazein, gо‘shtlarda v.b.)lari ishlatilgan.
132
Keyingi vaqtlarda sintetik materiallar: karboksimetilselluloza (KMS),
polivenilspirt (PVS) va boshqalar ham ishlatilmoqda. Bu esa, oziq-
ovqat mahsulotlarining texnik ehtiyojlarga sarflanishini kamaytirishga
va ohorning sifatini birmuncha yaxshilashga imkon beradi.
Kraxmal va un zarrachalarini parchalash uchun yuvuvchi natriy
eritmasi, xloramin v.b. ishlatiladi. Bu preparatlar ta’sirida yelimlovchi
moddaning yirik zarrachalari yumshaydi, ohor suyuq holatga aylanadi
va u ipning ichiga singish qobiliyatiga ega bо‘ladi. Ohor tayyorlashda
yelimlovchi modda donlari mexanik ta’sir tufayli ham parchalanishi
mumkin.
Ohorlangan ip qayishqoq (egiluvchan) bо‘lishi, ohor pardasining
sinib tо‘kilib ketmasligi uchun ohor tarkibiga yumshatgich modda
qо‘shiladi. Yumshatgichlar sifatida paxta moyi, aminokislota, glitserin
va boshqa yog‘li moddalar ishlatiladi. Tanda iplari zarur namlikni
saqlash uchun ohorga atrof-muhitdan nam shimadigan gigroskopik
moddalar qо‘shiladi. Gigroskopik material sifatida, kо‘pincha, kaliy
xlor, glitserin ishlatiladi. Ohor tarkibida oqsil moddasi bо‘lganligi
uchun unda chirishga moyillik mavjud. Ohor lash mashinasining
ohor bilan muloqotdagi qismlari va tanda iplari olish maqsadida,
uning tarkibiga antiseptik modda qо‘shiladi. Chirishga qarshilik
kо‘r satuvchi modda sifatida mis kuporosi (kukuni), tex nik formalin,
fenol ishlatiladi.
Ohor tayyorlashda eritma sirtida kо‘pik paydo bо‘lmasligi uchun
ohorga suvda erimaydigan spirt, skipidar, paxta yog‘i v.h. qо‘shiladi.
Kimyoviy iplarni ohorlashda uning tarkibiga, shuningdek, anti-
statik sifatida stearoks ishlatiladi.
Ohorda erituvchi modda sifatida yumshatilgan suvdan foyda-
laniladi. Ohor retseptini tanlashda kо‘p omillar tо‘qima turi, tan da va
arqoq iplarining chiziqiy zichligi, 10 sm dagi tanda va arqoq iplari ning
soni, tо‘quv о‘rilishi, korxonadagi kimyoviy modda larning mavjud ligi
hisobga olinadi. Quyidagi jadvalda paxta tola sidan yigirilgan iplar ni
ohorlashda ishlatilishi mumkin bо‘lgan ba’zi bir retseptlar keltirilgan.
133
13-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |