1-BOB
XOMASHYODAN IP YIGIRISH
TEXNOLOGIYASI
1.1. Xomashyoni titish, tozalash va aralashtirish
mashinalari
Xomashyodan yigirilgan ip ishlatilishiga qarab ma’lum talab larga,
ya’ni aniq yo‘g‘onlikka, ma’lum darajada cho‘zilishga, chi dam lilikka,
toza va ravonlikka javob berishi kerak. Shularni ino bat ga olib, loyi-
halanayotgan korxonalarning ishini muqobillash talab etiladi. Bu-
ning uchun zamonaviy yigirish texnologiyasi va uskunalarining mu-
qobillarini tanlab, keyin texnologik jarayonlarni loyihalashda ularni
qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Respublikamiz to‘qimachilik korxonalarida, asosan, Germa niya,
Shveysariya, Italiya, Yaponiya va Xitoy davlatlari yetakchi fir mala-
rining yigirish uskunalari samarali ishlatilmoqda.
Yigirish rejasining birinchi bosqichida toylangan tolalardan
titish, tozalash va aralashtirish jarayonlari orqali tarash mashinalari
uchun bir tekis qatlam shaklidagi mahsulot tayyorlanadi. Bu vazifa
bir texnologik tizimga biriktirilgan mashinalarda – (TTA) – titish-
toza lash agregatlarida amalga oshiriladi. TTAlarining tarkibi ishla-
tilayotgan tolaning ifloslik darajasiga, tola uzunligiga, yigirila yotgan
ip assortimentiga qarab tanlanadi (loyihalanadi yoki qabul qilinadi).
Tozalashdan so‘ng aerodinamik tozalagichlar ishlatilishi tola larni
nafaqat shikastlanishi, balki chigallanishini ham kamaytiradi.
Ip yigirishda texnologik jarayonlar titishdan boshlanadi. Ti tish
usullarining ikkalasi ham zarbiy, ham chimdish bir-biridan ajralmay,
6
holda aksariyat hollarda, mashinalarda qo‘llaniladi. Shuning uchun
zarbiy titishda pichoqli, qoziqli va shunga o‘xshash organlar bilan
sirti qoplangan barabanli titgichlar, chimdib titishda esa, sirti igna,
arratishlar bilan qoplangan aylanuvchi yoki tekis ilgarilanma harakat
qiladigan organli mashinalar qo‘llaniladi. Ular igna sirtli mashinalar
deyilib, titish dastlab qo‘lda, so‘ngra kamera ichidagi ignali panjaralar
vositasida bajariladi. Avtotitgichlarda tituvchi organlar yuqoridagidek
pichoqlar, shakldor tishlar bilan qoplanganlari qo‘llanilib, ular yor-
damida toydan paxta bo‘laklari ajratib olinadi.
1-rasm. «Rieter» firmasining universal titish-tozalash agregati
2-rasm. «Truetzscxler» firmasining
universal titish-tozalash agregati
7
Avvalgi paytlarda oddiy ta’minlagichlar, odatda, to‘rt yoki besh-
tadan batareyaga guruhlanib, titish-tozalash agregati (TTA) tarkibiga
kiritilardi va uni TTA operatori boshqarardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |