2.1. Tо‘quv о‘rilishlarining tasnifi
Tanda iplarini shodalardan о‘tkazish
Tо‘quvchilikda о‘rilishning turlari kо‘p. Ular bir-birlaridan kо‘p
alomatlari bilan farq qiladi. Kо‘p turli о‘rilishlarni tahlil qilish va
ishlab chiqarishda ulardan foydalanishni osonlashtirish maqsadida
ular sinf, kichik sinf, guruh, kichik guruh va turlarga bо‘linadi.
Bunda, avvalo, tо‘qima tarkibiy tamoyili asos bо‘lib, ikkinchi to-
mondan shu о‘rilishni dastgohda ishlab chiqarish shart-sharoitlari,
ya’ni texnologiya tamoyili hisobga olinadi.
Mavjud bо‘lgan tо‘quv о‘rilishlari tо‘rtta sinfga bо‘linadi:
– bosh (asos) о‘rilishlar;
– mayda naqshli о‘rilishlar;
– murakkab tо‘qimalar о‘rilishi;
– yirik naqshli о‘rilishlar.
Bosh (asos) о‘rilishlar bilan ishlab chiqarilgan tо‘qimalar sidirg‘a
bо‘lib, ularda naqshlar bо‘lmaydi. Bosh о‘rilishni tashkil qiluvchi
kichik sinflar quyidagilar:
– polotno о‘rilishi;
– sarja (silon) о‘rilishi;
– atlas (satin) о‘rilishi.
Mayda naqshli о‘rilishlar ikkita kichik sinfga bо‘linadi – hosila
va aralash о‘rilishlar.
Har bir kichik sinf о‘rilishlar, о‘z navbatida, guruh va kichik
guruhlarga bо‘linadi.
Hosila о‘rilishi guruhiga quyidagi kichik guruh о‘rilishlari-po-
lotno hosilasi, sarja hosilalari va atlas (satin) hosilalari kiradi. О‘z
navbatida, polotno hosilasiga tanda repsi, arqoq repsi va rogojka kabi
о‘rilishlar kiradi. Carja hosilasini kuchaytirilgan murakkab sarja,
siniq (qaytma) sarja, xochsimon sarja, rombsimon sarja, soyaviy
sarja tashkil etadi. Bu kichik guruhga, shuningdek, yangi yaratilgan
sarjaning ikkinchi hosilasi ham kiradi.
Atlas (satin) hosilasiga kuchaytirilgan atlas, notо‘g‘ri atlaslar,
soyaviy atlas va yarim kuchaytirilgan atlaslar kiradi. Ikkinchi sinf –
26
mayda naqshli о‘rilishlarning ikkinchi kichik sinfi aralash о‘rilishlar
quyidagilardan iborat: geometrik naqshli, krep (jilva)li, tirqishli tо‘-
qima, tо‘shamasi mahkamlangan, diagonal, vafel va naqshi shakl-
lanishida rangli iplar qatnashgan tо‘qimalar kiradi. Bu guruh о‘rilishlar
ham о‘zlarining kichik guruhlariga ega.
Uchinchi sinf murakkab tо‘qimalar о‘rilishini quyidagi kichik
sinflar tashkil etadi: 1,5 qatlamli tо‘qimalar, 2 qatlamli tо‘qimalar, 2,5
qatlamli tо‘qimalar, kо‘p qatlamli tо‘qimalar, tukli tо‘qimalar, «Pike»
tо‘qimalari, о‘ramali «Ajur» tо‘qimalar о‘rilishi kiradi. Bu kichik
sinf о‘rilishlari ham о‘zlarining guruh va kichik guruhlariga ega.
Jumladan 1,5 qatlamli tо‘qimalar qо‘shimcha tandali yoki qо‘shimcha
arqoqli 1,5 qatlamli tо‘qimalar guruhiga, ular, о‘z navbatida, ikki
yuzli va ikki tomonli kichik guruhlarga bо‘linadi.
Ikki qatlamli tо‘qimalar kichik sinfida qatlamlari milkda bog‘lan-
gan yoki polotno bо‘ylab bog‘langan kichik guruhlarga bо‘linadi.
Kо‘p qavatli tо‘qimalar kichik sinfi 3 qatlamli; 3,5; 4; 4,5; va
hokazo qatlamli tо‘qimalar о‘rilishlari guruhlarini tashkil etadi.
Bu yerda kichik guruhlar qatlamlarni bir-biri bilan bog‘lash, ular
zichliklarining bir-biriga nisbati, о‘rilish turlariga bо‘linadi.
Tukli tо‘qimalar о‘rilish kichik sinfi tanda tukli va arqoq tukli
tо‘qimalar о‘rilishi guruhiga bо‘linadi. O‘z navbatida, bu guruh
о‘rilishlar, masalan, tanda tuklilar – qirqma tukli yoki halqasimon
tukli kichik guruhlarga bо‘linadi. Arqoq tukli tо‘qimalar о‘rilish
guruhi sidirg‘a tukli yoki yо‘l-yо‘l tukli kichik guruhlarga bо‘linadi.
«Pike» tо‘qimasining kichik sinfi oddiy «pike» va murakkab
«Pike» guruhi bо‘ladi.
O‘ramali «ajur» tо‘qimalar kichik sinfi sidirg‘a о‘ramali va naqsh
о‘ramali guruhlarga bо‘linadi. Bu о‘rilishlarning har birini qо‘l lashda
qatnashayotgan tanda iplarining zichlik nisbatlari ularni oddiy va
maxsus shodalardan о‘tkazish tartiblariga qarab, bir necha turlarga
bо‘linadi.
Yirik naqshli tо‘qimalar о‘rilishi sinfi ikkita kichik sinf – oddiy
yirik naqshli va murakkab yirik naqshli tо‘qimalar о‘rilishiga bо‘-
linadi. Oddiy yirik naqshli tо‘qimalar о‘rilishiga ularni ishlab chi qa-
27
rish uchun kerak bо‘lgan jakkard mashinasining quvvati, qо‘llanil gan
arkat iplarini taqsimlovchi taxtadan о‘tkazish tartibiga va boshqalar-
ga qarab bir necha guruh, kichik guruh va turlarga bо‘linadi.
Gazlamaning sirtqi bezaklarini xilma-xil olishda murakkab yirik
naqshli tо‘qimalar о‘rilishlarining imkoniyatlari juda ham katta.
Bu о‘rilishlar bir necha guruhdan iborat. 1,5 qatlamli yirik naqshli
tо‘qimalar, 2 qatlamli yirik naqshli tо‘qimalar va boshqa о‘rilishli
tо‘qimalar shu kichik sinf guruhlarini, guruhlar esa, kichik guruhlar
va turlarni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |