A salimov, G. Axmedjonova


 Kо‘p homuzali tо‘quv dastgohlari



Download 10,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/78
Sana26.08.2021
Hajmi10,5 Mb.
#156378
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78
Bog'liq
xomashyoni toquvchilikka tayyorlash

2.7. Kо‘p homuzali tо‘quv dastgohlari
Kо‘p  homuzali  tо‘quv  dastgohlari  tо‘quvchilik  texnologiyasidagi 
ilmiy-texnikaviy  yutuqlarning  natijalaridan  biri  hisoblanadi.  Hozir-
da  kо‘p  homuzali  tо‘quv  dastgohlari  ishlab  chiqarish  sinovlaridan 
о‘tmoqda.  Dastgoh  juda  yuqori  unumdorlikka  ega  bо‘lib,  eksplua-
tatsion sarf-xarajatlari yuqori, xizmat kо‘rsatuvchi personallar kamligi 
bilan  ajralib  turadi.  Hozircha  dastgohda  faqat  polotno  о‘ri lishidagi 
oddiy  tо‘qimalar  ishlab  chiqarilmoqda.  Sulzer  Textil  kompaniyasi 
kо‘p  homuzali  tо‘quv  dastgohlari  ishlab  chiqarishda  yagona  ishlab 
chiqaruvchi hisoblanadi. 
Mokili  tо‘quv  dastgohlari  tо‘quv  dastgohlarining  birinchi  avlo-
di  hisoblanadi.  Mokili  tо‘quv  dastgohlari  ham  bir  necha  etaplarda 
rivojlana  bordi,  ya’ni  qо‘l  dastgohi,  mexanik  dastgohi  va  av tomatik 
tо‘quv dastgohlari yaratilib borildi. Qо‘l dastgohida bar cha texnologik 
amallar qо‘lda bajarilgan, faqat homuza hosil qilish oyoq yordamida 
bajarilgan. Mexanik tо‘quv dastgohlarida arqoq tuftagi qо‘lda almash-
tirilgan bо‘lsa, avtomatik dastgohlar yara tilgandan sо‘ng asosiy tex-
nologik amallar avtomatik ravishda bajarila borildi. 
Ishlab  chiqarish  unumdorligi  normasi  chegaralanganligi  tufayli 
mo kili  dastgohlarning  о‘rnini  mokisiz  dastgohlar  egallay  boshladi. 
5-jadvalning davomi


54
Mokisiz  tо‘quv  dastgohlari  ikkinchi  avlod  dastgohlari  hisoblanadi. 
Endilikda  ikkinchi  avlod  dastgohlari  mitti  mokili,  pnevmatik, 
rapirali, gidravlik tо‘quv dastgohlarida arqoq tashlash tezligi о‘zining 
turg‘unlik  nuqtasi  bо‘lgan  2000  m/min  atrofiga  yetdi.  Tezlikni 
yanada  kо‘proq  oshira  olmaslikning  asosiy  sababi  ikkinchi  avlod 
dastgohlarining barchasi bir fazali ekanligidadir. Ma’lumki, tо‘qima 
hosil  bо‘lish  jarayonida  dastgohning  bir  ishchi  siklida  bir  marta 
homuza  hosil  bо‘ladi,  bir  marta  arqoq  ipi  tashlanadi  va  bir  marta 
jipslashtirish jarayoni amalga oshiriladi. Har bir jarayon amalga osh-
gunga qadar boshqa tenologik jarayonlar turg‘unlik davrida (tо‘xtab 
turadi) bо‘ladi, shuning uchun ham bu dastgohlar bir fazali deyiladi. 
Bir  fazali  dastgohlarda  (moki li  va  mokisiz  dastgohlarda)  homuza 
hosil  qilish  va  arqoq  ipini  tashlash  uchun  nisbatan  katta  mas sali 
mexanizmning harakatlanishi tufayli dastgohda titrash paydo bо‘ladi 
va bu esa iplarning ortiqcha zо‘riqishiga olib keladi, ba’zi hollarda esa, 
fizikaviy jihatdan che garalangan bо‘ladi. Arqoq tashlash jarayonidagi 
ipga beriladigan keskin tezlanish va sо‘ngra uni tormozlab tо‘xtatish 
jarayonlarida  arqoq  ipiga  katta  ta’sir  etadi.  Arqoq  tashlash  tezligi 
qariyb  70  m/s  (250  km/s)  ni  tashkil  eti shi  arqoq  tashlovchi  (mitti 
moki,  rapira,  havo  yoki  suv  bosimi)  ele mentlarni  ham  tormozlab 
tо‘xtatish  uchun  katta  kuch  sarflanadi  va  bu,  о‘z  о‘rnida,  tezlikni 
yanada oshirish imkoniyatini chegaralab qо‘yadi. 
Tо‘qima  ishlab  chiqarish  unumdorligini  yanada  oshirish  yangi 
texnologiyalarni talab etib, kо‘p fazali tо‘quv dastgohlarini yara tishni 
taqozo  qildi.  Kо‘p  fazali  tо‘quv  dastgohlarida  dastgohning  ishchi 
siklida bir necha homuza hosil qilinib, bir necha arqoq ipi bir vaqtda 
homuzaga tashlanadi (42-rasm). Kо‘p fazali tо‘quv dastgohlarida bir 
necha homuza bir vaqtda hosil bо‘lgani sababli ularni kо‘p homu zali 
tо‘quv dastgohlari ham deb ataladi. 
Kо‘p  fazali  tо‘quv  dastgohlarining  ishlash  prinsipi  bir  fazali  tо‘-
quv dastgohlaridan tubdan farq qiladi, chunki bir fazali dast gohlarda 
tо‘qima hosil bо‘lishidagi 5 ta jarayon ketma-ket baja riladi (42-rasm). 
Shuning uchun kо‘p fazali tо‘quv dastgohlarini tо‘quv dastgohlarining 
uchinchi avlodi deyish mumkin. 


55

Download 10,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish