2.6. Zamonaviy Jakkard mashinalari
Tanda va arqoq bо‘yicha о‘rilish rapporti katta bо‘lgan yirik naqshli
tо‘qimalar ishlab chiqarishda jakkard mashinalaridan foydalaniladi.
Jakkard mashinalarini shodali homuza hosil qilish mexanizmlaridan
asosiy farqi, ularda nafaqat bir guruh tanda iplari, aksincha, har bir
tanda ipi individual, ya’ni alohida kо‘tarilib-tu shiriladi va boshqariladi.
Yirik naqshli tо‘qimalar jakkard mashinalari yaratilmasdan oldin
ham ishlab chiqarilgan. Biroq bunday yirik naqshli tо‘qima larni ish-
lab chiqarish tо‘quv dastgohida juda murakkab kechgan. Har bir
tо‘quv dastgohida 6 ta ishchi ishlab, ular kanvoy qog‘ozidagi rasm
bо‘yi cha kerakli arkat shnurlarini kо‘tarishgan. Har biri 400–500
arkat shnuriga xizmat qilgan.
Jakkard mashinalari 1805-yili fransiyalik tо‘quvchi Jozef Mari
Jakkard (Joseph Marie Jacquard, 1752–1834) tomonidan ixtiro etilgani
uchun uning nomi bilan yuritiladi.
Jakkard mashinasining ixtiro qilinishi tо‘quvchilik sohasidagi
katta evolutsion yutuq bо‘lib, nafaqat, mahsulot ishlab chiqarish
unum dorligining ortishi bilan, balki har bir dastgohdan 4–5 ta ishchi-
ning ozod etilishi bian ham katta iqtisodiy samara bergan.
Jakkard mashinalari tuzilishi bо‘yicha kо‘p qismlardan iborat va
ancha murakkab bо‘lganligi uchun kulachokli homuza hosil qilish
40
mexanizmi (XXKM) va shoda kо‘tarish karetkalariga (ShShK) nis-
batan qimmat, tо‘qima yuzasida xatoliklar bо‘lishi ehtimoli esa,
kо‘proq bо‘ladi.
Jakkard mashinalari yordamida dasturxonlar, gobelenlar, gilam-
lar, kiyimbop va mebelbop tо‘qimalar, ajurli choyshablar, adyollar,
halqali sochiqlar, har xil rasmli tо‘qimalar va boshqa tо‘qimalar
ish lab chiqarish imkoniyati mavjud bо‘lib, mashinalarni ushbu tо‘-
qi malarni ishlab chiqaruvchi tо‘quv dastgohlariga mos lab ishlab
chiqariladi.
Jakkard mashinalarida tanda iplarini nazorat qilish darajasi juda
yuqori bо‘lishi talab etiladi. Bunday talab qo‘yilishiga sabab, har bir
tanda ipini individual yoki tо‘qimaning eni bо‘yicha о‘rilish rapporti
ichida bir guruh tanda iplarini bir xil naqsh hosil qilishidadir. Bu
esa, jakkard mashinasi yordamida murakkab naqshli о‘rilishlar olish
imkoniyatini beradi, ya’ni tо‘qima yuzasida har xil rasmlar, portretlar
hosil qilish mumkin (26-rasm).
Barcha jakkard mashinalarining ishlash prinsipi bо‘yicha 2 turga
bо‘linadi:
1. An’anaviy (traditsion) jakkard mashinalari.
2. Noan’anaviy jakkard mashinalari.
An’naviy jakkard mashinalari quyidagicha tavsiflanadi:
1. Mexanik yoki elektronli.
26-rasm. Jakkard mashinasida
homuza va naqsh hosil qilish
41
2. Kо‘tarish soni bo‘yicha:
a) bir kо‘tarimli;
b) ikki kutarimli.
3. Ignalar orasidagi masofa bо‘yicha:
a) yirik qadamli – 6,82×6,82 mm yoki 5,77×5,11 (Ingliz qadami);
b) о‘rta qadamli – 4,0×4,0 mm;
d) mayda qadamli – 3,0×3,0 mm;
4. Hosil qilinayotgan homuzaning turi bо‘yicha:
a) ochiq;
b) yopiq;
d) yarim ochiq.
5. Hosil qilinayotgan homuzaning shakli bо‘yicha:
a) tо‘liq;
b) yuqori yarim tо‘liq.
Noan’anaviy jakkard mashinalari hozirda zamonaviy hisobla nadi,
ularning tuzilishi va ishlash prinsipi an’anaviy mashinalar dan farq
qilib, ular quyidagilar:
1. Shtoybli firmasining «INIVAL 100»;
2. Kross firmasining «UNISHED» jakkard mashinalari.
Birinchi bor bu yangi turdagi jakkard mashinalrini ITMA-99
kо‘r gazmasida namoyish etilgan. An’anaviy jakkard mashinalarida
jakkard mashinasi tо‘quv dastgohidan 1,5–3 m yuqoriga maxsus stol-
ga о‘rnatiladi. Tanda iplarini esa, uzun arkat shnurlari orqali kо‘tarib
tushiriladi. Noan’anaviy jakkard mashinalari esa, dastgohga tо‘g‘ridan
tо‘g‘ri о‘rnatiladi. Bu mashinalarning endigina na muna varianti yara-
tilgan bо‘lsa-da, ixtiro mualliflarining ta’kid lashicha, yangi avlod
jakkard mashinalari va texnologiyasini ri vojlantirish natijasida jak-
kard tо‘qimalarini ishlab chiqarish nar xini oddiy tо‘qimalarni ishlab
chiqarish narxiga yaqinlashtirish va tenglashtirishdir. Ma’lumki, ho-
zirda jakkard tо‘qimalarini ishlab chiqarish tannarxi boshqa tо‘qi-
malarga nisbatan ancha yuqori.
Grosse Unished jakkard mashinasining о‘lchami, tanda iplarini
individual boshqarish tizimi mashinada gulalarni (galeva) tо‘g‘ri-
42
dan tо‘g‘ri mashinaga bog‘langanligi sababli mashina dastgohga
о‘rna tiladi. Bunday о‘rnatish hisobiga mashinada arkat shnurlar,
mag nitlar, ilgaklar, roliklar, prujinalar ishlatilmaydi, ya’ni ulardan
foydalanilmaydi, natijada, mashinani taxtlashga, sexda mikroklimat
tizimiga bо‘lgan xarajatlarning kamayishiga olib kelinadi. Jakkard
mashinasi tо‘g‘ri dastgohga о‘rnatilishi endilikda assortiment va
о‘rilish turini о‘zgartirishda «Tez almashtirish usuli»dan (Quick Style
Change (QSC)) foydalanish imkoniyatini beradi.
Shed jakkard mashinasi DornierLWV6/J pnevmatik tо‘quv
dastgohiga о‘rnatilib, dastgohda paxta/polister iplaridan g‘ilofli tо‘qi-
ma ishlab chiqarishda dastgoh 800 arqoq/min (1136 m/min) tezlik
bilan eni 150 sm bо‘lgan tо‘qimani ishlab chiqaradi (27-rasm).
Grosse UniShed jakkard mashinasi zamonaviy elektron us kunalar
bilan jihozlangan bо‘lib, homuza hosil qilish prinsipi ham yuqori
tezlikka moslashgan yangi usulda amalga oshiriladi (28-rasm).
27-rasm. Grosse UniShed jakkard mashinasi
28-rasm. UniShed jakkard
mashinasida homuza hosil
qilish prinsipi
Yuqorigi homuza
Plastinali prujina
Pastki homuza
43
Do'stlaringiz bilan baham: |