2 - B O B
TO‘QUV DASTGOHIDA TO‘QIMANING
HOSIL BО‘LISHI
To‘qima (gazlama) to‘quv dastgohida ikki sistema iplarning o‘zaro
o‘rilishi natijasida hosil bo‘ladi. To‘qima uzunligi bo‘ylab joylashgan
iplarni tanda yoki tanda iplari, ularga tik, ya’ni to‘qima eni bo‘ylab
joylashgan iplarni arqoq yoki arqoq iplari deyiladi.
Gazlamaning shakllanish jarayoni to‘quv dastgohida quyidagicha
bajariladi. Tayyorlov bo‘limida ohorlangan tanda ipi o‘ralgan to‘quv
g‘altagi 1 (11-rasm) dastgohning orqa tomoniga o‘rnatiladi. Tanda
iplari to‘quv g‘altagidan chuvalib chiqib, skalo 2 ni egib o‘tib, lamel
3 ni va shodalar 5,6 da o‘rnatilgan gula (galevo) 4 ning ko‘zlaridan,
so‘ngra, tanda iplari tig‘ 7 ning tishlari orasidan o‘tadi. Tig‘ 6 dastgoh
batan mexanizmi to‘siniga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan. 11-rasmda
10 to‘qimaning qirg‘og‘i ko‘rsatilgan. To‘qimani hosil qilish uchun
shodalar yordamida tanda iplarining bir qismi ko‘tarilib, ikkinchisi
esa, pastga tushadi, buning natijasida bo‘shliq homuza (zev) hosil
11-rasm. Picanol OMNplus 800 dastgohi
21
bo‘ladi, bu bo‘shliqqa moki 8 yoki boshqa usul bilan arqoq ipi tash-
lanadi. Tashlangan arqoq ipining tebranma harakat qilayotgan batan
15 da o‘rnatilgan tig‘i to‘qima qirg‘og‘iga surib kelib, siqib qo‘yadi.
Buning natijasida to‘qimaning bir elementi hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan
to‘qima yo‘naltiruv (grudnisa) 12 ni egib, tortuvchi val 13 orqali,
yo‘naltiruvchi valiklardan o‘tib, to‘qima o‘raladigan val 14 ga o‘raladi.
To‘quv dastgohi quyidagi mexanizmlar va qismlardan tuzilgan
bo‘ladi:
To‘qima hosil qilishda qatnashuvchi asosiy mexanizmlar:
1. Tanda iplarini vertikal tekislikda harakatga keltirib, ko‘tarilgan
va pastga tushirilgan iplar orasida bo‘shliq – homuza hosil qiluvchi
mexanizm.
2. Hosil bo‘lgan homuzaga moki yoki boshqa usulda arqoq
tashlovchi mexanizm.
3. Tashlangan arqoq ipini tig‘ yordamida gazlama qirg‘og‘iga
jipslovchi (siqib qo‘yuvchi) – batan mexanizmi.
4. Hosil bo‘lgan to‘qimani tortib olib, maxsus valga o‘rovchi –
mato rostlagichi.
5. Tanda ipini to‘qima hosil bo‘lish zonasiga ma’lum taranglikda
uzatuvchi – tanda tormozlari yoki tanda rostlagichlari.
12-rasm. To‘quv dastgohining
texnologik chizmasi
22
To‘quv jarayonidagi to‘qimalarda nuqsonlar bo‘lmasligini na zo rat
qiluvchi avtomatik moslamalar:
1. Tanda kuzatuvchi – to‘quv dastgohida yakka tanda ipi uzil-
ganda, avtomatik ravishda to‘xtatib, to‘qimada «tanda yetishmaslik»
nuqsoni bo‘lmasligi oldini oladi.
2. Arqoq nazoratchilar – to‘quv dastgohida arqoq ipi uzilganda
to‘xtatib, to‘qimada «arqoq yetishmaslik» nuqsoni bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
3. Moki yoki arqoq tashlagichlar homuzada to‘xtab qolsa, dast-
gohni to‘xtatuvchi qurilmalar.
To‘quv dastgohining hamma mexanizm va qismlari elektr yurit-
madan harakatga keladi.
Dastgoh to‘quv jarayonini to‘g‘ri boshlash uchun u ishlay
boshlaganda, bosh vali tez harakatga kelishi lozim. Buning uchun,
harakat elektromotordan dastgoh bosh vali tez harakatga kelishi
lozim. Shu maqsadda harakat elektromotordan dastgoh bosh valiga
maxsus friksion uzatmalar yordamida beriladi.
To‘quv dastgohi to‘xtaganda uning bosh vali tez va ma’lum holatda
to‘xtashi kerak, buni ta’minlash uchun dastgoh bosh valiga maxsus
tormozlar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Avtomatik ravishda yoki to‘quvchi dastgohni to‘xtatishi yoki
harakatga keltirishi uchun (dastgoh) qo‘yuvchi – to‘xtatuvchi me-
xanizm bilan ta’minlangan.
Gazlamaning tashqi ko‘rinishi, xossalari va nimaga ishlatilishi,
uning tuzilishi hamda fizik-mexanik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘qimaning tuzilishiga: to‘qimani hosil qiladigan yigirilgan ip yoki
iplar; tanda va arqoq zichligi; o‘rilish turi va dastgohni taxt lash
ko‘rsatkichlari ta’sir qiladi.
Haqiqiy zichlik to‘quv dastgohidan olingan to‘qimadagi 10 sm
uzunlikka to‘g‘ri keladigan iplar soni, ularning qiymati to‘qimani
taxt lash ko‘rsatkichlarida keltirilgan yoki me’yoriy hujjatlarda aks
etgan bo‘ladi.
Maksimal geometrik bo‘yicha zichlik deb iplarning diametrik
oraliq orqali topilgan miqdoriga aytiladi.
23
Rm = T / d.
Bu yerda: d – ip diametri.
Chegaralangan zichlik nafaqat ip diametrlari, ular orasidagi
masofaga ham bog‘liq:
R
CH
= T / (d + a).
Bu yerda: a – iplar orasidagi masofa.
To‘qima zichligi (haqiqiy chegaralangan) matoni zichlanish da-
rajasi to‘g‘risida to‘liq tasavvur bermagan, chunki to‘qimani tolali
materiallar bilan zichlanganlik darajasi faqat iplar soni bilan aniq-
lashdan tashqari, boshqa ko‘rsatkichlarga ham bog‘liq va ularga
alohida to‘xtalinadi.
To‘qimaning tuzilishini aniqlovchi omillardan yana biri – to‘quv
dastgohida tanda va arqoq iplari tarangligi, to‘qimani taxtlash va
ishlab chiqarish shart-sharoitlari. Taranglikning oshishi bilan iplar-
ning to‘qimada egilish miqdori kamayadi.
Iplarning tarangligi o‘zgarishi, shuningdek, to‘qimani tanda va ar-
qoq bo‘yicha zichliklarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, bu esa, o‘z
navbatida, iplarning egilish darajasini o‘zgartiradi.
To‘quv dastgohida tanda iplari tarangligini o‘zgartirish uchun
uni taxtlash miqdori, homuzani o‘rtahol miqdori va homuzaning
balandligini o‘zgartirish bilan erishiladi.
To‘qimaning tuzilishini aniqlovchi omillarning umumlash tirilgan
ko‘rsatkichi tanda va arqoq iplarini to‘quvchilikda qisqarish miqdori
bilan ham ifodalanadi.
To‘qima hosil bo‘lish jarayonida iplarning egilishi natijasida
to‘qimaga sarf bo‘lgan ip uzunligi hosil bo‘lgan to‘qima o‘lcha midan
katta bo‘ladi.
Bu miqdorni foizdagi ifodasi iplarni to‘quvchilikdagi qisqarishi
deyiladi va u quyidagicha aniqlanishi mumkin.
.
24
Bu yerda: a
T
– tanda iplarni to‘quv jarayonida qisqarish miq dori, %.
l
T
– to‘qimaga sarf bo‘lgan tanda iplarining uzunligi, sm.
l
Tq
– hosil bo‘lgan to‘qimaning uzunligi, sm.
To‘quv jarayonida arqoq iplarining qisqarish miqdori (a
A
)
.
Bu yerda: l
A
– to‘qimaga sarf bo‘lgan arqoq ipining uzunligi, sm.
B
X
– xom to‘qima eni, sm.
Tanda va arqoq iplarining to‘quvchilikda qisqarish miqdori,
nafaqat, to‘qimaning tuzilishiga, unga sarf bo‘lgan xomashyo miq-
doriga ham ta’sir etadi. Iplarning to‘quvchilikda qisqarish miqdori ni
aniqlashda bir nechta amaliy usullar mavjud:
– to‘qima namunasidan chiqarib olingan ip uzunligi bilan namuna
o‘lchamlari farqini foizda topish;
– to‘qima ishlab chiqarishda tanda ipini ohorlashda belgilab,
undan hosil bo‘lgan to‘qima uzunliklari farqini topish;
– to‘qimani tig‘ bo‘yicha enidan xom to‘qimaning enini ayirish va
boshqa usullar.
Yangi loyihalangan to‘qimada iplarning qisqarish miqdorini
analitik aniqlash to‘qima tuzilishining nazariyasida ko‘riladi.
To‘qimalarning tashqi ko‘rinishi, jilolanishi, ekspluatatsiya qilish
jarayonida mustahkamligi uning ichki va tashqi tuzilishiga bog‘-
liq dir. Chunki bir xil og‘irlikka ega bo‘lgan xomashyodan turli xil
tuzilishdagi, jozibaga ega bo‘lgan rang-barang gazlamalar, o‘rilish-
larini o‘zgartish va aralashtirish hisobiga ularni ishlab chi qarish
mumkin.
To‘qima dеb, tanda va arqoq iplari sistеmasidan tashkil topib, biri
bo‘ylamasiga, ikkinchisi ko‘ndalangiga joylashgan iplarning o‘zaro
o‘rilishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotga aytiladi.
Tanda ipi dеb, bo‘ylamasiga (vеrtikal) joylashgan iplarga aytiladi.
Arqoq ipi dеb, ko‘ndalangiga (gorizontal) joylashgan iplarga aytiladi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |