14-BILET
1. Qattiq jismlar tuzulishi.
2. Diametri 0,5 mm bo‘lgan simning uzunligi 2,4 m ga teng. 50 N kuch ta’siri
ostida sim 4 mm ga uzaygan. Sim materialining Yung modulini toping (Pa).
3. Agar siz projektor nuriga yon tomondan qarasangiz, u egri ko'rinadi. Haqiqatan ham shundaymi? 4.Suvli chelak 3 m/s2 tezlanish bilan ko‘tarilmoqda. Agar chelakdagi suv
qatlamining qalinligi 20 cm bo‘lsa, suv chelak tubiga qanday bosim ko‘rsatadi? 5. Sig‘imi 200 pF bo‘lgan yassi kondensator qoplamalarining yuzasi 25 cm2 ga teng. Qoplamalar orasiga shisha plastina qo‘yilgan bo‘lsa, bunday sig‘imli
kondensator qoplamalari orasi qancha bo‘lishi kerak? Shisha uchun = 7.
15-BILET
1. Yorug‘lik oqimi. Yorug‘lik kuchi. Yoritilganlik qonuni.
2. 1 rad/s burchak tezlik bilan aylanayotgan gorizontal diskda, aylanish o‘qidan 0,5 m masofada 1 kg massali shayba yotibdi. U disk bilan birga aylanmoqda. Shayba bilan disk orasidagi ishqalanish koeffisiyenti 0,3. Shaybani diskda tutib turgan ishqalanish kuchi qanday (N)?
3. Sovuq joylarda havo harorati qanday termometrlar yordamida o‘lchanadi? 4. Massalari teng bo‘lgan 0 °С temperaturali muz va 100 °С temperaturali suv kalorimetrga solindi. Kalorimetrda qanday temperatura qaror topadi?
c = 4200 J/(kg∙К), λ=330 kJ/kg. 5.Nur havodan shisha sirtiga 30° burchak ostida tushsa, sinish burchagi qanday? nsh =1,6.
16-BILET
1. Tolqinlar. Tolqin xarakteristikasi.
2. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 36 km/soat tezlik bilan otildi. Qanday
balandlikda toshning kinetik va potensial energiyalari o‘zaro tenglashadi.
3. Yoruglik difraktsiyasi. 4. Asteroid sirti yaqinida erkin tushish tezlanishining moduli 0,2 m/s2 ga teng. Buasteroddan 8 marta kichik hajmli asteroid sirti yaqinida erkin tushish tezlanishining modulini toping. Ikkala asteroid ham temirdan iborat bo‘lib, bir jinsli va sferik. 5. Massasi 500 g li jism OX o‘qi
bo‘ylab silliq qiya tekislikdan sirpanib
tushmoqda. Jadvalda υx tezlik proyeksiyasining
t vaqtga bog‘liqligi keltirilgan. Jism 0,4 m
masofani bosib o‘tishi uchun og‘irlik kuchining
bajargan ishini toping.
17-BILET
1. Mexanik to‘lqinlarning muhitda tarqalishi. Ultra va infratovushlardan turmushda va texnikada foydalanish.
2. Chiqish ishi 6,63∙10-19J bo‘lsa, qaysi to‘lqin uzunlikdagi yorug‘likda fotoeffekt hodisasi kuzatilishi mumkin? h= 6.6∙10-34 J∙s.
3. Nimaning uzunligi, chuqurligi, kengligi, balandligi yo‘q, lekin o‘lchash
mumkin?
4.Massasi 21 kg bo‘lgan toshni necha metr balandlikka ko‘tarilganda, uning
potensial energiyasi 0 °С temperaturadagi 1 litr suvni qaynatish uchun kerak
bo‘lgan energiyaga teng bo‘ladi? c = 4200 J/( kg∙K).
5. Qiya tekislik bo‘ylab massasi 15 kg yukni tekis ko‘chirishda yukka bog‘langan
dinamometr 40 N kuchni ko‘rsatadi. Agar qiya tekislikning uzunligi 180 cm,
balandligi 30 cm bo‘lsa, qiya tekislikning FIK ni hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |