A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. 
Dunyoqarash muayyan 
davrda shakllanadi. Shu m a’noda, har qanday dunyoqarash ij- 
timoiy-tarixiy mohiyatga ega bo‘lib, kishilarning umri, amaliy 
faoliyati, hayoti, tabiatga ta ’siri va mehnati jarayonida vujudga 
keladi. Har bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o‘z
13


dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohi- 
yatga„ega -ekanin i ko‘rsatadi.
Г punyoqarashnin'g,tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir ja- 
raycmda takomillashib boradi. Uning shakllari o‘zgaradi, tarixiy 
ko‘rinishlari muttasil yangilanib turadi.
Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyo- 
qarash nihoyatda oddiy bo‘lgan. Agar shunday bo‘lmaganida, har 
qanday jism o‘z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqa- 
rish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk 
olimi Arximed hammomdan yalang‘och holda chiqib, «Evrika!», 
ya’ni «Topdim!», deya qichqirmagan b o la r edi. 
^ "DunvoaarasTtbiam ivat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomil- 
lastiib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qi- 
lingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, 
uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi. Bunda voris- 
lik an’anasi yaqqol ko‘zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqa­
rashi, g‘oyasi o‘tmishda yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning eng 
yaxshilarini, ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi. Shu asosda 
yangi tamoyillarga ega bo‘lgan dunyoqarash ham takomillashib 
boradi. Oddiy bug‘ mashinasidan kosmik raketalargacha bo‘lgan 
fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy 
bilimlar, ha
yotiy kuzatishlar va
ijtimoiy tarbiya ta’sirida shaklla- 
nadi hamda rivojlanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo‘lgani 
bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asos- 
lanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy 
guruh yoki tabaqaning o‘z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan 
holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g‘oyalar, nazariyalar, bi­
limlar majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod mujassami hamda ular­
ning namoyon bo‘lishidir.
Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko‘ra, ma’naviy faoli­
yat bo‘lgani bois, u borliqqa bo‘lgan ongli, insoniy munosabatning 
muayyan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning 
jamiyatdagi axloqiy munosabatlari — axloqiy dunyoqarashlarida
huquqiy munosabatlari — huquqiy, siyosiy munosabatlari — siyosiy, 
diniy munosabatlari — diniy, ekologik munosabatlari — ekologik


dunyoqarash shakllarida o‘z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida 
izohlaydigan bo‘lsak, quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Bu tizim ni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash 
shakllari o‘zaro bog‘liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.
Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqi- 
yotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har 
bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va 
dunyoqarashida namoyon bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, 
dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ij­
timoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini 
belgilab beradi.
«Dunyoqarash» tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, 
milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg‘u 
va tushunchalar bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Chunki, 
dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oy- 
dinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo‘lagiga 
aylanadi.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqi- 
/ yotining qonuniy natijasi bo‘lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy 

mezoni sifatida namoyon bo‘lgan. Taraqqiyotning dastlabki 
bosqichlarida kishilarning tabiatga, o‘zlarining ijtimoiy hayoti- 
ga bo‘lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini 
topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. 
Yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom 
tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmu- 
nidan dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi ja- 
rayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og‘zaki 
ijod namunalari millatimiz tarixda qanday n a’naviy qiyofaga ega 
bo‘lganini hanuz ko‘rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ah- 
lini hayratga solmoqda.
/1 5


^M ifologi^ dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga 
muhositrtrS^STsharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. 
Ezgulik va haqiqat uchun kurash g‘oyalarining ifodasi bo‘lgan 
afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka 
ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy 
vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga 
xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo‘lgan e’tiqodi 
bilan bog‘liq bo‘lib, vujudga kelishiga ko‘ra, boshqa dunyoqarash 
shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jamiyat hayotida har qan­
day, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o‘rni va ahamiyatini 
ham sun’iy ravishda mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib 
chiqarishi mumkin. Bu hoi ayniqsa, diniy fundamentalizm va 
ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda 
yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan 
o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, um rning maz- 
muni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy 
e’tiqod tushunchalari bilan bog‘lab tahlil qiladi hamda o‘ziga xos 
mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqa­
rashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyat- 
larini bartaraf qilish bilan bog‘liq regulyativ faoliyati nihoyatda 
muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi 
o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.
Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan 
birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib 
chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi so- 
halarni o‘rganadigan alohida yo‘nalishlar ham paydo bo‘ldi. Ular 
olamni o‘z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qo- 
nuniyatlarini o‘rganishga yordam beradi.
Falsafiy yo‘nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko‘ra, 
o‘ziga xos bo‘lib, asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal 
mohiyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u 
borliq to‘g‘risidagi, insonning olamga bo‘lgan munosabati haqi- 
dagi falsafiy bilim sohasidir.
16


Gnoseologiya — bilish falsafasi bo‘lib, olamni anglash, bilish 
nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to‘g‘risidagi 
ta’limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to‘g‘risidagi 
falsafiy ta’limot.
Praksiologiya — insonning predmetli-o‘zgartiruvchan, amaliy 
faoliyati to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot.
Metodologiya — bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullari 
to‘g£risidagi ta’limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va ta- 
fakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyat- 
lari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o‘rganuvchi ta’limot.
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, ta- 
lab va tartib-qoidalari to‘g‘risidagi fan.
Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida 
go‘zallikning o‘rni, qonun-qoidalari to‘g‘risidagi qarashlar maj- 
muyi.
Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy fal­
safa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (kulturologiya), san’at 
falsafasi, mafkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), 
siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi 
kabi sohalar ham mavjudki, ular bir so‘z bilan ijtimoiy-falsafiy 
fanlar tizimi deyiladi.
Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va 
odam, borliqning asosi bilan bog‘liq masalalar qanday usulda 
hal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday tasniflash natijasida 
monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, teizm, 
ateizm kabi ko‘plab yo£nalishlar ko£zga tashlanadi. Falsafani 
o£rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko£p duch kelamiz va 
o£rni kelganda ularga zarur izoh va ta’rif berishga harakat qilamiz.
Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muhim tarmog‘i hisobla- 
nadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar 
o£rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. Mazkur qo‘llanmada 
falsafa tarixi ana shunday tamoyil asosida o‘rganilgan.
Falsafiy bilimlar tizimining o‘zgarishi va mazmunan boyib 
borishi obyektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon mahsuli bo£lib, u jami-
17


yatning rivojlanish darajasiga mos keladi va uni o‘zida ifoda etadi. 
Falsafiy bilimlar tizimidagi alohida yo‘nalish har bir tarixiy davr- 
da o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning umu- 
miy tamoyillari mavjud. Ya’ni, birinchidan, har bir falsafiy bilim 
yo‘nalishi jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos determinant (sabab) 
vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlar jamiyat taraq- 
qiyotiga ta’sir qiluvchi subyektiv omil bo‘lsa ham, vujudga kelish 
asosi — genezisi nuqtayi nazaridan obyektiv hodisadir. Uchinchi- 
dan, falsafiy bilim yo‘nalishlarining o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik 
munosabati, ularning dunyoni bilishdagi yaxlitligini ta’minlaydi.
Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday 
konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat 
qiladi.
1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, Chunki u narsa va hodisalar 
o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik 
ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifoda- 
laydi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli obyektiv olamdagi 
narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning 
o‘tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivoj- 
lanishini ifodalaydi.
3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har 
qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar 
orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik bu- 
zilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan 
va izchil aks ettirishiga putur yetadi.
4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash 
shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni 
har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega.
5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga muvofiq bo‘lib, inson man- 

faatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-
h
umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida 
muayyan g‘ova yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek 
milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash, 
millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g‘oyasiga tayanishi bilan
18


xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g‘oyani e’tiqodga aylanti- 
rish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.
7. 
Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri 
nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifati- 
da mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, 
istiqbol rejalarini belgilashda qo‘l kelishi bilan izohlanadi. Shu- 
ningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida 
uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida ko‘rsatilgan funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligi 
falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini 
belgilab beradi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ahami­
yatini har tomonlama o‘rganish inson va jamiyatning ma’naviy 
kamolotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida, 
falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo‘llarini topish im- 
konini beradi. Masalaning bu tarzda hal etilishi umuminsoniy 
sivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish