A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Qadimgi Hindiston falsafasi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Qadimgi Hindiston falsafasi. 
Qadimgi Hindiston ham in- 
soniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlab­
ki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o‘z aksini topgan. 
«Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo‘lib, 
mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat 
kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan ay- 
tilgan so‘zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tari­
xi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari 
aks etgan. «Veda»lar bizgacha to‘rtta to‘plam (samxitlar) shak- 
lida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», 
«Adharvaveda»di r.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur 
bo‘lgan manbalarda ham o‘z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli 
bilim degan ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tash- 
kil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki fa safiy risola bo‘lmay, 
balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma’lum muallif- 
larning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har
31


xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi 
falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borliq, uning ha- 
yotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning ha- 
yoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, 
axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy- 
mifologik nuqtayi nazardan bayon etilgan.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo‘linadi. 
Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb 
ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa 
— astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablardir. Ushbu maktab- 
larning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan- 
bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, 
buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari 
surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi 
hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy 
bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-fal­
safiy maktablar bo‘lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqad­
dasligini tan olmagan. Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik 
falsafiy maktab bo‘lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) mod- 
da va ruh (purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo‘nalishga, aso­
san, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda 
(proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali 
rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagi- 
lardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bo‘lmagan sabab. 
Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon 
Beruniy «Hindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish